Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Biokimyo

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 3,4
Fan nomi Biokimyo Fan kodi BK13 - 408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    8    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 240 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
120
(aud)
120
(must)
30 70 20
14 | 16 36 | 34 10 | 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga biologik kimyo haqida umumiy tushuncha berish, talabalarni tirik organizmlar tarkibidagi asosiy biomolekulalar (oqsillar, lipidlar, uglevodlar, nuklein kislotalari) va ularning almashinuv jarayonlari haqida chuqur bilim berish. Metabolik jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, ularning biokimyoviy diagnostikasi va davolash tamoyillarini tushuntirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy kimyo (UK1106)

2. Anorganik kimyo (NOKB118)

3. Organik kimyo (ORKB218)

4. Odam anatomiyasi (Anat1043)

5. Biologiya (BIO1104)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi, gomeostaz va bu jarayonlarning boshqarilish mexanizmlari haqida;
  • baʼzi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, oʻt toshi va siydik toshi kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo- va gipervitaminozlar, podagra, immun¬tanqislikda modda almashinuvining buzilishi haqida tasavvurlarga ega boʻlishi.
  • Yoshga bogʻliq holda qon konstantalarining biokimyoviy koʻrsatkichlari (oqsil, uglevod, lipid almashinuv koʻrsatkichlari, fermentlar spektri); oshqozon shirasining meyorida va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantlari; meyorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy koʻrsatkichlari; organizmdagi modda almashinuvining biokimyoviy asoslarini bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak.
  • • fotoyelektrokolorimetr, polyarimetr, spektrofotometr, RN-metr, sentrifuga va termostatdan bilan foydalana bilishi; qoʻllanma, spravoshnik, jadvallardan foydalana koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • • klinik biokimyoda kimyoviy va biokimyoviy sistemalardan foydalanishni, organizm asosiy sistemalarining funksional holatini belgilovchi koʻrsatkichlarni oʻlchash va baholashda malakalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Biokimyo faniga kirish. Moddalar alamshinuvi, energiya manbaalari va ozuqa komponentlari. To‘qlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik.

  1. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari.
  2. Katabolizm va anabolizm.
  3. Organizmning ozuqaviy statuslari. Toʻqlik, ochlik va uzoq davom etgan ochlik.
  4. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻluvchi kasalliklar.
2
2.

Kislotalar, ishqorlar, buferlar. Aminokislotalar va peptid bog’lar.

  1. Aminokislotalarning tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi.
  2. Oqsil tuzilishiga kirish va peptid bogʻlarning xosil boʻlishi.
  3. Qondagi kislotalilik va ishqoriylikning buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar.
2
3.

Oqsil tuzilishi. Ferment.

  1. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari.
  2. Gemoglobin oqsili tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati.
  3. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati.
  4. Fermentlar va ularning faoliyati buzilishi bilan bogʻliq kasalliklar.
2
4.

Vitaminlar va elektron tashuvchilar.

  1. Suvda eruvchi vitaminlar.
  2. Yogʻda eruvchi vitaminlar.
  3. Makroelementlar.
  4. Mikro- va ultramikroelementlar.
2
5.

Biologik oksidlanish. Katabolizmning umumiy yo‘llari.

  1. Biologik oksidlanishning asosiy tamoyillari.
  2. Katabolizmning umumiy xarakteristikasi.
  3. Asosiy katabolitik yoʻllar.
  4. Metabolik kasalliklar va katabolizm buzilishlari.
2
6.

Glikoliz, glikolizning boshqarilishi.

  1. Uglevodorodlar haqida umumiy tushuncha.
  2. Glyukoza katabolizmi. Glukoza hujayraga kiritilishi va ushlab qolinishi.
  3. Glikoliz reaksiyalarining borishi, boshqa metabolik jarayonlar bilan bogʻlanishi.
  4. Glikogen metabolizmi. Krebs sikli.
2
7.

Glukoneogenez, fruktoza va galaktoza metabolizmi.

  1. Glukoneogenez jarayoni va uning organizmdagi ahamiyati.
  2. Fruktoza metobolizmi va galaktoza metobolizmi.
  3. Irsiy fruktozaga intolerantlik, galaktozemiya, glukoza 6 fosfat degidrogenaza defitsiti, gemolitik anemiya.
2
Bahorgi semestr
8.

Pentoza fosfat yo‘li.

  1. Pentoza fosfat yoʻli reaksiyalari.
  2. Pentoza fosfat yoʻlining moddalar almashinuvidagi ahamiyati.
  3. Glikolizdan farqlari va oʻxshashliklari.
  4. PPY ning ikki asosiy bosqichi.
  5. Patologik holatlarda oʻzgarishlar.
2
9.

Lipidlarning tuzilishi va membranalar. Lipidlar funksiyasi va metabolizmi. Yog‘ kislotalari va triatsilglitserol sintezi. Yog‘ to‘qimasi triatsilglitserollarining keyingi taqdiri. Xolestrol va o‘t tuzlari metabolizmi. Yog‘ kislotalarining oksidlanishi. Keton tanachalari sintezi va utiliziatsiyasi.

  1. Yogʻ kislotalari va lipidlar metabolizmi.
  2. Lipoproteinlar tarkibi va tuzilishi.
  3. Yogʻ kislotalari metabolizmi: zaxiralanishi, mobilizatsiyasi va ishlatilishi.
  4. Fosfolipidlarga umumiy tavsif.
2
10.

Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar so‘rilishi. Aminokislota azoti qo‘shilishi va ajratilishi, ( dezaminlanish, transaminlanish). Mochevina sikli

  1. Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar soʻrilishi.
  2. Oqsillarni ichakda chirishi va chirish mahsulotlarini zararsizlantirish.
  3. Dezaminlanish, transaminlanish xodisasi.
  4. Mochevina sikli.
2
11.

Oqsil biosintezi, oqsillar polimorfizmi, gen injeneriya.

  1. .Oqsil biosintezi va genetik kod.
  2. Matritsali biosintez jarayonlari ingibitorlari.
  3. Purin va pirimidin metabolizmik yoʻnalishlari.
  4. Hujayra sikli.
  5. Oʻsma hujayralarining rivojlanishi.
2
12.

Qon va limfa-retikulyar tizimi biokimyosi. Gormonlar sintezi. Gormonlar faoliyatining umumiy mexanizmi.

  1. Qonning asosiy funktsiyalari va kimyoviy tarkibi.
  2. Qon plazmasi oqsillari. Qon fermentlari.
  3. Gem biosintezi. Temir almashinuvi.
  4. Qon bilan bogʻliq kasalliklar: anemiyalar, porfiriyalar, gemofiliya.
2
13.

Biriktiruvchi to‘qima biokimyosi. Yurak va qon-tomir tizimi biokimyosi.

  1. Kollagen: aminokislota tarkibining oʻziga xosligi, birlamchi va fazoviy strukturasi, biosintezi.
  2. Elastin, uning tuzilishi, sintezi va katabolizmi. Glikozaminoglikanlar va proteoglikanlar.
  3. Mushaklar qisqarishi va boʻshashishining biokimyoviy mexanizmlari.
  4. Miokard infarktning erta va kech biokimyoviy tashxisi
2
14.

Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi.

  1. Soʻlak, meʼda-ichak trakti, meʼda osti bezi va jigarning sekretor mahsulotlari va ulardagi metabolik va boshqaruv jarayonlari.
  2. Jigar, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining sintetik va metabolikfunktsiyalari. Jigarning uglevod, yogʻ va aminokislotalar almashinuvidagi roli.
  3. Jigarda qon plazmasi oqsillarining sintezi. Bilirubinning zararsizlanishi. “Bevosita” va “bilvosita” bilirubin. Sariqliklar va ularni laborator tashhisi.
  4. Oʻtkir pankreatit kelib chiqishi va davolashning biokimyoviy asoslari.
2
15.

Endokrin tizim biokimyosi.

  1. Boshqaruv sistemalarining iyerarxiyasi
  2. Metabolizm, uni boshqarish darajalari
  3. Endokrin va nerv sistemalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik
  4. Metabolizmning irsiy tugʻma buzilishlari ( masalan, buyrak usti bezi poʻstloq qismi giperplaziyasi, qandli diabet)
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Moddalar almashinuviga kirish. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari. To‘qlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik.  

  1. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari.
  2. Ovqatning almashinadigan va almashtirib boʻlmaydigan komponentlari.
  3. Organizmning ozuqaviy statuslari. Toʻqlik, ochlik va uzoq davom etgan ochlik
2
2.

Kislotalar, ishqorlar, buferlar.  

  1. Bufer tizimlar va uning organizmdagi ahamiyati. Gomeostaz.
  2. Kislotalar va ishqorlarning umumiy kimyoviy xossalari
  3. Kislotalar va ishqorlarning turli biologik jarayonlarga taʼsiri (masalan, fermentlar faoliyati, ovqat hazm qilish, nerv impulslarini uzatish)
  4. Kislota-ishqor muvozanati va klinik holatlarAsidoz va alkaloz: sabablari, turlari va ularning klinik belgilari. Kislota-ishqor muvozanatini tiklash usullari va davolash strategiyalari
2
3.

Aminokislotalar va peptid bog’lar.  

  1. Aminokislotalar va ularning tuzilishi
  2. Peptid bogʻlarning hosil boʻlishi va xususiyatlari
  3. Nasliy aminokislotalar metabolizmi buzilishi; Fenilketonuriya (PKU), Alkaptonuriya.
  4. Peptid bogʻlar bilan bogʻliq kasalliklar; Sickle cell anemiya.
2
4.

Oqsil tuzilishi. Fermentlar.  

  1. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari.
  2. Insulin gormonining tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati.
  3. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati.
  4. Qandli diabet
2
5.

Bioenergetika. Adenozin trifosfatning xususiyatlari.  

  1. Bioenergetika haqida tushuncha.
  2. Biologik tizimlarda erkin energiyaning oʻzgarishi.
  3. ATP ning hujayra energetikasidagi oʻrni
  4. ATP metabolizmining regulyatsiya mexanizmlari va klinik ahamiyati
2
6.

Vitaminlar va elektron tashuvchilar.  

  1. Vitaminlar klasifikatsiyasi.
  2. Suvda eruvchi vitaminlar.
  3. Yogʻda eruvchi vitaminlar.
  4. Vitaminlarning inson organizmidagi roli va ahamiyati.
  5. Vitamin yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklar( singa, raxit, beri – beri).
2
7.

Katabolizmning umumiy yo‘llari.  

  1. Katabolitik jarayonlarning energetik ahamiyati
  2. ATP ishlab chiqarish mexanizmlari
  3. Asosiy katabolitik yoʻllar
  4. Sitrat sikli (Krebs sikli) va uning ahamiyati
  5. Metabolik kasalliklar va katabolizm buzilishlari
2
8.

Piruvat metabolizmi va biologik oksidlanish.  

  1. Mitoxondria tuzilishi va glikolizdagi ahamiyati.
  2. Toʻqima nafas olishi.
  3. Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza.
  4. Elektron tashuvchilar
2
9.

Uglevodlar tuzulishi, proteoglikalar.  

  1. Uglevodlarning tuzilishi.
  2. Uglevodlarning turlari (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar).
  3. Proteoglikalar. Proteoglikalarning taʼrifi va tuzilishi.
  4. Proteoglikalarning biologik funksiyalari
2
10.

Glikoproteinlar va glikolipidlar.  

  1. Glikoproteinlarning biologik funksiyalari.
  2. Glikolipidlarning hujayra membranalarida tutgan oʻrni va ularning transport va signal uzatishdagi roʻli.
  3. Glikoproteinlarning tibbiyotdagi ahamiyati (immunitet, qondagi markerlar).
2
11.

Uglevodlar almashinuvi va funksiyalari. Glikogen tuzilishi, glikogen kasalliklari.  

  1. Ovqatning asosiy uglevodlari
  2. Uglevodlarning hazmlanishi va soʻrilishi, bijgʻish.Sutni koʻtara olmaslik.
  3. Glikogen tuzilishi, sintezi va parchalanishi.
  4. Glikogenning organizmdagi ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar taʼsiri.
  5. Glikogen kasalliklari ( glikogenoz va aglikogenoz), Qandli diabet
2
12.

Glikoliz va uning boshqarilishi.  

  1. Glikoliz jarayonining asosiy bosqichlari.
  2. Glikoliz jarayoni va uning boshqarilishida taʼsir etuvchi fermentlar.
  3. Piruvat kinaza fermenti defitsiti – gemolitik anemiya, qondagi LDG miqdorining oʻzgarishining diagnostic ahamiyati
2
13.

Glyukoneogenez.  

  1. Glyukoneogenez jarayonlari.
  2. Glyukoneogenezning bosqichlari.
  3. Glyukoneogenez boshqarilishining allosterik mexanizmlari.
  4. Galaktozemiya va qandli diabet yuzaga kelish sabablari.
2
14.

Glyukoza katabolizmi.  

  1. Glyukoza katabolizmi.
  2. Glyukozaning aerob parchalanishi va uning fiziologik ahamiyati.
  3. Glyukozaning anaerob parchalanishi (glikoliz).
  4. Glyukoza parchalanishining apotomik yoʻli.
  5. Glyukoza metabolizmi bosqichlari
2
15.

Fruktoza va galaktoza almashinuvi.  

  1. Fruktoza almashinuvi, bolalarda irsiy fruktozemiya.
  2. Galaktoza almashinuvi, irsiy galaktozemiya.
  3. Qonda qand miqdorining boshqarilishi va uni yoshga bogʻliqligi.
  4. Glikoprotein va proteoglikalar. Ularning karbonsuv qismlari haqida tushuncha.
2
16.

Pentozafosfat yo‘li.  

  1. Pentozafosfat yoʻlining metobolik jarayonlardagi axamiyati
  2. Pentozafosfat yoʻlining asosiy bosqichlari
  3. Pentozafosfat yoʻlining oʻzgarishiga olib keluvchi kasalliklar (Wiskott – Aldrich sindromi, NADPH oksidaza yetishmovchiligi
2
17.

Qonda glyukoza miqdorining saqlanishi.  

  1. Glyukoza metobolizmining asosiy jarayonlari.
  2. Qon glyukoza darajasining tregulatsiyasi ( Insulin va Glukagon roli)
  3. Glyukoza monitoring va kinetikasi( Glukometrlar, laboratoriyatahlillari va axamiyati).
  4. Glukoza metobolizmiga taʼsir etuvchi kasalliklar va ularning biokimyoviy tahlili
2
18.

Taom tarkibidagi triatsilglitserolning hazmlanishi. Yog' kislotalari va triatsilgliserol sintezi.  

  1. Taomdagi triatsilglitserollarning organizm uchun ahamiyati
  2. Triatsilglitserollarning hazm qilish jarayoni.
  3. Yogʻni meʼda va oʻn ikki barmoq ichakda hazm qilinishi.
  4. Triatsilglitserollarning yutilishi va emulsifikatsiya va yoyilgan yogʻ kislotalarining absorbtsiyasi.
  5. Triatsilglitserol va yogʻ kislotalarining metabolik kasalliklar bilan bogʻliqligi (masalan, giperkolesterinemiya, metabolik sindrom.
2
Bahorgi semestr
19.

Yog' to‘qimasida triatsilgliserol zaxiralarining shakllanishi. Xolestrol va o‘t tuzlari metabolizmi.  

  1. Yogʻ toʻqimasida triatsilgliserol zaxiralarining shakllanishi.
  2. Xolestrolning metabolizmi va utilizatsiyasi, xolestrol esterlash va xolestrol esterlarining roʻli.
  3. Triatsilgliserol sintezi uchun kerakli moddalar: glycerol-3-phosphate va yogʻ kislotalari.
  4. Triatsilgliserollarni yogʻ toʻqimalarida saqlash va organizmda roli.
2
20.

Yog‘ to‘qimasi triatsilglitserollarining keyingi taqdiri. Yog‘ kislotalarining oksidlanishi. Keton tanachalari sintezi va utiliziatsiyasi.  

  1. Triatsilglitserollarni yogʻ toʻqimalaridan mobilizatsiya qilish
  2. Lipoliz jarayoni: triatsilglitserollarni yogʻ kislotalariga ajratish va yogʻ kislotalarining qon oqimiga chiqarilishi.
  3. Yogʻ kislotalarining qon orqali transporti.
  4. Yogʻ kislotalarining metabolik yoʻllari va energiya balansidagi oʻrni.
2
21.

Fosfolipid va sfingolipid metabolizmi.  

  1. Fosfatidilserinning fosfatidilxolin va fosfatidiletanolaminga konversiyasi.
  2. Fosfatidilinositolning metabolizmi va signalizatsiya.
  3. Sfingomiyelin, serebrosidlar, gangliosidlar.
  4. Sfingolipidlarning nevrologik funksiyadagi roʻli.
2
22.

Eykozanoidlar metabolizmi. Etanol metabolizmi.  

  1. Eykozanoidlarning vositachilari sifatida rol oʻynashlari va anti-yalligʻlanish dorilari (masalan, NSAIDlar) bilan bogʻliq klinik holatlar.
  2. Etanolning metabolizmi: yoʻllari, mikrosomal etanol oksidlash tizimi (MEOS).
  3. Etanolning toksikologik taʼsiri va Etanol va uning metabolitlarining hujayra darajasidagi taʼsiri.
  4. Etanolga bogʻliq kasalliklar.
2
23.

Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar so‘rilishi. Aminokislota azoti qo‘shilishi va ajratilishi, (dezaminlanish, transaminlanish).  

  1. Oqsilning oshqozon va ingichka ichakda hazm qilinishi. Polipeptidlarning aminokislotalarga parchalanishi.
  2. Aminokislotalar va dipeptidlarning ingichka ichakda soʻrilishi. Soʻrilish mexanizmlari: Na+-bogʻliq aktiv transport, pasiv diffuziya.
  3. Aminokislotalarning qon oqimiga kirishi, aminokislota transporterlarining turlari va funksiyalari.
  4. Dezaminlanish jarayoni va dezaminlanishning jigar va boshqa toʻqimalardagi roli.
  5. Transaminlanish jarayoni: aminokislota va ketokislotalar oʻrtasidagi azot almashinuvi.
2
24.

Mochevina sikli  

  1. Mochevina siklining biokimyoviy mexanizmi.
  2. Sikl substratlarining manbai.
  3. Mochevina siklining bosqichlari.
  4. Siklning energetika va regulyatsiyasi.
  5. Mochevina sikli buzilishi va klinik kasalliklar
2
25.

Qon biokimyosi. Qon tarkibi va vazifalari. Qon plazma oqsillari. Qon lipoproteinlari.  

  1. Qonning asosiy funksiyalari va plazmaning kimyoviy tarkibi.
  2. Qon plazmasi oqsillari va fermentlari. “Oʻtkir faza” oqsillari. Albuminning tana suvi taqsimlanishidagi roli, shishlar kelib chiqish mexanizmi.
  3. Qon yaratilishi, suyak koʻmigi hujayralarining oʻziga xos xususiyatlari.
  4. Eritrositlar yetilishi va gem sintezi, uning boshqarilishi.Eritrositlarda kechadigan metabolik jarayonlarning oʻziga xosligi.
  5. Gemoglobin, oksigemoglobin, karboksigemoglobin, metgemoglobin.
  6. Qon plazmasi oqsillarining buzilishi va ular bilan bogʻliq kasalliklar.
2
26.

Limfa-retikulyar tizimi biokimyosi.  

  1. Limforetikulyar tizim, shakllanishi, vazifalari va ahamiyati.
  2. Immun tizimining asosiy vazifalari, limfaning kimyoviy tarkibi, yoshga bogʻliq xususiyatlari.
  3. Fagositlovchi hujayralarda metabolizmning oʻziga xos xususiyatlari.
  4. Yalligʻlanish bosqichlari( alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya) va biokimyoviy taxlil qilish.
2
27.

Temir almashinuvi, gemostaz.  

  1. Temir almashinuvi.
  2. Qonning bufer tizimlari.
  3. Gemostaz: tomir trombositar gemostaz va koagulyatsion gemostaz.
  4. Gemostazning zamonaviy hujayraviy nazariyasi, uning bosqichlari (inisiatsiya, amplifikatsiya, propagatsiya)
2
28.

Biriktiruvchi to‘qima biokimyosi.  

  1. Hujayralararo matriks, uning tarkibi va funksiyalari.
  2. Kollagen oqsilining aminokislota tarkibining oʻziga xosligi, birlamchi va fazoviy qurilishlari.
  3. Kollagen tolalarini hosil boʻlishi. Kollagenning katabolizmi va uning almashinuvi boshqarilishi. Kollagen sintezi va yetilishining buzilishlari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar.
  4. Elastin, uning tuzilishi, sintezi va katabolizmi.
2
29.

Yurak va mushak biokimyosi.  

  1. Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklari tuzilishining oʻziga xosligi, farqlari, miofibrillalarning asosiy oqsillari va molekulyar qurilishi.
  2. Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklarining qisqarishi va boʻshashishining biokimyoviy mexanizmi, farqlari, qisqarish va boʻshashish energiya talab qiluvchi jarayonlar ekanligi.
  3. Muskullarning ekstraktiv moddalari va muskullarda energiya almashinuvining oʻziga xosligi.
  4. Yurak mushaklarining normal metabolik, fiziologik va regulyator jarayonlari. Kardioselektiv oqsillar va fermentlarning diagnostik ahamiyati.
  5. Kreatinfosfat. Bolalarda kreatinuriyaning sabablari va davolash usullari.
2
30.

Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi.  

  1. Soʻlak tarkibi va vazifalari.
  2. Taʼm bilishning biokimyoviy asoslari. Ishtaha va ochlik hissining biokimyoviy boshqarilishi.
  3. Xlorid kislotasi sintezi mexanizmi, meʼda shirasi tarkibi va ahamiyati.Meʼda osti bezi shirasi tarkibi va ahamiyati.
  4. Ichak suyuqligi tarkibi va vazifalari.Ichaklarda organik moddalar parchalanish mahsulotlari, suv va tuzlarning soʻrilishi, uning buzilishlari( oʻtkir pankreatit, gastrit, enterit, kolit, bulbit).
2
31.

Jigar biokimyosi. Toksik moddalarni jigarda zararsizlantirilishi.  

  1. Jigarning uglevodlar, yogʻlar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvidagi ahamiyati, uning yoshga bogʻliqligi.
  2. Gem metabolizmi, sariqlik va uning xillari.
  3. Jigar zararlanishi sindromlari: sitoliz, xolestaz, mezenximal-yalligʻlanish, jigar-hujayra yetishmovchiligi sindromlari, jigar sirrozi.
  4. Toksik moddalarni zararsizlantirish mexanizmlari: mikrosomal oksidlanish, konyugatsiya reaksiyalari.
  5. Normal metabolitlar, gormonlar va boshqa moddalarning jigarda zararsizlantirilishi, yoshga bogʻliq xususiyatlari.
  6. Dori vositalar biotransformasiyasi, unga taʼsir etuvchi omillar.
  7. Etanolning jigarda zararsizlantirilishi, sintetik preparatlarining gepototsitlarga taʼsiri.
4
32.

Fiziologik faol moddalar. Tetragidrofolat, vitamin B12 va S-adenozilmetionin. Aminokislotalardan hosil bo‘ladigan maxsus moddalar.  

  1. Fiziologik faol moddalar tasnifi.
  2. Peptid tabiatli fiziologik faol moddalar (sitokinlar, oʻsish omillari va boshqalar).
  3. Aminokislotalar hosilalari, funksiyasi.Idora etishning umumiy tomonlari va idora etuvchi sistemalar iyerarxiyasi.
2
33.

Endokrin tizimi biokimyosi.  

  1. Endokrin va nerv sistemalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik.
  2. Gipotalamik-gipofizar tizim gormonlari, endokrin gormonlar, parakrin va autokrin gormonlar.
  3. Qonda gormonlar kontsentratsiyasining oʻzgarishi. Gormonlar hosil boʻlishi.
  4. Patologik holatlarda endokrin tizimdagi oʻzgarishlar. Metabolizmning irsiy / tugʻma buzilishlari (masalan, buyrak usti bezi poʻstloq qismi giperplaziyasi, qandli diabet).
  5. Endemik buqoq kelib chiqishining molekulyar mexanizmlari va uning oldini olish usullari.
4
Jami 70

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

So‘lak tarkibidagi alfa amilaza faolligini tekshirish.

2
2.

Qonda glyukoza miqlorini glyukometr asbobida va fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda o‘lchash.

2
3.

Qonda xolesterin miqdorini fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda aniqlash.

2
4.

Qon plazmasi tarkibidagi albuminlar miqdorini biokimyoviy analizatorda aniqlash.

2
5.

Qonda bilirubin miqdorini biokimyoviy analizatorda aniqlash.

2
Bahorgi semestr
6.

Test tayoqchalar yordamida siydikning me'yoriy va patologik tarkibiy qismlarini aniqlash.

2
7.

Oqsillar dializi.

2
8.

PZR(polimerlanuvchi zanjir reaksiyasi) usulida usulida biokimyoviy tahlillar o‘tkazish. Diagnostik ahamiyati

2
9.

Mushak suksinat degidrogenaza faolligini aniqlash

2
10.

Uglevodlarning anaerob parchalanishida hosil bo‘lgan sut kislotani aniqlash.

2
Jami 20

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Folat kislotasining yetishmovchiligi. Sulfanilamid preparatlarning bakteriostatik tasir mexanizmi.

2.

Buyraklarda urat toshlarini hosil bo‘lishi va davolash yo‘llari.

3.

Signallarni membranalar orqali o‘tkazilishi.Membranalar buzilishlarni patologik jarayonni kelib chiqishidagi o‘rni.

4.

Energiya almashinuvining boshqarilishi.

5.

Mitoxondrial kasalliklar. Gipoenergetik holatlar.

6.

Glikogen kasalliklari.

7.

Glyukoza tashuvchilarining tuzilishi, spetsifikligi, klinik ahamiyati.

8.

Surunkali gepatitlar va holetsistitlarda yog‘lar hazmlanishini buzilishi.

9.

Yog‘ kislotalarini α-omega oksidlanishi, ahamiyati, buzilishlari.

10.

Geteropolisaxaridlarni ontogenez va kasalliklarda o‘zgarishi.

11.

Lipidlarni peroksidlanishi va hujayra shikastlanishi patogenezidagi ahamiyati.

12.

Xolesterin tashilishida qatnashuvchi apo oqsillar. Yog‘ bosish, semirish. Sfingolipidozlar.

13.

Qandli diabet va ochlikda ketonuriya va ketonemiya.

14.

Oshqozon suyuqligi tashhisining klinik ahamiyati.

15.

Parenteral ovqatlanish va uning klinik ahamiyati.

16.

O‘tkir pankreatit kelib chiqishi va davolashning biokimyoviy asoslari.

17.

Katepsinlar, ularning klinik ahamiyati.

18.

Neyromediatorlar biosintezi, ahamiyati va kasalliklari.

19.

Buyraklarda urat toshlarini hosil bo‘lishi va davolash yo‘llari.

20.

Kallikrein-kinin tizimi, klinik ahamiyati.

21.

Jigarda gormonlarni zararsizlantirilishi, klinik ahamiyati.

22.

Endemik buqoq va gipotireoz patogenezi va davolash usullari.

23.

Leykotsitlar metabolizmi xususiyatlari.

24.

Nasliy va orttirilgan trombotsitopatiyalar.

25.

Kamqonlik turlari va sabablari.

26.

Qon ivish omillarining tug‘ma kasalliklari.

27.

Nafas va metabolik atsidoz va alkalozlarni kelib chiqishi, biokimyoviy tashxisi.

28.

Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi.

29.

Genlar ta'sirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi.

30.

Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi.

31.

Genlar ta'sirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi.

32.

Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi.

  Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻranishida himoya qiladi;

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Saidabbozov,S.Sh,Amanbayeva,S.S, Kuvvatov.J.D. “Biokimyo” Darslik Andijon :2025 y.
  2. Sobirova R.A., Yuldashev N.M.” Biokimyo”. Darslik 1 tom. Toshkent 2021 y.
  3. Sobirova R.A., Yuldashev N.M.” Biokimyo”. Darslik 2 tom. Toshkent 2021 y.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Obidov O.O. va boshq. Biologik kimyo. Laboratoriya amaliyoti. 2010 y.
  2. Dalimova S.N., Umarova G.B. Klinik biokimyo o‘quv qo‘llanma Toshkent 2019 y.

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.bioximia.narod.ru
  • http://www.biochemistry.vcu.edu.com

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / essey shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / essey koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Amanbayeva Sanobar Sirojidinovna,
KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: kuafbiochemistr@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

J.Mamajonov - KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

K.Ubaydullayev - PhD, Starshiy prepodavatel kafedry Biologicheskaya ximiya Andijanskogo gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

S.Amanbayeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan