Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmakognoziya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910800 - Farmatsiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 5,6
Fan nomi Farmakognoziya Fan kodi FG 15612
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    12    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 360 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
180
(aud)
180
(must)
36 104 40
18 | 18 52 | 52 20 | 20
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi boʻlajak farmatsevtlarni dorivor oʻsimliklarni tabiiy resurslariga zarar etkazmasdan tayyorlash, ularing mahsulotlarini qabul qilish va amalda meʼyoriy hujjatlar (MX) asosida tahlil qilib - sifatiga baho berish boʻyicha olgan bilim va koʻnikmalarni amaliyotda qoʻllay bilishlari uchun asosiy bilim berish

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • farmakognoziyaning asosiy tushunchalari, uning maqsad va vazifalari, rivojlanish bosqichlari, dorivor oʻsimliklar sohasidagi ilmiy tekshirishlarning asosiy yoʻnalishlari;
  • Oʻzbekiston dorivor oʻsimliklar xom ashyosi bazasi; dorivor oʻsimlik mahsulotlari va qisman hayvonlardan olingan dori vositalari nomenklaturasi va tasnifi;
  • dorivor oʻsimlik mahsulotlarini tayyorlash asoslari;
  • dorivor oʻsimliklarning kimyoviy tarkibi va uning ontogenezda hamda tashqi omillar taʼsirida oʻzgarishi;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • dorivor oʻsimlik mahsulotlarini amaldagi MH asosida qabul qilish va tahlildan oʻtkazish tartibi;
  • dorivor oʻsimliklar hamda oʻsimlik va qisman hayvonlardan olingan dori vositalaring tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi toʻgʻrisida asosiy maʼlumotlar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • dorivor mahsulotlar tarkibidagi asosiy taʼsir etuvchi moddalar (polisaxaridlar, vitaminlar, efir moylari, iridoidlar, alkaloidlar, yurak glikozidlari, saponinlar, oddiy fenollar va ularning glikozidlari, antratsen unumlari, oshlovchi moddalar, flavonoidlar, kumarinlar, yogʻ, yogʻsimon moddalar va boshqalar) ni sifat va miqdoriy tahlilini oʻtkazish;
  • dorivor oʻsimlik mahsulotlarini qabul qilish va ularning sifatini belgilovchi koʻrsatkichlarini amaldagi MH talablariga muvofiq aniqlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.

  1. .Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
2.

Efir moylar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
3.

Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar.

  1. Tarkibida monosiklik monoterpenlar boʻlgan efir moylar va dorivor oʻsimliklar. 2.Tarkibida bisiklik monoterpenlar boʻlgan efir moylar va dorivor oʻsimliklar. 3.Tarkibida aromatik monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar.
2
4.

Alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Ochiq zanjirli (asiklik) va azot yon zanjirda boʻlgan alkaloidlar.
2
5.

Pirrolizidin unumlari,

  1. . Piridin va piperidin unumlari,
  2. Tropan (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
6.

Xinolizidin (piperidinning ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari,

  1. Izoxinolin unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
7.

Indol unumi, diterpen unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

  1. Indol unumi, diterpen unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
8.

Glikozidlar toʻgʻrisida tushuncha.

  1. Tarkibida iridoidlar (achchiq glikozidlar) boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
  2. Yurak glikozidlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.
  3. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  4. Tarkibida yurak glikozidlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
2
9.

Saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish

  1. .Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
Bahorgi semestr
10.

Tarkibida oddiy fеnollar, fеnolglikozidlar xamda lignanlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

  1. Antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.
  2. .Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  3. 3 Tarkibida antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
2
11.

Tarkibida oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
2
12.

Flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar. 3.Tinchlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan, yurak — qon tomir kasalliklarida qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklar.
  3. R vitamin xususiyatiga ega flavonoidlar saqlovchi dorivor oʻsimliklar
2
13.

Tarkibida flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

  1. Vitamin K saqlovchi va qon toʻxtatuvchi xususiyatga ega boʻlgan dorivor oʻsimliklar.
  2. Oʻt haydovchi xususiyatga ega boʻlgan va meʼda — ichak kasalliklarda qoʻllaniladigan flavonoidlar saqlovchi dorivor oʻsimliklar.
  3. Peshob haydovchi dorivor oʻsimliklar.
  4. Tarkibida kumarinlar va xromonlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar
2
14.

Tarkibida turli biologik faol moddalar hamda tio- va sianoglikozidlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar.

  1. Maydalangan mahsulotlar tahlili (dorivor yigʻmalar va choylar)
2
15.

Yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
  3. Yogʻsimon moddalar.
2
16.

Hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar.

  1. Dorivor boʻlmagan zaharli oʻsimliklar va pestitsidlar
2
17.

Farmakognoziyaga kirish.

  1. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini farmakognostik tahlil qilish usullari.
  2. Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini qabul qilish va meʼyoriy hujjatlar asosida tahlil qilish.
2
18.

Polisaxaridlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida polisaxaridlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
2
Jami 36
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.  

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
2.

Tarkibida flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.  

  1. Tinchlantiruvchi xususiyatga ega boʻlgan, yurak — qon tomir kasalliklarida qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklar.
4
3.

Tarkibida flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.  

  1. Vitamin K saqlovchi va qon toʻxtatuvchi xususiyatga ega boʻlgan dorivor oʻsimliklar.
  2. Oʻt haydovchi xususiyatga ega boʻlgan va meʼda — ichak kasalliklarda qoʻllaniladigan flavonoidlar saqlovchi dorivor oʻsimliklar.
  3. Peshob haydovchi dorivor oʻsimliklar.
4
4.

Tarkibida kumarinlar va xromonlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar.  

4
5.

Tarkibida turli biologik faol moddalar hamda tio — va, sianoglikozidlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar.  

4
6.

Maydalangan mahsulot tahlili.  

  1. Tarkibida yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish. 2.Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Yogʻsimon moddalar.
  3. Hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar.
4
7.

Antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish. 1.Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.  

  1. Antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish. 1.Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
4
8.

Tarkibida antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.  

  1. Tarkibida antratsen unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
9.

Oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish  

  1. .Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
10.

Tarkibida fenologlikozidlar, lignanlar, antratsen unumlari va oshlovchi moddalar boʻlgan mavzulari boʻyicha nazorat ishi.  

  1. . Nomsiz oʻsimlik gerbariysi, mahsulotlarni aniqlash va tasvirlash.
4
11.

Flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish  

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
4
12.

Tarkibida aromatik monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar  

  1. Tarkibida aromatik monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar
4
13.

Tarkibida polisaxaridlar, vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar  

  1. .Tarkibida efir moylar boʻlgan mavzulari boʻyicha nazorat ishi.
  2. Nomsiz oʻsimlik gerbariysi, mahsulotlarni aniqlash va tasvirlash
4
Bahorgi semestr
14.

Tarkibida iridoidlar (achchiq glikozidlar) boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar  

  1. Tarkibida iridoidlar (achchiq glikozidlar) boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
4
15.

Alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.  

  1. Alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.
  2. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
4
16.

Ochiq zanjirli (asiklik) va azot yon zanjirda boʻlgan alkaloidlar.  

  1. Pirrolizidin unumlari, Piridin va piperidin unumlari,
  2. Tropan (piperidin bilan pirrolidinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
17.

Xinolizidin (piperidinning ikki molekulasini yoki piperidin va piridinni azot orqali jipslangan birikmasi) unumlari,  

  1. Izoxinolin unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va maxsulotlar.
  2. Indol unumi, diterpen unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va maxsulotlar.
  3. Tarkibida polisaxaridlar, vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar, tarkibida efir moylar va iridoidlar (achchiq glikozidlar), alkaloidlar boʻlgan mavzulari boʻyicha nazorat ishi.
  4. Nomsiz oʻsimlik gerbariysi, mahsulotlarni aniqlash va tasvirlash.
4
18.

Yurak glikozidlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.  

  1. .Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida yurak glikozidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
4
19.

Tarkibida fenologlikozidlar hamda lignanlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar  

  1. Tarkibida fenologlikozidlar hamda lignanlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
4
20.

Turli morfologik guruhlarga kiruvchi mahsulotlarni farmakognostik tahlil qilish usullari.  

  1. Barglar, gullar va yer ustki qismi morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor oʻsimlik mahsulotlarini farmakognostik tahlil qilish usullari.
  2. Mevalar, urugʻlar va poʻstloqlar morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor oʻsimlik mahsulotlarini farmakognostik tahlil qilish usullari.
  3. Yer ostki qismi (ildiz, ildizpoya, tuganak va piyozboshlar) morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor oʻsimlik mahsulotlarini farmakognostik tahlil qilish usullari.
4
21.

Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini qabul qilish va meʼyoriy hujjatlar asosida tahlil qilish  

  1. . Mahsulotni qabul qilish qoidalari, ularning chinlik va sifat mezonlarini amaldagi meʼyoriy hujjat asosida aniqlash.
4
22.

Tarkibida polisaxaridlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar  

  1. Tarkibida polisaxaridlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar
4
23.

Vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.  

  1. Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
  2. Tarkibida vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
24.

Efir moylar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish  

  1. . Klassifikatsiya, fizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdor tahlili.
4
25.

Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.  

  1. Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.
4
26.

Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar.  

  1. Tarkibida monosiklik monoterpenlar boʻlgan efir moylar va dorivor oʻsimliklar. 2.Tarkibida bisiklik monoterpenlar boʻlgan efir moylar va dorivor oʻsimliklar
4
Jami 104

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Dorivor oʻsimlik mahsulotlarini qabul qilish va meʼyoriy hujjatlar asosida tahlil qilish.

2
2.

Tarkibida polisaxaridlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

2
3.

Vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

2
4.

Efir moylar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

2
5.

Efir moylarining fizik-kimyoviy konstantalari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

2
6.

Tarkibida asiklik (ochiq zanjirli) monoterpenlar boʻlgan efir moylari va dorivor oʻsimliklar.

2
7.

Tarkibida iridoidlar (achchiq glikozidlar) boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

2
8.

Alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

2
9.

Ochiq zanjirli (asiklik) va azot yon zanjirda boʻlgan alkaloidlar.

2
10.

Indol unumi, diterpen unumlariga kiradigan alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va maxsulotlar.

2
Bahorgi semestr
11.

Yurak glikozidlari boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.

2
12.

Saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish

2
13.

Tarkibida fenologlikozidlar hamda lignanlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar.

2
14.

Oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish.

2
15.

Flavonoidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar tahlil qilish.

2
16.

Tarkibida kumarinlar va xromonlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar.

2
17.

Tarkibida turli biologik faol moddalar hamda tio — va, sianoglikozidlar boʻlgan dorivor oʻsimlik va mahsulotlar.

2
18.

Maydalangan mahsulot tahlili.

2
19.

Tarkibida yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlarini tahlil qilish

2
20.

Hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulotlar.

2
Jami 40

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklar xom ashyo bazasini hozirgi kundagi holati.

2.

Dorivor oʻsimlik va mahsulotlarni tayyorlash, quritish, standart holatga keltirish, idishlarga joylash, transport vositalarida joʻnatish va saqlash.

3.

Dorivor oʻsimlik va mahsulotlarni tayyorlash, quritish, standart holatga keltirish, idishlarga joylash, transport vositalarida joʻnatish va saqlash

4.

Dorivor oʻsimliklarni kimyoviy tarkibi. Meʼyoriy hujjat kategoriyalari, tuzish tartibi, ularning tuzilishi.

5.

Kraxmal manbalari va ularning olish usullari. Daraxt yelimlari va pektin moddalar.

6.

Vitaminlarning kimyoviy tasnifi va ularni sinteziga taʼsir etuvchi omillar. Karotinoidlarni sifat va miqdorini aniqlash.

7.

Vitamin K ni xromatografik usulda aniqlash. Tarkibidagi polisaxaridlar va vitaminlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

8.

Terpenoidlarning kimyoviy tasnifi. Efir moylarining kimyoviy konstantalari: efir soni, sovunlanish soni, asetillashdan soʻngi efir sonini aniqlash.

9.

Efir moylarining fizik konstantalari: qutblangan nur tekisligini ogʻdirish koʻrsatkichini aniqlash; efir moylarining eruvchanligini aniqlash.

10.

Evkalipt turlari, oq qayin oʻsimliklari. Tarkibida efir moylari va iridoidlar (achchiq glikozidlar) boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

11.

Dorivor oʻsimliklar mahsulotlaridan alkaloidlarni ajratib olish usullari. Bargsiz itsigak (anabazis), kuchala, ilon rauvolfiya, xitoy choyi oʻsimliklari. Iridoidlarning zamonaviy tasnifi.

12.

Dorivor oʻsimlik mahsulotini achchiqlik koʻrsatkichini aniqlash usuli.

13.

Tarkibida alkaloidlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

14.

Yurak glikozidlarini biologik standartizatsiyasi. Bahorgi adonis, Kombe strofanti oʻsimliklari

15.

Saponinlarni gemolitik indeksni aniqlash. Manchjuriya araliya oʻsimligi.

16.

Tarkibida yurak glikozidlari va saponinlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

17.

Dorivor oʻsimliklar mahsuloti tarkibida arbutinni miqdorini aniqlash usuli.

18.

Dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibidagi antrasent unumlarini Xalqaro farmakopeyasi boʻyicha aniqlash.

19.

Biogen stimullovchi taʼsirga ega tabiiy birikmalar haqida tushuncha.

20.

Oshlovchi moddalarning tasnif reaksiyalari (Stiastni reaksiyasi va hokazo).

21.

Oshlovchi skumpiya, oddiy chernika oʻsimliklari.

22.

Tarkibida fenolglikozidlar, lignanlar, antrasent unumlari va oshlovchi moddalar boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

23.

Flavonoidlar biosintezi. Uch rangli gunafsha oʻsimligi.

24.

Kumarinlar biosintezi. Katta kella oʻsimligi.

25.

Dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida amigdalinni aniqlash usuli.

26.

Achchiq bodom suvini olinishi va ishlatilishi.

27.

Briketlarni chinligi va sifatini aniqlash.

28.

Tarkibida yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar va mahsulotlar: zaytuni, makkajoʻxori.

29.

Hayvonlardan olinadigan yogʻlar: baliq moyi.

30.

Tarkibida flavonoidlar, kumarinlar, xromonlar va turli biologik faol moddalar, tio-, sianoglikozidlar, yogʻlar boʻlgan dorivor oʻsimliklar gerbariylari va mahsulotlarini oʻrganish.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media korinishda topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xolmatov X.X, Axmedov U.A Farmakognoziya — 1 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-408 bet.
  2. Xolmatov X.X, Axmedov U.A Farmakognoziya — 2 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-400 bet.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Самылина И.А., Яковлев Г.П. Фармакогнозия: учебник / И.А.Самылина, Г.П.Яковлев. – М.: 2013. – 976 с.
  2. Фармакогнозия. Лекарстврственное сыре растителного и животного происхождения: учебное пособие / под ред. Г.П.Яковлева. – 3-э изд., испр. и доп. -СПб.: СпесЛит, 2013. -848с.

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.fito.nnov.ru/special/alkaloids.html
  • http://www.pharmax.m/articles.

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-29 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot yozma shakllarda amalga oshiriladi104-26 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-26 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.152-29 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Matazimov Muxammadjon Toxirjon oʻgʻli,
KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: m.t.matazimov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Razzakov - KUAF, Umumiy kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.f.d (PhD)

M.K.Axmatoxunova - Andijon davlat tibbiyot insitituti farmatsevtika kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Matazimov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi