![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Valeologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga aholi orasida kasallanish, aholini oʻrtacha umr davomiyligini uzaytirishga qaratilgan chora tadbirlarni oʻrgatishdir. Bunga sogʻlom turmush tarzini yaratish, aholi ongida tibbiy faollikni oshirish, talabalarga fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini oʻrgatish, nazariy, amaliy, uslubiy va tashkiliy bilimlarni hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- aholi salomatligiga tasir etuvchi omillarni asosiy mezonlarini,
- ijtimoiy muhit hayot tarzi, atrof-muxit omillari va patronaj ishlarini
- salomatlik psixologiyasini shakllantirishni,
- salomatlik va kasallik tushunchalarini
- individual salomatlikni saqlash va uni mustahkamlashni
- salomatlik darajasini oshirish yoʻli bilan kasalliklarni birlamchi, ikkilami va uchlamchi profilaktika ishlarini bilishni oʻrgatishdan iborat.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- talabalarga valeologiya fanini mushohada qilish usullari bilan tanishtirish,
- aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini amalga oshirish va uni ommaga yetkazish;
- aholi oʻrtasida hamshira patronaji ishlarini toʻgʻri tashkil etish.
- JSTT boʻyicha olib borilgan ishlarni monitoring va tahlil qilishni;
- aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Valeologiyani fan sifatida o‘qitilishi, maqsadi va vazifalari
|
2 |
| 2. |
Sog‘liqning fiziologo-gigiyenik asoslari
|
2 |
| 3. |
Surunkali noinfeksion kasalliklar (SNIK) xavf omillari
|
2 |
| 4. |
Sog‘liq va turmush tarzi: kliniko-gigiyenik jihatlar
|
2 |
| 5. |
Ekologiya va inson salomatligi
|
2 |
| 6. |
Xulq atvor omillariga ta’sir ko‘rsatishning valeologik yondoshuvlari
|
2 |
| 7. |
Tibbiy valеologiyaning zamonaviy yo‘nalishlari
|
2 |
| Jami | 14 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Tibbiy valeologiya metodlari: anketalar, testlar, fiziologik o‘lchashlar
|
2 |
| 2. |
Jismoniy rivojlanishni baholash: tana massasi indeksi, somatotip
|
2 |
| 3. |
Talabalarda yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillarini aniqlash
|
2 |
| 4. |
Ovqatlanishni gigiyenik baholash, oziq-ovqat kundaliklarini tuzish
|
2 |
| 5. |
Psixofiziologik diagnostika metodlari: tashvishlanish darajasi, stressga chidamlilik
|
2 |
| 6. |
Yomon odatlarni tahlil qilish va ularning klinik oqibatlari
|
2 |
| 7. |
Salomatlikning ma’naviy tamoyili. Salomatlikning ruhiy tamoyili
|
2 |
| 8. |
Immunoprofilaktika va vaksinalar: amaliy jihatlar
|
2 |
| 9. |
Salomatlikning jismoniy omili.
|
2 |
| 10. |
Reproduktiv salomatlik va infeksiyalarni oldini olish
|
2 |
| 11. |
«Homilador ayol» maqsadli guruhi. «Go‘dak bola» maqsadli guruhi.
|
2 |
| 12. |
«Bolalik va o‘smirlik» maqsadli guruhi.
|
2 |
| 13. |
|
2 |
| 14. |
«YEtuk va o‘rta yosh» maqsadli guruhi.
|
2 |
| 15. |
«Keksa va qariyalar» maqsadli guruhi.
|
2 |
| Jami | 30 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Umuminsoniy va milliy qadriyatlardagi sog‘liq konsepsiyasi |
| 2. |
Salomatlikning biologik va ijtimoiy omillari. |
| 3. |
Salomatlik darajasini baholash mezonlari. |
| 4. |
Sog‘lom turmush tarzi konsepsiyasi va uning bosqichlari. |
| 5. |
Jismoniy faollikning fiziologik mexanizmlari. |
| 6. |
Sport va sog‘lomlashtirish mashqlarining turli yosh davrlarida ahamiyati. |
| 7. |
Sog‘lom ovqatlanishning milliy an’analardagi ko‘rinishlari. |
| 8. |
Vitaminlar va mikroelementlarning sog‘liqdagi o‘rni |
| 9. |
Ichimlik suvi sifati va uning organizm salomatligiga ta’siri. |
| 10. |
Biologik faol qo‘shimchalardan foydalanishning valeologik jihatlari |
| 11. |
Mehnat va dam olish rejimini tashkil etish. |
| 12. |
Ish qobiliyati va charchashning fiziologik asoslari. |
| 13. |
Uyqu gigiyenasi va uyqusizlik oqibatlari. |
| 14. |
Ruhiy salomatlik va shaxsiy rivojlanish. |
| 15. |
Depressiya va tashvishlanishning sog‘liqka ta’siri. |
| 16. |
Stressni yengishda psixologik treninglarning ahamiyati. |
| 17. |
Axborot oqimining (internet, ijtimoiy tarmoqlar) psixofiziologik ta’siri. |
| 18. |
Radioaktiv nurlanishning inson salomatligiga ta’siri. |
| 19. |
Kimyoviy omillar va ekologik toksikantlarning organizmga salbiy ta’siri. |
| 20. |
Shovqin va vibratsiyaning salomatlikka ta’siri. |
| 21. |
Allergiya va autoimmun kasalliklarning valeologik jihatlari |
| 22. |
Qarish jarayonlari va ularni sekinlashtirish yo‘llari. |
| 23. |
Giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi. |
| 24. |
Reproduktiv salomatlikning psixologik omillari. |
| 25. |
Bolalar va o‘smirlar salomatligi (guruh xavf omillari). |
| 26. |
Keksalarda sog‘lom turmush tarzi muammolari. |
| 27. |
Jamoat salomatligi va valeologiya: aholining sog‘lomlik darajasini oshirish dasturlari. |
| 28. |
“Salomatlik maktablari” konsepsiyasi va ularning samaradorligi. |
| 29. |
Umuminsoniy va milliy qadriyatlardagi sog‘liq konsepsiyasi. |
| 30. |
Salomatlikning biologik va ijtimoiy omillari. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Irgashev Sh.B Valeologiya (Valeologiya asoslari) darslik tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun . — Toshkent: infoCOM.UZ, 2015. — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
- Aripov A.N “Valeologiyaning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari” o’quv – uslubiy qo’llanma Namangan 2020
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Tadjibayeva G “Inson salomatligi” o’quv – uslubiy qo’llanma Namangan 2023
- Ibodullayeva X.T “Valeologiya asoslari” o‘quv qo‘llanma.Toshkent 2010y.
- Sodikov S So‘glom turmush tarzini shakllantirish: o‘quv qo‘llanma. — Toshkent, 2007.
7.3. Axborot manbaalari
- https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/
- https://www.physoc.org/
- https://www.physiology.org/
- https://www.khanacademy.org/science/biology
- https://www.hapsweb.org/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Loyiha ishi | Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida topshiradi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Aysacheva Maftunabonu Oybek qizi, KUAF, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
m.aysacheva@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
D.Kosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- E.Yuldashov - Dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Juma soat 15.00 – 18.00, A517– xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) A.Mutalipov Kafedra mudiri |
(imzo) M.Aysacheva Fan oʻqituvchisi |
