![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi dasturlashda qoʻllaniladigan obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash paradigmasini chuqur oʻrgatish, C++ dasturlash tilida sinf, obyekt, inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi konseptlarni tahlil qilish va amalda qoʻllash boʻyicha zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish qobiliyatini rivojlantiradi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Dasturlash asoslari (DAT101)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi.
- Sinflar, obyektlar boʻyicha bilimlarga ega boʻladi.
- inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi tushunchalarni tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi.
- C++ dasturlash tili OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish qobiliyati oʻrgatiladi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalarini tushunadi (desktop, tizim dasturlari, oʻyinlar, apparat bilan bogʻliq tizimlar).Mantiqiy fikrlash, algoritmik tafakkur va ketma-ketlikda kod yozish malakasi rivojlanadi. Amaliy muammoni bosqichma-bosqich hal qilish uchun strukturaviy yondashuvni shakllantiradi.
- Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash konsepsiyalarini chuqur tushunish va tadbiq qilish
- Amaliy dastur loyihalash va sinovdan oʻtkazish koʻnikmalari
- Loyiha asosida ishlash va jamoaviy hamkorlik (teamwork) koʻnikmalari
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Konstruktorlar va ularning turlari |
| 2. |
Destruktorlar va resurslarni tozalash |
| 3. |
Inkapsulyatsiya va private/public a'zolar |
| 4. |
Asosiy vorislik (inheritance) |
| 5. |
Ko'p martalik vorislik (multiple inheritance) |
| 6. |
Gibrid merosxo'rlik |
| 7. |
Polimorfizm: Funksiyani qayta yuklash (overloading) |
| 8. |
Virtual funksiyalar va kechiktirilgan bog'lanish |
| 9. |
Abstrakt sinflar va interfeysga o'xshash struktura |
| 10. |
Operatorlarni oddiy qayta yuklash |
| 11. |
Murakkab operatorlarni qayta yuklash |
| 12. |
Memory management (new/delete, pointerlar) |
| 13. |
Do'st funksiyalar (friend functions) |
| 14. |
Do'st sinflar (friend class) |
| 15. |
Funksiya shablonlari (Function templates) |
| 16. |
Klass shablonlari (Class templates) |
| 17. |
Istisnolarni ushlash (try-catch) |
| 18. |
Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan istisnolar. |
| 19. |
C++ da static a’zolar (static variables va static functions) |
| 20. |
C++ da const a’zolar va const funksiyalar |
| 21. |
C++ da virtual destruktorlar va ularning ahamiyati |
| 22. |
C++ da sof virtual funksiyalar (pure virtual functions) |
| 23. |
C++ da interfeyslarni yaratish va ishlatish usullari |
| 24. |
C++ da multiple polymorphism va virtual inheritance |
| 25. |
C++ da RTTI (Run Time Type Information) |
| 26. |
C++ da this ko‘rsatkichi va uning qo‘llanilishi |
| 27. |
C++ da self-referential classlar (o‘z-o‘ziga ishora qiluvchi sinflar) |
| 28. |
C++ da copy constructor va assignment operator |
| 29. |
C++ da move semantics va rvalue reference |
| 30. |
C++ da smart pointerlar (unique_ptr, shared_ptr, weak_ptr) |
Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish uchun talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot/media/yozma/vizual/dastur yoki referat (15 varoqdan kam boʻlmagan hajimda) tayyorlab himoya qiladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Васильев А. Н. Самоучитель С++ с примерами и задачами. 4-е издание (переработанное). — СПб.: Наука и Техника, 2016. - 480 с.
- Liberty J., Rao S., Jones B. Sams Teach Yourself C++ in one hour a day. Indianapolis: Sams Publishing, 2008. - 857 p.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Stroustrup B. A tour of C++ (2nd ed.). Addison-Wesley. 2018. - 242 p.
- Бансила М. Решение задач на современном C++. пер. с англ. А. Н. Киселева – М.: ДМК Пресс, 2019. – 302 с.
- Марапулец Ю.В. Программирование на языке высокого уровня. Учебное пособие. Петропавловск-Камчатский: КамчатГТУ, 2008. – 189 с.
- Страуструп Б., Тур по C++. Третье издание. пер. с англ. В.Кирюхин. 2022. -314 стр.
7.3. Axborot manbaalari
- https://metanit.com/cpp
- https://www.w3schools.com/cpp/cpp_intro.asp
- https://ravesli.com/uroki-cpp
- https://purecodecpp.com
- https://code-live.ru/tag/cpp-manual
- https://code.visualstudio.com/docs/languages/cpp
- http://cppstudio.com/post/213
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Amaliy | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Abduvoxidov Murodjon Komilovich, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
info@murodjon.uz ochilov92@list.ru email.fiery@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
N.Kabulov - Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- S.Ibragimov - ADTI, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-Chorshanba, soat 15.00 – 17.00, ______-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) N.Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) M.Abduvoxidov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) M.Mahmudov Fan oʻqituvchisi |
||||||
|
(imzo) M.Olimov Fan oʻqituvchisi |
