Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 2
Fan nomi Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya Fan kodi GIS 12-306
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/vazifa/tadqiqotlar/davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
46
(aud)
44
(must)
16 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi odam organizmi organ va toʻqimalarining embrional rivojlanishi, mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, hujayralarning sito va gistofiziologiyasining asosiy qonuniyatlarini oʻrganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish koʻnikmalarini egallash.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • biologik obyekt sifatida odam tanasining koʻpdarajali (hujayra, toʻqima aʼzo, tizim, organizm) tuzilishi tamoyili va undagi ierarxik oʻzaro aloqalar;
  • odam organizmidagi funksional tizimlar, ularning boshqarilishi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • hujayra, toʻqimalarning turlari, umumiy tuzilishi va vazifalarini;
  • regeneratsiya, differensirovka, proliferatsiya jarayonlari, toʻqima va aʼzolar integratsiyasi boʻyicha umumiy biologik qonuniyatlarni
  • yurak-qon tomirlar tizimi, qon yaratuvchi va immun himoya aʼzolari, endokrin tizim aʼzolarining taraqqiyot manbalari, shakllanish muddatlari, umumiy tuzilish asoslari, vazifalari. va yoshga koʻra boʻladigan oʻzgarishlarinibilishi kerak
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • mikroskop bilan ishlashni biladi
  • mikropreparatlarni yorugʻlik mikroskopi ostida toʻgʻri diagnostika qila oladi;
  • qon surtmalaridagi leykotsitlar turlarini toʻgʻri ajratish;
  • preparatlardagi asosiy tuzilmalarni albomda toʻgʻri tasvirlay olishni biladi.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi Pos  
1.

Gistologiya faniga kirish. Epiteliy to’qimasi.

  1. Toʻqimalar haqida tushuncha. Toʻqimalarning tarkibiy qismi: hujayralar va hujayralararo modda. Differonlar, toʻqima regeneratsiyasi, regeneratsiya turlari.
  2. Toʻqimalar turlari: epitelial, ichki muhit, mushak va nerv toʻqimalari.
  3. Epiteliy toʻqimasi. Epiteliy toʻqimasining morfofunksional tavsifi, turlari.
  4. Qoplama va bezli epiteliy. Qoplama epiteliy turlari, epiteliy regeneratsiyasi, kambial hujayralar roli. Sekretor sikl haqida tushuncha, sekretsiya turlari. Bezli epiteliy, ekzo-endokrin bezlar. Ekzokrin bezlar umumiy tuzilish prinsipi.
2

1

2.

Sitologiya

  1. Sitologiya xaqida tushuncha. Xujayra struktur tuzilmalari,
  2. xujayra membranasi, xujayra qobigʻi.
  3. Мembranali va membranasiz оrganoidlar.
  4. Yadro (magʻiz). Xujayra boʻlinishi
2

2

3.

Ichki muxit to‘qimasi. Qon.

  1. Ichki muhit yoki tayanch-trofik toʻqimalar, morfofunksional tasnifi.
  2. Qon tarkibi, gemogramma, uning klinik mohiyati. Plazma va uning tarkibi.
  3. Qonning shaklli elementlari. Eritrotsitlar, tuzilishi, vazifalari. Donador leykotsitlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari. Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli. Monotsitlar, tuzilishi, vazifasi.
  4. Leykotsitar formula, uning klinik mohiyati.
  5. Trombotsitlar, tuzilishi va ularning qonning ivishidagi roli. Gemogrammaning yoshga qarab oʻzgarishlari.
2

3

4.

Gemotsitopoez.

  1. Embrional gemotsitopoez.
  2. Oʻzak hujayra. Postembrional gemotsitopoez: eritrotsitopoez, granulotsitopoez, monotsitopoez, trombotsitopoez, limfotsitopoez. Gemotsitopoezning boshqariluvi.
2

4

5.

Asl biriktiruvchi to’qima.

  1. Tolali va maxsus xususiyatli biriktiruvchi toʻqimalar. Togʻay va suyak toʻqimalari. Morfofunksional tavsifi, turkumlari, hujayralar, hujayralararo modda, tarkibi va ahamiyati.
  2. Asl biriktiruvchi toʻqima, turlari. Siyrak tolali biriktiruvchi toʻqima, mohiyati. Hujayralar: fibroblastlar, tuzilishi, turlari va faoliyati. Makrofaglar, plazmatik xujayralar va ularning immunitetdagi roli.
  3. Mononuklear fagotsitlar sistemasi (MFS). Toʻqima bazofillari, ularning tuzilishi, faoliyati va toʻqima gomeostazidagi roli. Pigmentotsitlar, lipotsitlar, peritsitlar, adventitsial xujayralar. Hujayralararo modda: tolalar, asosiy modda.
2

5

6.

Tog’ay va suyak to’qimalari.

  1. Skelet toʻqimalari: umumiy tavsifi, turkumlari.
  2. Togʻay toʻqimasi: gialin, elastik, tolali togʻayning tarkibiy qismi, tarakkiyoti, regeneratsiyasi, yoshga koʻra oʻzgarishlari.
  3. Suyak toʻqimasi, turlari, hujayralari va hujayralararo moddalari. Dagʻal tolali va plastinkasimon suyaklar.
  4. Suyak toʻqimasining taraqqiyoti (osteogistogenez), regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

6

7.

Muskul to’qimasi.

  1. Mushak toʻqimasi tavsifi, tasnifi. Silliq mushak toʻqimasi, joylashuvi, tuzilishi, qisqarish mexanizmlari. Skelet mushak toʻqimasining tuzilishi: miofibrillalar, T va L- sistemalar, sarkomer.
  2. Mushak qisqarishining struktur asoslari. Mushak taraqqiyoti, regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari.
  3. Yurak mushak toʻqimasi: kardiomiotsitlar turlari, tuzilishi, vazifalari va regeneratsiyasi
2

7

8.

Nerv to’qimasi.

  1. Nerv toʻqimasining taraqqiyoti va tavsifi. Neyronlar ularning turlari va tuzilishi.
  2. Neyrosekretor hujayralar. Neyrogliya: gliotsitlar, turlari, tuzilishi va vazifalari.
  3. Nervlar, nerv oxirlari, sinapslar ularning turlari va vazifalari. Nerv toʻqima-sining regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

8

Jami 16
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi POS
1.

Gistologiya faniga kirish. Gistologik preparatlarni tayyorlash texnikasi.  

  1. Gistologiya fani xaqida tushuncha
  2. Boshqa fanlar bilan bogʻligi
  3. Gistologik preparatlarni tayyorlash texnikasi va ularning bosqichlari.
2

1

2.

To’qimalar. Epiteliy to’qimasi.  

  1. Toʻqimalar haqida tushuncha. Toʻqimalarning tarkibiy qismi: hujayralar va hujayralararo modda.
  2. Differonlar, toʻqima regeneratsiyasi, regeneratsiya turlari. Toʻqimalar turlari: epitelial, ichki muhit, mushak va nerv toʻqimalari.
  3. Epiteliy toʻqimasi. Epiteliy toʻqimasining morfofunksional tavsifi, turlari.
  4. Qoplama va bezli epiteliy. Qoplama epiteliy turlari, epiteliy regeneratsiyasi, kambial hujayralar roli. Sekretor sikl haqida tushuncha.
2

2

3.

Qon va limfa.  

  1. Qon tarkibi, gemogramma, uning klinik mohiyati.
  2. Plazma va uning tarkibi.
  3. Eritrotsitlar, tuzilishi, vazifalari.
2

3

4.

Qon va limfa.  

  1. Donador leykotsitlar: neytrofillar, eozinofillar, bazofillar, ularning tuzilishi va vazifalari.
  2. Donasiz leykotsitlar: limfotsitlar, turlari, immunitetdagi roli. Monotsitlar, tuzilishi, vazifasi.
  3. Leykotsitar formula, uning klinik mohiyati.
  4. Trombotsitlar, tuzilishi va ularning qonning ivishidagi roli, gemogrammaning yoshga qarab oʻzgarishlari.
2

4

5.

Qon va limfa.  

  1. Limfa va uning tarkibi, ularning tuzilishi va vazifalari.
2

5

6.

Gemotsitopoez va uning bosqichlari  

  1. Embrional gemotsitopoez, oʻzak hujayra haqida tushuncha.
  2. Postembrional gemotsitopoez: eritrotsitopoez, granulotsitopoez, monotsitopoez, trombotsitopoez, limfotsitopoez.
  3. Gemotsitopoezning boshqariluvi.
2

6

7.

Asl biriktiruvchi to’qima  

  1. Togʻay toʻqimasi. Tolali va maxsus xususiyatli biriktiruvchi toʻqimalar.
  2. Skelet toʻqimalari: umumiy tavsifi, turkumlari
  3. Togʻay toʻqimasi: gialin, elastik, tolali togʻayning tarkibiy qismi, tarakkiyoti, regeneratsiyasi, yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

7

8.

Skelet to’qimasi. suyak to’qimasi  

  1. Suyak toʻqimasi, turlari, hujayralari va hujayralararo moddalari.
  2. Dagʻal tolali va plastinkasimon suyaklar.
  3. Suyak toʻqimasining taraqqiyoti (osteogistogenez), regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

8

9.

Muskul to’qimasi.  

  1. Mushak toʻqimasi tavsifi, tasnifi.
  2. Silliq mushak toʻqimasi, joylashuvi, tuzilishi, qisqarish mexanizmlari.
  3. Skelet mushak toʻqimasining tuzilishi: miofibrillalar, T va L- sistemalar, sarkomer.
  4. Mushak qisqarishining struktur asoslari. Mushak taraqqiyoti, regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

9

10.

Muskul to’qimasi.  

  1. Yurak mushak toʻqimasi: kardiomiotsitlar turlari, tuzilishi, vazifalari va regeneratsiyasi.
2

10

11.

Nerv to’qimasi.  

  1. Nerv toʻqimasining taraqqiyoti va tavsifi.
  2. Neyronlar, ularning turlari va tuzilishi.
  3. Neyrosekretor hujayralar.
2

11

12.

Nerv to’qimasi.  

  1. Neyrogliya: gliotsitlar, turlari, tuzilishi va vazifalari.
  2. Nervlar, nerv oxirlari, sinapslar ularning turlari va vazifalari.
  3. Nerv toʻqimasining regeneratsiyasi va yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

12

13.

Endokrin tizim  

  1. Endokrin aʼzolar, umumiy tavsifi, markaziy va periferik endokrin aʼzolar.
  2. Gipotalamus yadrolari, ularning hujayra tarkibi va gipofiz bilan aloqasi, gipofiz taraqqiyoti, tarkibiy qismlari.
  3. Adenogipofiz, hujayraviy tarkibi, gormonlari, vazifalari.
2

13

14.

Endokrin tizim  

  1. Gipotalamo-adenogipofizar aloqalar va unda portal qon aylanishning ahamiyati. Neyrogipofiz, tuzilishi, gipotalamus bilan aloqasi.
  2. Epifiz, tuzilishi, gormonlari, funksional ahamiyati. Qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari, taraqqiyoti, tuzilishi, gormonlari, vazifalari.
2

14

15.

Endokrin tizim  

  1. Buyrak usti bezi, taraqqiyoti, umumiy tuzilishi. Poʻstloq qismi zonalari hujayralari va ularning gormonlari.
  2. Magʻiz qismi, uning hujayralari va gormonlari. Diffuz endokrin hujayralar va APUD sistema. Endokrin aʼzolarning yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

15

Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
POS
1.

Gistologiya fanining predmeti, metodlari va vazifalari .

1

2.

Hujayra tuzilishi va funksiyasi

2

3.

Epitelial toʻqima turlari

3

4.

Biriktiruvchi toʻqimalar

4

5.

Mushak toʻqimalari (silliq, yurak, ko’ndalang-targ’il)

5

6.

Asab toʻqimasi va neyronlar

6

7.

Qonning hujayraviy tarkibi va gemopoez

7

8.

Yurak va qon tomirlar tuzilishi

8

9.

Limfoid a'zolar

9

   

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Toʻxtaev Q.R.,Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Darslik. Toshkent 2022y.
  2. Zufarov K.A., Gistologiya. Darslik.Toshkent. 2005 y.
  3. Tuychiyev G.U., Kosimov D., Yulbarsova M., Sotvoldiyev O.I. Embriologiya. Darslik-“Omadbek print number one”MCHJ Andijon: 2025y.
  4. Antoni Meysher. Junkeyraning gistologiya asoslari va atlas. Darslik. 2013 y.
  5. Yuldashev A.Y., Knyasev L.S., Islamova G.R.. Gistologiya, sitologiya, embriologiya Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2010 y.
Asosiy adabiyotlar qoʻshish

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Tursunov E.A. Gistologiya. Oʻquv qoʻllanma. I qism.Toshkent. 2010 y
  2. Tursunov E.A. Gistologiya. Oʻquv qoʻllanma. II qism.Toshkent. 2011 y
  3. Улумбекова Е.А. и Челушева Ю.А. Гистология, эмбриология, цитология. Учебник. Москва 2009 г.
Qoʻshimcha adabiyotlar qoʻshish

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.histology.narod.ru/
  • http://histologyatlas.wisc.edu/
  • http://www.histology-world.com/
  • http://www.ziyonet.uz
  • http://www.edu.uz
Internet manbaalarini qoʻshish

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Yangi nazorat turini qo'shish

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Kosimov Dilmurot ,
KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Xojimatov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli,
KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: dilmurodq643@gmail.com
xojimatovsardorbek7@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Saliyeva - KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.M.Aliyev - Andijon Davlat tibbiyot instituti dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma soat 15:00 – 18:00, A 308 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

B.Ibragimov

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Kosimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

S.Xojimatov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan