Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya Fan kodi TVG.GSI I12-308
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa /topshiriqlar/ davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
46
(aud)
44
(must)
10 36
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi odam organizmi tizimlarini embrional rivojlanishi, ular organ va toʻqimalarini mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, tisimlarning sito va gistofiziologiyasining asosiy qonuniyatlarini oʻrganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish koʻnikmalarini egallash.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish

1. Odam anatomiyasi (AN11-312)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • biologik obʼekt sifatida odam tanasining koʻpdarajali (hujayra, toʻqima aʼzo, tizim, organizm) tuzilishi tamoyili va undagi ierarxik oʻzaro aloqalar;
  • odam organizmidagi funksional tizimlar, ularning boshqarilishi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • Xar bir tizim gistostrukturaviy tuzilishi, turlari, umumiy tuzilishi va vazifalarini;
  • regeneratsiya, differensirovka, proliferatsiya jarayonlari, toʻqima va aʼzolar integratsiyasi boʻyicha umumiy biologik qonuniyatlarni
  • nerv tizimi, nafas olish sistemasi aʼzolari, siydik ayiruv sistemasi, ovqat-xazm qilish, jinsiy sistema, sezgi va teri va uning xosilalari aʼzolarining taraqqiyot manbalari, shakllanish muddatlari, umumiy tuzilish asoslari, vazifalari. va yoshga koʻra boʻladigan oʻzgarishlarini bilishi kerak
  • Yangi ro'yxat saqlandi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • mikroskop bilan ishlashni biladi
  • mikropreparatlarni yorugʻlik mikroskopi ostida toʻgʻri diagnostika qila oladi;
  • muhim organlar mikropreparatlari turlarini toʻgʻri ajratish;
  • preparatlardagi asosiy tuzilmalarni albomda toʻgʻri tasvirlay olishni biladi.
  • tasvirlay olishni biladi.
  • Yangi ro'yxat saqlandi

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi Pos  
1.

Nerv tizimi.

  1. Nerv sistemasi, taraqqiyoti va umumiy tavsifi, tasnifi. Nerv oʻzagi, nerv tugunlari.
  2. Orqa miya: kulrang modda, tuzilishi, xususiyatlari, neyronlar tarkibi, yadrolari. Oq modda, tuzilishi, oʻtkazuvchi yoʻllari.
  3. Bosh miya. Bosh miya yarim sharlar poʻstlogʻining sito- va mieloarxitektonikasi, neyronlararo bogʻlanishlar. Gemato-ensefalik toʻsiq, tarkibiy qismlari va ahamiyati.
  4. Miyacha, kulrang modda, uning qavatlari va neyron tarkibi, miyachaning oq moddasi. Nerv sistemasining yoshga koʻra oʻzgarishlari
2

1

2.

Siydik ayiruv sistemasi.

  1. Siydik ajratish aʼzolarining umumiy tavsifi. Buyraklar: taraqqiyot bosqichlari, poʻstloq va magʻiz moddalari. Nefron buyrakning struktur va funksional birligi.
  2. Nefron turlari va qismlari. Yigʻuvchi naychalar, tuzilishi va ahamiyati. Buyrakda qon aylanishi. Siydik hosil boʻlish jarayonining gistofiziologiyasi: filtratsiya va reabsorbsiya, birlamchi va ikkilamchi siydik.
  3. Buyrakning endokrin faoliyati: yukstaglomerulyar kompleks hujayralari va interstitsial hujayralar, ularning tuzilishi va vazifalari. Siydik ajratuvchi yoʻllar: buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi, siydik qopi, ularning tuzilishi va ahamiyati. Siydik chiqarish kanalining erkaklarda va ayollarda oʻziga xos tuzilishi. Siydik ajratish aʼzolarining yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

2

3.

Ayollar jinsiy sistema

  1. Ayollar jinsiy aʼzolarining umumiy tavsifi, taraqqiyotining oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Tuxumdonlar, poʻstloq va magʻiz moddalarining tuzilishi, generativ va endokrin faoliyati. Turli etilish bosqichida boʻlgan follikullarning tuzilishi. Ovulyasiya va sariq tana rivojlanishi. Menstrual va homiladorlik sariq tanalari.
  3. Ovogenez: asosiy bosqichlari va xususiyatlari. Ovarial sikl va uning gormonal boshqarilishi. Atretik follikullar, tuxumdonning yoshga qarab oʻzgarishi. Bachadon naylari: tuzilishi va faoliyati. Bachadon devorining tuzilishi. Menstrual sikl va uning fazalari. Hayz siklining turli fazalarida endometriy tuzilishining xususiyatlari. Menstrual-ovarial siklning gormonal boshqarilishi. Koʻkrak sut bezlari, taraqqiyoti, umumiy tavsifi. Klimakterik davr, uning struktur va gormonal mexanizmlari.
  4. Erkaklar jinsiy sistema
  5. Jinsiy sistemaning umumiy tavsifi, taraqqiyotining indifferent, erkak va ayol turidagi ixtisoslashgan bosqichlari. Erkaklar jinsiy aʼzolarining taraqqiyoti va umumiy tavsifi. Urugʻdonlar, ularning generativ va endokrin faoliyati. Egri-bugri urugʻ kanalchalari devorining tuzilishi, spermatogen hujayralar va sustentotsitlar (Sertoli hujayralari). Spermatogenez: asosiy bosqichlari va gormonal boshqarilishi.
  6. Gematotestikulyar toʻsiq: tuzilishi va ahamiyati. Interstitsial glandulotsitlar (Leydig hujayralari), tuzilishi, vazifalari va gormonal boshqarilishi. Urugʻdon tuzilishi va faoliyatining yoshga qarab oʻzgarishi. Prostata bezi, taraqqiyoti, tuzilishi, vazifalari va yoshga qarab oʻzgarishlari.
2

3

4.

Embriologiya asoslari.

  1. Odam embriologiyasi va uning tibbiyotda tutgan oʻrni. Odam pushtining asosiy taraqqiyot bosqichlari. Gametogenez: spermatogenez va ovogenez, erkak va ayol jinsiy hujayralarining tuzilishi, vazifalari.
  2. Urugʻlanish, uning biologik mohiyati va bosqichlari, fertilizatsiyani taʼminlovchi asosiy shart-sharoitlar. Ekstrakorporal urugʻlanish. Zigota, tuzilishi. Maydalanish, odam pushtining maydalanish xususiyatlari
2

4

5.

Teri va uning hosilalari.

  1. Teri, taraqqiyoti va morfo-funksional tavsifi.
  2. Epidermis, tuzilishi, asosiy qavatlari va keratinizatsiya jarayonining kechishi.
  3. Dermaning soʻrgʻichli va toʻrsimon qavatlari, ularning tuzilishi va ahamiyati.
  4. Teri hosilalari: teri bezlari, sochlar va tirnoqlar. Ularning tuzilishi, oʻsishi.
2

5

Jami 10
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi POS
1.

Nerv tizimi  

  1. Nerv sistemasi, taraqqiyoti va umumiy tavsifi, tasnifi.
  2. Nerv oʻzagi, nerv tugunlari. Orqa miya: kulrang modda, tuzilishi, xususiyatlari, neyronlar tarkibi, yadrolari.
  3. Oq modda, tuzilishi, oʻtkazuvchi yoʻllari.
2

1

2.

Nerv tizimi  

  1. Bosh miya. Bosh miya yarim sharlar poʻstlogʻining sito- va mieloarxite-ktonikasi, neyronlararo bogʻlanishlar.
  2. Gemato-ensefalik toʻsiq, tarkibiy qismlari va ahamiyati. Miyacha, kulrang modda, uning qavatlari va neyron tarkibi, miyachaning oq moddasi.
  3. Nerv sistemasining yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

2

3.

Nafas olish tizimi  

  1. Nafas olish sistemasi, umumiy tavsifi va taraqqiyoti.
  2. Havo oʻtkazuvchi yoʻllar: burun boʻshligʻi, hiqildoq, traxeya va bronxlar.
  3. Ularning tuzilishi va vazifalari.
2

3

4.

Nafas olish tizimi  

  1. Oʻpkalar. Oʻpka ichidagi bronxlarning oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Oʻpkaning respirator boʻlimi: oʻpka atsinuslari.
  3. Alveolalar devorining tuzilishi: pnevmotsitlar turlari, sulfaktant, aero-gematik toʻsiq, alveolyar makrofaglar va ularning ahamiyati.
2

4

5.

Ovqat hazm qilish tizimi  

  1. Meʼdaning turli boʻlimlarida shilliq qavatning tuzilish xususiyatlari. Meʼdaning fundal (xususiy), kardial va pilorik bezlari, ularing tuzilishi, hujayraviy tarkibi, sekretor hujayralarning tuzilishi va gistofiziologiyasi.
  2. Meʼda osti bezi: taraqqiyoti, umumiy tavsifi. Endokrin va ekzokrin qismlarining tuzilishi. Atsinar hujayralarning va chiqaruv naylarining gistofiziologiyasi. Endokrin qism: hujayra turlari, ularning sitofiziologik xususiyatlari, atsinoinsulyar hujayralar. Meʼda osti bezining yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

5

6.

Ovqat hazm qilish tizimi  

  1. Jigar gistologiyasi
  2. Jigarning tuzilishi va funksiyasi, oʻt yoʻllari va oʻt qopi.
  3. Meʼda osti bezi.
2

6

7.

Siydik ayiruv tizimi  

  1. Siydik ajratish aʼzolarining umumiy tavsifi.
  2. Buyraklar: taraqqiyot bosqichlari, poʻstloq va magʻiz moddalari.
  3. Nefron buyrakning struktur va funksional birligi. Nefron turlari va qismlari.
  4. Yigʻuvchi naychalar, tuzilishi va ahamiyati. Buyrakda qon aylanishi.
  5. Siydik hosil boʻlish jarayonining gistofiziologiyasi: filtratsiya
  6. va reabsorbsiya, birlamchi va ikkilamchi siydik.
2

7

8.

Siydik ayiruv tizimi  

  1. Buyrakning endokrin faoliyati: yukstaglomerulyar kompleks hujayralari va
  2. interstitsial hujayralar, ularning tuzilishi va vazifalari.
  3. Siydik ajratuvchi yoʻllar: buyrak kosachalari va jomchalari, siydik nayi,
  4. siydik qopi, ularning tuzilishi va ahamiyati.
  5. Siydik chiqarish kanalining erkaklarda va ayollarda oʻziga xos tuzilishi.
  6. Siydik ajratish aʼzolarining yoshga koʻra oʻzgarishlari.
2

8

9.

Erkaklar jinsiy tizimi  

  1. Jinsiy sistemaning umumiy tavsifi, taraqqiyotining indifferent, erkak va
  2. ayol turidagi ixtisoslashgan bosqichlari.
  3. Erkaklar jinsiy aʼzolarinig taraqqiyoti va umumiy tavsifi. Urugʻdonlar,
  4. ularning generativ va endokrin faoliyati.
  5. Egri-bugri urugʻ kanalchalari devorining tuzilishi, spermatogen hujayralar va
  6. sustentotsitlar (Sertoli hujayralari).
  7. Spermatogenez: asosiy bosqichlari va gormonal boshqarilishi.
2

9

10.

Ayollar jinsiy tizimi  

  1. Ayollar jinsiy aʼzolarining umumiy tavsifi, taraqqiyotining oʻziga xos
  2. xususiyatlari. Tuxumdonlar, poʻstloq va magʻiz moddalarining tuzilishi, generativ va endokrin faoliyati.
  3. Turli etilish bosqichida boʻlgan follikullarning tuzilishi.
  4. Ovogenez: asosiy bosqichlari va xususiyatlari.
  5. Ovarial sikl va uning gormonal boshqarilishi. Atretik follikullar, tuxumdonning yoshga qarab oʻzgarishi.
2

10

11.

Ayollar jinsiy tizimi  

  1. Hayz siklining turli fazalarida endometriy tuzilishining xususiyatlari. Menstrual-ovarial siklning gormonal boshqarilishi. Bachadonning yoshga koʻra oʻzgarishlari.
  2. Koʻkrak sut bezlari, taraqqiyoti, umumiy tavsifi. Laktatsiya qiluvchi va laktatsiya qilmaydigan sut bezlarining tuzilishi. Sut bezlari faoliyatining boshqarilishi, sut bezlarining yoshga qarab oʻzgarishi. Klimakterik davr, uning struktur va gormonal mexanizmlari
2

11

12.

Gemotsitopoez jarayonining boshqariluvi.  

  1. Oʻzak xujayralari oʻsish omillari differensatsiyasi
  2. Suyak koʻmigi
2

12

13.

Gemotsitopoez jarayonining boshqariluvi.  

  1. Eritrositopoez
  2. Granulositopoez
  3. Agranulositopoez
2

13

14.

Yurak mushagi regeneratsiyasi  

  1. Yurak mushagi regeneratsiyasida yoldosh xujayralar roli
  2. Silliq mushak regeneratsiyasi
2

14

15.

Sezgi a’zolari.  

  1. Koz va quloq.
  2. Maxsus sezgi aʼsolari
2

15

16.

Sezgi a’zolari.  

  1. Sezuvchi retseptorlar
  2. Taktil retseptorlar
2

16

17.

Teri va uning hosilalari  

  1. Teri, taraqqiyoti va morfo-funksional tavsifi.
  2. Epidermis, tuzilishi, asosiy qavatlari va keratinizatsiya jarayonining kechishi.
  3. Dermaning soʻrgʻichli va toʻrsimon qavatlari, ularning tuzilishi va ahamiyati.
2

17

18.

Teri va uning hosilalari  

  1. Teri hosilalari: teri bezlari, sochlar va tirnoqlar.
  2. Ularning tuzilishi, oʻsishi.
2

18

Jami 36

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
POS
1.

Nerv sistemasi gistologik tuzilishi

1

2.

Oʻpka va nafas yoʻllarining gistologiyasi

2

3.

Ogʻiz boʻshligʻi va hazm yoʻllari

3

4.

Jigar va yordamchi hazm bezlari

4

5.

Buyrak va siydik chiqarish a'zolari

5

6.

Erkak va ayol jinsiy a'zolari

6

7.

Koz. Gistologik tuzilishi

7

8.

Quloq. Gistologik tuzilishi

8

9.

Teri va uning xosilalari

9

   

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Toʻxtaev Q.R.,Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Darslik. Toshkent 2022y.
  2. Zufarov K.A., Gistologiya. Darslik.Toshkent. 2005 y.
  3. Tuychiyev G.U., Kosimov D., Yulbarsova M., Sotvoldiyev O.I. Embriologiya. Darslik-“Omadbek print number one”MCHJ Andijon: 2025y.
  4. Antoni Meysher. Junkeyraning gistologiya asoslari va atlas. Darslik. 2013 y.
  5. Yuldashev A.Y., Knyasev L.S., Islamova G.R.. Gistologiya, sitologiya, embriologiya Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2010 y.
Asosiy adabiyotlar qoʻshish

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Tursunov E.A. Gistologiya. O'quv qollanma. I qism.Toshkent. 2010 y
  2. Tursunov E.A. Gistologiya. O'quv qollanma. II qism.Toshkent. 2011 y
  3. Улумбекова Е.А. и Челушева Ю.А. Гистология, эмбриология, цитология. Учебник. Москва 2009 г.
Qoʻshimcha adabiyotlar qoʻshish

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.histology.narod.ru/
  • http://histologyatlas.wisc.edu/
  • http://www.histology-world.com/
  • http://www.ziyonet.uz
  • http://www.edu.uz
Internet manbaalarini qoʻshish

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Yangi nazorat turini qo'shish

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Kosimov Dilmurot ,
KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Xojimatov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli,
KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: dilmurodq643@gmail.com
xojimatovsardorbek7@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Saliyeva - KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.M.Aliyev - Andijon Davlat tibbiyot instituti dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba soat 15:00 – 16:00, 613 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

B.Ibragimov

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Kosimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

S.Xojimatov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan