![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Jahon adabiyoti
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Jahon adabiyoti haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish, jahon adabiyoti namunalari bilan tanishish; Jahon adabiyoti asarlarini davr jihatdan tahlil qila olish, mustaqil fikr bildirish va badiiy asar haqida umumiy xulosa bera olish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- jahon adabiyoti asarlarini qiyosiy-tipologik tahlil qila olish;
- jahon adabiyotini oʻrganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi oʻrnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni mukammal tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
- jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va gʻoyaning mohiyati bilan tanishtirishga koʻmaklashish;
- ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- jamiyatning maʼnaviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini mukammal oʻrganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish;
- “Jahon adabiyoti” fani barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi;
- adabiyot darslarida oʻquvchilar bilan xalqaro baholash dasturlari asosida ishlay oladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining maqsad va vazifalari.
|
2 |
| 2. |
|
4 |
| 3. |
|
4 |
| 4. |
|
4 |
| 5. |
|
4 |
| 6. |
|
4 |
| 7. |
Yevropa uyg‘onish davri adabiyoti.
|
4 |
| 8. |
XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti.
|
4 |
| Jami | 30 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
|
4 |
| 2. |
|
4 |
| 3. |
Gomer ijodi. “Iliada” dostoni tahlili.
|
2 |
| 4. |
Esxil “Zanjirband Prometey” asar tahlili.
|
2 |
| 5. |
Sofokl “Shoh Edip” asar tahlili.
|
2 |
| 6. |
Yevripid ijodi. “Medeya” asar tahlili.
|
2 |
| 7. |
|
2 |
| 8. |
|
4 |
| 9. |
Sharq va G‘arb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari.
|
4 |
| 10. |
Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti. Dante Aligeri “Ilohiy komediya” asari.
|
2 |
| 11. |
Ispan uyg‘onish davri adabiyoti. Servantesning “Don Kixot” romani.
|
2 |
| 12. |
Angliya uyg‘onish davri Shekspir dramalari.
|
4 |
| 13. |
|
4 |
| 14. |
|
4 |
| Jami | 42 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Quronov D., Rahmonov B. “G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixiy ocherklari”. |
| 2. |
Nazar Eshonqul “Kitob bandasi” kitobidagi maqolalarni amaliyotga tadbiq qilish. |
| 3. |
Lessing “Donishmand Natan”. |
| 4. |
“Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik” mavzusida loyiha ishi tayyorlash. |
| 5. |
Adiblarning Nobel nutqlari. |
| 6. |
Yunon teatrining xususiyatlari. |
| 7. |
Qadimgi Sharq adabiyoti. |
| 8. |
“Shekspir tragediyalarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha esse yozish. |
| 9. |
Sharq xaqlari adabiyotining jahon adabiyotidagi о‘rni. |
| 10. |
Jahon adabiyotining Sharq va G‘arb adabiyotiga ta’siri. |
| 11. |
“Dramaning paydo bо‘lishi. Yunon teatri” mavzusi asosida material yig‘ish. |
| 12. |
Uyg‘onish davri Sharq va G‘arb adabiy aloqalari. |
| 13. |
Shumer adabiyoti – jahon adabiyotining ibtidosi. |
| 14. |
Yunon adabiyotida bashoratlarning ahamiyati. |
| 15. |
Mif va jahon adabiyoti. |
| 16. |
“Jahon adabiyoti” jurnalini o‘qish (1997-yildan boshlab). |
| 17. |
Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari. |
| 18. |
Lev Tolstoy. Asl qahramonlarim haqiqat… |
| 19. |
“Tafakkur” jurnali. |
| 20. |
Alber Kamyu esselari. |
| 21. |
Ozod Sharafiddinov “Modernizm jo‘n hodisa emas”. |
| 22. |
Modernizm haqida G‘arb va o‘zbek olimlarining qarashlari. |
| 23. |
“Jahon adiblari adabiyot haqida” kitobi. |
| 24. |
O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari. |
| 25. |
T.Drayzer “Amerika fojeasi”. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”, 2024. – 316 b.
- Hamdamov U. Jahon adabiyoti:modernizm va postmodernizm. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”. 2020. – 288 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Quronov D., Rahmonov B. G‘arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. O‘quv qo‘llanma-xrestomatiya. – Toshkent, 2008. – 316 b.
- Берковский Н. Я. Б 48. Романтизм в Германии. Монография. – СПб.: Азбука-классика,. 2001.- 512 с.
- Йўлдошев С. ва б. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. Ўқув қўлланма. – Т., “Шарқ”, 2002. – 336 б.
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://inlibrary.uz/
- https://arxiv.uz
- https://mutolaa.com/uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Maxmudov Sardorbek Esonali oʻgʻli, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Xudayberdiyev Akram Akbarovich, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
sardorbekmahmudov998@gmail.com akromandijoniy@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
N.Azizov - Andijon davlat universiteti, filologiya fanlari falsafa doktori, dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) S.Maxmudov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) A.Xudayberdiyev Fan oʻqituvchisi |
