![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Jahon iqtisodiyoti
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda jahon xoʻjaligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining nazariy asoslari, tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish usullari, jahon iqtisodiyotining rivojlanish yoʻnalishlari, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish usullarini oʻrgatish, jahon iqtisodiyoti tarkibini va hozirgi globallashuv davrida davlatlarning oʻzaro olib borayotgan iqtisodiy modellari bilan talabalarni tanishtirish, hamda fan boʻyicha tushuncha, bilim va koʻnikma hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Iqtisodiyot nazariyasi (ECOTHE16)
3. Iqtisodiy siyosat (ECOPOL6)
4. Institutsional iqtisodiyot (INSEC06)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- oʻtkazilayotgan tahlillarga asoslanib empirik usullarni baholay olish;
- ushbu yoʻnalishdagi tadqiqotchilarning ishlarini baholay olish;
- jahon iqtisodiyoti rivojlanishi va undagi tendensiyalarni aniqlash, tahlil eta olish boʻyicha eng samarali adabiyotlarni ajratib ola bilish;
- nazariy maʼlumotlarni tahlil qila olish va asosiy mexanizmlarni tushunishi kerak
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- iqtisodiyotda yuz bеrayotgan jarayonlarni miqdoriy baholash uchun dastlabki maʼlumotlarni toʻplash;
- oʻtkazilayotgan tahlillarda oʻzlarining empirik bilimlarini qoʻllay olish;
- oʻz fikrini bildira olishi va ularni himoyalay olish;
- jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisa va iqtisodiy munosabatlarni oʻrganish, tahlil va talqin qilish, iqtisodiy diagnostika bilan shugʻullanish, globallashuv jarayonlaridagi iqtisodiy munosabatlar va istiqboldagi yoʻnalishlarni baholay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti |
| 2. |
Xalqaro savdoning rivojlanish nazariyalari va modellari |
| 3. |
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo‘llari |
| 4. |
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi |
| 5. |
Xalqaro kapital migratsiyasi va transmilliy kompaniyalar |
| 6. |
Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o‘rni |
| 7. |
Xalqaro texnologiyalar transferi |
| 8. |
Xalqaro xizmatlar bozori |
| 9. |
Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlar |
| 10. |
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti |
| 11. |
Jahon iqtisodiyoti rivojlanish tendensiyalari va yo‘nalishlari |
| 12. |
Tarifli boshqaruvning afzallik va kamchiliklari |
| 13. |
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo‘llari |
| 14. |
Erkin iqtisodiy xududlarning mohiyati va ko‘rinishlari |
| 15. |
Xalqaro hisob-kitob shakllari |
| 16. |
Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari |
| 17. |
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining milliy iqtisodiyotga ta’siri |
| 18. |
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi |
| 19. |
Xalqaro savdoda umumiy muvozanat |
| 20. |
Yangi industrial mamlakatlar |
| 21. |
Birlashgan millatlar tashkiloti tizimi |
| 22. |
Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi |
| 23. |
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ta’siri |
| 24. |
JSTga a’zo bo‘lish, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan iqtisodiy munosabatlar |
Mustaqil ish referat, hisobot va taqdimot koʻrinishida topshiriladi va himoya qilinadi
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Ergashev D.R., Jahon iqtisodiyoti (Darslik), - T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi”, 2023 – 407 b.
- Tillayeva B.R. Xalqaro iqtisodiyot va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. -T.: UNIVERSITET, 2023. -230 b. https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/09/03/Xalqaro_iqtisodiyot.pdf
- Isayev Q., Xalqaro iqtisodiyot. (Darslik). Qo ‘qon universiteti. T.: “Ma’naviyat” 2021, 456 b. https://www.researchgate.net/publication/379449225_International_economics
- Ismailova N.S., Islamov B.A., Xasanov T.A., Danaboev I.T., Zikriyoev A.S., Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti: darslik I-tom/– Iqtisodiyot, 2019 – 207 b
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Nazarova G.G., Iminov Z.M., Xalilov X.X., Xamidov O.B., Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Darslik. -T.: TDIU, 2011
- Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev Sh.X., Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik /. — Toshkent: Baktriapress, 2015. — P.119-121
- Пашковская М.В., Господарик Ю.П., Мировая экономика./-7-е изд., перераб. – М.: Университет «Синэнергия», 2017.-768с
- Nazarova G.G‘., Xalilov X., Eshtaev A. va boshqalar. “Jahon iqtisodiyoti” (O‘quv qo‘llanma). T., 2005
- Киреев А. Международная экономика. В двух частях. Часть-1,2. 2004
7.3. Axborot manbaalari
- https://ocw.mit.edu
- https://umabroad.umn.edu
- https://eml.berkeley.edu
- https://stat.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib keladi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;
- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni referat/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida test shaklda olinadi. Unda oʻquv semestri davomida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan testlar aks etad.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interaktiv mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi | Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 3 | Amaliy topshiriqlar | Fan boʻyicha masalalar yechish | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy test savollari | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Iminov Zafarjon Maxammatibroximovich, KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
z.iminoff@yandex.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
B.Mamayev - KUAF, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- I.Ergashov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Iminov Fan oʻqituvchisi |
