Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 2
Fan nomi Maʼlumotlar tuzilmasi va algoritmlar Fan kodi DAT102
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda dasturlashda qoʻllaniladigan asosiy maʼlumotlar tuzilmalari va ularni samarali ishlatish algoritmlari bilan tanishtirish, C++ tilida amaliy dasturlar ishlab chiqish koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Fan davomida talabalarda algoritmik tafakkur, murakkab tuzilmalarni modellashtirish, xotira bilan ishlash hamda real masalalarni optimallashtirilgan yechim bilan hal etish malakasi rivojlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

2. Hisob (Calculus) (MATH101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Talabalar maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar fanida dasturlash jarayonida qoʻllaniladigan asosiy nazariy tushunchalarni, jumladan, oʻzgaruvchilar, strukturalar, koʻrsatkichlar, massivlar, roʻyxatlar, daraxtlar va graflar kabi tuzilmalarni oʻrganadilar;
  • Ushbu tuzilmalar yordamida ilmiy-tadqiqot jarayonlarida va ishlab chiqarishda yuzaga keladigan hisob-kitob ishlarini samarali, tizimli va vizual koʻrinishda tashkil qilish tamoyillarini chuqur anglaydilar;
  • Maʼlumotlar oqimini boshqarish, maʼlumotlarni qayta ishlash algoritmlarini optimallashtirish hamda murakkab muammolarni yechishda maʼlumotlar tuzilmalaridan foydalanish boʻyicha puxta bilimlarga ega boʻladilar.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Talabalar C++ dasturlash tilida maʼlumotlar tuzilmalarini amaliy qoʻllashni, hisoblash jarayonlarini dasturiy mahsulotlar yordamida soddalashtirishni va natijalarni vizual koʻrinishda taqdim etishni oʻrganadilar;
  • Ular matematik va fizik modellarni simulyatsiya qilish, algoritmlarni dasturiy jihatdan amalga oshirish hamda murakkab masalalarga samarali yechim topish boʻyicha amaliy koʻnikmalarga ega boʻladilar;
  • Foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega dasturlar yaratish, tizimli dasturiy loyihalarni ishlab chiqish hamda ilmiy va ishlab chiqarish kontekstida oʻzlashtirilgan maʼlumotlarni amaliyotga tatbiq etish malakasini shakllantiradilar.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. O‘zgaruvchilar va strukturalar haqida tushuncha

  1. Dasturlashda maʼlumotlar tuzilmalarining oʻrni.
  2. Oddiy (primitive) oʻzgaruvchilar tushunchasi va ularning turlari.
  3. Murakkab oʻzgaruvchilar tushunchasi va ularning dasturlashdagi oʻrni.
2
2.

C++ tilida strukturalar va foydalanuvchi aniqlaydigan ma’lumot turlari

  1. Struktura tushunchasi va uning amaliy qoʻllanilishi.
  2. C++ tilida struct va union yordamida maʼlumot tuzilmalarini yaratish.
  3. typedef, using va class yordamida shaxsiy maʼlumot turlarini aniqlash.
2
3.

Xotira boshqaruvi va ko‘rsatkichlar

  1. Kompyuter xotira tuzilishi va resurslardan foydalanish.
  2. Koʻrsatkichlar tushunchasi va ularning turlari.
  3. Koʻrsatkichlarning turlari
2
4.

Dinamik xotira boshqaruvi. Xotira xatoliklari

  1. Dinamik xotira ajratish tushunchasi va new operatori bilan ishlash.
  2. Dinamik xotirani boʻshatish: delete va delete[] operatorlari.
  3. Xotira samaradorligi va keng tarqalgan xatoliklar (memory leak, dangling pointer, double delete, buffer overflow).
2
5.

Dinamik massivlar va vektorlar bilan ishlash

  1. Dinamik massiv tushunchasi, statik massivdan farqi va afzalliklari.
  2. C++ tilida dinamik massivlar bilan ishlash (new[], delete[]).
  3. vector maʼlumot turi va STL kutubxonasi
2
6.

Stek va to‘plam (Set) ma’lumot tuzilmalari

  1. Stek (LIFO) maʼlumot tuzilmasi va uning ishlash prinsipi.
  2. Stekning amaliy qoʻllanilishi
  3. Toʻplam (Set) maʼlumot turi va uning xususiyatlari
2
7.

Roʻyxat haqida tushuncha. Bir tomonlama va ikki tomonlama roʻyxatlar. Navbat haqida tushuncha.

  1. Roʻyxat haqida tushuncha, bir yoki tomonlama roʻyxatlar. Roʻyxatning massivdan farqlari.
  2. Navbat (FIFO), Priority Queue maʼlumot tuzilmalari.
  3. Roʻyxat va navbatlarning dasturlashdagi oʻrni.
2
8.

Saralash va qidirish algoritmlari

  1. Saralash algoritmlarining tushunchasi va turlari (Bubble, Selection, Insertion, Merge, Quick).
  2. Qidirish algoritmlari (chiziqli qidirish, ikkilik qidirish, qoʻllanish shartlari).
  3. Saralash va qidirish algoritmlarini taqqoslash (tezlik, xotira sarfi, amaliy qoʻllanish sohalari).
2
9.

Sonlar bilan ishlash algoritmlari. C++ da algorithm kutubxonasi

  1. Sonlar bilan ishlash va matematik amallarni optimallashtirish algoritmlari (EKUB, EKUK, tub sonlar, darajaga oshirish).
  2. C++ tilidagi algorithm kutubxonasi imkoniyatlari (sort, find, count, accumulate, binary_search).
  3. Algoritmlarning vaqt murakkabligi tushunchasi (O(1), O(n), O(log n), O(n log n)).
2
10.

Daraxt ma’lumot tuzilmasi va Binary Search Tree (BST) asoslari

  1. Daraxt tushunchasi va asosiy terminlari (ildiz, tugun, ota-bola, barg, balandlik, daraja).
  2. Binary Search Tree (BST) tushunchasi va tuzilishi.
  3. BST da qidirish algoritmi va uning ishlash prinsipi.
2
11.

AVL daraxtlari va muvozanatlashgan daraxtlar

  1. Muvozanatlashgan daraxtlar tushunchasi va ularning zarurati.
  2. AVL daraxti tushunchasi va muvozanat koeffitsiyenti (balance factor).
  3. AVL daraxtida aylantirishlar (chap, oʻng, chap-oʻng, oʻng-chap).
2
12.

BST va AVL daraxtlarida amallar va algoritmlar

  1. Daraxtlarda element qoʻshish (insert) algoritmlari.
  2. Daraxtlarda element oʻchirish (delete) algoritmlari.
  3. Daraxtlarda qidirish algoritmlarini taqqoslash (BST va AVL daraxtlarida vaqt murakkabligi).
2
13.

Graf tushunchasi va ifodalanish usullari.

  1. Graf tushunchasi va asosiy terminlari (tugun, qirra, yoʻnaltirilgan va yoʻnaltirilmagan graf, ogʻirlikli graf).
  2. Grafni ifodalash usullari (qoʻshnichilik matritsasi, qoʻshnichilik roʻyxati).
  3. Graf turlarining taqqoslanishi va amaliy qoʻllanilishi.
2
14.

Grafda qisqa yo‘lni topish algoritmlari

  1. Qisqa yoʻl tushunchasi va masalaning qoʻyilishi.
  2. Dijkstra algoritmi va uning ishlash prinsipi (ogʻirliklar musbat boʻlganda).
  3. Floyd–Warshall algoritmi (barcha juft tugunlar orasidagi qisqa yoʻl).
2
15.

Oqimli graflar va maksimal oqim algoritmlari

  1. Oqim tushunchasi va oqimli graf modeli (manba, qabul qiluvchi, oʻtkazuvchanlik).
  2. Ford–Fulkerson algoritmi va uning ishlash gʻoyasi.
  3. Maksimal oqim masalalarining amaliy qoʻllanilishi (transport, tarmoq, resurslarni taqsimlash).
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Oʻzgaruvchilar bilan ishlash  

  1. typedef, use kalit soʻzlari yordamida oʻzgaruvchi turlarini qayta nomlash
  2. Bir turdan boshqa turga oʻtkazish usullari
  3. Oʻzgaruvchilar bilan ishlaganda uchrashi mumkin boʻlgan xatoliklar
2
2.

Strukturalar yaratish va qoʻllash  

  1. Struct, union, class eʼlon qilish va obyekt yaratish
  2. Ichma-ich strukturalar bilan ishlash
  3. Strukturalarni amaliy masalalarda qoʻllash
2
3.

Koʻrsatkichlar bilan ishlash asoslari  

  1. Oddiy koʻrsatkichlarni eʼlon qilish
  2. Adreslash operatorlari (& va *). Koʻrsatkich orqali qiymat almashish
  3. Struktura koʻrsatkichlarini yaratish
2
4.

Dinamik xotira boshqaruvi, dinamik massivlar bilan ishlash  

  1. new/delete operatorlarini qoʻllash. Xotira ajratish va ozod qilish amaliyoti
  2. Xotira oqimlarini tahlil qilish. Bir oʻlchovli massiv yaratish
  3. Ikki oʻlchovli massiv yaratish. Dinamik massiv ustida amallar bajarish
2
5.

Vektor maʼlumot tuzilmasi bilan ishlash  

  1. Vector yaratish va element qoʻshish
  2. Vector metodlari bilan ishlash
  3. STL vektorlarini amaliy masalalarda qoʻllash
2
6.

Stek va to'plam maʼlumotlar tuzilmasi bilan ishlash  

  1. Stek maʼlumot tuzilmasini strukturasini yaratish
  2. Toʻplam maʼlumot tuzilmasi strukturasini yaratish va element qoʻshish
  3. Unikal elementlar bilan ishlash. STL Set metodlari bilan ishlash
2
7.

Bir, ikki tomonlama roʻyxatlar bilan ishlash. Navbat maʼlumot tuzilmasi bilan ishlash  

  1. Node tuzilmasi yaratish. Element qoʻshish va chiqarish. Roʻyxatni ekranga chiqarish
  2. FIFO tamoyilini qoʻllash. Queue metodlari (enqueue, dequeue)
  3. Priority Queue tushunchasi. STL priority_queue bilan ishlash.
2
8.

Bubble, Selection va Insertion sort algoritmini dasturlash  

  1. Algoritm mantigʻi. Kichik massivlarni saralash
  2. Samaradorlikni tahlil qilish. Selection sort algoritmi
  3. Insertion sort algoritmi. Natijalarni taqqoslash
2
9.

Merge sort va Quick sort algoritmlarini dasturlash  

  1. Rekursiv yondashuv. Merge funksiyasini yaratish
  2. Pivot element tanlash
  3. Rekursiv boʻlinish jarayoni
2
10.

Linear, Binary search algoritmini dasturlash. Oddiy daraxt maʼlumot tuzilmasini yaratish  

  1. Oddiy qidiruv. Massivda element qidirish. Binar qidiruv shartlari.
  2. Rekursiv va iterativ usul. Murakkablik tahlili. Daraxt node tuzilmasi.
  3. Daraxtni koʻrsatish
2
11.

Binary Search Tree algoritmini dasturlash va traversal algoritmlari  

  1. Daraxt node tuzilmasi. Daraxtga element qoʻshish
  2. Daraxtni koʻrsatish. Murakkablik tahlili. In-order traversal algoritmi
  3. Pre-order traversal algoritmi. Post-order traversal algoritmi
2
12.

AVL daraxti maʼlumot tuzilmasini yaratish  

  1. Balanslash jarayonlari
  2. Chap va oʻng rotatsiyalar
  3. Amaliy misollar
2
13.

Graflarni ifodalash usullari va qiymatlarni qidirish algoritmlari  

  1. Roʻyhat (adjacency list) va shaklida grafni ifodalash va murakkablik darajasi
  2. C++ dasturlash tilida graf elementlarini hosil qilish va chiqarish
  3. Eni (BFS) va chuqurligi boʻylab qidirish algoritmi (DFS) va rekursiv yondashuv
2
14.

Qisqa yoʻlni topish – Dekstra va Floyd algoritmlari  

  1. Qisqa yoʻlni topish, Deykstra va Floyd algoritmini ishlab chiqish.
  2. C++ tilida Floyd algoritmini dasturlash. Floyd va Deykstra algoritmlarini samaradorlik jihatidan taqqoslash.
  3. Amaliy masalalarda (shaharlararo yoʻl topish, tarmoq optimizatsiyasi) qoʻllash.
2
15.

Oqimni boshqarish – Ford–Fulkerson algoritmi  

  1. Graflarda maksimal oqim masalasi Ford–Fulkerson algoritmi.
  2. C++ dasturlash tilida Ford–Fulkerson algoritmini amalga oshirish.
  3. Transport tizimlari, kommunikatsiya tarmoqlari va ishlab chiqarishda oqimni boshqarish masalalari.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Maʼlumotlar tuzilmalarining dasturlashdagi oʻrni

2.

C++ da rekursiya va uning qoʻllanilishi

3.

Big-O notatsiyasi va algoritmlarni tahlil qilish

4.

Dinamik massiv va statik massivning farqlari

5.

Vector va List sinflarining solishtirma tahlili

6.

Stack va Queue amaliy qoʻllanilishi (operatsion tizimlarda, kalkulyatorlarda)

7.

Hash jadval va xesh funksiyalari

8.

Koʻrsatkichlar yordamida massivlarni boshqarish

9.

Roʻyxatlar yordamida masala yechish (masalan, polinom ifodalar)

10.

Priority Queue va uning amaliy sohalari

11.

Saralash algoritmlari samaradorligini taqqoslash

12.

Qidirish algoritmlarini tahlil qilish

13.

BST va AVL daraxtlari afzalliklari

14.

Daraxt traversallarining amaliy qoʻllanishi

15.

Graf nazariyasi va uning real hayotdagi qoʻllanishi

16.

Qisqa yoʻlni topish algoritmlarining taqqoslanishi

17.

Oqimni boshqarish algoritmlari va transport tizimlari

18.

C++ STLʼda graflar bilan ishlash imkoniyatlari

19.

Murakkab masalalar yechimida maʼlumot tuzilmalarining oʻrni

20.

Segment daraxtlari va ularning qoʻllanilishi

21.

Fenwick daraxti (Binary Indexed Tree) va samarali hisoblash

22.

Union-Find (Disjoint Set Union) maʼlumotlar tuzilmasi

23.

Trie daraxti va matn qidirishda qoʻllanilishi

24.

Heap (Binary Heap, Fibonacci Heap) va uning algoritmlardagi roli

25.

Hash Collision muammosi va uni yechish usullari

26.

Backtracking algoritmlari va kombinatorik masalalar

27.

Divide and Conquer yondashuvi va amaliy misollar

28.

Dinamik dasturlashning asoslari va klassik masalalar

29.

Greedy algoritmlarning samaradorligi va cheklovlari

30.

Parallel algoritmlar va katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash

  Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish uchun talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot/media/yozma/vizual/dastur yoki referat (15 varoqdan kam boʻlmagan hajimda) tayyorlab himoya qiladi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Павлов Л. А., Первова Н.В. Структуры и алгоритмы обработки данных. Учебник, 2-е изд., испр. и доп. — СанктПетербург: Лань, 2020. — 256 с.
  2. Скиена С. С. Алгоритмы. Руководство по разработке. 3-е изд. Пер. с англ. СПб.: БХВ-Петербург, 2022. - 848 с.
  3. Хайнеман Ж., Поллис Г., Селков С. Алгоритмы. Справочник с примерами на С, C++, Java и Python, 2-е изд. Пер. с англ. — СПб: ООО "Альфа-книга", 2017. - 432 с.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Страуструп Б. Программированиею. Принципы и практика с использованием С++, 2-е изд. Пер. с англ. - М.: ООО "И.Д.Вильяме", 2016. - 1328 с.
  2. Москвитин А.А. Структуры данных и алгоритмы. Учебное пособие для проведения занятий по дисциплине «Программирование» со студентами очной формы обучения. Пятигорск: РИА-КМВ; 2021. - 144 с.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://cplusplus.com
  • https://cppreference.com
  • https://isocpp.org/std/the-standard

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Amaliy Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Abduvoxidov Murodjon Komilovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)
Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Abdumalikov Abduqodir Abdugaffor oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: info@murodjon.uz
ochilov92@list.ru
abduqodircoder@gmail.com
email.fiery@gmail.com
salohiddinshamsitdinov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Abdumalikov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Olimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

S.Shamsitdinov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan