Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Oʻzbek rus tili, Oʻzbek tilining sohada qoʻllanishi, Tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili)

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 2
Fan nomi Oʻzbek rus tili, Oʻzbek tilining sohada qoʻllanishi, Tibbiyotda xorijiy til (ingliz tili) Fan kodi OʻRTOʻTSQTXT11-208
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: workshop /topshiriq/ loyixa / davomat
yakuniy: Yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
30
(must)
30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni tibbiyot sohasida davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga oid masalalar, Davlat tili haqidagi hujjatlar va ularning mazmun mohiyati; oʻzbek adabiy tili meʼyorlari, oʻzbek lotin alifbosining imlo qoidalari, sohaviy leksika va uning xususiyatlari, oʻzbek tilida soha atamalarining qo ʼllanilishi, nutq uslublari, tibbiyot sohasida rasmiy-idoraviy ish hujjatlarining yuritilishi, ularning turlari; mutaxassis nutqining kommunikativ sifatlari hamda ilmiy tadqiqot olib borish masalalari boʻyicha zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi. Ushbu fan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari togrisida‖gi PF 5850-sonli farmoni hamda ―Oʻzbek tilini 2021-2030-yillarda rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarini amalga oshirishda muhim oʻrin tutadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • oʻzbek tilining imlo qoidalarini bilish.
  • ilmiy va rasmiy uslublarning oʻziga xos xususiyatlarini va ularni qoʻllash qoidalarini bilish;
  • oʻzbek tilida ish yuritish hujjatlarini toʻgʻri rasmiylashtirish qoidalarini bilish (lotin yozuvida);
  • lmiy maqola, tezis va annotatsiya matnlariga qoʻyiladigan talablarni bilish;
  • tibbiyot sohasiga oid oʻzbek tilidagi atamalarni mukammal bilish;
  • oʻzbek tilining imlo qoidalarini mukammal bilish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • tibbiy bilimlarni oʻzbek tilida ogʻzaki va yozma ravishda toʻgʻri va aniq ifoda eta olish;
  • tibbiy atamalarni ogʻzaki va yozma nutqda samarali qoʻllay olish;
  • ilmiy va rasmiy uslub elementlarini nutqda toʻgʻri qoʻllay olish;
  • Davlat tilida ish yuritish hujjatlarini toʻliq lotin yozuvida rasmiylashtira olish;
  • maqola, tezis, annotatsiya kabi ilmiy ishlar yozish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • "4K" koʻnikmalarini (kreativlik, kommunikatsiya, kritik fikrlash, kollaboratsiya) amaliyotda qoʻllay olish;
  • oʻzbek tilida uslubiy jihatdan toʻgʻri yoza olish.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Kirish. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari.  

  1. Oʻzbek tilining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  2. Tafakkur, til va nutq.
  3. Davlat tili tushunchasi.
2
2.

Lotin alifbosining imlo qoidalari.  

  1. Unli va undoshlar imlosi.
  2. Bosh harflar imlosi.
  3. Qoʻshib ajratib, chiziqcha bilan yozish qoidalari. Boʻgʻin koʻchirish qoidalari.
2
3.

Adabiy til va me’yor.  

  1. Оʼzbek adabiy tili haqida tushuncha.
  2. Fonetik va leksik-semantik meʼyor.
  3. Morfologik va sintaktik meʼyorlar.
2
4.

O‘zbek tilining leksik qatlamlari.  

  1. Oʻzbek tilining leksik qatlami.
  2. Tibbiyot leksikaning xususiyatlari.
  3. Tibbiy leksikada maʼnodoshlik, shakldoshlik, kоʼp maʼnolilik munosabatlari.
2
5.

Nutq uslublari va ularning xususiyatlari. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari.  

  1. Nutq uslublari turlari. Ilmiy uslubning oʻziga xos tomonlari.
  2. Maqola, taqriz, annotatsiya matni talablari.
  3. Ilmiy matnlarning funksiyalari va turlari.
2
6.

Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari.  

  1. Hujjatchilik va adabiy til meʼyorlari.
  2. Hujjat va uning turlari.
  3. Hujjatlarning zaruriy qismlari.
2
7.

Tibbiyot muasasalariga oid xizmat yozishmalari.  

  1. Hujjatchilik va adabiy til meʼyorlari.
  2. Xizmat yozishmalari va uning turlari.
  3. Xizmat yozishmalari va ularni rasmiylashtirilish.
2
8.

Tibbiyotga oid farmoyish hujjatlarining xususiyatlari.  

  1. Farmoyish hujjatlarining mohiyati va ahamiyat.
  2. Farmoyish hujjatlariga qoʻyiladigan talablar.
  3. Farmoyish hujjatlarining amaliy ahamiyati
2
9.

Shifoxonada yuritiladigan jurnallar.  

  1. Shifoxonada yuritiladigan jurnallarning ahamiyati va vazifalari.
  2. Shifoxonada yuritiladigan jurnallarning asosiy turlar.
  3. Tibbiy kartalarning yuritilishi.
2
10.

Tez tibbiy yordamda yuritiladigan hujjatlar.  

  1. Tez tibbiy yordamda yuritiladigan hujjat turlari.
  2. Murojatlarni qayd etish daftari, chaqiriq kartasining yuritilishi .
  3. Tez tibbiy yordamda yuritiladigan hujjatlar bilan ishlash.
2
11.

DMED tizimi va uning yuritilishi.  

  1. DMED tizimida bemorlarni roʻxatdan oʻtkazish va mutaxasisga yuborish.
  2. Tizimga bemor natijalarini kiritish.
  3. Tizim orqali retsept yozib berish.
2
12.

Tibbiyotga oid medialar va bloglar yaratish.  

  1. Tibbiyotga oid medialar va bloglarning ahamiyat.
  2. Tibbiyotga oid media va bloglar yaratish bosqichlari.
  3. Tibbiyotga oid media va bloglarni yuritish
2
13.

Tibbiyot sohasida ma’muriy hujjatlar bilan ishlash.  

  1. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ariza, tushuntirish xati yozish
  2. Tilxat, ishonchnoma, dalolatnoma yozish tartibini oʻrganish.
  3. 3Hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasini shakillantirish.
2
14.

Tibbiy muloqot jarayonida uslubiy me’yorlar .  

  1. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari.
  2. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni.
  3. Muloqot texnologiyasi va texnikasi. Verbal va noverbal muloqot
2
15.

Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn.  

  1. Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
  2. Matnni bogʻlovchi vositalar.
  3. Tibbiyotga oid ilmiy matnlarda sohaviy atamalar
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Tibbiyot sohasida ma’muriy hujjatlar bilan ishlash.

2.

Matn va uning turlari. Mikromatn va makromatn.

3.

Tibbiyotga oid medialar va bloglar yaratish.

4.

Nutq uslublari va ularning xususiyatlari. Ilmiy uslub va uning uslubiy xususiyatlari.

5.

Rasmiy-idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari.

6.

Respublikamizda o‘zbek tilini Davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar (referat tayyorlash).

7.

Tibbiyot xodimlarining kasbiy muloqot madaniyati (slaydlar tayyorlash).

8.

Tibbiyotda ish yuritishning xususiyatlari (lotin yozuvida).

9.

Tibbiyotda ish yuritishning xususiyatlari (lotin yozuvida).

10.

Tibbiyotda axborot texnologiyalarining o‘zbek tilida qo‘llanilishi.

11.

Tibbiyotga oid adabiyotlarni tarjima qilish tajribasi.

12.

Tibbiyotda o‘zbek tilining rivojlanish istiqbollari.

13.

Xalq tabobatiga oid atamalarning izohi.

14.

Tibbiyotda davolash usullari va preparatlarning o‘zbek tilidagi tavsifi.

15.

Tibbiyotda bemorlar bilan psixologik muloqotning ahamiyati.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Aminov M., Madvaliyev A. “Davlat tilida ish yuritish”.- T. 2020
  2. Rahmatullayev Sh. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” T. 2006 yil

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”.-Toshkent, 2021. -458 b.
  2. Shokirova H. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi” darslik. Farg‘ona 2023. 218 bet.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://digital.uz/
  • https://stat.uz/
  • https://en.wikipedia.org/wiki/E-commerce

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xolmatova Muxayyo Abdugʻopporovna,
KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: xolmatova1904@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi
Taqrizchilar:

Y.Nasirdinova - KUAF, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

G.K.Qobuljonova - ADU Uzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, Filologiya fanlari nomzodi (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba soat 15.00 – 16.00, B 217-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

Y.Nasirdinova

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xolmatova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan