Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Dasturlash asoslari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Dasturlash asoslari Fan kodi DAT101
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: Workshop, Mustaqil ishi, Vazifa/topshiriqlar
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr
60
(aud)
90
(must)
60
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi algoritmik bilimlarni rivojlantirish, Python tilida dasturlashtirish, texnik bilimlarga oid masalalarni zamonaviy dasturlash tillarida hal etish boʻyicha kerakli bilimlarni berish. Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Dastur tuzilishi va alifbosi boʻyicha bilimlarga ega boʻladi. Oʻzgarmas va oʻzgaruvchilar, maʼlumot tiplarini qoʻllay oladi. Matematik, mantiqiy amallarni, kiritish chiqarish operatorlarini, massivlarni bilish va tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalar (INF101))

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Dasturlash tilining asosiy tushunchalarini aytish;
  • Dasturlashning mohiyatining bugungi kundagi oʻrnini tushuntirish;
  • Identifikatorlar va dasturlash tili operatorlarni tushuntirish;
  • Massivlarni tahlil qila olish;
  • Dasturiy vositalarning ahamiyatini tushuntirish;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Kursni oʻzlashtirilgan talabalar funksiya va uninf turlarini tushuntirib bera oladi;
  • Barcha oʻrgangan dasturlash fani tushunchalari asosida dastur yarata oladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Algoritm, algoritmning berilish usullari, xossalari va turlari

  1. Algoritmning xossalari
  2. Chiziqli algoritmlar
  3. Tarmoqlanuvchi algoritmlar
4
2.

Dasturlash tili tarkibidagi arifmetik amallar va mantiqiy amallar

  1. Arifmetik amallari
  2. Mantiqiy amallar
  3. Dasturlash tilida matematik funksiyalar(math kutubxonasi)
4
3.

Dasturlash tilida tarmoqlanuvchi algoritmlar

  1. Qisqa shartli operator va uning umumiy koʻrinishi
  2. Toʻliq shartli operator va uning umumiy koʻrinishi.
  3. Elif operatori va uning umumiy koʻrinishi.
4
4.

Dasturlash tilida takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash

  1. Parametrli(for) operatori va uning umumiy koʻrinishi
  2. Shartli takrorlash(while) operatori va uning umumiy koʻrinishi
  3. Ichma ich sikllarni tashkil qilish.
4
5.

Dasturlash tilida funksiyalar yaratish va ulardan foydalanish

  1. Qism dasturlar
  2. Global va lokal oʻzgaruvchilar.
  3. Dasturlash tilida funksiyalar, foydalanuvchi funksiyasi
4
6.

Dasturlash tilida ko‘p qiymat qaytaruvchi funksiyalar va ulardan foydalanish

  1. Koʻp qiymat qaytaruvchi funksiyalar
  2. Rekursiv funksiyalar
4
7.

Dasturlash tilida massivlar va ulardan foydalanish

  1. Bir va koʻp oʻlchovli massivlar
  2. Massiv elementlari ustida amallar bajarish
  3. Satrlar va satrlar ustida amallar bajarish
4
8.

Satrlar bilan ishlash

  1. Satr turlari va eʼlon qilish
  2. Satrlar bilan ishlash funksiyalari
  3. Satrlarni tahlil qilish va qayta ishlash
4
9.

Fayllar bilan ishlash

  1. Fayl turlari (matnli va binar)
  2. Fayllarni ochish va yopish
  3. Fayllarni qidirish va oʻchirish
4
10.

Ma’lumot tuzilmalari. Ro‘yxatlar va to‘plamlar

  1. Roʻyxatlar (lists)
  2. Bir va ikki bogʻlangan roʻyxatlar
  3. Toʻplamlar (sets) va ularning turlar
4
11.

Ma’lumot tuzilmalari. Steklar va navbatlar

  1. Steklar (stacks)
  2. Stek operatsiyalari (push, pop, peek)
  3. Navbatlar (queues)
4
12.

Binar daraxtlar bilan ishlash algoritmlari

  1. Binar daraxtlar tushunchasi
  2. Daraxt turlarini eʼlon qilish
  3. Daraxtlarda qidirish algoritmlari
4
13.

Graflarni ko‘rish algoritmlarini ishlab chiqish

  1. Graf turlari (yoʻnalgan, yoʻnalmagan, ogʻirlik)
  2. Bredth-first search (BFS) algoritmi
  3. Depth-first search (DFS) algoritmi
4
14.

Dasturlash tili tarkibida grafiklar chizish va ularni qayta ishlash

  1. Grafik muhitini faollashtirish
  2. Tekislikda chizma va shakllar chizish
  3. Chizmalarni alohida faylda saqlash
4
15.

tkinter va turtle moduli

  1. tkinter moduli bilan tanishish
  2. GUI komponentlari (button, textbox, label)
  3. turtle moduli
4
Jami 60
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Algoritmni ifodalash usullari.

2.

Dasturlash tillari haqida umumiy ma'lumot (C#, Python, C++, Dart, Java, JavaScript va boshqalar)

3.

Kompilyator va interpretator haqida tushuncha. Ularning farqlari va ishlash printsipi

4.

Virtual mashinaga asoslangan dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari (JVM, PVM)

5.

Python dasturlash tili imkoniyatlari va qo'llanilish sohalari (web, AI, data science)

6.

Python dasturlash tilida o'zgaruvchilar bilan ishlash. Ma'lumot turlari

7.

Python dasturlash tili standartlari (PEP 8, PEP 20 - Zen of Python)

8.

Python dasturlash tilida tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi va tanlash operatorlari (if, for, while)

9.

Python dasturlash tilida funksiya va lambda (anonim) funksiyalar

10.

Python dasturlash tili muhitlari (IDLE, PyCharm, VS Code, Jupyter Notebook)

11.

Python dasturlash tili interpretatori va bajariladigan fayllar yaratish

12.

Python math kutubxonasi funksiyalari va unga oid amaliy misollar

13.

Python string (str) metodlari va matn bilan ishlash misollari

14.

Python ro'yxatlar (list), kortejlar (tuple) va to'plamlar (set) bilan ishlash

15.

Python fayllar bilan ishlash (open, read, write, close funksiyalari)

16.

Python os va sys kutubxonalari funksiyalari va tizim resurslari bilan ishlash

17.

Python datetime va time kutubxonalari. Sana va vaqt bilan ishlash

18.

Python random kutubxonasi va tasodifiy sonlar generatsiyasi

19.

Python collections kutubxonasi (Counter, defaultdict, namedtuple)

20.

Python JSON va CSV formatlari bilan ishlash. Ma'lumotlarni import/export qilish

  Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻladi

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Bobojonova M.A. Python dasturlash tili: o‘quv qo‘llanma – Buxoro. – “Durdona”. -2023. 108 b.
  2. Das U., Lawson A., Mayfield C., Norouzi N. Introduction to Python Programming. – Houston: OpenStax, Rice University, 2024. – 406 p.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘ktamov M.O‘. Dasturlash tillari II fanidan (o‘quv qo‘llanma). — Toshkent.: “Grand kondor print”, 2024 y., 188 b.
  2. Bobojonova M.A., Rustamov H.Sh. Python dasturlash tilida masalalar va uning yechimlari. O‘quv qo‘llanma – Buxoro, BuxDU, 2022, 240b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://www.w3schools.com/
  • https://python.sariq.dev/
  • https://code.visualstudio.com/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- . .

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki102-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi154-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD)
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: alimkulovnurmukhammad@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Ibragimov - ADTI, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori

N.Kabulov - Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Alimqulov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan