![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Xorijiy til
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga ingliz tilida eng asosiy kundalik vaziyatlarda muloqot qilish (salomlashish, tanishish, oddiy savollar berish/javob berish) uchun zarur boʻlgan oʻqish, yozish, tinglash, gapirish, shuningdek lugʻat va nutqiy koʻnikmalarni tezkor yetkazishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- oʻqishning asosiy qoidalarini bilishi lozim;
- boshlangʻich daraja uchun lugʻat 1000-1500 soʻz va iboralarni bilishi kerak;
- ingliz tilini boshlangʻich darajada bilishi kerak;
- talaba soʻzlarni oʻqish va talaffuz qilish qoidalarini bilishi kerak
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- moslashtirilgan adabiyotlarni oʻqishi (qisqa hikoyalar), bundan tashqari, yangiliklar va eʼlonlarni qiyin termin soʻzlar va iboralarsiz tushunishi mumkin.
- 10-15 jumladan iborat oddiy xatlarni yoza oloshi kerak;
- moslashtirilgan audio yozuvlarni tinglash va eshitilgan material boʻyicha savollarga javob bera olishi kerak;
- oʻzi va uyi haqida gapirib berishi, odamning tashqi qiyofasini tasvirlashi, rejalari bilan oʻrtoqlashishi va dam olish kunlari qanday oʻtganini aytib berishi, yoʻlni soʻrashi va tushuntirishi, doʻkon yoki mehmonxona xodimlari bilan gaplashishi, oddiy savollarga javob berishi kerak
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | |||
|---|---|---|---|---|---|
| Kuzgi semestr | |||||
| 1. |
|
2 | |||
| 2. |
|
2 | |||
| 3. |
|
2 | |||
| 4. |
|
2 | |||
| 5. |
(A)Banking products and services
|
2 | |||
| 6. |
(B)Banking products and services
|
2 | |||
| 7. |
|
2 | |||
| 8. |
|
2 | |||
| 9. |
|
2 | |||
| Bahorgi semestr | |||||
| 10. |
|
2 | |||
| 11. |
|
2 | |||
| 12. |
|
2 | |||
| 13. |
|
2 | |||
| 14. |
|
2 | |||
| 15. |
|
2 | |||
| 16. |
|
2 | |||
| 17. |
|
2 | |||
| 18. |
|
2 | |||
| Jami | 36 | ||||
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Amaliy mashg‘ulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish |
| 2. |
Ingliz tilida prezentatsiya tayyorlash va taqdim etish |
| 3. |
Lug‘at boyligini oshirish bo‘yicha ishlash |
| 4. |
Ingliz tilida videolar va audio materiallarni tinglash va tahlil qilish |
| 5. |
Ingliz tilidagi dialoglar va rolli o‘yinlar o‘tkazish |
| 6. |
Leksik va grammatik topshiriqlar |
| 7. |
Ingliz tilidagi maqola, hikoya yoki blogni o‘qib, 5–7 gaplik qisqa xulosa yozish. |
| 8. |
Yozish bo‘yicha topshiriqlar |
| 9. |
Ingliz tilidagi podkast yoki qisqa video eshitib, asosiy fikrlarni yozib chiqish. |
| 10. |
Dialog tuzish va juftlikda ijro etish. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Rosemary Richey, Series editor David Bonamy. English for Banking and Finance part of the Pearson Longman Vocation al English series.(CEF level A1-A2) . Pearson Education Limited 2011. – 79 pages
- David Grant, John Hughes, Nina Leeke, Rebecca Turner. Business Result Elementary Teacher’s Book, Oxford Univercity Press. 2nd edition. 2018. – 80 pages
- David Grant, John Hughes, Nina Leeke, Rebecca Turner. Business Result Elementary Work Book, Oxford Univercity Press. 2nd edition. 2018 – 80 pages
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Raymond Murpy. Essential Grammar in Use. Cambridge University Press. 4th edition. 2015. – 320 pages
- Christina Latham-Koeing Clive Oxenden Jarry Lambert Paul Seligson English File Beginner student’s book fourth edition, Oxford University press,2019.– 136 pages
- Michael Mccarthy, Felicity O’Dell. English Vocabulary in Use. Cambridge University Press. 3rd edition. 2017. – 176 pages
- Rosemary Richey - English for Banking and Finance. Pearson education limited. 2011. – 79 pages
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz
- https://en.islcollective.com
- https://www.allthingsgrammar.com
- https://www.britishcouncil.org
- https://vk.com/wall-36775085_528894
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni semestrning dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3-haftalar davomida |
| 2 | Loyiha ishi | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-3-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-3-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Mamirova Shodiyaxon Rafiqdjon qizi, KUAF, Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Jobborov Mirzaxoʻja Toʻlqin oʻgʻli, KUAF, Xorijiy tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
mamirova.shodiyakjon@gmail.com g.personaldocs@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Xorijiy tillar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
D.Egamnazarova - KUAF, Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri, f.f.f.d., (PhD) Sh.Shokirov - ADU, Xorijiy tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar) kafedrasi mudiri, f.f.f.d, professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, E 303-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Xorijiy tillar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) N.Maxsudova Kafedra mudiri |
(imzo) M.Jobborov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Sh.Mamirova Fan oʻqituvchisi |
