Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Psixodiagnostika

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Psixodiagnostika Fan kodi PD2305
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
20 40
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda kichik maktab yoshi bolalariga psixologik diagnoz qoʻya olish koʻnikmalarini hosil qilish, psixodiagnostik tadqiqotlarining xususiyatlari; psixodiagnostika fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qoʻyiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qoʻllanishi mohiyati amaliy tadqiqot vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olish boʻyicha bilim va konikmalarni hosil qilish

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy psixologiya (UmPsx10210)

2. Bolalar psixologiyasi (PYS103)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • umumiy psixodiagnostika fanining tarixi; umumiy psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari; umumiy psixodiagnostika tadqiqotlarining xususiyatlari; umumiy psixodiagnostika fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qoʻyiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qoʻllanishi mohiyati; anketa metodiga qoʻyiladigan asosiy talablar; test usulini oʻziga xosligi; laboratoriya jihozlarini mashgʻulotda qoʻllash talablari; proektiv metodlar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • umumiy psixodiagnostika fani metodlarini; eksperimental tadqiqotlarini tashkil etish qoidalarini; psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • psixologik tadqiqotlarini tashkil etish va psixologik empirik metodlari qoʻllay olish;
  • shaxsga psixologik diagnoz qoʻya olishi; motiv, motivatsiya, emotsiya va irodanining turlari, xususiyatlari hamda sifatlarini psixodiagnostik oʻrganish;
  • sezgi va idrok xususiyatlarini laboratoriyada oʻrganish; xotira va diqqatga doir diagnozlar;
  • tafakkur va nutqni eksperimental oʻrganish metodikalari koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Psixodiagnostika tarixi va psixodiagnostik tekshiruv tadqiqotlari

  1. Psixodiagnostika tarixi va psixodiagnostik tekshiruv tadqiqotlari
  2. Psixologik testlashtirishning tarixiy ildizlari (F.Galton, A.Binening testlashtirishning vujudga kelishidagi xizmatlari. F.Galton, A.Bine. Djeyms Kettellning testlashtirishdagi faoliyati va uning dastlabki “zehn testlar”i).
  3. Psixodiagnostikaning XX asrda rivojlanishi. XXI asrda psixodiagnostika. Psixologik testlashtirishning zamonaviy holatlari.
  4. Oʻzbekistonda psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi.
  5. Tadqiqot va tekshiruvning vazifalaridagi tafovutlar. Psixodiagnostik jarayonlarning asosiy bosqichlar.
  6. Psixologik diagnoz psixodiagnostikaning asosiy vazifasi sifatida. L.S. Vigotskiy boʻyicha diagnoz turlari: simptomatik, etiologik, tipologik. Psixologik diagnoz tiplari.
  7. Tekshirish jarayonida olingan maʼlumotlarning qiyosiy tahlil qilishning mezonlari: psixologik prognoz. Tavsiyalar ishlab chiqish, korrektsiyalash dasturlari tayyorlash.)
2
2.

Ko‘p omilli shaxsning o‘rganish so‘rovnomalari

  1. 8 Koʻp omilli shaxsning oʻrganish soʻrovnomalari
  2. Koʻp omilli shaxs soʻrovnomalari. Shaxsning toʻliq diagnostikasi, R.Kettelning 16 faktorli shaxs soʻrovnomasi.
  3. Soʻrovnomalarni qayta ishlab chiqish. Omillar tavsifi. MMPI- (Minnesota Multiʼhase ʼersonality Inventory).
  4. Shaxs individual psixologik xususiyatlarini tadqiq etish: (L.N. Sobchikning shaxsni tadqiq etishning standartlashtirilgan metodikasi (SMIL). M.P. Miroshnikov, Ye.D. Sokolov va F.B. Berezinlarning shaxsni atroflicha oʻrganish metodikasi (MMIL), G. Ayzenkning shaxsni tadqiq etish metodikalari (EPI, EPQ, PEN). Katta yoshdagilar bilan ishlashgan moʻljallangan koʻp olmilli shaxs soʻrovnomasi (Dj. Gouxning Kaliforniya psixologik soʻrovnomasi (CʼI), Y.Farenbergning “Frayburg shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi” (FBI), L.N. Sobchikning “Individual-psixologik soʻrovnomasi”.
  5. Mayers-Briggsning K.Yung tipologiyasi boʻyicha shaxslarni klassifikatsiyalash uchun shaxs tipologik indikatori.
  6. T. Liri, R.L. Laforje, R.F. Sucheklarning “Shaxslararo munosabatni diagnoz qilish soʻrovnomasi”).
2
3.

Proyektiv metodikalar psixodiagnostikasi

  1. Shaxsning oʻrganishda proyektiv metodikalarning nazariy asoslari Psixodiagnostikada “proyeksiya” tushunchasi.
  2. Proyektiv metodikalarning imkoniyatlari va cheklanishlari. Ularning ishonchliligi va validligini taʼminlash muammolari.
  3. Proyektiv metodikalari klassifikatsiyasi. Proyektiv metodikalarning turlari: (Siyoh dogʻlari metodikasi. Rasmli testlar.Verbal metodikalar.Avtobiografik esdaliklar. Harakat metodikalari. Proyektiv metodikalarni baholash. Proyektiv metodikalar ishlashda uchraydigan xatoliklar.
  4. Proyektiv metodikalarning turlari: (Siyoh dogʻlari metodikasi. Rasmli testlar.Verbal metodikalar.Avtobiografik esdaliklar. Harakat metodikalari. Proyektiv metodikalarni baholash. Proyektiv metodikalar ishlashda uchraydigan xatoliklar.
  5. Tematik appertseptsiya testining ((TAT, G. Myurrey) mohiyati va ahamiyati L. Bellak va S. Bellakning bolalar appertseptsiya testi (SAT). L. Bellak va S. Bellakning qariyalar uchun appertseptsiya texnikasi. X. Xekxauzenning motivatsiya test. L.N. Sobchikning rasmli appertseptiv testi (RAT))
2
4.

Proyektiv metodikalar psixodiagnostikasi

  1. Shaxs va uning holatini baholash uchun: M. Lyusherning «Rangni tanla» metodikasi. Yung shaxs tiplarini aniqlashda G. Frilingning “Rang koʻzgusi” metodikasi ).
  2. L. Sondi proyektiv testi va uning modifikatsiyasi - L.N. Sobchikning portretlarning tanlash metodikasi.
  3. G. Rorshax testi va uning shaxs klinik tadqiqotlari uchun piktogramma metodikasi.
  4. Assotsiativ metod hikoyani, tarixni yoki jumlalarni metodikalarining asosi sifatida. D.M.Saks va S. Levining “Tugallanmagan jumlalar” metodikasi. Hikoya va tarixni tugallash metodikalari. Frustratsion test (S. Rozentsveyg).
  5. Shaxs muammolari, xususiyatlari va holatlarini oʻrganishga moʻljallangan boshqa proyektiv metodikalar.
2
5.

Psixodiagnostikaga kirish. Psixodiagnostika fan va amaliy faoliyat sifatida

  1. Umumiy psixodiagnostika fan sifatida.
  2. Psixologik diagnostika tushunchasi psixologik tashxis qoʻyish usullari va metodlarining ilmiy tizimi sifatida.
  3. Psixodiagnostika bilan differentsial psixologiyaning, testologiyaning, amaliy psixologiyaning va psixometrikaning oʻzaro munosabatlari.
  4. Psixodiagnostika va psixologiya tarmoqlari oʻrtasidagi bogʻliqlik.
  5. Psixodiagnostikaning predmeti.
  6. Psixologik bilimlarni amaliyotda qoʻllash, psixologiyaning mos tarmoqlari, differentsial psixometrika psixodiagnostikaning asoslanishi.
  7. Ilmiy psixodiagnostika bilan amaliy psixodiagnostikaning oʻzaro aloqalari.
  8. Psixodiagnostik tadqiqotlarning ilmiy tadqiqotlardan farqi. 5.Psixologik testlashtirishning etikaviy muammolari.
  9. Psixodiagnostik faoliyatning kasbiy-etikaviy tamoyillari: (Psixodiagnostik maʼlumotlarning va mijozning shaxsiy sirlarini konfidentsialligini taʼminlash.
2
6.

Psixodiagnostika metodlari klassifikatsiyasi va psixologik testlashtirish shakllari

  1. Psixodiagnostika metodlari klassifikatsiyasi va psixologik testlashtirish shakllari
  2. Psixodiagnostika metodlari. Psixofiziologik metodikalar.
  3. Xulqni oʻrganish metodikalari. Javoblarini tanlashga asoslangan obʼektiv testlar. Soʻrovnomalar. 3.Proyektiv metodikalar. Kontent-analiz. Psixosemantik metodlar. Sotsiometriya metodi.
  4. Standartlashtirilgan analitik kuzatish.
  5. Suhbat va soʻrovnoma. Rolli oʻyinlar.
  6. Diagnostikaga oʻrgatuvchi eksperiment. Maxsus metodlar.
  7. Psixologik testlashtirish shakllari.
  8. Test batareyalari: Verbal va noverbal testlar. Tezlik va natijalilik testlari. Individual va guruhiy testlar. Blankli, predmetli, apparaturali va komʼyuter testlari. Ogʻzaki va yozma testlar. Psixodiagnostika metodlari tasnifi. Obʼektiv testlar.
2
7.

Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari

  1. Differentsial psixometrika. Umumiy va differentsial psixometrika.
  2. Psixodiagnostika metodikalarida oʻlchashga va ishlab chiqishga qoʻyiladigan asosiy talablar.
  3. Standartlashtirish (oʻlchash) metodlari va ekspert (klinik) metodlar.
  4. Psixodiagnostika metodikalari uchun zarur psixometrik talablar: Ishonchlilik .Ishonchlilik tasodifiy omillar tahsiriga barqarorlik va aniqlikni oʻlchash sifatida. Oʻlchash aniqligi muammosi. Hisobga olinmagan omillar taʼsiri. Ishonchlilik turlari. Ishonchlililik koeffitsientlari.
  5. Validlik va uning turlari. Validlik diagnostika qilinayotgan natijalarning muvofiqligini tahminlovchi sifatida.
  6. Validlik bilan ishonchlilik munosabati. Validlik mezonlari. 7.Metodikaning validligini aniqlash uchun tashqi mezonlarni tanlash muammolari.
  7. Ekspert baholash metodlari. Validlik turlari. Diagnostik (konku¬rent) validlik. Kriterial validlik. Joriy va prognostik validlik. Empirik validlik. Korrelyatsiya tahlili ishonchlilik va validlikni aniqlash usullaridan biri sifatida; regression tahlil. Kontseptual (konstrukt) validlik. Differentsial va-lidlik. Yosh differentsiatsiyasiga koʻra validlik. Faktorli validlik. Faktorli tahlil. Mazmuniy validlik.Konvergent va diskriminativ validlik. Konsensus valid¬lik.
  8. Validlik bilan ishonchlilik munosabati
2
8.

Shaxsni psixodiagnostik baholash va psixologik testlashtirish sohalari

  1. Shaxsning tadqiq etishning asosiy yoʻnalishlari. Shaxs toʻgʻrisida maʼlumot olish usullari: L-maʼlumot, Q-maʼlumot, T-maʼlumot, shaxsni tadqiq etishning proyektiv usullari.
  2. Psixodiagnostikada shaxs qirralari nazariyalari.“Shaxs qirralarini“ psixodiagnostikada ajratish.
  3. Shaxsga tegishli:nazariy farazlar, shaxsning besh omilli modeli. “Katta beshlik”ning universal omillari, shaxsni taʼriflash.“Katta beshlik“ mustahkam tekshiruv vositasi sifatida.
  4. Kasbiy faoliyatning psixodiagnostik mezonlari: Kasbiy faoliyatning psixodiagnostik tahminoti, mutaxassisning kasbiy ahamiyatli sifatlari diagnostikasi, personalni tanlash va baholash, Assessment-markaz va alʼt-assessment personalni kompleks baholash metodlari sifatida.
2
9.

Psixologik testlashtirish sohalari. Test tuzishning asosiy bosqichlari

  1. 6 Psixologik testlashtirish sohalari. Test tuzishning asosiy bosqichlari
  2. Psixik taraqqqiyot diagnostikasi:chaqaloklik, ilk bolalik va maktabagacha yoshdagi psixik rivojlanish diagnostikasi. Anomal psixik rivojlanish diagnostikasi. Rivojlanishni baholash vositalari.
  3. Pedagogik diagnostika.Pedagogik testlashtirish. Maktabdagi oʻzlashtirish diagostikasi. Pedagogik diagnostika metodlari. Taʼlim jarayonida erishganlik testlari.
  4. Maktab psixologik xizmatida psixodiagnostika. Maktab psixologik xizmatida psixodiagnostikaning oʻziga xosligi. Oʻquvchilarning xususiyatlari, oʻqituvchi shaxsini, oʻquv guruhidagi va pedagogik jamoadagi muhitni, oʻrganish.
  5. Klinik psixodiagnostika: profilaktik tibbiyot, psixonevrologik va somatik klinikada psixodiagnostika. Patsientlarning psixik holatini baholash.
  6. Differentsial diagnostika sudebno¬psixologik ekspertiza.
  7. Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi.
  8. Testlarning oʻziga xosligini tahminlash va rasmiylashtirish. Test topshiriqlarini ishlab chiqish va tahlil qilish.
  9. Topshiriqlarni saralash va baholash. Test topshiriqlarining murakkablik indeksi (effektivlik) va diskriminativligi.
  10. Testning ishonchliligini va validligini aniqlash. Testning baholash tamoyillari.
  11. Komʼyuter psixodiagnostikasiga doir metodikalar yaratish. Amaliy psixodiagnostikada dasturiy vositalar yaratish va foydalanish.
  12. Testdan foydalanuvchilar va ishlab chiquvchilar uchun normativ talablar: Psixologni psixometrik jihatidan tayyorlash talablari.
2
10.

Temperament va asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi. Tеmpеramеnt va asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi Inson xulq-atvorida asab tizimi xususiyatlarini namoyon bo‘lishi.

  1. Inson xulq-atvorida asab tizimi xususiyatlarini namoyon boʻlishi.
  2. Asab tizimi xususiyatlarini diagnostikasining apparaturali metodlari.
  3. Asab tizimi kuchi va labiligining blankali metodikalari 4.Temperamentning uchta asosiy xarakteristikasini baholash uchun Ya. Strelyau soʻrovnomasi. N.N.Obozov metodikasi. Temperament formulasi (pasporti) metodikasi.
  4. Temperament irsiy xarakteristikasini baholash uchun V.M. Rusalovning temperament tuzilishi soʻrovnomasi.
  5. Temperament tiplarini baholashda D. Keyrs soʻrovnomasi va G.Ayzenk soʻrovnomalari asosida temperamentni aniqlash.
  6. Tеmpеramеntning uchta asosiy xaraktеristikasini baholash uchun Ya. Strеlyau soʻrovnomasi. N.N.Obozov mеtodikasi.
  7. Tеmpеramеnt irsiy xaraktеristikasini baholash uchun V.M. Rusalovning tеmpеramеnt tuzilishi soʻrovnomasi.
  8. Tеmpеramеnt tiplarini baholashda D. Kеyrs soʻrovnomasi. G.Ayzеnk soʻrovnomalari asosida tеmpеramеntni aniqlash.
2
Jami 20
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Shaxslilik sifatlari psixodiagnostikasi  

  1. Shaxsdagi aktsentuatsiyalarni diagnostika qilish metodikalari (K. Leongard). Aktsentuatsiya tiplarini yoritish uchun Shmishek soʻrovnormasi (K. Leongard boʻyicha).
  2. A.E. Lichkoning oʻspirinlardagi aktsentuatsiya tiplarini tadqiq etish soʻrovnomasi. MMPI metodikasida aktsentuatsiyani diagnoz qilish. Shaxsning psixologik tiplarini tadqiq etish.
  3. Masʼuliyatning oʻlchash va uning psixodianostikadagi turlari. Dj. Rotter lokus nazorat metodikasi va uning shkalalari. Masʼuliyat darajasini aniqlash soʻrovnomasi.
  4. Oʻzini oʻzi anglash psixodiagnostikasi Oʻzini oʻzi anglash, oʻz-oʻziga munosabat va oʻzini oʻzi baholash metodlari. Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodikalari.
4
2.

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi  

  1. Guruhdagi shaxslararo munosabatning tuzilishini oʻrganish. 2.Shaxslararo munosabat tizimida shaxsning holatini oʻrganish. 3.Guruhdagi jipslikni oʻrganish. Hamkorlik va guruhdagi oʻzlashtirganlik.
  2. Sotsiometriya. Referentometriya. «Shaxsni guruhiy baholash». «Qadriyatlar birligi». «Q-saralash» (Q-sort) V. Stefansona. Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi metodlari va metodikalari.
  3. 5 V. Shuttsning shaxslararo munosabat soʻrovnomasi. Dj. Gilford va M. Sallivenning sotsial intellektni rivojlanganlik darajasini oʻlchash metodikasi.
  4. A.M. Etkindning “Munosabatlar rang testi” (TSTO). Individual shaxs va oilaviy psixologik konsulʼtatsilarda diagnostika.
2
3.

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi  

  1. Sotsial-psixologik trening guruhini saralashda, oilaviy juftlardagi moslik va oilaviy nizolarda diagnostika. Ota-ona-farzand munosabatida diagnostika.
  2. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Er-xotin munosabatlari diagnostika metodlari va metodikalari. Psixologik hamkorlik diagnostikasi.
  3. Ota-ona–bola munosabatlari diagnostikasi metodlari va metodikalari; («R. Jilyaning Filgʻm-test», «Oʻsmirlar nazarida ota-onalar» (ADOR), Ota-onalik ustanovkalari va reaksiyalari metodikasi (PARI), «Oila rasmi», «Uch daraxt» va boshqa metodikalar).
2
4.

Shaxsning emotsional sohasi psixodiagnostikasi  

  1. Shaxsning emotsional sohasi diagnostikasi.
  2. Shaxsning emotsional sohasiini diagnostika qilish metodlari. Empatiya darajasi diagnostikasi.
  3. Emotsional ekspressiya va emotsional intellekt diagnostikasi. Emotsional holatlarning psixofiziologik metodikalari.
  4. Bezovatalik, depressiya va emotsional buzilishlar, stress diagnostikasi. Nevrotik holatlarni diagnostika metodikalari
2
5.

Funksional holatlar diagnostikasi  

  1. Toliqish va ishga qobiliyatililikni E.Krеpеlеn jadvali boʻyicha hisoblash.“Oʻzining his etish.Faollik.Kayfiyat” mеtodikasi orqali funksional holatlarni diffеrеnsiao baholash. V.I.Chirkovning oʻquv va mеhnat faoliyatidagi funksional holatlar soʻvronomasi. T.A.Nеmchinning asab-psixik zoʻriqishlarning ifodalanish darajasini oʻlchash soʻrovnomasi. N.P.Fеtiskinning “Monoton barqarorlikni oʻrganish” soʻrovnomasi. M.P.Morozning odamning ishga qobiliyati va funksional holatini eksprеss -diagnostika mеtodikasi.
2
6.

Shaxsning motivatsion sohasi psixodiagnostikasi  

  1. Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi. Motivlar, ehtiyojlar va motivatsiya psixodiagnostikasi.
  2. Motivlarni aniqlash shaxs soʻrovnomalari. Motivlarni kognitiv baholashda proyektiv metodlar yordamida diagnostika qilish.
  3. D.Makkleland va Dj. Atkinsonlarning erishganlik motivlarni tadqiq etishi va diagnostik metodlari.X. Xekxauzenning tadqiqotlari va diagnostik metodlari.
  4. Oʻquv motivatsiyalari va oʻquvchilarning oʻqishga emotsional munosabatlarini oʻrganish.
2
7.

Psixik bilish jarayonlari diagnostikasi  

  1. Diqqat va sensomotor reaktsiyalar psixodiagnostikasi.
  2. Diqqat xususiyatlari diagnostikasi: diqqatning barqarorligi, kontsentratsiyasi, taqsimlanishi, koʻchishi, tanlovchanligi.
  3. Xotira va mnemik faoliyat diagnostikaschi. Qisqa, uzoq va operativ xotira diagnostikasi.
  4. Tafakkur diagnostikasi. Tafakkur turlari, operatsiyalari va xususiyatlari psixodiagnostikasi. Reproduktiv va produktiv tafakkur. Predmetli, simvolli, belgili va obrazli tafakkur diagnostikasi.
  5. Xayol va tasavvur psixodiagnostikasi. Bilish faoliyatining kognitiv uslublari diagnostikasi.
2
8.

Maktabga tayyorlik diagnostikasi  

  1. Maktabda oʻqishga psixologik tayyorgarlik bolaning maʼlum darajadagi bilim qobiliyatlari va shaxsiy fazilatlariga erishishi sifatida. Maktab taʼlimiga psixologik tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismlari (motivatsion, intеllеktual, irodaviy, muloqotga tayyorlik).
  2. 2 Е.I.Shеblanova va I.S.Avеrinaning 6-7 yoshli bolalarning intеllеktual qobiliyatlarini (MADIS) eksprеss diagnostikasi usuli. A.Ivanovaning 6-9 yoshdagi bolalarni maktab taʼlimidagi oʻzlashtirish darajasini oʻrganish mеtodikasi.
  3. Kеrn–Yеrasеkning maktab yеtuklik darajasini baholash tеsti
2
9.

Intеllеktni o‘lchash  

  1. Binе – Simon shkalasi, ularning modifikatsiyalari, Stеnford – Binе shkalasi. Intеllеktuallik koeffisiеnti (IQ). Kaufman shkalasi, Qobiliyatning diffеrеnsial shkalalari. Intеllеkt diagnostikasi. Intеllеkt va aqliy taraqqiyot.
  2. Intеllеktning nazariyasi va strukturasi modеllari. Intеllеkta faktorli modеli (Ch. Spirmеn, L. Tеrstoun, Dj. Gilford, R. Kеttеll). Bosh faktor konsеpsiyasi. Intеllеktga taʼsir koʻrsatuvchi omillar. Intеllеktni psixomеtrik tuzilishi. Traditsion intеllеkt tеstlarini tanqidi. Intеllеkt tеstlarini vujudga kеlish tarixi. IQning ahamiyati. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik.Intеllеktni tеstlashtirishning madaniy faktorlari.
  3. Intеllеkt tеstlarining foydalanish maqsadlari. D. Vеkslеrning tеsti. R. Amtxauerning “Intеllеkt strukturasi” tеsti
2
10.

Intellektni o‘lchash.  

  1. G. Ayzеnkning intеllеkt tеsti. R. Kеttеllning «Madaniy muhitda xoli intеllеktni oʻrganish” tеsti . Dj. Ravеnning «Progrеssiv matrisalar» tеsti. Aqliy taraqqiyotni tuzilishi va xususiyatlarini oʻrganish mеtodiklari (ShTUR, ASTUR, TURMSh). Iqtidor va krеativlik diagnostikasi (Dj.Gilford, P.Torrеns).
2
11.

Funksional holatlar diagnostikasi  

  1. Toliqish va ishga qobiliyatililikni E.Krеpеlеn jadvali boʻyicha hisoblash.“Oʻzining his etish.Faollik.Kayfiyat” mеtodikasi orqali funksional holatlarni diffеrеnsial baholash.
  2. V.I.Chirkovning oʻquv va mеhnat faoliyatidagi funksional holatlar soʻvronomasi.
  3. T.A.Nеmchinning asab-psixik zoʻriqishlarning ifodalanish darajasini oʻlchash soʻrovnomasi. N.P.Fеtiskinning “Monoton barqarorlikni oʻrganish” soʻrovnomasi.
  4. M.P.Morozning odamning ishga qobiliyati va funksional holatini eksprеss -diagnostika mеtodikasi
4
12.

Iqtidor va krеativlik diagnostikasi  

  1. Krеativlik yangi gʻoyalarni shakllantirish va muammolarning nostandart yеchimini topish qobiliyati. Dj.Gilfordning intеllеkt modеlida iqtidor va krеativlik diagnostikaning asosi. Е.Torrе1ns tеsti. Vilyamsning krеativlik tеsti.Djonsonning krеativlik soʻvronomasi. Vishnyakovaning katta yoshdagilar krеativlik darajasini aniqlash mеtodikasi. N.A.Baturin va Е.L.Soldatovaning divеrgеnt tafakkur diagnostikasining proеktiv mеtodikasi.D.Bogoyavlеnskayaning “Krеativ maydon mеtodi”
4
13.

Qobiliyatlar diagnostikasi Umumiy va maxusus qobliyatlar tushunchasi  

  1. Qobiliyatning faktorli 12 nazariyalari (Ch. Spirmеn, L. Tеrston va boshqaoar). Maxusus qobiliyatlar klassifikatsiyasi (mahalliy va xorijiy).
  2. Qobiliyatni oʻrganishga moʻljallangan alohida tеstlar va tеst batarеyalari (umumiy qobiliyatlar batarеyasi - UQB (GATB). Diffеrеnsial qobiliyatlar batarеyasi – DQB (DAT). Maxsus qobiliyat tеstlari (TPM, LOGO). Qobiliyat tеstlarining validligi. Qobiliyatlar diagnostikasi mеtodlarini qoʻllash sohalari (iqtidorni aniqlash, kasbga yaroqlilik diagnostikasi, kasbiy maslahat va boshq).
4
14.

Tashkilotdagi xodimlarni psixologik baholash  

  1. Mutaxassisning kasbiy ahamiyatli fazilatlari diagnostikasi. Xodimlarni tanlash va baholash. Diagnostika va inson ishining samaradorligini bashorat qilish. Psixologik tеst xodimlarni baholash vositasi sifatida. Psixologik tеstni 13 tanlash mеzonlari va tеstlar batarеyasini shakllantirish tamoyillari.
  2. Krist va Gеysning еtakchilik salohiyatini, ishontirish qobiliyatini va aloqa jarayonida manipulyatsiya tеndеnsiyasini baholash soʻrovnomasi.
  3. Shaxsning shaxslararo munosabatlarda boshqa odamlarni manipulyatsiya qilishga moyilligini aniqlash uchun V. V. Znakov shaxsining makiavеlizmini oʻrganish mеtodikasi. V. A. Juravlеvning ustuvor rahbarlik uslubini aniqlash uchun jamoa yеtakchisi uslubi soʻrovnomasi.
  4. F. E. Fidlеrning yеtakchilik uslubini oʻlchash koʻlami: oʻz-oʻzini hurmat qilish, oʻz-oʻzini tanqid qilish, ijtimoiy munosabat, aloqa va boshqaruv samaradorligi. Blеyk-Mutonning mеnеjеrning faoliyat uslubini baholash uchun soʻrovnomasi. M.Snaydеrning oʻzini oʻzi nazorat qilish sinovi.
4
15.

Moslashuv va noto‘g‘ri ishlash diagnostikasi  

  1. A.G.Maklakov tomonidan "Moslashuvchanlik" koʻp darajali shaxs soʻrovnomasi. O.N.Rodina tomonidan dеzadaptatsiyani baholash soʻrovnomasi.
  2. A. K. Osniskiyning ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlik soʻrovnomasi. Xolms va Rеyning strеssga chidamliligi va ijtimoiy moslashuvini aniqlash mеtodikasi.
  3. Vassеrmanning ijtimoiy frustratsiya darajasini aniqlash mеtodikasi. Dеviangt xulq moyilligini tashxis usuli. Korxona xodimi R. H. Ismoilovning ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasini baholash uchun soʻrovnoma. Oʻrta maktab oʻqituvchisining ijtimoiy-psixologik moslashuv darajasini baholash soʻrovnomasi.
2
Jami 40

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

2.

Amaliy mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish

3.

Shaxslilik sifatlari psixodiagnostikasi

4.

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi

5.

Shaxsning emotsional sohasi psixodiagnostikasi

6.

Funksional holatlar diagnostikasi

7.

Shaxsning motivatsion sohasi psixodiagnostikasi

8.

Shaxsning motivatsion sohasi psixodiagnostikasi

9.

Psixik bilish jarayonlari diagnostikasi

10.

Maktabga tayyorlik diagnostikasi

11.

Intеllеktni o‘lchash

12.

Intellektni o‘lchash.

13.

Funksional holatlar diagnostikasi

14.

Iqtidor va krеativlik diagnostikasi

15.

Qobiliyatlar diagnostikasi Umumiy va maxusus qobliyatlar tushunchasi.

16.

Tashkilotdagi xodimlarni psixologik baholash

17.

Moslashuv va noto‘g‘ri ishlash diagnostikasi

18.

Andijon shahar 31 –maktab o‘quvchilarini testdan o’tkazish

19.

Mustaqil ishni himoya qilish

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil taʼlim topshiriqlarini, mustaqil ishi yoki, tezis, maqola, koʻrinishida topshiradilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Rasulov A.I, Muhammedova D.G “Umumiy psixodiagnostika” Toshkent “INNOVATSIYA-ZIYO” 2024-y.
  2. G‘aibova N.A., Jalilova S.X. Umumiy psixodiagnostika. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 260 bet.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Дружинин В.Н. Экспериментальная психология. 2-е изд., перераб. и доп. СПб: Изд-во «Питер», 2000. 320 с.
  2. Основные методы сбора данных в психологии: Учебное пособие для студентов вузов / Под ред. Капустина .С.А. М.: Аспект Пресс, 2012. 158 с.7.2.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279
  • www.edu.uz
  • https://advice.uz/oz/document/2349

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot /shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Salaxidinova Xolida Xaliljonovna,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, pffd (PhD)
Kamoldinova Diyora Jalolddin qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.f.d (PhD)
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: xolidasalaxidinova@gmail.com
diyora.diyora1@icloud.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n.

G.Turgʻunova - International school of finance technology and science instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, oʻqituvchilar xonasi.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Kamoldinova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Salaxidinova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan