![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Nutq oʻstirish metodikasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda bolalarning nutqini oʻstirish mazmuni, tamoyillari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ogʻzaki nutqni rivojlantirish yoʻllari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojalntirish muammolari, oʻz fikrini taʼsirchan yetkazish, tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega boʻlishi, barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirish yoʻllari va ish samaradorligi, muloqot qila olishga oʻrgatishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Umumiy pedagogika (EDU 101)
2. Bolalar psixologiyasi (PSY103)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- maktabgacha yosh davrida til va savodxonlikni oʻrganishga integratsiyalashgan yondashuv haqidagi bilimga ega boʻlishlari kerak;
- hozirgi ona tilini (oʻzbek, rus, va boshqa tillar) grammatik jihatdan oʻziga xos xususiyati haqidagi bilimga ega boʻlishlari kerak;
- bolalarda ilk va maktabgacha yoshda nuqtni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlarini bilishlari lozim;
- tildagi tasavvur, oʻyin va ijodiy sanʼatning ahamiyati, keng koʻlamli savodxonlik, yosh bolalarning tili va nutqi, savodxonligi boʻyicha til va madaniy maʼlumot rivojlanishi haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning tilini rivojlantirish, mantiqiy nutqini oʻstirish va yozish qobiliyati, bolalarni tarbiyalashda qoʻllaniladigan turli xil tadqiqot usullarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalga oshirishni bilishi;
- lingvodidaktika asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qoʻllash metodikasini oʻzlashtirish; bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlarni amalda qoʻllay olishi;
- oʻqish va nutqning mantiqiy, his-hayajonli-obrazli ifodasini oʻzlashtirishlari; badiiy asarni tahlil qilish va uni ijro eta olishni bilishi;
- bola nutqiga taʼsir koʻrsatishning eng samarali yoʻlni toʻgʻri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Nutq o‘stirish metodikasi fanining nazariy asoslari |
| 2. |
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari |
| 3. |
Bolalar bog‘chasida nutq va tilni rivojlantirishning lingvopsixologik va ilmiy asoslari |
| 4. |
Maktabgcha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari, metod va vositalari |
| 5. |
Tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni |
| 6. |
Suhbat orqali mashg‘ulot faoliyatini tashkil etish |
| 7. |
Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borish |
| 8. |
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug‘at ishini olib borishning nazariy asoslari |
| 9. |
Nutqning grammatik tuzilishini va uni shakllantirish metodikasi |
| 10. |
Bog‘lanishli nutq va uni o‘stirish usullari |
| 11. |
Tasvirli kitobdagi tasvir va matn bilan hikoya qilishga o‘rgatish |
| 12. |
Ravon nutqni rivojlantirish |
| 13. |
Bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish |
| 14. |
Badiiy adabiyot orqali bola nutqini rivojlantirish |
| 15. |
Bolalarni savodxonlikka tayyorlash |
| 16. |
Qiya chiziqli daftarga harf va son elementlarini yozishni mashq qilish |
| 17. |
Nutqni rivojlantirishda didaktik o‘yinlar |
| 18. |
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent, “Barkamol fayz media”, 2018. 432 bet.
- Nizomova Sh.Sh. Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va texnologiyalari. O’quv qo’llanma. Buxoro: Fan va ta’lim, 2022. 172 bet
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Shomahmudova R. To‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish va nutq o‘stirish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2013. 132 bet
- Muminova L.R., Maxmudova O.A., Karimova Sh.A. Nutqni tekshirish va rivojlantirish bo‘yicha logopedik albom. O‘quv qo‘llanma. “Niso Poligraf” nashriyoti. Toshkent, 2020. 145 bet
- Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun. T.: 2022-yil. 100 bet.
7.3. Axborot manbaalari
- https://uzedu.uz/
- https://ziyonet.uz/
- https://pedagog.uz/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Amaliy | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Qoʻychiyeva Zarnigorxon Abdmannob qizi, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
zarnigorqoychiyeva4@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Bakiyeva - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- N.A.Mamatqulova - Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi Tillarni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 16.00, E 410-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Qoʻychiyeva Fan oʻqituvchisi |
