![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Umumiy psixologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni oʻrganish ehtiyojining mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamni psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligi xarakterlaydi. Shuningdek holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga taʼsir koʻrsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga oʻrgatishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- umumiy psixologiya muammolarini yechimini topishning asosiy yoʻnalishlari haqida;
- psixologiyani vujudga kelish va rivojlanishi tarixi haqida;
- umumiy psixologiyaning tizimlari, tamoyillari, mexanizmlari, kategoriyalari haqida bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- hayot faoliyatida shaxs shakllanishining metodlari, funksiyalari, tamoyillari;
- insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holati optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishida har xil usullarini qoʻllay olishni;
- har xil xarakterdagi empirik materiallarni umumlashtirish va tahlil etish;
- odam faoliyatini, xulq-atvorini va muomalasini psixologik baholash;
- psixologiya metodologiyasi muammolarini shakllantirish vositalarini qoʻllash malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Umumiy psixologiya faniga kirish. Fanining ilmiy tadqiqot metodlari. |
| 2. |
Psixika va ongning taraqqiyoti. |
| 3. |
Bilish jarayonlari. Sezgi, Idrok |
| 4. |
Diqqat va xotiraning psixologik xususiyatlari. |
| 5. |
Nutqning psixologik xususiyatlari. Muloqot psixologiyasi |
| 6. |
Ehtiyoj va qiziqishlarning psixologik tasnifi. Shaxsning ustanovkasi, e’tiqodi |
| 7. |
Hissiyot. Iroda. |
| 8. |
Shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament. |
| 9. |
Xarakter. Qobiliyat. |
| 10. |
10 Taraqqiyot psixologiyasi. Rivojlanishning uzluksizligi va o‘zgarishi. Muhim davrlar: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning reflekslari, temperamentlari va qobiliyatlari. Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. |
| 11. |
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. O‘smirlik davridagi psixologik muammolar |
| 12. |
Berilgan manbalarni tarjima qilish |
| 13. |
Fan yuzasidan topshiriqni himoya qilish |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. T.: Darslik , O‘qituvchi, 2020.146-b
- Salaxidinova X.X Umumiy psixologiya 2025 y. o’quv qo’llanma –Omadbek print. – 387 b
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Столяренко Людмила Дмитриевна Психология - учебник для ВУЗов – Санкт-Питербург, "Издательский дом "Питер", 2021. – 592 с
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://digital.uz/
- www.flogiston.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB)., Oraliq imtihon (OI)., Yakuniy imtihon (YaI.
Joriy baholash (JB).. Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi::
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlardagi faolligi va berilgan savollarga javoblari baholanadi. Muammolarni hal etishga doir topshiriqlar (2 ta yoki undan ortiq masala) bajariladi.;
- Mustaqil ish.. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;
- Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni esse/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI).. Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida oʻtkaziladi..
Yakuniy imtihon (YaI. ). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi..
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13-haftalar davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa/topshiriqlar | Metodikalarni bajarish koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-14-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular boʻyicha amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Mirzayev Ismoiljon Xasanjon oʻgʻli, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
ismoilzhon.mirzayev@bk.ru |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n. M.Xalimova - ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.d., professor Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 14.00 – 16.00, A—103 xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) I.Mirzayev Fan oʻqituvchisi |
