Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ona tili

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Ona tili Fan kodi OTIL1123420
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni boshlangʻich sinflarda ona tili fanining mazmuni va vazifalari, taʼlimiy vositalar bilan tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda nazriy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Fan doirasida oʻrganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, ona tili didaktikasi haqida maʼlumot berish hamda ona tilini oʻquv predmeti sifatida qanday oʻqitish kerakligiga oid kasbiy kompetentlikni shakllantirishdan iborat. Talabalarni shu sohada mantiqiy fikrlashga, ilmiy xulosa chiqarishga oʻrgatish, ularda ona tili fanining nazariy va amaliy muammolarini hal etish koʻnikmalarini shakllantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • tilning ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy qismlarini, dunyo tillarining tasnifini, oʻzbek tilining qaysi til oilasiga va turkumiga kirishini; nutq aʼzolarini, oʻzbek tiliga xos unli va undosh tovushlarni, boʻgʻin va urgʻuni, tovush oʻzgarishlarini, oʻzbek tili grafikasini, imlo va talaffuz qoidalarini; hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibini, maʼno koʻchish usullarini, soʻzlarning shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlarini, faol va nofaol, oʻz va oʻzlashgan qatlamni, oʻzbek tili frazeologiyasini, milliy til tarkibiga kirgan guruhlarni (sheva, atama, eskirgan va yangi soʻzlarni, jargon va argolarni, uyadosh va olinma soʻzlarni); oʻzbek tilidagi soʻz yasalish usullarini, morfemik tarkibni, mustaqil va yordamchi soʻzlarni, modal, undov va taqlid soʻzlarni bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • unli va undosh tovushlarni tasniflay bilish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata bilish va urgʻularini toʻgʻri qoʻya olish; oʻzlashtirilgan qoidalarga asoslangan holda maʼnosi koʻchgan soʻzlarning maʼnolarini, omonim, sinonim, antonim va paronimlik xususiyatlariga ega boʻlgan soʻzlarning maʼnolarini, atama, sheva, eskirgan va yangi soʻzlarning maʼnolarini izohlay bilish; gap ichidagi yasama soʻzlarni aniqlay bilish; soʻz turkumlarining xususiyatlarini farqlay olish; gap tarkibidagi soʻz birikmalari va gap boʻlaklarini aniqlay bilish; tinish belgilarining qoʻyilish sabablarini anglay olish; muayyan gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini farqlay olishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Til haqida umumiy ma’lumot

  1. Til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir..
  2. Oʻzbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari.
  3. Til va nutq.
  4. Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar
2
2.

Fonetika. Tovushlar tasnifi

  1. Tovush va fonema.
  2. Nutq tovushlari tasnifi.
  3. Unli va undosh tovushlar.
2
3.

Bo‘g‘in va urg‘u haqida ma’lumot. Qator va qo‘sh undoshlar.

  1. Boʻg ʼin va uning turlari.
  2. Urg ʼu va uning nutqdagi ahamiyati.
  3. Urg ʼu olmaydigan qo ʼshimchalar.
  4. Qator va qoʻsh undoshlar.
2
4.

Nutq tovushlarining o‘zgarishi

  1. Kombinator oʻzgarishlar.
  2. Assimilyatsiya va uning turlari.
  3. Dissimilyatsiya va metateza.
  4. Pozitsion oʻzgarishlar.
2
5.

Grafika haqida umumiy ma’lumot

  1. Grafika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Til va yozuv.
  3. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari.
  4. Krill grafikasi asosidagi oʻzbek yozuvi.
2
6.

Orfografiya va orfoepiya haqida umumiy ma’lumot

  1. Orfografiya (imlo) va uning qoidalari.
  2. Oʻzbek orfografiyasining asosiy tamoyillari.
  3. Orfoepiya (talaffuz qoidalari)
2
7.

Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot. Ma’no ko‘chish turlari.

  1. Soʻzning leksik maʼnosi.
  2. Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar.
  3. Maʼno koʻchishi turlari.
  4. Metafora, metonimiya va sinekdoxa.
  5. Kinoya va vazifadoshlik.
2
8.

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari

  1. Omonimlar (shakldosh soʻzlar) haqida umumiy maʼlumot.
  2. Maʼnodosh soʻzlar va ularning turlari.
  3. Zid maʼnoli soʻzlar.
  4. Paronimlar haqida umumiy maʼlumot.
  5. Uyadosh soʻzlar.
2
9.

Ishlatilish darajasiga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi

  1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.
  2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.
  3. Jargon va argolar.
2
10.

Barqaror birikmalar va ularning xususiyatlari

  1. Barqaror birikmalarning o ʼziga xos xususiyatlari.
  2. Iboralar va soʻz birikmalarining oʻxshash va farqli jihatlari.
  3. Tasviriy ifoda.
2
11.

Leksikografiya

  1. Leksikografiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Oʻzbek tilining lugʻat tarkibi.
  3. Lugʻat turlari.
  4. Leksik tahlil.
2
12.

Morfemika

  1. Soʻz tarkibi haqida maʼlumot.
  2. Tub va yasama soʻzlar.
  3. Qoʻshimchalarning vazifasiga ko ʼra turlari.
2
13.

So‘z yasovchi qo‘shimchalar

  1. Ot yasovchi qoʻshimchalar.
  2. Sifat yasovchi qoʻshimchalar.
  3. Ravish va feʼl yasovchi qoʻshimchalar.
2
14.

Shakl yasovchi qo‘shimchalar

  1. Shakl yasovchi qoʻshimchalar haqida umumiy maʼlumot.
  2. Lugʻaviy shakl yasovchilar.
  3. Koʻplik, kichraytirish-erkalash shakllari.
2
15.

Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar

  1. Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar.
  2. Egalik qoʻshimchalari.
  3. Kelishik qoʻshimchalari.
  4. Sodda va murakkab qoʻshimchalar.
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Til haqida umumiy ma’lumot  

  1. Til ijtimoiy, doim oʻzgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir..
  2. Oʻzbek tili va uning taraqqiyot bosqichlari.
  3. Til va nutq.
  4. Milliy (umumxalq) til, adabiy til va shevalar
2
2.

Fonetika. Tovushlar tasnifi  

  1. Tovush va fonema.
  2. Nutq tovushlari tasnifi.
  3. Unli va undosh tovushlar.
2
3.

Bo‘g‘in va urg‘u haqida ma’lumot. Qator va qo‘sh undoshlar.  

  1. Boʻg ʼin va uning turlari.
  2. Urg ʼu va uning nutqdagi ahamiyati.
  3. Urg ʼu olmaydigan qo ʼshimchalar.
  4. Qator va qoʻsh undoshlar.
2
4.

Nutq tovushlarining o‘zgarishi  

  1. Kombinator oʻzgarishlar.
  2. Assimilyatsiya va uning turlari.
  3. Dissimilyatsiya va metateza.
  4. Pozitsion oʻzgarishlar.
2
5.

Grafika haqida umumiy ma’lumot  

  1. Grafika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Til va yozuv.
  3. Qadimgi yozuvlar va ularning turlari.
  4. Krill grafikasi asosidagi oʻzbek yozuvi.
2
6.

Orfografiya va orfoepiya haqida umumiy ma’lumot  

  1. Orfografiya (imlo) va uning qoidalari.
  2. Oʻzbek orfografiyasining asosiy tamoyillari.
  3. Orfoepiya (talaffuz qoidalari)
2
7.

Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot. Ma’no ko‘chish turlari.  

  1. Soʻzning leksik maʼnosi.
  2. Bir maʼnoli va koʻp maʼnoli soʻzlar.
  3. Maʼno koʻchishi turlari.
  4. Metafora, metonimiya va sinekdoxa.
  5. Kinoya va vazifadoshlik.
2
8.

So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari  

  1. Omonimlar (shakldosh soʻzlar) haqida umumiy maʼlumot.
  2. Maʼnodosh soʻzlar va ularning turlari.
  3. Zid maʼnoli soʻzlar.
  4. Paronimlar haqida umumiy maʼlumot.
  5. Uyadosh soʻzlar.
2
9.

Ishlatilish darajasiga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi  

  1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika.
  2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika.
  3. Jargon va argolar.
2
10.

Barqaror birikmalar va ularning xususiyatlari  

  1. Barqaror birikmalarning o ʼziga xos xususiyatlari.
  2. Iboralar va soʻz birikmalarining oʻxshash va farqli jihatlari.
  3. Tasviriy ifoda.
2
11.

Leksikografiya  

  1. Leksikografiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Oʻzbek tilining lugʻat tarkibi.
  3. Lugʻat turlari.
  4. Leksik tahlil.
2
12.

Morfemika  

  1. Soʻz tarkibi haqida maʼlumot.
  2. Tub va yasama soʻzlar.
  3. Qoʻshimchalarning vazifasiga ko ʼra turlari.
2
13.

So‘z yasovchi qo‘shimchalar  

  1. Ot yasovchi qoʻshimchalar.
  2. Sifat yasovchi qoʻshimchalar.
  3. Ravish va feʼl yasovchi qoʻshimchalar.
2
14.

Shakl yasovchi qo‘shimchalar  

  1. Shakl yasovchi qoʻshimchalar haqida umumiy maʼlumot.
  2. Lugʻaviy shakl yasovchilar.
  3. Koʻplik, kichraytirish-erkalash shakllari.
2
15.

Sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar  

  1. Sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchalar.
  2. Egalik qoʻshimchalari.
  3. Kelishik qoʻshimchalari.
  4. Sodda va murakkab qoʻshimchalar.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Til ijtimoiy, doim o‘zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir.

2.

Milliy va adabiy til. Milliy til va adabiy til

3.

Fonetika.

4.

Fonologiya.

5.

O‘zbek tilining vokalizmi.

6.

O‘zbek tilining konsonantizmi.

7.

Nutqning fonetik bo‘linishi.

8.

Nutq tovushlarining fonetik o‘zgarishlari

9.

Grafika haqida umumiy ma’lumot.

10.

Orfografiya va orfoepiya

11.

Leksikologiya, uning obyekti, vazifalari.

12.

O‘zbek tili lug‘at tarkibining ma’no jihatidan tasniflanishi.

13.

Leksemalarda bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik.

14.

Lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabati jihatidan tasniflanishi.

15.

Sinonimlar

16.

Omonimlar

17.

Antonimlar

18.

Lug‘at tarkibidagi so‘zlarning kelib chiqishi, ijtimoiy guruhlar tomonidan qo‘llanishi jihatidan tavsiflanishi.

19.

Ona tili lug‘at tarkibining ma’no jihatdan tavsiflanishi.

20.

Lug‘at tarkibidagi ajralmas birikmalar

21.

Frazeologik birikmalarning ma’no va tarkib jihatdan tavsiflanishi.

22.

Barqaror birikmalar va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

23.

O‘zbek tili leksikasida o‘z qatlam va o‘zlashgan qatlam.

24.

O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari.

25.

O‘zbek tili leksikasida ma’no ko‘chish turlari.

26.

Metafora.

27.

Metonimiya.

28.

Sinekdoxa va vazifadoshlik.

29.

Ma’no kengayishi. Ma’no torayishi.

30.

Lug’at turlari.

  Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy mashgʻulotlarni bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek tili / Darslik.- “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent-2013, 407 bet
  2. Hamroyev M, Muhammedova D, Shodmonqulova D, G’ulomova X, Yo‘ldosheva Sh Ona tili/ Darslik.- Toshkent “Iqtisod-Moliya”-2007, 476 bet

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Yo‘ldoshev M. O‘zbek tili praktikumi (1-qism). Toshkent: TDPU. 2005. 246-bet
  2. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent: Bayoz, 2022. – 304 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.pedagog.uz/
  • http://www.tdpu.uz/
  • http://www.ziyonet.uz/
  • https://ibratfarzandlari.uz/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi104-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Umarova Zilola Ulmasboyevna,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: zilolaumarova87@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Kabuljonova - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

D.Nabiyeva - ADU, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 411 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Umarova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi