![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarni boshlangʻich sinflarda ona tili va oʻqish savodxonligi fanining mazmuni va vazifalari, oʻqitish usullari, taʼlimiy vositalar bilan tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Fan doirasida oʻrganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, ona tili didaktikasi va metodikasi haqida maʼlumot berish hamda oʻzbek tili oʻquv predmeti sifatida qanday oʻqitish kerakligiga oid kasbiy kompetentlikni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi talabalarning nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, oʻzbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalana olishi hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, fonetik, grafik, leksik, morfemik, morfologik bilimlarning mazmuni va ularni tahlil qilish bilan tanishtirish, soʻzlarni ogʻzaki va yozma nutq jarayonida qoʻllashning pragmatik usullarini oʻrgatish vazifalarini bajaradi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- tilning ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy qismlarini, dunyo tillarining tasnifini, oʻzbek tilining qaysi til oilasiga va turkumiga kirishini; nutq aʼzolarini, oʻzbek tiliga xos unli va undosh tovushlarni, boʻgʻin va urgʻuni, tovush oʻzgarishlarini, oʻzbek tili grafikasini, imlo va talaffuz qoidalarini; hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibini, maʼno koʻchish usullarini, soʻzlarning shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlarini, faol va nofaol, oʻz va oʻzlashgan qatlamni, oʻzbek tili frazeologiyasini, milliy til tarkibiga kirgan guruhlarni (sheva, atama, eskirgan va yangi soʻzlarni, jargon va argolarni, uyadosh va olinma soʻzlarni); oʻzbek tilidagi soʻz yasalish usullarini, morfemik tarkibni, mustaqil va yordamchi soʻzlarni, modal, undov va taqlid soʻzlarni bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- unli va undosh tovushlarni tasniflay bilish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata bilish va urgʻularini toʻgʻri qoʻya olish; oʻzlashtirilgan qoidalarga asoslangan holda maʼnosi koʻchgan soʻzlarning maʼnolarini, omonim, sinonim, antonim va paronimlik xususiyatlariga ega boʻlgan soʻzlarning maʼnolarini, atama, sheva, eskirgan va yangi soʻzlarning maʼnolarini izohlay bilish; gap ichidagi yasama soʻzlarni aniqlay bilish; soʻz turkumlarining xususiyatlarini farqlay olish; gap tarkibidagi soʻz birikmalari va gap boʻlaklarini aniqlay bilish; tinish belgilarining qoʻyilish sabablarini anglay olish; muayyan gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini farqlay olishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Fonetika – tilshunoslikning eng kichik bo‘limi |
| 2. |
Nutq tovushlarining lingvistik xususiyatlari |
| 3. |
Tovush o‘zgarishlarining badiiy matnlarda ifodalanishi |
| 4. |
Orfoepiyaning nutqiy imkoniyatlari |
| 5. |
Orfografik tamoyillari va ularning xususiyatlari |
| 6. |
X va h ning yozilishiga doir ba’zi masalalar |
| 7. |
Bo‘g‘in ko‘chirish va satrdan satrga ko‘chirishning farqlari |
| 8. |
Leksikologiya – tilshunoslik bo‘limi sifatida |
| 9. |
Omonimlarning badiiy asarlarda ifodalanishi |
| 10. |
Sinonimlarning badiiy ifodalanishi |
| 11. |
Antonimlarning she’riy asarlarda ifodalanishi |
| 12. |
Badiiy asarlarda metonimiya |
| 13. |
Badiiy asarlarda metafora |
| 14. |
Badiiy asarlarda sinekdoxa |
| 15. |
Morfemik tahlillar |
| 16. |
Sintaksisda lingvistik tahlil |
| 17. |
Otlarda kelishik kategoriyalari |
| 18. |
Sifatning linvistik xususiyatlari |
| 19. |
Otlarning ma’no xususiyatlari |
| 20. |
Fe’llarda zamon tushunchasi |
| 21. |
Fe’llarda nisbat kategoriyasi |
| 22. |
Fe’llarda mayl tushunchasi |
| 23. |
Olmoshning turkum sifatida qo‘llanilishi |
| 24. |
Ravishning ma’no xususiyatlari |
| 25. |
Sonlarning ma’no xususiyatlari |
| 26. |
Bog‘lovchi so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari |
| 27. |
Ko‘makchi so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari |
| 28. |
Yuklama so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari |
| 29. |
Oraliq so‘zlar va ularning til xususiyatlari |
| 30. |
Gap bo‘laklarining sintaktik xususiyatlari |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Matchonov S., Bakiyeva H., G‘ulomova X., Yo‘ldasheva Sh., Xolboyeva G. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b.
- Jamolxonov H.. Hozirgi oʻzbek tili (darslik). “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent-2013.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Bahriddinova B. Hozirgi o‘zbek tili. O‘quv qo‘llanma.Toshkent: “Shafoat” Nur Fayz, 2020. -168 b.
- Hamrayev M. Ona tili nazariyasi va amaliyoti fanidan jadvalli mashqlar to‘plami. “Metodist nashriyoti”. Toshkent, 2024.
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://www.refseek.com
- https://www.worldcat.org
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-4 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 3-4 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Qoʻychiyeva Zarnigorxon Abdmannob qizi, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
zarnigorqoychiyeva4@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Kabuljonova - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- F.Usmonov - ADU, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d, dotsent Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B bino 304 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Qoʻychiyeva Fan oʻqituvchisi |
