Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Umumiy psixodiagnostika

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310900 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 5
Fan nomi Umumiy psixodiagnostika Fan kodi UPDB210
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
20
(aud)
160
(must)
10 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga umumiy psixodiagnostika fanining tarixi; umumiy psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari; umumiy psixodiagnostika tadqiqotlarining xususiyatlari; umumiy psixodiagnostika fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qoʻyiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qoʻllanishi mohiyati; anketa metodiga qoʻyiladigan asosiy talablar; test usulini oʻziga xosligi; laboratoriya jihozlarini mashgʻulotda qoʻllash talablari; proektiv metodlar haqida tasavvurga ega boʻlishi psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olish boʻyicha bilim va konikmalarni hosil qilish

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy psixologiya (PSY101)

2. Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya (RPDB106)

3. Sotsial psixologiya (SOPB112)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • umumiy psixodiagnostika fanining tarixi; umumiy psixodiagnostika fanining predmeti va vazifalari; umumiy psixodiagnostika tadqiqotlarining xususiyatlari; umumiy psixodiagnostika fani metodlari; kuzatish metodini turlari va ularga qoʻyiladigan talablar; suhbat metodini turlari va ularni qoʻllanishi mohiyati; anketa metodiga qoʻyiladigan asosiy talablar; test usulini oʻziga xosligi; laboratoriya jihozlarini mashgʻulotda qoʻllash talablari; proyektiv metodlar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • umumiy psixodiagnostika fani metodlarini; eksperimental tadqiqotlarini tashkil etish qoidalarini; psixologik laboratoriyadagi amaliy tadqiqot vazifalarini bilishi va ulardan foydalana olishi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Psixodiagnostik testlarni qoʻllay olish;
  • Shaxsni psixodiagnostik baholash, koʻp omilli shaxsni oʻrganish soʻrovnomalarini qoʻllay olishi;
  • Shaxsni proyektiv metodlar asosida diagnozdan oʻtkaza olish;
  • Shaxsning motivatsion sohalariga tashxis qoʻya olish

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Psixodiagnostikaga kirish. Psixodiagnostika tarixi va psixodiagnostik tekshiruv tadqiqotlari

  1. Psixologik diagnostika tushunchasi psixologik tashxis qoʻyish usullari va metodlarining ilmiy tizimi sifatida.
  2. Psixodiagnostika va psixologiya tarmoqlari oʻrtasidagi bogʻliqlik. Psixologik testlashtirishning tarixiy ildizlari (F.Galgʻton, A.Binening testlashtirishning vujudga kelishidagi xizmatlari. F.Galʼtona, A.Bine . Djeyms Kettellning testlashtirishdagi faoliyati va uning dastlabki “zehn testlar”i).
  3. Psixodiagnostikaning XX asrda rivojlanishi. XXI asrda psixodiagnostika. Psixologik testlashtirishning zamonaviy holatlari.
  4. Oʻzbekistonda psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi.
  5. Tadqiqot va tekshiruvning vazifalaridagi tafovutlar. Psixodiagnostik jarayonlarning asosiy bosqichlar.
  6. Psixologik diagnoz psixodiagnostikaning asosiy vazifasi sifatida. L.S. Vigotskiy boʻyicha diagnoz turlari: simptomatik, etiologik, tipologik. Psixologik diagnoz tiplari.
  7. Tekshirish jarayonida olingan maʼlumotlarning qiyosiy tahlil qilishning mezonlari: psixologik prognoz. Tavsiyalar ishlab chiqish, korreksiyalash dasturlari tayyorlash.
2
2.

Psixodiagnostika metodlari klassifikatsiyasi va psixologik testlashtirish shakllari. Psixodiagnostikaning psixometrik asoslari

  1. Psixodiagnostika metodlari. Psixofiziologik metodikalar.
  2. Xulqni oʻrganish metodikalari. Javoblarini tanlashga asoslangan obʼektiv testlar. Soʻrovnomalar.
  3. Proyektiv metodikalar. Kontent-analiz. Psixosemantik metodlar. Sotsiometriya metodi.
  4. Standartlashtirilgan analitik kuzatish.
  5. Suhbat va soʻrovnoma. Rolli oʻyinlar.
  6. Diagnostikaga oʻrgatuvchi eksperiment. Maxsus metodlar.
  7. Psixologik testlashtirish shakllari.
  8. Test batareyalari: Verbal va noverbal testlar. Tezlik va natijalilik testlari. Individual va guruhiy testlar. Blankli, predmetli, apparaturali va komʼyuter testlari. Ogʻzaki va yozma testlar. Psixodiagnostika metodlari tasnifi. Obyektiv testlar.
2
3.

Test me’yor (norma)larining reprezentativligi. Shaxsni psixodiagnostik baholash va psixologik testlashtirish sohalari. Test tuzishning asosiy bosqichlari

  1. Test meʼyorlari va ularni reprezentativliligi.
  2. Diagnostik meʼyorlar: absolyut, statistik, kriterial. Test meʼyorlarining statistik asoslanishi: tekshiriluvchini diagnostik kategoriyaga mansubligini statistik ishonchlilik.
  3. Meʼyor turlari: yosh, maktab, kasb, mahalliy, guruh ichidagi.Nisbiy meʼyor.
  4. Shaxsning tadqiq etishning asosiy yoʻnalishlari. Shaxs toʻgʻrisida maʼlumot olish usullari: L-maʼlumot, Q-maʼlumot, T-maʼlumot, shaxsni tadqiq etishning proyektiv usullari.
  5. Psixodiagnostikada shaxs qirralari nazariyalari. “Shaxs qirralarini” psixodiagnostikada ajratish.
  6. Shaxsga tegishli:nazariy farazlar, shaxsning besh omilli modeli. “Katta beshlik”ning universal omillari, shaxsni taʼriflash.
  7. Psixik taraqqqiyot diagnostikasi:chaqaloklik, ilk bolalik va maktabagacha yoshdagi psixik rivojlanish diagnostikasi. Anomal psixik rivojlanish diagnostikasi. Rivojlanishni baholash vositalari.
  8. Pedagogik diagnostika. Pedagogik testlashtirish. Maktabdagi oʻzlashtirish diagostikasi. Pedagogik diagnostika metodlari. Taʼlim jarayonida erishganlik testlari.
  9. Maktab psixologik xizmatida psixodiagnostika. Maktab psixologik xizmatida psixodiagnostikaning oʻziga xosligi. Oʻquvchilarning xususiyatlari, oʻqituvchi shaxsini, oʻquv guruhidagi va pedagogik jamoadagi muhitni, oʻrganish.
  10. Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi.
  11. Testlarning oʻziga xosligini tahminlash va rasmiylashtirish. Test topshiriqlarini ishlab chiqish va tahlil qilish.
  12. Topshiriqlarni saralash va baholash. Test topshiriqlarining murakkablik indeksi (effektivlik) va diskriminativligi
2
4.

Temperament va asab tizimi xususiyatlari diagnostikasi. Inson xulq-atvorida asab tizimi xususiyatlarini namoyon bo‘lishi. Ko‘p omilli shaxsning o‘rganish so‘rovnomalari

  1. Inson xulq-atvorida asab tizimi xususiyatlarini namoyon boʻlishi.
  2. Temperamentning uchta asosiy xarakteristikasini baholash uchun Ya. Strelyau soʻrovnomasi. N.N.Obozov metodikasi. Temperament formulasi (pasporti) metodikasi.
  3. Temperament irsiy xarakteristikasini baholash uchun V.M. Rusalovning temperament tuzilishi soʻrovnomasi.
  4. Temperament tiplarini baholashda D. Keyrs soʻrovnomasi va G.Ayzenk soʻrovnomalari asosida temperamentni aniqlash.
  5. Koʻp omilli shaxs soʻrovnomalari. Shaxsning toʻliq diagnostikasi, R.Kettelning 16 faktorli shaxs soʻrovnomasi.
  6. Shaxs individual psixologik xususiyatlarini tadqiq etish: (L.N. Sobchikning shaxsni tadqiq etishning standartlashtirilgan metodikasi (SMIL). M.P. Miroshnikov, Ye.D. Sokolov va F.B. Berezinlarning shaxsni atroflicha oʻrganish metodikasi (MMIL), G.Ayzenkning shaxsni tadqiq etish metodikalari (EPI, EPQ, PEN). Katta yoshdagilar bilan ishlashgan moʻljallangan koʻp olmilli shaxs soʻrovnomasi (Dj. Gouxning Kaliforniya psixologik soʻrovnomasi (CʼI), Y.Farenbergning “Frayburg shaxsni oʻrganish soʻrovnomasi” (FBI), L.N. Sobchikning “Individual-psixologik soʻrovnomasi”.
  7. Mayers-Briggsning K.Yung tipologiyasi boʻyicha shaxslarni klassifikatsiyalash uchun shaxs tipologik indikatori.
  8. T. Liri, R.L. Laforje, R.F. Sucheklarning “Shaxslararo munosabatni diagnoz qilish soʻrovnomasi”).
2
5.

Proyektiv metodikalar psixodiagnostikasi

  1. Shaxsning oʻrganishda proyektiv metodikalarning nazariy asoslari Psixodiagnostikada “proyeksiya” tushunchasi.
  2. Proyektiv metodikalarning imkoniyatlari va cheklanishlari. Ularning ishonchliligi va validligini taʼminlash muammolari.
  3. Proyektiv metodikalari klassifikatsiyasi. Proyektiv metodikalarning turlari: (Siyoh dogʻlari metodikasi. Rasmli testlar.Verbal metodikalar.Avtobiografik esdaliklar. Harakat metodikalari. Proyektiv metodikalarni baholash. Proyektiv metodikalar ishlashda uchraydigan xatoliklar.
  4. Tematik appertseptsiya testining ((TAT, G. Myurrey) mohiyati va ahamiyati L. Bellak va S. Bellakning bolalar appertseptsiya testi (SAT). L. Bellak va S. Bellakning qariyalar uchun appertseptsiya texnikasi. X. Xekxauzenning motivatsiya test. L.N. Sobchikning rasmli appertseptiv testi (RAT).
  5. Shaxs va uning holatini baholash uchun: M. Lyusherning «Rangni tanla» metodikasi. Yung shaxs tiplarini aniqlashda G. Frilingning “Rang koʻzgusi” metodikasi ).
  6. L. Sondi proyektiv testi va uning modifikatsiyasi - L.N. Sobchikning portretlarning tanlash metodikasi.
  7. G. Rorshax testi va uning shaxs klinik tadqiqotlari uchun piktogramma metodikasi
2
Jami 10
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Shaxslilik sifatlari psixodiagnostikasi

  1. Shaxsdagi aktsentuatsiyalarni diagnostika qilish metodikalari (K. Leongard). Aktsentuatsiya tiplarini yoritish uchun Shmishek soʻrovnomasi (K. Leongard boʻyicha).
  2. A.E. Lichkoning oʻspirinlardagi aktsentuatsiya tiplarini tadqiq etish soʻrovnomasi. MMPI metodikasida aktsentuatsiyani diagnoz qilish. Shaxsning psixologik tiplarini tadqiq etish.
  3. Masʼuliyatni oʻlchash va uning psixodianostikadagi turlari. Dj.Rotter lokus nazorat metodikasi va uning shkalalari. Masʼuliyat darajasini aniqlash soʻrovnomasi.
  4. Oʻzini oʻzi anglash psixodiagnostikasi Oʻzini oʻzi anglash, oʻz-oʻziga munosabat va oʻzini oʻzi baholash metodlari. Shaxs qadriyatlari diagnostikasi metodikalari
2
2.

Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi

  1. Guruhdagi shaxslararo munosabatning tuzilishini oʻrganish. 2.Shaxslararo munosabat tizimida shaxsning holatini oʻrganish. 3.Guruhdagi jipslikni oʻrganish. Hamkorlik va guruhdagi oʻzlashtirganlik.
  2. Sotsiometriya. Referentometriya. «Shaxsni guruhiy baholash». «Qadriyatlar birligi». «Q-saralash» (Q-sort) V. Stefansona. Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi metodlari va metodikalari.
  3. V. Shuttsning shaxslararo munosabat soʻrovnomasi. Dj. Gilford va M. Sallivenning sotsial intellektni rivojlanganlik darajasini oʻlchash metodikasi.
  4. A.M. Etkindning “Munosabatlar rang testi” (TSTO). Individual shaxs va oilaviy psixologik konsulʼtatsilarda diagnostika.
  5. Sotsial-psixologik trening guruhini saralashda, oilaviy juftlardagi moslik va oilaviy nizolarda diagnostika. Ota-ona-farzand munosabatida diagnostika.
  6. Ota-ona–bola munosabatlari diagnostikasi metodlari va metodikalari; («R. Jilyaning Filgʻm-test», «Oʻsmirlar nazarida ota-onalar» (ADOR), Ota-onalik ustanovkalari va reaksiyalari metodikasi (PARI), «Oila rasmi», «Uch daraxt» va boshqa metodikalar).
2
3.

Shaxsning emotsional sohasi psixodiagnostikasi. Funksional holatlar diagnostikasi. Shaxsning motivatsion sohasi psixodiagnostikasi

  1. Shaxsning emotsional sohasi diagnostikasi.
  2. Shaxsning emotsional sohasiini diagnostika qilish metodlari. Empatiya darajasi diagnostikasi.
  3. Emotsional ekspressiya va emotsional intellekt diagnostikasi. Emotsional holatlarning psixofiziologik metodikalari.
  4. Bezovatalik, depressiya va emotsional buzilishlar, stress diagnostikasi. Nevrotik holatlarni diagnostika metodikalari.
  5. Frustratsiya diagnostikasi.
  6. Toliqish va ishga qobiliyatililikni E.Krеpеlеn jadvali boʻyicha hisoblash. V.I.Chirkovning oʻquv va mеhnat faoliyatidagi funksional holatlar soʻvronomasi. T.A.Nеmchinning asab-psixik zoʻriqishlarning ifodalanish darajasini oʻlchash soʻrovnomasi. 7. N.P.Fеtiskinning “Monoton barqarorlikni oʻrganish” soʻrovnomasi. M.P.Morozning odamning ishga qobiliyati va funksional holatini eksprеss -diagnostika mеtodikasi
  7. Motivlarni aniqlash shaxs soʻrovnomalari. Motivlarni kognitiv baholashda proyektiv metodlar yordamida diagnostika qilish.
  8. D.Makkleland va Dj. Atkinsonlarning erishganlik motivlarni tadqiq etishi va diagnostik metodlari.X. Xekxauzenning tadqiqotlari va diagnostik metodlari
2
4.

Psixik bilish jarayonlari diagnostikasi. Intеllеktni o‘lchash

  1. Diqqat va sensomotor reaktsiyalar psixodiagnostikasi.
  2. Diqqat xususiyatlari diagnostikasi: diqqatning barqarorligi, kontsentratsiyasi, taqsimlanishi, koʻchishi, tanlovchanligi.
  3. Xotira va mnemik faoliyat diagnostikaschi. Qisqa, uzoq va operativ xotira diagnostikasi.
  4. Tafakkur diagnostikasi. Tafakkur turlari, operatsiyalari va xususiyatlari psixodiagnostikasi. Reproduktiv va produktiv tafakkur. Predmetli, simvolli, belgili va obrazli tafakkur diagnostikasi.
2
5.

Intellektni o'lchash.

  1. Xayol va tasavvur psixodiagnostikasi. Bilish faoliyatining kognitiv uslublari diagnostikas
  2. Binе – Simon shkalasi, ularning modifikatsiyalari, Stеnford – Binе shkalasi. Intеllеktuallik koeffisiеnti (IQ). Kaufman shkalasi, Qobiliyatning diffеrеnsial shkalalari. Intеllеkt diagnostikasi. Intеllеkt va aqliy taraqqiyot.
  3. Intеllеktning nazariyasi va strukturasi modеllari. Intеllеkta faktorli modеli (Ch. Spirmеn, L. Tеrstoun, Dj. Gilford, R.Kеttеll). Bosh faktor konsеpsiyasi. 4.Intеllеktga taʼsir koʻrsatuvchi omillar. Intеllеktni psixomеtrik tuzilishi. Traditsion intеllеkt tеstlarini tanqidi. Intеllеkt tеstlarini vujudga kеlish tarixi. 5.IQning ahamiyati. Irsiyat va oʻzgaruvchanlik.Intеllеktni tеstlashtirishning madaniy faktorlari
  4. Intеllеkt tеstlarining foydalanish maqsadlari. D. Vеkslеrning tеsti. R. Amtxauerning “Intеllеkt strukturasi” tеsti
2
Jami 10

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Guruhdagi shaxslararo munosabatning tuzilishini o’rganish

2.

Shaxslararo munosabat tizimida shaxsning holatini o’rganish

3.

Guruhdagi jipslikni o’rganish. Hamkorlik va guruhdagi o’zlashtirganlik

4.

Sotsiometriya. Referentometriya. «Shaxsni guruhiy baholash». «Qadriyatlar birligi». «Q-saralash» (Q-sort) V. Stefansona. Shaxslararo munosabat psixodiagnostikasi metodlari va metodikalari

5.

Shaxsning emotsional sohasi diagnostikasi

6.

Xotira va mnemik faoliyat diagnostikaschi. Qisqa, uzoq va operativ xotira diagnostikasi

7.

Xayol va tasavvur psixodiagnostikasi. Bilish faoliyatining kognitiv uslublari diagnostikasi

8.

Diqqat xususiyatlari diagnostikasi: diqqatning barqarorligi, kontsentratsiyasi, taqsimlanishi, ko’chishi, tanlovchanligi

9.

Bezovatalik, depressiya va emotsional buzilishlar, stress diagnostikasi. Nevrotik holatlarni diagnostika metodikalari. 5.Frustratsiya diagnostikasi

10.

Motivlarni aniqlash shaxs so’rovnomalari. Motivlarni kognitiv baholashda proyektiv metodlar yordamida diagnostika qilish

11.

Binе – Simon shkalasi, ularning modifikatsiyalari, Stеnford – Binе shkalasi. Intеllеktuallik koeffisiеnti (IQ). Kaufman shkalasi, Qobiliyatning diffеrеnsial shkalalari. Intеllеkt diagnostikasi. Intеllеkt va aqliy taraqqiyot

12.

Temperamentning uchta asosiy xarakteristikasini baholash uchun Ya. Strelyau so’rovnomasi. N.N.Obozov metodikasi. Temperament formulasi (pasporti) metodikasi

13.

Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi

14.

Metodikalar tuzish va moslashtirish texnologiyasi

15.

Intеllеkt tеstlarining foydalanish maqsadlari. D. Vеkslеrning tеsti. R. Amtxauerning “Intеllеkt strukturasi” tеsti

16.

Psixodiagnostika va psixologiya tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqligi

17.

O‘zbеkistonda psixodiagnostikaning rivojlanish tarixi.

18.

Psixologni psixomеtrik jihatidan tayyorlash talablari

19.

Maktab psixologik xizmatida psixodiagnostika

20.

Assosiativ mеtod hikoyani, tarixni yoki jumlalarni mеtodikalarining asosi sifatida

21.

Nеvrotik holatlarni diagnostika mеtodikalari

22.

Frustratsiya diagnostikasi

23.

Erishganlik motivatsiyalari o‘rganish uchun mеtodikalar

24.

O‘quv motivatsiyalari va o‘quvchilarning o‘qishga emotsional munosabatlarini o‘rganish psixologik mеtodikalari

25.

Go‘daklar va maktabgacha yoshdagilarni tеstdan o‘tkazish

26.

Psixik taraqqiyotdan ortda qolganlarni komplеks baholash

27.

Ota-ona–bola munosabatlari diagnostikasi mеtodlari va mеtodikalari.

28.

Bandlik xizmatida psixodiagnostika

29.

Diffеrеnsial qobiliyatlar batarеyasi – DQB (DAT)

30.

Klinik psixodiagnostika

  talabalar mustaqil taʼlim topshiriqlarini,loyiha, taqdimot yoki tezis shaklida topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. . G‘avibova.N.A., Jalilova.S.X. ''Umumiy psixodiagnostika''. -Т .: «Fan va texnologiya», 2018, 260 bet
  2. Nishonova.N.T, va boshqalar''.Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya''.-Toshkent 2018,443 bet

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Дружинин В.Н. Экспериментальная психология. 2-е изд., перераб. и доп. СПб: Изд-во «Питер», 2000. 320 с
  2. Основные методы сбора данных в психологии: Учебное пособие для студентов вузов / Под ред. Капустина.С.А М.: Аспект Пресс, 2012. 158 с

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://digital.uz/
  • https://en.wikipedia.org/wiki/E-commerce

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning 3-haftasida belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-4 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi102-4 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi102-4 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-4 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan testlar boʻyicha. 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Kamoldinova Diyora Jalolddin qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, p.f.f.d (PhD)
Salaxidinova Xolida Xaliljonovna,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, pffd (PhD)
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: diyora.diyora1@icloud.com
xolidasalaxidinova@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n.

G.Turgʻunova - International school of finance technology and science instituti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma, soat 15:00 – 16:00, oʻqtuvchilar xonasi

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Kamoldinova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Salaxidinova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan