Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Bolalar psixologiyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310900 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 6
Fan nomi Bolalar psixologiyasi Fan kodi CHPYS4
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
14
(aud)
106
(must)
8 6
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda bolalar ruhiy rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini, turli yosh davrlarda (chaqaloqlik, goʻdaklik, ilk bolalik, maktabgacha yosh davri, kichik maktab yoshi davri) psixik rivojlanish xususiyatlari, shuningdеk maktabgacha yosh hamda kichik maktab yoshi davridagi faoliyat, bilish jarayonlarining rivojlanish xususiyatlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy psixologiya (PSY101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • bolalar psixologiyasini qonuniyatlarini bilish, bolalar bilan ishlay olish, ularni qalbiga yoʻl topa olishi, ruhiyatini tushuna olishi, bolalarga taʼlim-tarbiya jarayonida koʻmak bera olish toʻgʻrisida bilishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi kerak;
  • bolalar psixologiyasi borasidagi nazariyalar va yoʻnalishlar bilan tanishishi, ularni amaliyotda qoʻllay bilishi lozim;
  • kichik maktab yoshi davrida maktabga tayyorlikning asosi va motivlarini rivojlantirishni bilishi;
  • inson hayotidagi muhim boʻlgan oʻsmirlik davrining muhim jihatlarini oʻzlashtirishi zarur;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • bolalar psixologiyasining toʻliq tushunib anglashi uchun bola ruhiyatini tushunib yetishiga oid bilmlarga ega boʻlishi kerak;
  • bolalar psixik taraqqiyotiga oid ishlab chiqilgan nazariyalar va hozirgi avlodning psixologiyasini chuqur tushunishi, mustaqil tendensiyalarga ega boʻlishi lozim;
  • kichik maktab yoshi va oʻsmirlik davrining krizis holatini bartaraf etar darajada pedagogik-psixologik bilimlarga ega boʻlishi kerak;
  • dars jarayonida taʼlimning interaktiv usullarini qoʻllagan holda nazariy-metodologik jihatdan oʻzlashtirgan bilimlarini amaliyotga joriy etish;
  • oʻz iqtidori va qobiliyatlarini oʻstirish texnologiyalarni oʻzlashtirish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va metodlari. Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi.

  1. Fanning asosiy tamoyillarii.
  2. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari.
  3. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  4. Sharq mutafakkirlarining bola psixik rivojlanishi borasidagi fikrlari
  5. Bolalar psixologiyasini oʻrganishning asosiy va yordamchi metodlari.
  6. L.S.Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi.
  7. A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi.
  8. V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasi boʻyicha qarashlari.
  9. Bola psixik rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.
2
2.

Bolalarni yosh bo‘yicha davrlashtirish. Bola ruhiy rivojlanish nazariyalari.

  1. Bolani rivojlantirish sohalari.
  2. Bola rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar.
  3. E.Elkoninning nazariyasi
  4. Eriksonning psixodinamik nazariyasi
  5. Bolada intellektning paydo boʻlishi va rivojlanishi haqida J.Piajening konsepsiyasi.
  6. Bola ruhiy rivojlanishi haqida A.Vallon konsepsiyasi.
  7. Freyd nazariyasi
2
3.

Prenatal va perinatal davr psixologiyasi. Chaqaloqlik va go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari. Ilk bolalik davrida psixik oʻsish.

  1. Prenatal davr haqida psixologik va fiziologik masalalar.
  2. Perinatal davrining oʻziga xos xususiyatlari haqida umumiy tushuncha.
  3. Tugʻilish davri inqirozi.
  4. Chaqaloqlik davrining psixiologik xususiyatlari.
  5. Chaqaloqlik davrida sensor, perseptiv rivojlanish.
  6. Goʻdaklik davrida emotsional rivojlanish.
  7. Goʻdak va hissiy muloqot.
  8. Yurishni oʻrganish va uning bola rivojlanishiga taʼsiri.
  9. Predmetli faoliyat ilk bolalik davrining asosiy faoiliyati sifatida.
  10. Bilish jarayonlarining rivojlanishi .
  11. Shaxs xususiyatlarining rivojlanishi.
2
4.

Maktabgacha yosh davrida bola faoliyati psixologik xarakteristikasi va bilish jarayonlarining rivojlanishi. Kichik maktab yoshiga xos psixologik xususiyatlar va bilish jarayonlarining rivojlanishi.

  1. Bola psixik oʻsishida oʻyinning ahamiyati.
  2. Maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi va idroklarining rivojlanishi.
  4. Maktabgacha yoshdagi bolaning diqqati va uning xususiyatlari, rivojlanishi.
  5. Maktabgacha yoshdagi bolalar xayol va xotirasining xususiyatlari.
  6. Maktabgacha yoshda nutq va tafakkur.
  7. Kichik maktab yoshining psixologik tavsifi.
  8. Kichik maktab yoshidagi motivatsion soha rivoji.
  9. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xissiy-irodaviy sohasi
  10. Ushbu yosh davridagi bilish jarayonlari va intellekt.
2
Jami 8
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va metodlari. Bolalar psixologiyasi muammolarining o‘rganilishi. Bolalarni yosh bo‘yicha davrlashtirish. Bola ruhiy rivojlanish nazariyalari.  

  1. Bolalar psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari.
  2. Bolalar psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  3. Sharq mutafakkirlarining bola psixik rivojlanishi borasidagi fikrlari.
  4. Bolalar psixologiyasini oʻrganishning asosiy va yordamchi metodlari.
  5. L.S.Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi.
  6. A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi.
  7. V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasi boʻyicha qarashlari.
  8. Bola psixik rivojlanishining asosiy qonuniyatlari.
  9. Bola rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar.
  10. E.Elkoninning nazariyasi.
  11. Eriksonning psixodinamik nazariyasi.
  12. Bolada intellektning paydo boʻlishi va rivojlanishi haqida J.Piajening konsepsiyasi.
  13. Bola ruhiy rivojlanishi haqida A.Vallon konsepsiyasi.
  14. Freyd nazariyasi.
2
2.

Prenatal va perinatal davr psixologiyasi. Chaqaloqlik va go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari. Ilk bolalik davrida psixik oʻsish.  

  1. Prenatal davr haqida psixologik va fiziologik masalalar.
  2. Perinatal davrining oʻziga xos xususiyatlari haqida umumiy tushuncha.
  3. Tugʻilish davri inqirozi.
  4. Chaqaloqlik davrining psixiologik xususiyatlari.
  5. Chaqaloqlik davrida sensor, perseptiv rivojlanish.
  6. Goʻdaklik davrida emotsional rivojlanish.
  7. Goʻdak va hissiy muloqot.
  8. Yurishni oʻrganish va uning bola rivojlanishiga taʼsiri.
  9. Predmetli faoliyat ilk bolalik davrining asosiy faoiliyati sifatida.
  10. Bilish jarayonlarining rivojlanishi .
  11. Shaxs xususiyatlarining rivojlanishi.
2
3.

Maktabgacha yosh davrida bola faoliyati psixologik xarakteristikasi va bilish jarayonlarining rivojlanishi. Kichik maktab yoshiga xos psixologik xususiyatlar va bilish jarayonlarining rivojlanishi.  

  1. Bola psixik oʻsishida oʻyinning ahamiyati.
  2. Maktabgacha yosh davrida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
  3. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi va idroklarining rivojlanishi.
  4. Maktabgacha yoshdagi bolaning diqqati va uning xususiyatlari, rivojlanishi.
  5. Maktabgacha yoshdagi bolalar xayol va xotirasining xususiyatlari.
  6. Maktabgacha yoshda nutq va tafakkur.
  7. Kichik maktab yoshining psixologik tavsifi.
  8. Kichik maktab yoshidagi motivatsion soha rivoji.
  9. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xissiy-irodaviy sohasi.
  10. Ushbu yosh davridagi bilish jarayonlari va intellekt.
2
Jami 6

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Sharq mutafakkirlarining bola psixik rivojlanishi borasidagi fikrlari.

2.

Bolalar psixologiyasini oʻrganishning asosiy va yordamchi metodlari.

3.

L.S.Vigotskiyning madaniy tarixiy konsepsiyasi.

4.

A.N.Leontyevning faoliyat nazariyasi.

5.

V.N.Myasishchevning munosabatlar psixologiyasi bo’yicha qarashlari.

6.

Eriksonning psixodinamik nazariyasi.

7.

Bolada intellektning paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida J.Piajening konsepsiyasi.

8.

Bola ruhiy rivojlanishi haqida A.Vallon konsepsiyasi.

9.

Freyd nazariyasi.

10.

Prenatal va perinatal davr psixologiyasi.

11.

Chaqaloqlik va go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari.

12.

Ilk bolalik davrida psixik oʻsish.

13.

Maktabgacha yosh davrida bola faoliyati psixologik xarakteristikasi va bilish jarayonlarining rivojlanishi.

14.

Maktabga tayyorgarlik.

15.

Kichik maktab yoshiga xos psixologik xususiyatlar va bilish jarayonlarining rivojlanishi.

  Bolalarning psixik holatini tahlil qilib, rivojlanish nazariyalariga oid referat tayyorlash (psixologik maktablar kesimida)Bolalarning psixik rivojlanish nazariyalariga oid (psixologik maktablar kesimida) talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda tahlil qilib berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻrinishida himoya qiladi

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. G‘oziyev. E.G‘. Ontogenez psixologiyasi darslik. Toshkent “NIF MSH”, 2020. 288b.
  2. Melibayeva.R.N. Yosh davrlari psixologiyasi o'quv qo'llanma // «Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi»MCHJ, Toshkent - 2023, 210 bet.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Melibayeva N, Tashkenbayeva U.A, Askarova.N.A. // Yosh va pedagogik psixologiya. Darslik // “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi” MChJ Toshkent 2022, 256-bet.
  2. Xaydarov F.I, Xalilova N.I. Umumiy psixologiya darslik 1-kitob // Toshkent: "METODIST NASHRIYOTI", 2023, 288 bet.
  3. Fayziyeva U, Jumayev N. Umumiy psixologiya: o‘quv qo‘llanma // Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona, 2021. - 200 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://drive.google.com/file/d/1K4CBgYltafRLS2vSohaKN5QDlsBZ9mKZ/view?usp=sharing
  • https://drive.google.com/file/d/1K4CBgYltafRLS2vSohaKN5QDlsBZ9mKZ/view?usp=sharing
  • https://drive.google.com/file/d/1jV-71oXAZ7_RgPd3xCSSa4IX7B06xd/view?usp=sharing

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Bolalarning psixik rivojlanish nazariyalariga oid (psixologik maktablar kesimida) talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda tahlil qilib berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻrinishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida yozma shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-4 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi102-4 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi103-4 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-4 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Xamdamova Muazzamxon Xabibullo qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: muazzam.me@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n.

D.B.Sharapova - "International school of finance technology and science" instituti Psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, E bino 607 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Xamdamova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan