![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2026-yil |
Tibbiy kimyo. biologik kimyo
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi umumiy, analitik, fizik va kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, tirik tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni hisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan holda, biokimyoning kirish qismi hisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutahassislarni tayyorlashdir. Tibbiy kimyo fanining taʼlim berish maqsadi, tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalarni tuzilishi va xossalarini, asosiy biopolimerlar-oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlarning tuzilishi va xossalarini oʻrganash bilan bir qatorda talabalarda xozirgi kun yutuqlari asosida matearilistik dunyoqarashni shakllantirish; talabalarni umumnazariy bilim kompleksiga oʻrgatish: tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat koʻrsatish jarayonida meyorda va patologik hollarda aʼzo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan oʻzgarishlar buning asosida boʻlajak mutaxassis umumiy shifokorni tayyorlash va aniq tashhisning ilmiy uslubiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Organizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar bioakumulyatsiyasining oʻzgarishi bilan yuzaga keluvchi kasalliklarini bilishi kerak;
- Metabolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistema va uning holat funksiyalari haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Odam organizmi ochiq termodinamik sistema ekanligi;
- Toʻqimalar va organizm suyuqliklarining elektr oʻtkazuvchanligi, tibbiyotda tashxis hamda davolashda elektrokimyoviy usullarni qoʻllanilishi. Ionlar konsentratsiyalarini aniqlashning elektrokimyoviy usullari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak;
- Klinik laboratoriyalardagi konduktometriya va potensiometriya usullari haqidagi tushuncha va koʻrsatmalarni bilishi lozim. Biologik suyuqliklarning biokimyoviy tahlilida ushbu usullarning qoʻllanilishi;
- Antibiotiklar. Alkaloidlar ularni tuzilishi va reaksiya mexanizmlarini bilishi kerak. Tibbiyotda ushbu biologik faol moddalarning qoʻllanish oʻrinlarini bilish;
- Organizmning asosi bolgan oqsil, yoʻgʻ, uglevod va nuklein kislotalar ularni tuzilishi. Organizmda boʻladigan jarayonlar haqidagi bilimga ega boʻlishi kerak. Yuqoridagi moddalar almashinuvi buzilishining patologik tomonlari va irsiy kasalliklar haqida bilimlarga ega boʻlish;
- Organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi, gomeostaz va bu jarayonlarning boshqarilish mexanizmlari haqida; baʼzi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, oʻt toshi va siydik toshi kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo- va gipervitaminozlar, podagra, immun¬tanqislikda modda almashinuvining buzilishi haqida tasavvurlarga ega boʻlish;
- Yoshga bogʻliq holda qon konstantalarining biokimyoviy koʻrsatkichlari (oqsil, uglevod, lipid almashinuv koʻrsatkichlari, fermentlar spektri); oshqozon shirasining meyorida va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantlari; meyorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy koʻrsatkichlari; organizmdagi modda almashinuvining biokimyoviy asoslarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
- Biologik suyuqliklarda titrlash koʻnikmasini hosil qilish;
- Suv tarkibidagi Ca2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
- Suv tarkibidagi Mg2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
- Gipoatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
- Giperatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
- Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Tibbiy kimyo fanining stomatologiya sohasidagi ahamiyati. |
| 2. |
Tibbiy kimyo va stomatologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik. |
| 3. |
Tibbiy kimyoviy reaksiyalar va ularning biologik tizimlardagi o‘rni. |
| 4. |
Tishlar va suyaklar uchun zarur bo‘lgan minerallar (kalsiy, fosfor, magniy). |
| 5. |
Elementlarning stomatologik materiallar, masalan, amalgamlar va boshqa tish materiallaridagi o‘rni. |
| 6. |
Stomatologik muolajalarda foydalaniladigan kimyoviy moddalarning tuzilishi va ta’siri. |
| 7. |
Tish davolash va protezlashda qo‘llaniladigan kimyoviy reaksiyalar. |
| 8. |
Kimyoviy reaksiyalarning tezligini boshqarish va stomatologik amaliyotlar. |
| 9. |
Uglevodlar, yog‘lar, oqsillar va ularning organizmdagi metabolizm jarayonlari. |
| 10. |
Stomatologiyada ishlatiladigan fermentlar va ularning faoliyati. |
| 11. |
Tishlarda va og‘iz bo‘shlig‘idagi kimyoviy o‘zgarishlar. |
| 12. |
Dori moddalarining kimyoviy tahlili va stomatologiyada qo‘llanilishi. |
| 13. |
Dori vositalarining samaradorligini baholash va tahlil qilish usullari. |
| 14. |
Anesteziya va og‘riqni boshqarish uchun kimyoviy moddalar. |
| 15. |
Tishlarni davolashda foydalaniladigan plomba materiallari (kompozit, amalgame). |
| 16. |
Tishlarga ishlov berishda kimyoviy jarayonlar va ularning stomatologik ahamiyati. |
| 17. |
Stomatologiyada bakterial infektsiyalarni davolash uchun kimyoviy moddalar. |
| 18. |
Kompozit va amalgame plomba materiallarining tarkibi, xossalari va stomatologiyada qo‘llanilishi. |
| 19. |
Stomatologiyada bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va ularning ta’siri. |
| 20. |
Kompozit va amalgame plomba materiallarining tarkibi, xossalari va stomatologiyada qo‘llanilishi. |
| 21. |
Stomatologiyada bakterial infektsiyalarni davolash uchun qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar va ularning ta’siri. |
| 22. |
Suv va elektrolitlarning stomatologik muolajalardagi ahamiyati. |
| 23. |
Og‘iz bo‘shlig‘idagi pH darajasi va uning stomatologik kasalliklarga ta’siri. |
| 24. |
Tish davolashda elektroforezning roli va kimyoviy jarayonlar. |
| 25. |
Organik kimyoning asosiy birikmalari, ularning tuzilishi va tibbiy stomatologiyadagi qo‘llanilishi. |
| 26. |
Aromatik uglevodorodlar, ularning stomatologik dori vositalaridagi roli. |
| 27. |
Polimerizatsiya jarayonlari va stomatologik materiallar (masalan, protez materiallari, plomba materiallari). |
| 28. |
Ularning organizmdagi va stomatologiyada foydalanilishi (masalan, tishlarni qayta tiklashda). |
| 29. |
Tishlarni davolashda yoki og‘riqni boshqarishda qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar. |
| 30. |
Stomatologiya amaliyotida gormonlarning ta’siri (masalan, gormonal o‘zgarishlar va tishlarning o‘sishi). |
Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S., Ikramova Z.A., Suleymanova G.G., Tibbiy kimyo, Darslik. Toshkent. 2019 y. ( 1-qism. 466 bet)
- Alimxodjayeva N.T., Tadjiyeva X.S., Tibbiy kimyo, Darslik. Toshkent. 2019 y. ( 2-qism. 563 bet)
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Masharipov S.M., Tadjiyeva X.S., Tibbiy kimyodan amaliy mashg‘ulotlar. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2018 y.
- Razzakov N.A, A’zamjonova F.R , Noorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlarini tashkil qilish I – qism, o‘quv qo‘llanma, Andijon. 2025 y. 119-bet
7.3. Axborot manbaalari
- https://library.ziyonet.uz
- https://orgchem.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Amaliy topshiriq. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻrinishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Amaliy topshiriq | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13-haftalar davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Xojimatova Shaxnoza Raxmataliyevna, KUAF, Umumiy kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, k.f.f.d (PhD) Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
hojimatovashaxnoza27@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Jalilov - KUAF, Umumiy kimyo kafedrasi katta oʻqituvchisi, k.f.f.d (PhD) Y.X.Xolboyev - kafedra mudiri, dotsent, DSc, k.f.d (DSc) Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, D bino 310 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Umumiy kimyo» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) S.Usmonova Kafedra mudiri |
(imzo) Sh.Xojimatova Fan oʻqituvchisi |
