Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiyot kasbiga kirish

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 1
Fan nomi Tibbiyot kasbiga kirish Fan kodi TKK1104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
60
(aud)
60
(must)
60
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarda tibbiyot sohasiga oid dastlabki bilim, koʻnikma va kasbiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu fan orqali talabalar: tibbiyotning mazmuni, tarixi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishadi, shifokorlik kasbining mohiyati, axloqiy va maʼnaviy tamoyillarini oʻrganadi, bemorga nisbatan toʻgʻri munosabat va kasbiy etikani egallaydi, tibbiy sir saqlash, tibbiy hujjat yuritish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish kabi amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi. Talabalarni kelgusida malakali, halol, insonparvar va masʼuliyatli tibbiyot xodimi sifatida shakllantirish uchun kasbga yoʻnaltirish va motivatsiya berish. Bemorlar salomatligini yaxshilash uchun zarur boʻlgan sifatli tibbiy yordam koʻrsatish bilim va koʻnikmalar(kompetentsiyalar)ni shakllantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • – kattalarni stasionar davolash tizimida parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – davolash muassasalaridagi rejimni oʻrgatish;
  • – deontologiya va etika tamoyillarini singdirish;
  • – stasionarda davolanish davomida kattalarga sanitar ishlov berish qoidalarini oʻrgatish;
  • – anropometriya, termometriya usullarini oʻrgatish;
  • – eng koʻp tarqalgan kasalliklar bilan davolanayotgan bemorlarni differentsial tarzda parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – kasallik turi va ogʻirlik darajasi, bemorning yoshiga qarab ovqatlantirishni oʻrgatish;
  • – dori vositalarini qabul qilish usullari va yoʻllarini oʻrgatish;
  • – bemorlarni tezkor va rejali operasiyalarga tayyorlashni oʻrgatish;
  • – jonlantirish boʻlimida davolanayotgan va jonlantirish boʻlimidan chiqqan bemorlarni parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – hayot uchun havfli holatlarda (yurakning toʻxtashi, nafas olishning buzilishi, qon ketishi, zaharlanish, kuyish, sovuq qotish, aspirasiya) bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishni oʻrgatish;
  • laborator tekshiruv uchun biologik materiallarni toʻplashni oʻrgatish;
  • parvarishning zamonaviy usullari toʻgʻrisidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni oʻrgatish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • birlamchi tibbiy muolajalarni bajarish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini oʻlchash);
  • joriy va yakuniy dezinfektsiya oʻtkazish;
  • dori vositalarini yuborish yoʻllari va davo muolajalarini oʻtkazish;
  • ogʻir yotgan bemorga tuvak (sudna) tutish texnikasi;
  • hayot uchun xafvli holatlarda birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish;
  • nafas va yurak toʻxtaganda shoshilinch birinchi yordam (sunʼiy nafas berish, yurakni bilvosita uqalash) berish.
  • ogʻir yotgan turli yoshdagi bemorlarning choyshabini, kiyimini (kuylagini) almashtirish texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemor quloqlariga, burniga, sochlariga va ogʻiz boʻshligʻiga gigienik ishlov berish va taxorat kilish (oraliq soxasini yuvish) texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemorlarda yotoq yaralar profilaktikasini oʻtkazish;
  • turliy oshdagi bemorlarni ovqatlantirish;
  • bemorlarni transportirovka qilish;

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tibbiy muassasa qabul bo'limi.  

  1. Qabul boʻlimi ishini tashkil qilish.
  2. Tibbiy jixozlanishi. Bemorlarni qabul qilish va qayd qilish.
  3. Bemorlarda gigienik ishlov berish (qisman va toʻliq).
  4. Bemorlarni transportirovka qilish.
  5. Qabul boʻlimida sanitar-epidemiologik rejimi
4
2.

Tibbiy muassasa terapevtik bo'limi.  

  1. Terapevtik boʻlim jixozlanishi va ishini tashkil kilish.
  2. Post xamshirasi vazifalari.
  3. Terapevtik boʻlimda kun tartibi(rejimi).
  4. Bemorlarga tashrifni tashkillashtirish.
  5. Terapevtik boʻlimda sanitar-epidemiologik rejim
4
3.

Tibbiy xujjatlarni yurishi.  

  1. Shifokor tavsiyalari varaqasi, xarorat varaqasi,
  2. Kasallik tarixidan koʻchirma olish, bemorlar xarakatini qayd qilish jurnali,
  3. Navbatchilikni qabul qilish va topshirish jurnali,
  4. "A" va "B" ruyxatidagi dori vositalarini xisob kitob kilish jurnali,
  5. Seyf kalitini kabul kilish va topshirish jurnali.
4
4.

Termometriya.  

  1. Termometr, termometrni zararsizlantirish va saqlash.
  2. Tana xaroratini ulchash usullari.
  3. Tana xaroratini ulchash va kayd kilish.
  4. Isitma xakida tushuncha. Isitma turlari.
  5. Isitmalayotgan bemorlarni parvarish kilish.
4
5.

Dori vositalarini qo'llash usullari.  

  1. Dori vositalari shakllari, turlari.
  2. Dori vositalarini tarkatish va saklash.
  3. "A" va "B" ruyxatdagi dori vositalari.
  4. Dori vositalarini qoʻllash usullari,
  5. Dori vositalarini qoʻllashda yuzaga keladigan asoratlarini oldini olish.
4
6.

Stasionar sharoitlarda bemorlarni ovkatlantirishni tashkil kilish.  

  1. Shifobaxsh ovkatlantirish toʻgʻrisida tushuncha.
  2. Boʻlim oshxonasi jixozlanishi.
  3. Boʻlim oshxonasi idishlarni zararsizlantirish.
  4. Menyu tuzish, parxez stollariga talabnoma toʻldirish,
  5. Boʻlimda ovqatlarni tarkatish.
4
7.

Parxez stollari.  

  1. Kasaklliklar turlaridan kelib chiqib parxez stollarning tasnifi.
  2. Bemorlarni ovqatlantirish usullari.
  3. Keksa yoshdagi va ogʻir xolatdagi bemorlarni ovqatlantirish.
  4. Xar bir xastalik uchun tayinlangan parxez stollari asosi.
  5. Dietaterapiya boʻyicha tushuncha
4
8.

Fizioterepevtik muolajalar.  

  1. Fizioterapevtik muolajalar davomida bemorlarni nazorat kilish va kuzatish.
  2. Qon aylanishiga taʼsir qiluvch fizioterapevtik muolajalar.
  3. Suv bilan davolashning axamiyati
  4. Fizioterapevtik muolajalarga koʻsatmalar va qarshi koʻrsatmalar.
  5. Muolajalarda asoratlar kuzatilganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish.
4
9.

Nafas olish tizimi kasalliklari.  

  1. Nafas aʼzolari kasalliklarining taʼsnifi.
  2. Nafas aʼzolari kasalliklarida asosiy klinik simptomlari.
  3. Nafas olish tizimi kasalliklarida bemorlarni kuzatish va parvarish qilish
  4. Nafas olish sonini sanash va qayd qilish.
  5. Bemorlarga yotoq joyida qulay sharoitni taʼminlash.
4
10.

Nafas olish tizimi kasalliklari  

  1. Nafas olish tizimi kasalliklarida bemorlarni kuzatish va parvarish qilish.
  2. Choʻntak ingalyatorlaridan foydalanish.
  3. Tekshiruvlar uchun balgʻam yigʻish.
  4. Tufdonlarni dezinfektsiya qilish.
4
11.

Yurak qon tomir tizimi kasalliklari  

  1. Yurak qon tomir tizimi kasalliklarida bemorlarni parvarish qilish va kuzatuvi.
  2. Kasalliklarning asosiy simptomlari xakida tushuncha.
  3. Arterial qon bosimini oʻlchash.
  4. Pulsni sanash texnikasi.
  5. Pulsni sanash va uni qayd qilish.
4
12.

Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari.  

  1. Ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarida bemorlar parvarishi va kuzatuvi.
  2. Kasalliklarning asosiy simptomlari xakida tushuncha.
  3. Laborator tashxislash uchun biologik materiallarni yigʻish, saqlash va transportirovka kilish qoidalari (qon, peshob, axlat, balgʻam va boshqalar).
  4. Bemorlarni ultratovush, endoskopik, rentgenologik tekshiruvlarga tayyorlash qoidalari va tartibi.
  5. Ogʻir yotgan bemorlarda kiyimi va choyshablarini almashtirish.
4
13.

Siydik ajratish tizimi kasalliklari.  

  1. Siydik ajratish tizimi kasalliklarida bemorlar parvarishi va kuzatuvi.
  2. Kasalliklarda asosiy simptomlar xakida tushuncha. siydik ajratish tizimi kasalliklarida bemorlar parvarishi va kuzatuvi.
  3. Siydik ajralishi. Siydik ajralishi tezligi va regulyarligini kuzatuvi.
  4. Laborator taxlillar uchun siydiq yigʻish tartibi.
  5. Oʻtkir siydik tutilishi. Kateterizasiya.
4
14.

Xayot uchun xavfli xolatlar.  

  1. Xayot uchun xavfli xolatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish
  2. Xayot uchun xavfli xolatlarni asoratlarini oldini olish.
  3. Xayot uchun xavf tugʻdiruvchi xolatlarni belgilarini bilish va tez tibbiy yordam koʻrsatish
  4. Nafas va yurak urishi toʻxtab qolganida birinchi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish (sunʼiy nafas berish)
  5. Yurak soxasini bilvosita massaj qilish.
4
15.

Davolash muassasalari faoliyatini tashkil etish. Bemorlar umumiy parvarishining mohiyati.  

  1. Bemorlarga tibbiy-profilaktik yordam koʻrsatishning zamonaviy tamoyillari.
  2. Tibbiy muassalar turlari.
  3. Terapevtik boʻlimda bemorlar parvarishi axamiyati. Tibbiyotda etika va deontologiya.
  4. Terapevtik boʻlimlarda oʻrta va kichik tibbiy xodimlar vazifalari.
4
Jami 60

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Xozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya muammolari, ahamiyati, dolzarbligi, xozirgi zamonning "agressiv" tibbiyot bilan bog'liqligi

2.

Evtanaziya muammolari.

3.

Pasient bilan verbal muloqot ko'nikmalari.

4.

Pasient bilan noverbal muloqot ko'nikmalari, ahamiyati, turlari (vaziyat, jest, ovoz, intonasiya, ritm, mimika)

5.

Maslaxat turlari, qoidalari, maslaxat berish ko'nikmalari, asosiy printsip va qoidalari.

6.

Kommunikasion to'siqlar

7.

Krizis xolatda bo'lgan bemorga maslahat berish

8.

Yo'qotish, bemor xolatini o'ziga xosligi

9.

Bemorlarning ruhiy holati, depressiya, shok, qo'rquv, cho'chish", suyisidal fikrlash, ipoxondriya, o'zini aybdor xis qilish va x.k.

10.

Og'ir va o'layotgan bemorlar bilan muloqotning o'ziga xosligi

11.

Keksa bemor.

12.

Keksa organizmning fiziologik xususiyatlari

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xalmatova B.T. Karimov M.Sh. – Tibbiyot kasbiga kirish. Darslik. «TURON-IQBOL», 2020. - 324 b.
  2. Gadaev A.G. Ichki kasalliklar. Darslik. -Toshkent. Turon Zamin Ziyo nashriyoti. 2018 y. - 724 b
  3. Gadaev A.G.,Karimov M.Sh. Ichki kasalliklar propedevtikasi. Darslik. -Toshkent. Muxarrir nashriyoti. 2012 y. - 724 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Гордиэнко А.В. Госпиталная терапия. Учебник. Санкт-Петербург.: СпецЛит. 2016 г
  2. Струтынский А.В. А.П.Баранов, Г.Е.Ройтберг, Ю.П.Гапоненков Основы семиотики заболеваний внуренних органов. Учебное пособие. М: Медпресс-Информ. 12-е издание. 2020. 27 стр.
  3. Внутренние болезни по Девидсону. Учебное пособие (перевод с английского под редакцией акад. РАМН Ивашкина В.Т.) (5 томов). М: Геотар Медиа. 2023

7.3. Axborot manbaalari

  • www.rmj.net
  • www.medport.ru
  • www.infoart.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Minavarov Rasuljon Anvarovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: minavarovrasulzon@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 103 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

R.Minavarov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan