Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Umumiy xirurgiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5
Fan nomi Umumiy xirurgiya Fan kodi UX 15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ Talaba mustaqil ishi/ vazifa/ topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
44
(aud)
46
(must)
12 32
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Fanni oʻqitishdan maqsad - jarrohlikda antiseptika va aseptika, xirurgik infeksiya haqida tushuncha, uni oldini olish muammolarini, yiringli infeksiya turlarini (yuzaki joylashgan yiringli kasalliklar), shoshilinch jarrohlik holatlarida birinchi yordam koʻrsatishni (qon ketishini toʻxtatish, bogʻlam qoʻyish, jarohatlanganlarga birlamchi jarrohlik ishlovi, immobilizatsiya va transportirovka qilish) oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Biokimyo (BK 13-408)

2. Tibbiy kimyo (TK1106)

3. Odam anatomiyasi (AN11-312 )

4. Ichki kasalliklar propedevtikasi (IKP15-608)

5. Normal fiziologiya (FZ13-408)

6. Patologik fiziologiya (PFZ15-606)

7. Farmakologiya (FR15-606)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • jarrohlik asboblari va operatsiya choyshablarini sterilash;
  • qon quyish texnikasi;
  • jarohat turlari;
  • jarohatga birlamchi ishlov berish;
  • jarohat infeksiyasini oldini olish asoslari
  • jarohlik infeksiyasini turlari
  • davolash asoslarini tasavvurga ega boʻlishi;
  • tez-tez uchraydigan xirurgik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni erta tashxislashni va samarali davolashni, reabilitatsiyasini taʼminlashni bilishi;
  • koʻkrak qafasi va qorin boʻshligi aʼzolarining oʻtkir xirurgik kasalliklaridagi klinik belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
  • operatsiya talab qiluvchi koʻp uchraydigan surunkali xirurgik kasalliklarining belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
  • yuqorida koʻrsatilgan holatlarda mos, samarali va maqsadga muvofiq davo choralarini oʻtkazish;
  • qvp da qilishning imkoni boʻlmaydigan holatlarda barcha choratadbirlarni oʻtkazish uchun toʻgʻri va oʻz vaqtida yoʻllanma berishni bilishi va ulardan foydalana olishni bilishi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • qoʻllarni oqar suv ostida toʻgʻri yuvish texnikasi
  • steril xalatni kiyish bosqichlari
  • steril qoʻlqoplarni kiyish tartibi
  • rumolli bogʻlamlarni qoʻyish texnikasi
  • “chepets” bogʻlamini qoʻyish: koʻrsatmalar va ketma-ketlik
  • gippokrat qalpogʻini qoʻyish texnikasi
  • yugansimon bogʻlamni qoʻyish texnikasi
  • barmoqlar bilan qon tomirlarni bosib, qon toʻxtatish sohalarini aniqlash
  • esmarx jgutini qoʻyish texnikasi
  • yumshoq toʻqimalarning yopiq shikastlanishida birinchi yordam koʻrsatish bosqichlari
  • oshqozonga zond oʻrnatish va yuvish texnikasi
  • sifon klizma bajarish texnikasi
  • toʻgʻri ichakni barmoq yordamida tekshirish usuli
  • “yoʻtal turtki” belgisini aniqlash va baholash

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Zamonaviy xirurgiyani rivojlanish tarixi. Aseptika va antiseptika.

  1. Zamonaviy xirurgiyani rivojlanish davrlari:
  2. Emperik davr;
  3. Anatomik davr;
  4. Fiziologik davr;
  5. Rossiyada xirurgiyaning rivojlanishi;
  6. Oʻzbeqiston Respublikasida xirurgiya fanining rivojlanishi
  7. Ixtisoslashgan xirurgiyaning rivojlanishi;
  8. Aseptika va antiseptika.
2
2.

Qon ketishi va qon yo‘qotish. Transfuziologiya asoslari.

  1. Qon ketishi;
  2. Gemorragik shok;
  3. Qon ketishini toʻxtatish;
  4. Qon va qon oʻrnini bosadigan suyuqliklarni quyish;
  5. Gemotransfuziya reaksiyalari.
2
3.

Xirurgik bemorlarni tekshirishni asosiy qoidalari. Xirurgik operatsiyalar.

  1. Xirurgik bemorlarni tekshirishning umumklinik metodlari;
  2. Tekshirishning qoʻshimcha metodlari;
  3. Xirurgik operatsiya;
  4. Bemorni operatsiyaga tayyorlash;
  5. Operatsiyadan keyingi davr;
  6. Operatsiyadan keyingi asoratlar.
2
4.

Transplantologiya, endovizual, robototexnika va gibrid operatsiyalar asoslari, keladagidagi o‘rni va ahamiyati.

  1. Terminologiyasi;
  2. Toʻkimalar nomutanosiblik reaksiyasi va uning oldini olish usullari;
  3. Toʻkima va organlarni konservatsiya qilish;
  4. Toʻkima plastikasi turlari;
  5. Endovizual xirurgik operatsiyalar;
  6. Xirurgiyada rototexnika va gibrid operatsiyalar;
  7. Zamonaviy texnologiyalar: afzalliklari, rivojlanishi, ahamiyati
2
5.

Kombustiologiya asoslari.

  1. Kuyish:
  2. termik kuyish
  3. kimyoviy kuyishlar
  4. nurdan shikastlanishlar
  5. Elektrdan shikastlanish;
  6. Sovuq urishi.
2
6.

Shikastlanish asoslari.

  1. Shikastlanish (travmatik) kasalligi, shok, travmatik toksikoz;
  2. Bosh suyagi, koʻkrak va korin boʻshligʻidagi yopik shikastlar;
  3. Miya shikastlari;
  4. Chiqishlar, suyaklar sinishi;
  5. Shikastlanishlarda birinchi yordam;
  6. Shikastlanishlarda ixtisoslashtirilgan yordamning umumiy shartlari.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kontakt infeksiyasini oldini olish usullari  

  1. Kontakt infeksiyalarining manbalari va yuqish mexanizmlari.
  2. Asseptika va antiseptikaning kontakt yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarga qarshi ahamiyati.
  3. Jarrohlik xonasida tozalik, dezinfeksiya va sterilizatsiya tamoyillari.
2
2.

Mexanik va fizik antiseptika usullari.  

  1. Mexanik antiseptika (mexanizmi) va fizik antiseptika (issiq, bugʻ, ultrabinafsha, ultratovush, filtratsiya va boshqalar) asoslari.
  2. Qoʻl yuvish, tozalash, abraziv va gidrodinamik usullari.
  3. Avtomatik sterilizator (avtoklav) va boshqa issiqlik usullarini ishlatishda xavfsizlik qoidalari.
  4. Har bir usul uchun koʻrsatma va qarshi koʻrsatma.
2
3.

Kimyoviy, biologik va aralash antiseptika usullari.  

  1. Kimyoviy va biologik antiseptiklarning asosiy turlari va ishlash mexanizmi.
  2. Mashxur kimyoviy antiseptiklar va ularning tayyorlash/oʻlchash qoidalari.
  3. Biologik antiseptika tushunchasi va xavfsizlik jihatidan baholanishi.
  4. Aralash (kombinatsiyalangan) usullar — kimyoviy + mexanik yoki kimyoviy + fizik (issiq, ultratovush) kombinatsiyalari.
  5. Antiseptik samaradorligini baholash.
  6. Xavfsizlik va chiqindilarni yoʻq qilish qoidalari.
2
4.

Desmurgiya.  

  1. Desmurgiya fanining taʼrifi va jarrohlikdagi oʻrni.
  2. Bogʻlamlarning ahamiyati: himoya, fiksatsiya, bosim, immobilizatsiya va kosmetik vazifalar.
  3. Bogʻlamlarni qoʻllashda gigiyenik va aseptik qoidalar.
2
5.

Qon ketishi va qon yo‘qotish.  

  1. Qon aylanish tizimi va qonning fiziologik ahamiyati.
  2. Qon ketishning umumiy taʼrifi va jarrohlikdagi ahamiyati
  3. Qon yoʻqotish oqibatlari — gipovolemiya, shok, organlar ishemiyasi
2
6.

Qon ketishini vaqtincha va batamom to‘xtatish usullari.  

  1. Qon ketishning turlari.
  2. Qon ketishning xavfi va oqibatlari.
  3. Qonni vaqtincha va batamom toʻxtatish usullari
2
7.

Qon va qon o‘rnini bosadigan suyuqliklar quyish  

  1. Qon va qon oʻrnini bosadigan suyuqliklarning turlari va xossalari.
  2. Qon quyishning asosiy turlari.
  3. Qon guruhlarini, rezus omilni aniqlash.
  4. Qon quyish oldidan bajariladigan biologik sinov va moslik testlari.
  5. Transfuzion shok, allergik va gemolitik reaksiyalar, aniqlash va oldini olish.
2
8.

Transfuziologiya asoratlari, ularni tashxislash, davolash va oldini olish usullari  

  1. Transfuziologiyaning tibbiyotdagi oʻrni.
  2. Qon quyishning maqsadi va asosiy qoidalari.
  3. Asoratlarning paydo boʻlish sabablari.
  4. Transfuziologiya asoratlarining turlari, patogenezi.
  5. Transfuziya vaqtida kuzatiladigan shoshilinch holatlar.
  6. Davolash algoritmini va profilaktik choralar.
2
9.

Xirurgik bemorlarni tekshirishning asosiy qoidalari. Xirurgik bemorlarni tekshirishda qo‘shimcha usullari. Xirurgik bemorlarning parvarishi. Xirurgiyada akademik kasallik tarixini yozish.  

  1. Xirurgik bemorlarni tekshirishning asosiy qoidalari.
  2. Xirurgik bemorlarni tekshirishda qoʻshimcha usullari.
  3. Xirurgik bemorlarning parvarishi.
  4. Xirurgiyada akademik kasallik tarixini yozish
2
10.

Xirurgik operatsiyalarni o‘tkazish qoidalari.Operatsiyadan oldingi davr. Bemorlarni operatsiyalarga tayyorlash usullari.  

  1. Xirurgik operatsiyalarni oʻtkazish qoidalari.
  2. Operatsiyadan oldingi davr.
  3. Bemorlarni operatsiyalarga tayyorlash usullari.
2
11.

Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash va kuzatish.  

  1. Operatsiyadan keyingi davrning bosqichlari.
  2. Operatsiyadan keyingi davrda bemorni kuzatish.
  3. Operatsiyadan keyingi davolash choralari.
  4. Operatsiyadan keyingi yara parvarishi.
  5. Operatsiyadan keyingi asoratlar va ularning oldini olish.
  6. Reabilitatsiya va bemorni uy sharoitida kuzatish.
2
12.

Endovizual, robototexnika va gibrid operatsiyalar asoslari. Xirurgiyada kichik invaziv aralashuvlar. Endovideojarrohlik operatsiyalari: NOTES, SILS  

  1. Endovizual va robototexnika asosida bajariladigan operatsiyalarning tarixiy rivojlanishi.
  2. Kichik invaziv jarrohlikning nazariy asoslari va afzalliklari.
  3. Endovideojarrohlikning texnik jihozlari (laparoskop, torakoskop, endoskop, manipulyatorlar).
  4. NOTES va SILS operatsiyalarining texnologik prinsiplari va amaliy qoʻllanilishi.
  5. Gibrid operatsiyalar tushunchasi, ularning qoʻllanilish sohalari.
  6. Kichik invaziv jarrohlikning afzalliklari va kamchiliklari.
  7. Asoratlar va ularning oldini olish choralari.
2
13.

Transplantologiya asoslari  

  1. Transplantologiya fani va uning rivojlanish tarixi.
  2. Organ va toʻqima transplantatsiyasining turlari.
  3. Immunologik muvofiqlik, reaktsiya va immunosupressiv terapiya asoslari.
  4. Donorlik va etik-meʼyoriy talablar.
  5. Zamonaviy transplantologiyaning yutuqlari va muammolari
2
14.

Kuyish, tasnifi, satxi va chuqurligini aniqlash usullari, birinchi yordam ko’rsatish. Kuyish kasalligi va unda suv-tuz balansini korreksiya qilish. Sovuq urishi, tasnifi, klinik manzarasi, davolash prinsiplari. Elektrotravmada birinchi yordam ko’rsatish, davolash prinsiplari  

  1. Kuyishning tasnifi.
  2. Kuyishning satxi va chuqurligini aniqlash usullari.
  3. Kuyishda birinchi yordam koʻrsatish.
  4. Kuyish kasalligi.
  5. Kuyish kasalligida suv-tuz balansini korreksiya qilish.
  6. Sovuq urishi, tasnifi, klinik manzarasi, davolash prinsiplari. Elektrotravmada birinchi yordam koʻrsatish, davolash prinsiplari
2
15.

Yumshoq to‘qimalarning yopiq shikastlanishi. Chayqalish. Lat yeyish. Yirtilish va uzilish. Ezilish.  

  1. Yumshoq toʻqimalarning yopiq shikastlanishi.
  2. Chayqalish.
  3. Lat yeyish.
  4. Yirtilish va uzilish.
  5. Ezilish.
4
Jami 32

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Zamonaviy xirurgik asboblar. Zamonaviy tikuv materiallari Zamonaviy fizik antiseptika usullari

2.

Mahalliy gemostaz uchun zamonaviy dori-vositalar

3.

Gibrid operatsiyalar

4.

Suyak sinishlarda zamonaviy davolash usullari

5.

Kuyish kasalligi

6.

Qandli diabetli bemorlarda yumshoq to‘qimalar xirurgik infeksiyasini davolash usullari

7.

Sepsisning zamonaviy tasnifi

8.

Arterial qon tomirlarni surunkali obliteratsiyasida zamonaviy davolash usullari

9.

Ichak oqma yaralarni bartaraf qilish usullari

10.

Oshqozon raki kasalligi

11.

Xirurgiyada kichik invaziv aralashuvlar

12.

Surunkali jarrohlik infektsiyani davolashning zamonaviy usullari

13.

Seroz bo'shliqlarning yiringli kasalliklarini davolashda minimal invaziv aralashuvlar

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Аripov U.А., Karimov Sh.I. Umumiy xirurgiya. Darslik. –Toshkent. Аbu Аli Ibn Sino. 2008 y. 528 b.
  2. Гостищев.В. К. Общая хирургия. Учебник. Москва 2013 г. 636 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О. Антисептика. Сценарии для проведения практических занятий с использованием современных педагогических технологий составленные на основе единой методической систем. Методическая рекомендация. – Ташкент. "Focus Print". 2012 г.
  2. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О., Шарипов Ю.Ю. /Неспецифическая хирургическая инфекция. Электронное учебное пособие на узбекском, русском и английском языках. – Ташкент. "Focus Print".2013 г.
  3. Charles Brunicardi F. Schwartz’s principles of surgery.10th edition.E-Book. -USA.McGraw Hill Professional.2015 y
  4. Das. S.A manual clinical surgery.Special investigations and differential diagnosis.11th edition.eBook. – Kolkata. McGraw-Hill Education.2014 y
  5. Norman Williams. Bailey Loves. Short practice of surgery.26th edition.Medical textbook. - London. CRC Press.2012 y

7.3. Axborot manbaalari

  • https://tma.uz/
  • https://ziyonet.uz/
  • https://www.mediasphera.ru/
  • https://adti.uz/
  • https://www.studentlibrary.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Sultonqulov Baxtiyor Baxodirovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: bahtiyorsultonkulov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutliqova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Klinik fanlar kafedrasi mudiri k.m.n.dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15 : 00 – 17 : 00, 105 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

B.Sultonqulov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan