![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga professional aloqa oʻrnatish va yordam berish sharoitlari, asosiy insoniy muammolarii psixologik tushunish, shuningdek, kasbiy koʻnikmalarni takomillashtirish toʻgʻrisida maʼlumotlar berishdan psixologik konsultatsiya va korreksiyani amalga oshira olishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Umumiy psixologiya (UPSB124)
2. Eksperimental psixologiya (EKPB118)
3. Rivojlanish psixologiyasi va diferensial psixologiya (PPDB104)
4. Sotsial psixologiya (SOPB110)
5. Umumiy psixodiagnostika (UPDB210)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- psixokonsultatsiya va psixokorrektsiya sohasiga doir nazariyalar va ilmiy tushunchalar haqida bilimga ega boʻlishi lozim;
- psixologik muammo va uning yechimlari, yosh davrlariga oid konsultatsiya turlari, konsultativ yordam tamoyillariga oid bilimlar shakllantiriladi;
- konsultativ taʼsir etish texnologiyasi, konsultatsiya bosqichlari, psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari boʻyicha nazariy bilimlarni egalashi talab etiladi;psixologik korreksiya, psixoterapiya, psixologik trening tushunchalarining nisbati, psixologikkorreksiyani tashkil etishning metodologik asoslari, psixologikkorreksiyani tashkil etish uchun psixologoik maʼlumotlarni olish xususiyatlarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- konsultativ taʼsir etish texnologiyasi usullarini qoʻllashni tasavvur eta olishi kerak;
- yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar hamda texnologiyalarni taʼlqin qila olgan xolda koʻnikmalarni shakllantirish;
- korreksion ishlar koʻrinishlari yuzasidan malakasiga ega boʻlishi kerak;
- yoshga oid psixokorreksion ishlarning oʻziga xosligini tushinib, amaliyotda qoʻllay olish malakasiga ega boʻlishi lozim.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Amaliy mashgʻulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish |
| 2. |
Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiyaning asosiy tushunchalari |
| 3. |
Konsultativ yordam tamoyillari. Konsultatsiya bosqichlari. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi |
| 4. |
Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari. |
| 5. |
Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari. Ratsional-emotiv terapiya. Art-terapiya. |
| 6. |
Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish |
| 7. |
Psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari va predmeti. |
| 8. |
Psixologik muammo |
| 9. |
Konsultativ yordam tamoyillari |
| 10. |
Konsultatsiya bosqichlari |
| 11. |
Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi |
| 12. |
Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari |
| 13. |
Yuqori talab qoʻyuvchi patsientlar konsultatsiyasi. |
| 14. |
Asotsial shaxslar konsultatsiyasi. Alkogolizm konsultatsiyasi. |
| 15. |
Psixosomatik buzilishlar konsultatsiyasi. Suitsidal ahd va tushkunlik |
| 16. |
Yaqinlarini yoʻqotish bilan bogʻliq konsultatsiya. |
| 17. |
Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar |
| 18. |
Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini |
| 19. |
Reallik terapiyasi (U.Glasser). |
| 20. |
Oilaviy terapiya. |
| 21. |
Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari. |
| 22. |
Ratsional-emotiv terapiya. |
| 23. |
Art-terapiya |
| 24. |
Raqs terapiya |
| 25. |
Berilgan mavzu yuzasidan referat tayyorlash |
| 26. |
Mustaqil ta’lim mavzusini himoya qilish |
Talabalar berilgan mustaqil taʼlim topshirigʻini referat shaklida topshiradilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Nishonova Z.T. Psixologik maslaxat. Toshkent 2020 y, 256 b
- Arzikulov D.N. Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya - “Grand kondor print” Toshkent – 2024.
- Ro’ziyev U.M. Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya - “Durdona” nashryoti Buxoro – 2021
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Гулина М. Терапевтическая и консультативная психология.- СПб.,2001.О.Б.Хухлаева. Психологическое консультирование и психологическая коррекция. Учебник и практикум для академического бакалавриата-М.Юрайт., 2015
- Смирнова Т.П. (Смирнова Тамара Петровна).Психологическая коррекция агрессивного поведения детей: диагностические критерии. Коррекционная работа. Психологические методики Феникс.,2005
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://unilibrary.uz/literature/19241
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3 haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida amaliy shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-4 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 3-4 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Amaliy | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar asosida | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Salaxidinova Xolida Xaliljonovna, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti, pffd (PhD) Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
xolidasalaxidinova@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n. I.Yusupjonova - ADU, Psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.f.d., (PhD) Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba, soat 16:00 – 17:00, A bino oʻqituvchilar xonasi . |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) X.Salaxidinova Fan oʻqituvchisi |
