![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʼzbekistonning eng yangi tarixi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi mamlakatimizning mustaqillikka erishgan 1991-yildan boshlab hozirgi kungacha boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va madaniy hayotida roʻy bergan tub oʻzgarishlarni chuqur ilmiy asosda oʻrganish, ularni tahlil qilish va yosh avlodga toʻgʻri yetkazishdan iborat. Bu fan orqali oʻquvchilarda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy gʻurur, oʻzlikni anglash va Vatanga sadoqat ruhini shakllantirish maqsad qilinadi. Oʻzbekiston qanday qilib oʻz siyosiy mustaqilligini qoʻlga kiritgani, konstitutsiyaviy islohotlar, davlat boshqaruv tizimining shakllanishi, bozor iqtisodiyotiga oʻtish, tadbirkorlikni rivojlantirish, milliy valyutaning joriy etilishi kabi yutuqlar keng yoritiladi. Shu bilan birga, mustaqillik yillarida milliy qadriyatlar, til, din va madaniyatning tiklanishi, taʼlim va fan sohasidagi islohotlar ham ushbu fan doirasida oʻrganiladi. Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi oʻrni, tashqi siyosatdagi faoliyati, qoʻshni davlatlar bilan munosabatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi haqida ham talabalarga keng tasavvur beriladi. Mazkur fan yoshlarning tarixiy ongini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlovchi, vatanparvar va faol fuqarolar etib tarbiyalashda muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Shu jihatdan, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi fani nafaqat oʻtmish va bugunni oʻrgatadi, balki kelajak avlodni ongli ravishda taraqqiyot yoʻlida faol ishtirok etishga tayyorlaydi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib oʻtgan tarixiy yoʻlning mazmun-mohiyatini, Oʻzbekistonning eng yangi tarixida amalga oshirilgan oʻzgarishlarning ahamiyatini bilishi kerak;
- Zamonaviy jarayonlarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasi, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni taʼminlash jarayonlarni bilshlari lozim;
- Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrni va nufuzini ortib borishi kabi jarayonlarni tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Oʻzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʻrganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik gʻoyasini qoʻllay oladi;
- Oʻzbekiston va jahonda sodir boʻlayotgan jarayonlarga oʻz munosabatini bildira oladi;
- Jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining oʻrnini anglash va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʻliqligini biladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | Pos | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik asoslari.
|
2 |
1 |
|
| 2. |
O‘zbekistonda mustaqillik g‘oyalarining tarixiy asoslari.
|
4 |
2 |
|
| 3. |
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
|
2 |
3 |
|
| 4. |
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
|
2 |
4 |
|
| 5. |
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
|
2 |
5 |
|
| 6. |
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Ijtimoiy sohadagi islohotlar
|
2 |
6 |
|
| 7. |
O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
|
2 |
7 |
|
| 8. |
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
|
2 |
8 |
|
| 9. |
Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi
|
2 |
9 |
|
| 10. |
Yangi O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar
|
2 |
10 |
|
| 11. |
Yangi O‘zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat qurishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.
|
2 |
11 |
|
| Jami | 24 | |||
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | POS | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik asoslari.
|
2 |
1 |
|
| 2. |
O‘zbekistonda mustaqillik g‘oyalarining tarixiy asoslari.
|
4 |
2 |
|
| 3. |
Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
|
2 |
3 |
|
| 4. |
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
|
2 |
4 |
|
| 5. |
O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
|
2 |
5 |
|
| 6. |
Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. Ijtimoiy sohadagi islohotlar
|
2 |
6 |
|
| 7. |
O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
|
2 |
7 |
|
| 8. |
O‘zbekiston va jahon hamjamiyati.
|
2 |
8 |
|
| 9. |
Yangi O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi
|
2 |
9 |
|
| 10. |
Yangi O‘zbekistonda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan islohotlar
|
2 |
10 |
|
| 11. |
Yangi O‘zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat qurishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.
|
2 |
11 |
|
| Jami | 24 | |||
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
POS | |
|---|---|---|---|
| 1. |
IX-XII asrlarda mamlakatimiz hududida ro’y bergan madaniy uyg’onish (Renessans ) Buyuk allomalarning jahon svilizatsiyasiga qo’shgan hissasi |
1 |
|
| 2. |
Jaloliddin Manguberdi- Vatan himoyachisi |
2 |
|
| 3. |
Amir Temur buyuk davlat arbobi |
3 |
|
| 4. |
Mirzo Ulug’bek – davlat arbobi va buyuk olim |
4 |
|
| 5. |
Ja’did ma’rifatparvarlarining o’lka ijtimoiy – ma’naviy hayotida tutgan o’rni (Munavvarqori, Fitrat, Behbudiy , Avloniy va boshqalar |
5 |
|
| 6. |
“Qayta qurish” yillarida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat |
6 |
|
| 7. |
O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar mazmun va mohiyati |
7 |
|
| 8. |
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar |
8 |
|
| 9. |
Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy o’zgarishlar |
9 |
|
| 10. |
O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati |
10 |
|
| 11. |
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar |
11 |
|
| 12. |
Yangi O’zbekistonda inson haq-huquqlar va erkinliklari kafolatining yaratilishi |
12 |
|
| 13. |
Yangi O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy , iqtisodiy va madaniy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi |
13 |
|
| 14. |
O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari |
14 |
|
| 15. |
O’zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi o’rni |
15 |
|
Oʻzbekistonning eng yangi tarixi muammolarini oʻrganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik gʻoyasini qoʻllay oladi; Oʻzbekiston va jahonda sodir boʻlayotgan jarayonlarga oʻz munosabatini bildira oladi; Jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining oʻrnini anglash va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bogʻliqligini biladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Murtazayeva R.H., Yermetov A.A., Odilov A.A. va boshq. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik - Toshkent, 2024.
- A.S.Sagdullayev umumiy tahriri ositida. O‘zbekiston tarixi. 1-jild. Darslik. – Toshkent: NIF MSH. 2024.
- Rajabov Q.K. O‘zbekiston XX asrda. Ikkinchi jild. Darslik – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2024. – 750 b.
- O.Q.Alimardonov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent, FAST SUPPORT AND RESULT, 2023.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yillar). 2 tom. Mas’ul muharrirlar: R.Abdullaev, Q.Rajabov, M.Rahimov. Darslik.- Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
- D.T.To‘xtaboyeva. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: ma’naviy yangilanish, madaniy taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent, 2021.
- A.A.Insopov. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishi va rivojlanish tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet. 2023.
- O.Q.Alimardonov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari (o‘quv qo‘llanma). - Toshkent, FAST SUPPORT AND RESULT, 2023.
7.3. Axborot manbaalari
- https://edu.utu-ranch.uz/book/4758/
- https://unilibrary.uz/literature/741435
- https://unilibrary.uz/literature/738717
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) | |
|---|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | |||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-12 hafta(lar) davomida | |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-12 hafta(lar) davomida | |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-12 hafta(lar) davomida | |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-12 hafta(lar) davomida | |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | |||||
| Jami | 40 | ||||
| Oraliq imtihon (OI) | |||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta | |
| Jami | 20 | ||||
| Yakuniy imtihon (YI) | |||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng | |
| Jami | 40 | ||||
| Jami | 100 | ||||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Tojibayev Botirjon Maxamadaliyevich, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
tojibayevb@1982gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Badalov - KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- R.Ataxanov - KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) B.Tojibayev Fan oʻqituvchisi |
Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
