![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻzbekiston tarixi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarga - tarixning davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligi, jamiyat rivojlanishida davlatchilikning muhim voqea hisoblanishi, tarixning keyingi taraqqiyoti bosqichida fuqarolik jamiyatining paydo boʻlishi bilan fan, texnika, madaniyat, axborotlar oʻzlashtira borish, ularni jamiyatga bogʻliq boʻlgan hodisalarni bilishi va ulardan foydalana olishi; - jamiyat va davlatchilik taraqqiyotidagi uygʻunlik farqlarini ajratish, tarix fanidagi yangi nazariyalarni tahlil etish, tarixning harakatlantiruvchi omillarini talabalarga koʻrsatib berish, tarix fanining asosiy yoʻnalishlarini tahlil va tadqiq qilish malakasini hosil qilish, davlat va jamiyat taraqqiyotining rivojlanish omillarini taxhil qila оlish koʻnikmalariga ega boʻlishi; - Oʻzbekistonning uzoq oʻtmishdan shu kunlargacha boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-maʼnaviy taraqqiyoti jarayonidir. Oʻzbekiston tarixi fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega boʻlgan oʻzbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va maʼnaviy taraqqiyotini oʻrganuvchi va oʻrgatuvchi fan boʻlib, Markaziy Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻshib kelayotganligi toʻgʻrisida malakalarga ega boʻlishi taʼminlanadi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish
1. Maxsus tarix fanlari (MTFB108)
2. O'zbekiston tarixi (UZTB 127)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Oʻzbekiston tarixining qadimgi davridan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy voqea va jarayonlar, tarixiy rivojlanish omillari, haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi; (bilim)
- Oʻzbekiston tarixining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy taraqqiyoti, tarixiy tushunchalar, tarixiy jarayonlarning xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi; (koʻnikma)
- talaba tarixiy voqea va hodisalarni, rivojlanish jarayonlarini manba va boshqa adabiyotlar yordamida tahlil qilish usullarini qoʻllash, tarixiy rivojlanish muammolari boʻyicha yechimlar qabul qilish malakasiga ega boʻlishi kerak. (malaka)
- Oʻzbekiston tarixining qadimgi davridan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy voqea va jarayonlar, tarixiy rivojlanish omillari, haqida tasavvur va bilimga ega boʻlishi; (bilim)
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Fan mohiyati va mazmunini tushunishi kerak;
- Fanga oid atamalarni bilishi kerаk;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | Pos | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
1917-yil fevral inqilobi va bolsheviklar tomonidan oktyabr davlat to‘ntarilishini amalga oshirilishining Turkiston o‘lkasiga ta’siri
|
2 |
1 |
|
| 2. |
O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi
|
2 |
2 |
|
| 3. |
O‘zbekiston 1925-1941-yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar).1945-1991-yillarda O‘zbekiston.
|
2 |
3 |
|
| 4. |
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi dastlabki qadamlar. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
|
2 |
4 |
|
| 5. |
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. Jahon iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
|
2 |
5 |
|
| Jami | 10 | |||
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | POS | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
1917-yil fevral inqilobi va bolsheviklar tomonidan oktyabr davlat to‘ntarilishini amalga oshirilishining Turkiston o‘lkasiga ta’siri
|
2 |
1 |
|
| 2. |
O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi
|
2 |
2 |
|
| 3. |
O‘zbekiston 1925-1941-yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar).1945-1991-yillarda O‘zbekiston.
|
2 |
3 |
|
| 4. |
O‘zbekistonning mustaqilligi yo‘lidagi dastlabki qadamlar. Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.
|
2 |
4 |
|
| 5. |
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, iqtisodiy islohotlarning jadallashuvi. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi. Jahon iqtisodiy inqirozi va uni O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari.
|
2 |
5 |
|
| Jami | 10 | |||
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
POS | |
|---|---|---|---|
| 1. |
1917-yil fevral inqilobi va Oktabr to‘ntarishi. Turkiston muxtoriyati – milliy demokratik davlatchilikning dastlabki tajribasi |
1 |
|
| 2. |
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat |
2 |
|
| 3. |
Turkistonda sovet boshqaruv tizimining mustahkamlanishi, ijtimoiy- iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlar. |
3 |
|
| 4. |
Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. |
4 |
|
| 5. |
XXSR va BXSRning tashkil topishi. O‘rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanishning o‘tkazilishi. |
5 |
|
| 6. |
O‘zbekiston 1925-1941-yillarda. |
6 |
|
| 7. |
O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945-yillar). |
7 |
|
| 8. |
1917-1991-yillarda Qoraqolpog‘iston (sovet xokimiyatini o‘rnatilishi va va mustahkamlanishi). |
8 |
|
| 9. |
1985-1991-yillarda O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning xususiyatlari. |
9 |
|
| 10. |
Mustaqil O‘zbekiston respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. |
10 |
|
| 11. |
O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi. |
11 |
|
| 12. |
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar. |
12 |
|
Talaba berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻrinishida himoya qiladi
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Zamonov A., Egamberdiyev A. O‘zbekiston tarixi. IV qism. Barcha mutaxassisliklar uchun darslik. – Toshkent, Bayoz, 2022.
- O‘zbekiston tarixi. (Eng qadimgi davrdan bugungi kungacha) I-X jild. Asqarov A. [va boshq.] Toshkent: Ma’naviyat, 2023.
- Murtazayeva R.H., Yermetov A.A., Odilov A.A. va boshq. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. – Toshkent: 2024
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Мирзиёев Ш.М. Ҳозирги замон ва Янги Ўзбекистон. – Toshkent: O‘zbekiston, 2024.
- To‘xtaboyeva D.T. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: ma’naviy yangilanish, madaniy taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2021
- Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent. O‘zbekiston, 2011
- Oblamurodov N., Tolipov F. O‘zbekistonning eng yangi tarixi. Darslik. – Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2022.
- Insopov A.A. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishi va rivojlanish tarixi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Universitet. 2023.
- Alimardonov. O‘zbekistonning eng yangi tarixi: tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari (o‘quv qo‘llanma). – Toshkent: FAST SUPPORT AND RESULT, 2023.
7.3. Axborot manbaalari
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) | |
|---|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | |||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida | |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-3 hafta(lar) davomida | |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 2-3 hafta(lar) davomida | |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 2-3 hafta(lar) davomida | |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | |||||
| Jami | 40 | ||||
| Oraliq imtihon (OI) | |||||
| 1. | TEST | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 3-hafta | |
| Jami | 20 | ||||
| Yakuniy imtihon (YI) | |||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng | |
| Jami | 40 | ||||
| Jami | 100 | ||||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Yunusova Buxajalxon Alimovna, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
buxajalxonyunusova@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
B.Tojibayev - KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- M.G.Abdullayev - Andjion davlat universiteti, Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori, t.f.d., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 303 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) B.Yunusova Fan oʻqituvchisi |
