Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5
Fan nomi Dermatovenerologiya va bolalar dermatovenerologiyasi Fan kodi DVBDV16-706
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ Talaba mustaqil ishi/ vazifa/ topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
6 24
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Dermatovenerologiya fanini oʻqitishdan maqsad – boʻlajak pediatr oilaviy shifokor amaliyotida kerak boʻladigon oʻquv, ilmiy adabiyot va maʼlumotnomalar bilan mustaqil ravishda ishlay bilishi, bolalar va kattalardagi teri, teri hosilalari, shilliq qavatlarning tugʻma va orttirilgan hastaliklarini, zamburugʻli va oʻsma kasalliklarini jinsiy yoʻl bilan yuqadigon kasalliklarni (JYBYK) mustaqil ravishda aniqlashni oʻrgatish, teri kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va patomorfologiyasi, klinik belgilari, kasallikning tasnifi, ularning erta va qiyosiy tashxisini asoslarini biladigan, kasalliklarning ogʻirlik darajasi va asoratlariga qarab bemorlarni kasalxonaga yotqizish koʻrsatmalarini biladigan, teri va shilliq qavatlarning patologik holatlarida mustaqil ravishda birinchi tibbiy yordamni koʻrsata oladigon yuqori malakali bakalavr pediatr shifokorlarini mutaxassislar tayyorlashdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Odam anatomiyasi (OAN112312)

2. Gistologiya, sitologiya, embriologiya (GSEM12-308 )

3. Normal fiziologiya (NFZ13408)

4. Biokimyo (BK13-408 )

5. Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya (MV113-406)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • teri va ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatlarining tekshirish usullari;
  • birlamchi va ikkilamchi morfologik elementlarni aniqlay olish;
  • tashxis qoʻyishda asosiy fenomen va sinamalarni oʻtkazish usullari;
  • OIV/OITS va zaxm kasalliklarini aniqlashda serologik tekshiruvlar hamda zamburugʻ, gonokokk va trixomonadalarni aniqlashda mikroskopik tekshiruvlar uchun patologik materiallar olish usullari;
  • onadan bolaga infeksiyani oʻtishga olib keladigan omillar;
  • teri kasalliklarining mahalliy davolash tamoyillari;
  • anafilaktik shok, oʻtkir eshakemi, Kvinke shishida tez yordam koʻrsatish usullari;
  • tibbiyot xujjatlarini olib borish va laborator-uskunaviy tekshiruvlarning natijalarini taxlil qilish tamoyillari, vazifalarini aniqlay bilish, laborator va instrumental tekshirish usullari yordamida klinik tekshiruv oʻtkazish xaqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • asosiy kasallikning klinik kechishini oʻziga xos xususiyatlarini aniqlay bilish;
  • asoratlar va yoʻldosh kasalliklarni aniqlay bilish;
  • Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan kasalliklar tasnifiga muvofiq klinik tashxisni taʼriflash va asoslash;
  • kasallik rivojlanishining individual va patologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda kompleks taktikani aniqlash;
  • vaqtinchalik ishga qobiliyatsizlikni ekspertizasini oʻtkazish;
  • reabilitatsion, profilaktik, sanitar-gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlar rejasini ishlab chiqish, dispanser koʻzatuvini oʻtkazish;
  • Klinik tashxis qoʻyish usullari, koʻzdan kechirish, palpatsiya usullarini bilish va amaliyotda qoʻllash

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • dermografizmni aniqlash;
  • diaskopiya;
  • Kebner fenomenini aniqlash;
  • Uikxem toʻrini aniqlash;
  • siydik chiqarish kanalidan surtma olish;
  • akantolitik Tsank xujayralariga tekshirish;
  • pufaklar suyuqligini eozinofillarga tekshirish;
  • Balser sinamasi;
  • yara yuzasidan rangsiz treponemaga tekshirish uchun surtma olish uslubi;
  • Kerion Selsni aniqlash;
  • Asbo-Gansen simptomini aniqlash;
  • Minor sinamasi;
  • Mitsuda sinamasi;
  • Olma jele simptomini aniqlash;
  • Pospelov simptomi (zond choʻqish simptomi) aniqlash;
  • Ganzen tayoqchalariga surtma olish;
  • Borovskiy tanachalariga surtma olish;
  • Bene-Mesherskiy simptomini aniqlash;
  • Yaddason sinamasi;
  • Tompson sinamasini oʻtkazishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • Dermografizmni aniqlash;
  • Maxalliy davolash – namlash—xoʻllash (primochka) qoʻyish texnikasi
  • Qoʻtir kanasini izlash
  • Psoriaz diagnostik uchlikni aniqlash
  • Nikolskiy simptomini aniqlash;
  • Moxovda sezgirlikni aniqlash testi kabi amaliy koʻnikmalariga (shu jumladan klinik amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak.
  • Bemorlarni soʻrab surishtirish natijasida kasallikni kelib chiqishini aniqlash
  • bemorlarni instrumental tekshirish natijasida (koʻzdan kechirish, palpasiya, punksiya) kasallikning obʼektiv belgilarini aniqlash;
  • asosiy klinik simptomlarni mustaqil tashxislash;
  • keng tarqalgan teri kasalliklarni tipik shakllarida klinik tashxisni qoʻyish va uni asoslab berish;
  • umumiy qon, siydik, najas, va bioximik tekshiruvlarni tahlil qila bilish;
  • bemorlarning umumiy tekshirish natijalarini kasallik tarixidan dastlabki tashxisini asoslab, muolaja varaqasini toʻldirib hamda kelgusi tekshirish rejasini tuzish malakalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Dermatozlarni umumiy klinik belgilari

  1. patomorfologiyasi,
  2. birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalari.
2
2.

Terining yuqumli kasalliklari.

  1. piodermiyalar,
  2. dermatozoonozlar,
  3. mikozlar
2
3.

Dermatitlar.

  1. Ekzema.
  2. Toksikodermiyalar.
  3. Eshakemi.
2
Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Dermatozlarni umumiy klinik belgilari va patomorfologiyasi.  

  1. Teri va shilliq qavatning anatomiya va gistologiyasi. Teri kasalliklar va JYBYUIlar bilan ogʻrigan bemorlarni tekshiruv uslublari.
  2. Dermatozlarning rivojlanishini endogen va ekzogen omillari. Birlamchi va ikkilamchi morfologik toshmalar.
  3. Teri kasalliklarini aniqlash, umumiy va mahalliy davolashning prinsiplari.
  4. Bolalarda teri va teri hosilalarini anatomiya va gistologiyasi.
2
2.

Piodermiyalar.  

  1. Xusnbuzar.
  2. Dermatozoonozlar.
  3. Terining yiringli kasalliklarining klinik tasnifi.
  4. Strepto-stafilodermiyalar, aralash piodermiyalar.
  5. Oddiy xusnbuzar.
2
3.

Qo‘tir  

  1. bitlash.
2
4.

Allergodermatozlar.  

  1. Dermatitlar.
  2. Oddiy va
  3. Allergik kontaktli dermatitlar.
2
5.

Toksikodermiyalar  

  1. sulfanilamid eritemasi.
  2. Koʻp shaklli ekssudativ eritema.
  3. Eshakemi.
2
6.

Ekzema.  

  1. Neyrodermatozlar.
  2. Chin ekzema,
  3. mikrobli ekzema, seboreyali, professional va bolalar ekzemasi.
2
7.

Atopik dermatit.  

  1. Neyrodermit
  2. chegaralangan va
  3. tarqalgan klinik turlari,
  4. qichima, strofulyus.
2
8.

Terining zamburug‘li kasalliklari.  

  1. Keratomikozlar,
  2. dermatomikozlar,
  3. kandidozlar.
  4. Onixomikozlar.
2
9.

Terining virusli infeksiyalari.  

  1. OITS.
  2. Oddiy uchuq,
  3. oʻrab oluvchi temiratki.
  4. Yuqumli mollyusk, oʻtkir uchli kondilomalar,
  5. soʻgallar.
2
10.

Terining virusli infeksiyalari.  

  1. OITS.
  2. OITSda teri kasalliklari.
2
11.

Pufakli dermatozlar.  

  1. Akantolitik poʻrsildoq yara.
2
12.

Dyuringning uchuqsimon dermatiti.  

  1. Lever pemfigoidi.
  2. Pufakli dermatozlarni taqqoslash tashxisi.
2
Jami 24

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Seboreya. Pushti rangli xusnbuzarlar. Chaqaloqlarning yiringli kasalliklari.

2.

Layell va Stivens–Djonson sindromlari.

3.

Professional dermatozlar.

4.

Parapsoriaz. Psoriaz va boshqa dermatozlarda davolashda kvant (PUVA, lazeroterapiya) terapiyaning zamonaviy asoslari. Deverji kasalligi.

5.

Psoriaz va Qizil yassi temiratki – atipik turlari.

6.

Jiberning pushti rangli temiratkisi. Kaposhining sarkomasi. Ekzema Kaposhi. IFA va PTSR

7.

Bullyoz epidermoliz. Xeyli–Xeyli kasalligi.

8.

Chuqur mikozlar, alopetsiya.

9.

Leyshmaniozni tuberkuloid turi, visseral leyshmanioz.

10.

Nevuslar. Genodermatozlar.

11.

Ksantelazmalar, lipomalar, gigromalar.

12.

Yumshoq shankr. Venerik limfogranulema. Donovanoz

13.

Zaxmning yomon sifatli kechishi haqida tushuncha. Patogenezi, klinik namoyon bo‘lishining o‘ziga xosligi.

14.

Enteropatik akrodermat

15.

Qiz bolalar so‘zagi. Gonoblenoreya va uning profilaktikasi, gonokokkli proktit. Bakterial vaginoz. Mikoplazmoz, ureaplazmoz.

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Mannanov A.M., Xaitov K.N. Bolalar teri va tanosil kasalliklari. Darslik. –Toshkent. «IQTISOD-MOLIYA» 2016 y. 560 стр.
  2. Родионов А.Н., Заславский Д.В., Сидиков А.А. Дерматология. Иллюстрированное руководство по клинической диагностике. – Москва. “Гранитца”. 2018 г. 944 стр.
  3. Eshboyev E.X., Tashkenbayeva U.A., Teri-tanosil kasalliklari va ularning laboratoriya tashxisoti. Darslik. Toshkent. – “Navro‘z”. 2018y. 248 b.
  4. Vaisov A.Sh., Teri-tanosil kasalliklari. Darslik. - Toshkent, “Yangi asr avlodi”. 2009y. 297 b.
  5. Скрипкин Ю.К кожные и венерические болезни. Учебник - Москва медицина 2000 г 896 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Abdullayev M.I., Xodjayeva S.M. – Dermatologiyada qo‘llaniladigan usul va sinamalar. Teri kasalliklarini mahalliy davolashning, umumiy tamoyillari. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent. «Turon-Iqbol». 2014 y.
  2. Pakirdinov A.B., Aliyev L.M. Qizil yassi temiratki. O‘quv qo‘llanma Toshkent 2020 y.
  3. Пакирдинов А.Б., Алиев Л.М. Венерический болезн. Монография Тошкент 2020 г
  4. Arifov S.S., Nabiyev T.A., Sabirov U.Yu. Jinsiy yul bilan yuquvchi infeksiyalar. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti». 2004 y.
  5. Arifov S.S., Abidova Z.M. Terining zamburug‘li kasalliklari. O‘quv qo‘llanma. - Toshkent. «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti». 2004 y.
  6. Мукаррамов М.А. Кожное и венерические болезни. Учебное пособие. - Тошкент. «Тиб китоб». 2002й.
  7. Atif Hasnain Kazmi. Color atlas of clinical dermatology. New Delhi, India. “Jaypee Brothers Medical Pub” 2015 g.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.mediashhera.aha.ru.
  • www.matrix.
  • www.cc.emory.edu
  • www.Mosbycom
  • www.skindex.com.
  • www.ama-assn/org

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Aliyev Lazizbek Maxamadjonovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: alievlazizbek096@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 101 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

L.Aliyev

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan