Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tarbiyachi ish hujjatlari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200 - Maktabgacha taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 4
Fan nomi Tarbiyachi ish hujjatlari Fan kodi TIX2404
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
14
(aud)
106
(must)
6 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga maktabgachа taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim- tarbiya va metodik ishlarni zamon talablari darajasida yangichа yondashgan holda tashkil etish hamda hujjatlar yuritilishida taʼlim mazmuni samaradorligini oshirishga qaratilganligini taʼminlashdan iborat. Bakalavr yoʻnalishida tahsil oluvchi talabalarga maktabgachа taʼlim tashkiloti tarbiyachisining faoliyati va unga qoʻyilgan talabla, ish hujjatlarini toʻgʻri yuritilishi tartibi haqida maʼlumotlar berish koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • maktabgachа taʼlim tashkiloti tarbiyachi faoliyati haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • maktabgachа taʼlim tashkiloti tarbiyachisiga qoʻyilgan talablari, bilishlari lozim;
  • tarbiyachi ish hujjatlarining toʻgʻri yuritilish bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • maktabgachа taʼlim tashkilotida taʼlimiy faoliyatni samarali rejalashtirish bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
  • maktabgachа taʼlim tashkiloti tarbiyachisiga qoʻyilgan malaka talablar;
  • ish hujjatlarini toʻgʻri yuritish tartibi;
  • maktabgachа taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy faoliyat turlari va oʻziga xosligi
  • maktabgachа taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy faoliyatlarni rejalashtirish va tashkil qilish;
  • taʼlimiy faoliyatga zamonaviy yondashuv;
  • maktabgachа taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy faoliyatlarni oʻtkazish va taxlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Hozirgi davr pedagog-tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat standarti. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (Takomillashtirilgan)

  1. Maktabgacha taʼlimda tarbiyachining lavozim vazifalari.
  2. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisiga qoʻyilgan malaka talablar.
  3. Pedagog-tarbiyachining kommunikativ qobiliyati, kreativligi, kasbiy kompetensiyasi.
  4. Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilgan talablarning maqsad, vazifalari.
  5. MTT taʼlim jarayonining maqsad va tamoyillari.
2
2.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruv hujjatlari. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining kasbiy faoliyati. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rin bosarining kasbiy faoliyati

  1. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar:
  2. Chiquvchi meʼyoriy– huquqiy hujjatlar:
  3. .Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining lavozim vazifalari va malaka talablari.
  4. Maktabgacha taʼlim tashkiloti metodistining lavozim vazifalari va malaka talablari.
  5. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrin bosarining ish hujjatlari.
  6. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik kengash
2
3.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy faoliyati. MTTda kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishda tarbiyachining roli. Bolalar rivojlanish xaritasi. Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimi

  1. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining lavozim vazifalari va malaka talablari.
  2. Tarbiyachi shaxsiy ish rejasining tuzilmasi.
  3. Bolalar davomatini qayd etish daftari.
  4. Guruhning kun tartibini toʻgʻri rejalashtirish.
  5. Sayrni toʻgʻri tashkillashtirish.
  6. Kunning ikkinchi yarmini samarali tashkil etish.
  7. Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha taʼlim tashkiloti
2
Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Hozirgi davr pedagog-tarbiyachining kasbiy kompetensiyasi O‘zbekiston Respublikasining Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat standarti. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (Takomillashtirilgan)  

  1. Maktabgacha taʼlimda tarbiyachining lavozim vazifalari.
  2. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisiga qoʻyilgan malaka talablar.
  3. Pedagog-tarbiyachining kommunikativ qobiliyati, kreativligi, kasbiy kompetensiyasi.
  4. Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyilgan talablarning maqsad, vazifalari.
  5. MTT taʼlim jarayonining maqsad va tamoyillari.
2
2.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining boshqaruv hujjatlari. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining kasbiy faoliyati. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rin bosarining kasbiy faoliyati  

  1. Kiruvchi meʼyoriy–huquqiy hujjatlar:
  2. Chiquvchi meʼyoriy– huquqiy hujjatlar:
  3. .Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining lavozim vazifalari va malaka talablari.
  4. Maktabgacha taʼlim tashkiloti metodistining lavozim vazifalari va malaka talablari.
  5. Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktor oʻrin bosarining ish hujjatlari.
  6. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik kengash
2
3.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rin bosarining ish hujjatlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik kengash Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy faoliyati.  

  1. Direktor oʻrin bosarining shaxsiy ish rejasi
  2. MTTda kun tartibini toʻgʻri tashkil etishda tarbiyachining roli
  3. Bolalar rivojlanish xaritasi
  4. Tarbiyachining pedagoglar bilan oʻzaro hamkorlik ish rejasi
  5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy faoliyatni rejalashtirish
2
4.

Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti  

  1. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi.
  2. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti defektologi.
  3. Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha taʼlim tashkiloti
  4. Koreya maktabgacha taʼlim tashkiloti
  5. Singapur maktabgacha taʼlim tashkiloti
2
Jami 8

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti.

2.

Tarbiyachining pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi.

3.

Bolalar rivojlanish xaritasi.

4.

Tarbiyachining ish hujjatlarini tayyorlash.

5.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rin bosarining ish hujjatlari.

6.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik kengash.

7.

Pedagogik kengash faoliyatini tashkil etish va uning ish mazmuni.

8.

MTTda kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishda tarbiyachining roli.

9.

Guruhning kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirish.

10.

Psixolog bilan hamkorlik.

11.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatni rejalashtirish.

12.

Tarbiyachining pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi.

13.

MTTda umumiy guruh bo‘lib tashkil etiladigan ta’limiy faoliyatlarning shakllari.

14.

O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat standarti.

15.

Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimi.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni berilgan mavzu boʻyicha taqdimot (slayd), koʻrgazma, tarqatma, test tayyorlab topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Qodirova F., Toshpo‘latova Sh., Qayumova N., A’zamova M., Maktabgacha pedagogika. Darslik. T.: “Tafakkur” nashriyoti, 2019. 2.
  2. Esonova M.A. “Maktabgacha pedagogika”. Darslik. 2020.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi 23.09.2020- yildagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 22-dekabrdagi 802-sonli Qarori.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Maktajbgacha va maktab ta’limi vazirligivazirligining 2023-yil 28- avgustdagi 199-sonli Qarori.
  4. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonun 2019-yil 16-dekabr O‘RQ - 595-son

7.3. Axborot manbaalari

  • https://lib.adpi.uz/preview?filename=tarbiyachiningishhujjarlari.pdf

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-4 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-4 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarMuammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobotkoʻrinishida rasmiylashtiriladi101-4 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-4 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan testlar. 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Israilova Xusnida Adilovna.,
katta oʻqituvchi, p.f.b.f.d., (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: adilovna1989@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d., (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

U.R.Axunov - ADPI p.f.b.f.d., (PhD), --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, E 604-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

X.A.Israilova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi