![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2026-yil |
Umumiy pedagogika
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, oʻquv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qoʻyilgan zamonaviy talablar, taʼlim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Umumiy psixologiya (Umpsix108)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- pedagogik taʼlim tizimining samaradorligi, unga taʼsir qiluvchi omillar haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- pedagogik qaror qabul qilish usullarini bilishlari lozim;
- taʼlim-tarbiya turlari va ularni amalga oshirish haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- pedagogika nazariyasi va tarixi haqida bilimga ega boʻlishi kerak;
- pedagogik madaniyat, pedagogika nazariyasi va tarixining xronologiyalari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi zarur;
- pedagogikaning zamonaviy texnologiyalarini bilishi kerak
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- pedagogik jarayonni shakllantirish, ularni amalga oshirishni bilishi;
- pedagogik xulosalar chiqarish;
- pedagogika nazariyasi va tarixining tadqiqot metodlari tamoyillari, taʼlim shakllarini tashkil etish texnologiyasini qamrab olgan asosiy qoida va tushunchalar, dars mashgʻulotiga qoʻyilayotgan pedagogik va pedagogika nazariyasi va tarixi fani talablariga oid xususiyatlarini bilish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Pеdagogika - ijtimoiy fan sifatida. |
| 2. |
Pеdagogika tarixi fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. |
| 3. |
O‘zbekistоn Respublikаsi tа’lim tizimidа mоdernizаtsiyа jаrаyоnlаri. |
| 4. |
Tarbiya jarayonining mazmuni va tarbiyalanganlik mezonlari |
| 5. |
Tаrbiyа jаrаyоnining shаkllаri vа metоdlаri |
| 6. |
Tа’lim jаrаyоnining mоhiyаti |
| 7. |
Ta’lim mеtodlari tushunchasi. Ta’lim mеtodlarining tasnifi. |
| 8. |
Ijtimоiy pedаgоgikаning maqsadi va predmeti. |
| 9. |
Ta’lim jarayonida interaktiv metodlarni qo’llash metodikasi. |
| 10. |
Ta’limda AKT va interaktiv texnologiyalardan foydalanish |
| 11. |
Pedаgоgik diаgnоstikа vа uning аhаmiyаti. |
| 12. |
Korrеksion pеdagogikaning prеdmеt, maqsad va vazifalari. |
| 13. |
Ta’lim muassasasini boshqarish asoslari |
| 14. |
Ta’lim mеnеjmеnti tushunchasi. Boshqarish madaniyati. |
| 15. |
Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratning asosi sifatida |
Talabalar fan masullari tomonidan berilgan topshiriqlardan tashqari ilovada berilgan mavzulardan biriga mustaqil ravishda tayyorgarlik koʻrib, taqdimot/ slayd/ pedagogik esse/ media/ vizual/ poster/ metodika/ koʻrgazma/ hisobot/ tarqatma koʻrinishida himoya qiladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Xolov O. Ch. “Umumiy pedagogika” “NIF MSH” nashriyoti Toshkent-2023.
- Abdullayeva B.S., Xoliqov A.A. va boshqalar “Umumiy pedagogika” (pedagogika nazariyasi) “Innovatsiya-ziyo” nashriyoti Toshkent-2022yil
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Orziqulov X., Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2025 y. –502 b.
- Nuraliyeva N.B., Berdaliyeva G.A. “Umumiy pedagogika va psixologiya” o’quv qo’llanma “Ziyo nashr-matbaa” Guliston-2024yil
- Mirqosimova M., Kasimova Z., Rasulova F. “Umumiy pedagogika va psixologiya” Darslik Toshkent-2022yil
7.3. Axborot manbaalari
- https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-18-05-33-48_2e39eb0a44289373d352ed906053f940.pdf 2. https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-ta-lim-pedagogikasi-mazmuni
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-3 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-4 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
oyazimxonj@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
U.Shobduraximova - ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD) I.Mamajonov - KUAF, Akademik ishlar boʻyicha prorektor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-Payshanba, soat 14.00 – 16.00, E 603-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) O.Jakbarova Fan oʻqituvchisi |
