![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Jamoat salomatligi. marketing, menejment.
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni tashkil etish fani haqida tushuncha, fanining vazifalari, profilaktik tibbiy koʻriklar oʻtkazish, stomatologik patologiyasi boʻlgan bemorlarni dispanserizatsiya nazoratiga olish, kasalliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tibbiy-statistik tahlil qilishning ijtimoiy-gigiyenik usullaridan foydalana olishi, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilishni shakllantirishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Gigiyena, harbiy gigiyena. Tibbiy ekologiya (GHGTE1406)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- inson salomatligiga salbiy taʼsir etuvchi xavf omillari va ularni bartarf etishni;
- statistik tadqiqot va uni oʻtkazish bosichlarini;
- tibbiyot statistikasi asoslarini, koʻrsatgichlarni xisoblab, ularga baho berishni bilishlari lozim;
- nisbiy miqdorlar, oʻrtacha miqdorlar, grafik tasvirlar, korrelyatsiya, dinamik qatorlar, standartlashtirish haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- davolash profilaktika muassasalarining normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi kerak;
- kasalliklar koʻrsatgichlarini xisoblash va statistik tahlil qilishni bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Aholi salomatligi,davolash-profilaktika muassasalari faoliyatining asosiy koʻrsatgichlarini tahlil qilish, ularni taqqosiy baholash;
- Aholiga davolash –profilaktika yordamini tashkil qilish;
- Mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish;
- Sogʻliqni saqlash va tibbiy yordamning sifatini nazorat qilishni;
- Aholini gigiyenik tarbiyalash va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish ishlarini oʻtkazish;
- Kasalliklarni erta diagnostikasi, kelib chiqishini va tarqalishini oldini olish;
- Profilaktik tibbiy koʻrikalar oʻtkazish, sogʻlom va surunkali kasalliklari boʻlgan aholini dispanserizatsiyasi va dispanser kuzatishni amalga oshirishga tayyor boʻlish malakasiga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Nisbiy miqdorlar, ularning tibbiyotda qo‘llanilishi |
| 2. |
O‘rtacha miqdorlar, turlari, hisoblash usullari, tibbiyotda qo‘llanilishi |
| 3. |
Grafik tasvirlar, ularning qo‘llanilishi |
| 4. |
Korelyatsiya koefitsenti, uning baholash usullari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi |
| 5. |
Dinamik qatorlar, turlari, ko‘rsatkichlari, statistik tahlil etishda qo‘llanilishi |
| 6. |
Aholi orasida demografik jarayon va demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash usullari |
| 7. |
Ijtimoiy-gigienik ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklarni o‘rganish, ularni kamaytirish borasida oilaviy shifokorning roli |
| 8. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami. Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining ish faoliyatini tashkil qilish. Dispaserizatsiya |
| 9. |
OP, OShP va statsionar (kasalxona) ish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish usullari |
| 10. |
Shoshilinch tibbiy xizmat va ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati. Tez tibbiy yordam stansiyalarining ish faoliyatining mazmuni, asosiy vazifalari, ish faoliyatini tahlili. |
| 11. |
Sog‘liqni saqlash tizimida marketing asoslari. |
| 12. |
Zamonaviy menejment. Sog‘liqni saqlash tizimida sifat menejmenti |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni taqdimot, test, krossvord va vaziyatli masalalar koʻrinishida topshiradilar
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Mamatqulov B.M. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish. Tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik. Toshkent: «IJOD PRINT», nashriyoti. 2019yil. 640 bet.
- Искандарова Ш., Расулова Н.Ф., Черных А.М. Тиббиёт статистикаси ва биостатистиканинг асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент-2020 йил
- Маматкулов Б. Тиббиёт статистикаси (Биостатистика) асослари. Тиббиёт укув юртлари талабалари учун амалий машгулотлардан укув кулланма. Тошкент-2005 йил.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari.
- Iskandarova SH.T., Maxmudova N.M., Djalilova G.A. Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilishning asosiy masalalari, O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2011 y
- Richard Skolnik Global Health 101., USA, 2015 y.
- Iskandarov T.I., Abdufattaev A.A. Jamoatchilik salomatligi va sog‘liqni saqlash, Darslik. Toshkent. 2008 y.
7.3. Axborot manbaalari
- https://yandex.ru/search/?text=mamtqulov+jamoat+salomatligi&clid=2411726
- https://yandex.ru/search/?text=tibbiyot+statistikasi+mamatqulov&clid=2411726
- https://tipme.uz/oz/pages/the_documents/orders_ministry/
- www.minzdrav.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / tarqatma material/ testlar / krossvordlar/ vaziyatli masala yechish shakllarida amalga oshiradi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrni dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13-haftalar davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot /tarqatma material/ testlar / krossvordlar/ vaziyatli masala yechish shakllarida amalga oshiradi. | 10 | 4-14-haftalar davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Uyga berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va PDF shakilida hemis platformasiga joylash | 5 | 4-13-haftalar davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13-haftalar davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | fanga doir oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Xasanova Shoiraxon Abdujabborovna, KUAF, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
shoiraxasanovaabdujabborovna@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
S.Babich - ADTI Ijtimoiy gigiyena va SSB kafedrasi mudiri, dotsent , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- M.Saliyeva - KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 18.00, B bino, 303-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) A.Mamatyusupov Kafedra mudiri |
(imzo) Sh.Xasanova Fan oʻqituvchisi |
