Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Pedagogik akmeologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Pedagogik akmeologiya Fan kodi PA2305
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
20 40
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi pedagogik akmeologiya, shaxs kamoloti muammosining ijtimoiy-psixologik jihatlari, professionalizm, pedagogik akmeologiyaning metodologik asoslari, pedagogik akmeologiyaning qonuniyatlari, pedagogning psixologik-akmeologik kompetentligi masalalari haqida bilim berish. Talabalarda nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, pedagogik akmeologiya, shaxs kamoloti jarayonlari haqida yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, pedagogik akmeologiyaning qonuniyatlari ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish pedagogik akmeologiyaning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatini oʻrgatish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika ((EDU101))

2. Umumiy psixologiya ((PSY 101))

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • pedagogik akmeologiya fanini oʻqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalarni,
  • pedagogik akmeologiya darslarida zamonaviy taʼlim vositalardan foydalanishni,
  • zamonaviy talablar asosida pedagogik akmeologiya darslarini samarali tashkil qilish yoʻllarini,
  • taʼlim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini bilishi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • pedagogik akmeologiya fanini oʻqitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʻllaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor boʻlishi;
  • pedagogik akmeologiya oʻqitishda qoʻyiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi;
  • pedagogik akmeologiya fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini taʼminlash;
  • mashgʻulotlarda taʼlim resurslaridan samarali foydalanish;
  • oʻqitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va oʻquvchilarga yetkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Pedagogik akmeologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanish tarixi

  1. P. Akmeologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
  2. P. Akmeologiyaning ilmiy bilimlarning yangi tarmogʻi sifatida shakllanishi.
  3. P. Akmeologiya fani paydo boʻlishining konseptual asoslari.
  4. P. Akmeologiya fani tomonidan hal qilingan asosiy vazifalar.
2
2.

Pedagogik akmeologiyaning nazariy-metodologik asoslari.

  1. P. Akmeologiya inson yetukligining turli bosqichlarida rivojlanish qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi fan sifatida.
  2. P. Akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning fanlar tizimidagi oʻrni.
  3. P. Akmeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2
3.

Pedagogik akmeologiyaning metodologik tamoyillari va yondashuvlari

  1. P. Akmeologiyada umummetodologik tamoyillar: determinizm, rivojlanish, insonparvarlashtirish.
  2. P. Akmeologiyada tadqiqotning oʻziga xos uslubiy tamoyillari: faoliyat subʼyekti, hayotiy faoliyat, salohiyat va dolzarblik, operatsion-texnologik, teskari aloqa.
  3. P. Akmeologiyada tadqiqotning muayyan metodologik yondashuvlar: murakkab, tizimli, subʼyektiv.
2
4.

Pedagogik akmeologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari

  1. P. Akmeologik tadqiqot metodlari. Akmeologiyada test usullari. Psixobiografik metod.
  2. P. Akmeologik va akmeosentrik yondashuvlar. Akmeologik ekspertiza. Akmeografik tavsiflar va akmeogramma.
  3. P. Akmeologiyada tajriba-sinov. Akmeologiyada tajribaning oʻziga xosligi. Akmeologik metodlarni qoʻllash amaliyoti.
  4. P. Akmeologik diagnostikaning nazariy-uslubiy asoslari va konseptual yondashuvlari. Akmeologik diagnostika obʼyekti, predmeti va vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari.
2
5.

Pedagogik akmeologiyaning asosiy yo‘nalishlarini turkumlash

  1. P.Akmeologiyaning jamiyatshunoslik va insonni anglash tizimidagi oʻrni.
  2. P.Akmeologiyaning tafakkurning ijtimoiy-madaniy tizimi.
  3. P.Akmeologiyaning insonni anglash tizimi bilan oʻzaro munosabati.
  4. Klassik akmeologiya. Fundamental akmeologiya. Boshqaruv akmeologiyasi. Taʼlim akmeologiyasi.
2
6.

Pedagogik akmeologiyaning integrativ aloqalari

  1. Kasbiy aks ettirishning psixologik va akmeologik asoslari.
  2. Kattalar taʼlim maydonini akmeologik loyihalash.
  3. Shaxsni kompleks tarbiyalashda tibbiy va pedagogik taʼlim integrasiyalashuvining tarixiy bosqichlari.
2
7.

Inson rivojlanishining “akme” cho‘qqilari

  1. “Akme” fenomeni va uning asosiy belgilari. “Akme” yangi fanning asosiy tushunchalaridan biri sifatida.
  2. Inson shaxsining rivojlanishida “Akme” choʻqqisi. “Men” - shaxsning “Biz” psixologik maqomiga ega boʻlgan ijtimoiy sifati ekanligi.
  3. Shaxsning balogʻat yoshidagi rivojlanishida kuzatiladigan “akme” choʻqqisining asosiy xususiyatlari. Inson rivojlanishining “mikroakme” va “makroakme” oraliq choʻqqilari.
2
8.

Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishini sifat va miqdoriy jihatdan baholash metodlari

  1. Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishini oʻlchash va baholash usullari. Miqdoriy va sifat oʻlchovlar.
  2. Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishini oʻlchashning asosiy yoʻnalishlari.
  3. Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishidagi ziddiyatlar.
  4. Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishi va uning monitoringi.
2
9.

Pedagog faoliyatida akmeologik texnologiyalar

  1. “Texnologiya” fenomeni. Akmeologik texnologiyalarning mohiyati.
  2. Pedagogning shaxsiy-kasbiy rivojlanishida akmeologik texnologiyalarining oʻrni.
  3. Akmeologik texnologiyalarning oʻziga xosliklari
  4. Texnologiyaning fan va amaliyot tizimidagi ahamiyati. “Psixotexnologiya” fenomenologiyasi. Akmetektonika.
2
10.

O‘yin modeli pedagogik akmeologiyaning o‘ziga xos turi sifatida

  1. Oʻyin modellari akmeologiyaning oʻziga xos turi.
  2. Oʻyinlarni modellashtirish texnologiyalari. Shaxs, guruh va faoliyatni rivojlantirishda modellashtirish oʻyinlari.
  3. Modellashtirish oʻyinlarining mexanizmlari. Oʻyinlarda shaxs rivojlanishini modellashtirish.
  4. Oʻyinni modellashtirish pedagog faoliyatining akmeologik modeli sifatida.
2
Jami 20
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Pedagogik akmeologiyaning shakllanish tarixi va hozirgi kundagi rivojlanishi  

  1. Pedagogik akmeologiya fanining shakllanish tarixi
  2. Pedagogik akmeologiyaning shakllanish tarixiga doir Assistiment oʻtkazish
  3. Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi
2
2.

Pedagogik akmeologiya fanining metodologiyasi va metodlari  

  1. Pedagogik akmeologiya fanining metodologiyasi.
  2. Pedagogik akmeologiya fanining metodlari.
  3. Metodlarning amaliy ahamiyati va samaradorligi.
2
3.

“Akme” fenomenining mohiyati va akmeologik qonunlar  

  1. “Akme” tushunchasining mohiyati.
  2. Akmeologiya fanining hozirgi kundagi rivojlanishi
  3. “Akme” holatini aniqlash mezonlari.
2
4.

Pedagogning kasbiy rivojlanishida “Akme” hodisasi va akmeologik pozitsiya  

  1. Pedagog kasbiy faoliyatida “akme” hodisasining mohiyati va namoyon boʻlish shakllari.
  2. Akmeologik pozitsiya tushunchasi va uning asosiy komponentlari.
  3. Pedagogning akmeologik pozitsiyasini shakllantirish texnologiyalari.
2
5.

Insonni individ, shaxs va faoliyat sub’yekti sifatida akmeologik o‘rganish  

  1. “Individ”, “shaxs” va “faoliyat subʼyekti” tushunchalarining akmeologik mazmuni.
  2. Har bir darajada rivojlanish omillari va akmeologik mezonlar.
  3. Shaxsning faoliyat subʼyekti sifatida “akme”ga erishish yoʻllari.
2
6.

Insonning yosh rivojlanishini davriylashtirishga akmeologik yondashuv  

  1. Yosh davrlarini davriylashtirish nazariyalari va akmeologik talqin.
  2. Har bir yosh bosqichida shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.
  3. Yosh davrlariga mos ravishda “akme” bosqichiga erishish strategiyalari.
2
7.

Akmeologiyaning sohalari va uning boshqa fanlar bilan aloqasi.  

  1. Akmeologiya va uning fanlar tizimidagi oʻrni.
  2. Akmeologiyaning jamiyatshunoslik bilan bogʻliqligi.
  3. Akmeologiyaning boshqaruv, pedagogik, harbiy, sport akmeologiyasi kabi tarmoqlari.
2
8.

Turli kasbiy sohalarda shaxsiy-kasbiy rivojlanishning akmeologik qonuniyatlari  

  1. Akmeologik qonun va qonuniyat haqida tushuncha. Akmeologik tajriba.
  2. Akmeografik tasvirlash.
  3. Turli kasbiy sohalarda shaxsiy – kasbiy rivojlanishining akmeologik qonuniyatlari.
  4. Muloqot tushunchasi haqida. Pedagogik muloqotda trening mashgʻulotlari
2
9.

Pedagogik muloqot akmeologik muammo sifatida  

  1. Pedagogik muloqotning samaradorligi va kasbiy oʻsishdagi roli.
  2. Akmeologik yondashuv orqali muloqotni rivojlantirish usullari.
  3. Samarali muloqotga erishish yoʻllari.
2
10.

Pedagoglarning axloqiy-madaniy bilimlari uning kasbiy o‘sishining zaruriy komponenti sifatida  

  1. Axloqiy-madaniy bilimlarning pedagog kasbiy rivojlanishidagi oʻrni.
  2. Madaniy kompetentlik va uning tarkibiy qismlari.
  3. Axloqiy-madaniy bilimlarni rivojlantirish yoʻllari.
2
11.

Pedagogning akmeologik pozitsiyasini shakllantirish texnologiyasi  

  1. Akmeologik pozitsiya tushunchasi va mohiyati.
  2. Pozitsiyani shakllantirish bosqichlari.
  3. Texnologiyani amaliyotda qoʻllash usullari.
2
12.

Professionalizm akmeologiyaning muhim tushunchasi sifatida  

  1. Professionalizm tushunchasi va akmeologik talqini.
  2. Professionalizmning tarkibiy elementlari.
  3. Professionalizmni rivojlantirish yoʻllari.
2
13.

Pedagogning kasbiy kompetentligi va professionalizmi  

  1. Kasbiy kompetentlik va professionalizm oʻrtasidagi farq va oʻxshashliklar.
  2. Pedagogik kompetentlik turlari.
  3. Kompetentlik va professionalizmni baholash usullari.
2
14.

Pedagog professionalizmining akmeologik ko‘rsatkichlari: daraja va bosqichlari  

  1. Pedagog professionalizmining darajalari.
  2. Kasbiy rivojlanish bosqichlari.
  3. Har bir bosqichda akmeologik koʻrsatkichlar.
2
15.

Pedagog professionalizmi va psixologik-akmeologik kompetentligi tuzilmasi  

  1. Psixologik-akmeologik kompetentlikning tarkibi.
  2. Professionalizm bilan bogʻliqligi.
  3. Tuzilmani amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari.
2
16.

Akmeologik texnologiyalarning o‘ziga xosliklari  

  1. Akmeologik texnologiyalar turlari va xususiyatlari.
  2. Ularning pedagogik jarayondagi roli.
  3. Akmeologik texnologiyalar samaradorligini baholash.
2
17.

Pedagogik akmeologiyada modellashtirish  

  1. Modellashtirishning mohiyati va maqsadi.
  2. Akmeologik modellar turlari (akmeogramma, ideal model).
  3. Modellashtirishning kasbiy rivojlanishdagi ahamiyati.
2
18.

Akmeologik trening va o‘yin modelini tashkil etish texnologiyasi  

  1. Akmeologik trening tushunchasi va maqsadi.
  2. Oʻyin modeli turlari va ularni tashkil etish bosqichlari.
  3. Trening va oʻyin modelining natijalarini baholash.
2
19.

Pedagogik akmeologiyada modellashtirish  

  1. Pedagogik akmeologiyada modellashtirishning mohiyati va maqsadi.
  2. Akmeologik modellar turlari (akmeogramma, ideal model, rivojlanish modeli).
  3. Modellashtirishning pedagog kasbiy rivojlanishidagi amaliy ahamiyati.
2
20.

Professionalizm “akme”ning turi sifatida  

  1. Professionalizm tushunchasi va uning akmeologik talqini.
  2. Professionalizmning asosiy mezonlari va darajalari.
  3. Professionalizmning “akme” sifatida barqaror namoyon boʻlishi.
2
Jami 40

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Insonni individ, shaxs va faoliyat sub’yekti sifatida akmeologik o‘rganish.

2.

Akmeologiya fanini o‘rganishning asosiy yo‘nalishlari.

3.

Psixologiya va akmeologiyada subyektiv paradigma.

4.

Akmeologiya: professionallik cho‘qqisiga erishish yo‘llari.

5.

Insonning yosh rivojlanishini davriylashtirishga akmeologik yondashuv.

6.

Turli xalq va turli tarixiy davrlarda yetuklik mezonlarining o‘xshashligi. Insonning hayoti davomidagi “akme” cho‘qqisi.

7.

Insoniy fazilatlar va akme tizimidagi individuallik.

8.

10.Autopsixologik faoliyatning akmeologik komponentlari.

9.

Kasbiy faoliyatda guruhning “akme” (yetuklik) cho‘qqisi.

10.

Akmeologik mezonlar va guruhning “akme” (yetuklik) cho‘qqisiga erishish ko‘rsatkichlari.

11.

Amaliy akmeologiyaning predmet va vazifalar.

12.

Akmeologiyaning amaliy sohalarini tanlash mezonlari.

13.

Siyosiy akmeologiya. Harbiy akmeologiya.

14.

Tibbiy akmeologiya. Axborot akmeologiyasi.

15.

Boshqaruv akmeologiyasi

16.

Etnik akmeologiya. Psixologik va akmeologik maslahat strategiyalari.

17.

Akmeologik xizmat tomonidan shaxsning shaxsiy-kasbiy rivojlanishini akmetexnologik qo‘llab-quvvatlash.

18.

Akmeolog akmeologik xizmatda faoliyat subyekti sifatida.

19.

Autopsixologik kompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari. Autopsixologik treninglar.

20.

Akmeologiya fani ilmiy bilimlarning yangi tarmog‘i sifatida shakllanishi.

21.

Kasbiy mahoratni rivojlantirishda refleksiv-akmeologik yondashuv.

  Izoh: Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Abdullayeva M.A. “Pedagogik akmeologiya”. Darslik. “Usmon Nosir media”– Namangan- 2023. 256 bet.
  2. Yusupova D.S, Axmedova D.X. “Pedagogik akmeologiya”. O‘quv qo‘llanma. “Omadbek print”– Andijon- 2025. 188 bet.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Tillayeva G.H. “Akmeologiya asoslari” O‘quv qo‘llanma– T.:Tafakkur bo‘stoni, 2014.
  2. Mirsolieva M.T., Djamilova N.N. “Pedagogik akmeologiya”. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent- 2021.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279
  • https://advice.uz/oz/document/2349
  • https://lex.uz/
  • www.edu.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki54-13-haftalar davomida hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Axmedova Dilnozaxon Xabibullo qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: dilnozaaxmedova933@mail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Komilova - ADPI, Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, p.f.f.d., (PhD)

I.Mamajonov - KUAF, Akademik ishlar boʻyicha prorektor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Axmedova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi