Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2026-yil

 

Dinshunoslik

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410100 - Iqtisodiyot
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 2
Fan nomi Dinshunoslik Fan kodi SOC102
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti sem
30
(aud)
90
(must)
30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talaba-yoshlar tafakkurida dinning mohiyati, dunyoning diniy manzarasi, diniy va falsafiy qarashlarning oʻzaro bogʻliqligi, globallashuv jaryonlarida diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmning davlat va jamiyat xavfsizligiga salbiy taʼsirini bilish va unga qarshi kurashishda nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • dinning mohiyati,
  • jamiyat va shaxs hayotidagi oʻrni,
  • dunyoviy va diniy bilmlarning mutanosibligi,
  • din va fanning oʻzaro aloqasi,
  • diniy taʼlim va dunyoviy taʼlimning maqsadlari haqida Internet orqali amalga oshiriladigan falsfa medotlarini, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi kerak

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • diniy taʼlimotlarning tarixi va rivojlanish bosqishlarini oʻrganish, dinning asl mazmuni bilan uning soxta talqinlarini farqlash malakasini shakllantirish;
  • diniy mutaassiblik va aqidaparastlikning mazmunini tushunturish va unga qarshi kurashda egallangan nazariy bilimlarni amaliy hayotda qoʻllash;
  • ekstremizm va terrorizmning paydo boʻlish sabablarini aniqlash va uning oqibatlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilish;
  • diniy va dunyoviy jarayonlarga tanqidiy tafakkur nuqtai nazardan yondashuvni
  • shakllantirish;
  • talabaning mustaqil taʼlim olish jarayonida din tarixi, milliy va dunyoviy dinlar rivoji, diniy qadriyatlar haqida egallangan bilimlardan amaliyotda foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.1. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi POS
1.

Dinshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari

  1. Din ijtimoiy ong shakli, turmush tarzi, tafakkur uslubi va maʼnaviy qadriyat sifatida.
  2. Dinni oʻrganuvchi fan sohalari: dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya.Dinshunoslikning fan sifatida shakllanishi, uning predmeti, funksiyalari, kategoriyalari.
  3. Dinning mohiyati. Dindorlik va taqvodorlikning oʻzaro aloqasi va farqi. Dinning strukturasi va funksiyalari.
  4. Dinning turlari: politeizm, monoteizm va genoteizm
2

1

2.

Milliy dinlar

  1. Milliy dinlarning taʼrifi. Hindiston milliy dinlari: vedalar, upanishada, braxmanizm va hinduilik. Jaynizm va sikhizm taʼlimotlari. Xitoy milliy dinlari: konfutsizm va daosizmning mohiyati. Yapon milliy dini sintoizmning paydo boʻlishi va rivojlanishi.
  2. Yahudiylik milliy dinining tarixi, muqaddas matnlari, teologik asoslari va marosimlari.
  3. Tangrichilik eʼtiqodi va zardushtiylik taʼlimotining mohiyati. Avesto muqaddas manbasidagi gʻoyalarning tarbiyaviy ahamiyati.
2

2

3.

Buddaviylik dini tarixi va g’oyalari

  1. Buddabiylik talimotlarida olam va inson haqidagi gʻoyalar.
  2. Dzen buddaviylik taʼlimotlari.
  3. Chan buddizmning madaniy hayotga taʼsiri.
  4. Modern buddaviylikning oʻziga xos xususiyatlari. Global buddaviylik va uning yoʻhalishlari.
  5. Buddabiylik goʻyalarining tarbiyaviy ahamiyati.
2

3

4.

Xristianlik dini tarixi va g’oyalari

  1. Xristianlikning taʼlimoti, marosimlari va bayramlari.
  2. Xristianlikning asosiy yoʻnalishlari: katolitsizm gʻoyalarining oʻziga xos xususiyatlari. Pravoslavlik dinining mohiyati. Protestantlik dinining shakllanishi va rivojlanishi.
  3. Oʻzbekistonda xristian dinining tarixi va hozirgi zamon.
  4. Xristian dinida inson tarbiyasiga oid gʻoyalarning ijtimoiy ahamiyati
2

4

5.

Islom dini tarixi va mohiyati

  1. Xaniflar harakati. Arabiston yarim orolidagi diniy manzara.
  2. Tafsir ilmi.
  3. Islomda amallar tasnifi.
  4. Movarounnahrda islom dinining tarqalishi va madrasa taʼlimi shakllanishining.
2

5

6.

Islom dini manbalari, aqidaviy maktablari va ularning hozirgi davrdagi ahamiyati

  1. Qurʼon, hadis, fiqh, aqida ilmlarining shakllanish tarixi. Qurʼon, sura va oyat tushunchalarining maʼnosi, qurʼonshunoslikning shakllanishi va rivojlanishi. Qurʼoni karimdagi shifo oyatlar.
  2. Hadis tushunchasining mohiyati, hadislarning turlari va tasnifi. Misvakning milklarni mustahkamlashi haqidagi hadislar.
  3. Buyuk muhaddislarning hayoti va ijodi. Oʻzbekistonda hadisshunoslik rivoji.
  4. Sunniylik va Shialik yoʻnalishlarining paydo boʻlishi va ular eʼtiqodidagi farqlar. Moturidiylik va ashʼariylik maktablari.
  5. Kalom falsafasi. Esxatologiyaning mohiyati: qiyomat va oxirat dunyosi.
  6. Noanʼanaviy eʼtiqodlar: xorijiya, muʼtaziliya, qarmatiya harakatlari.
2

6

7.

Islom fiqhiy maktablari

  1. Ilk islomiy fiqhiy maktablarining shakllanish tarixi va ularning tasnifi. Hanafiya, molikiya, shofeʼiya, xanbaliya mazhablarining asosiy gʻoyalari va fiqhiy dalillash metodlari.
  2. Shariat kategoriyalari: halol, mandub, muboh, makruh, harom. Qozi
  3. mahkamalarining islom huquqini taʼminlashdagi oʻrni.
  4. Oʻrta asrlarda fiqh ilmining rivojlanishida Movarounnahr faqihlarining oʻrni.
  5. Burhoniddin Margʻinoniyning “Al- Hidoyaʼʼ asarining fiqh ilmi rivojidagi ahamiyati.
  6. Sogʻlikka doir oyat va hadislarning oʻziga xos talqini.
2

7

8.

Tasavvuf taʼlimotining Sharq madaniyatiga ta’siri

  1. Tasavvuf taʼlimotining shakllanish tarixi, mohiyati va asosiy gʻoyalari.
  2. Tasavvuf taʼlimotida Qurʼondagi nafs tarbiyasi, zuhd va zohidlikka oid gʻoyalarining rivojlantirilishi. Tasavvuf taʼlimotida ilohiy ishq gʻoyasining mohiyati.
  3. Ilk tasavvuf adabiyotlarining talqini. Islomda avliyo tushunchasining sharhi.
  4. Yusuf Hamadoniy taʼlimoti, Kubroviya, Yassaviya va Naqshbandiya tariqatlarining ijtimoiy ahamiyati. Tasavvufning badiiy adabiyotga taʼsiri. Tasavvufda ruhiy tarbiya bosqichlari va maqom.
  5. Zamonaviy tasavvuf tariqatlari
  6. Ruhiy tarbiyaning inson sogʻligiga taʼsiri.
2

8

9.

Islom qadriyatlari va ma’rifatining hozirgi davrdagi ahamiyati

  1. Islom dinida ijtimoiy tenglik, adolat, bagʻrikenglik va vatanparvarlik gʻoyalarining mohiyati. Islom inson huquqlari haqida. Shariat muxofazasidagi besh qadriyat: din, hayot, aql, mulk va nasl. Islomda atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvor yoʻnalashlari.
  2. Islom dini nikoh va oilaviy munosabatlar, er-xotinning huquq va majburiyatlari haqida. Islomda ota-onalarga hurmat va farzand tarbiyasidagi masʼuliyat gʻoyalari. Islom dini axloqiy qadriyatlar haqida. Islomda doʻstlik, oʻzaro hurmat va sogʻlom turmushning targʻiboti.
  3. Islomda fan va taʼlim, madaniyat va sanʼatga munosabat. Islom manbalarida tinchlik, yaxshi qoʻshnichilik va ilmmaʼrifatning talqini. Islom arxitekturasi.
  4. Makka va Madina shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va ibodat marosimlari
2

9

10.

Yangi diniy ta’limotlar va sektalar

  1. Yangi diniy harakatlar paydo boʻlishining sabablari va yoʻnalishlari. Bahoiylik va qodiyoniylik (ahmadiylik) harakatlari. Xalqaro Krishnani anglash jamoasi va baxshillochilar jamoasining maqsadlari.
  2. Yangi xristianlik harakatlarining yoʻnalishlari. Oʻzbekistonda faoliyati kuzatilgan norasmiy diniy jamoalarning faoliyati. Sekta tushunchasining mohiyati va unung yoʻnalishlari.
  3. Cherkov va sekta faoliyatidagi farqlar.
2

10

11.

Kiber makonda din. Missionerlik va prozelitizmning ijtimoiy siyosiy xavfi

  1. Kiber makon, kiber zoʻravonlik (cyberbullying), kiber xavfsizlik tushunchalarining mohiyati. Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yurituvchi ekstremistik jamoa va shaxslarning ijtimoiy hayotga salbiy taʼsiri.
  2. Hozirgi davrda virtual diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro kuchlarni birlashtirishning ahamiyati.
  3. Missionerlik va prozelitizm tushunchasining mohiyati va rivojlanish bosqichlari. Xalqaro missionerlik tashkilotlarining faoliyati yoʻnalishlari, ularning targʻibot usullari. Missionerlik targʻboti usul va vositalarning zamonaviylashuvi.
  4. Diniy manipulyasiyaning inson ongiga taʼsiri. Kiber makonda missionerlik va prozelitizmning maʼnaviy barqarorlikga tahdidi hamda ularni bartaraf etishning mexanizmlari. Kiber xavfsizlik usullari.
2

11

12.

Diniy fanatizm, ekstremizm, fundamentalizm, terrorizmning tarixi va ularning hozirg davrda xavfsizlikga tahdidi

  1. Diniy fanatizm, ekstremizm, fundamentalizmning tarixi va rivojlanish bosqichlari.
  2. Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzutilgan diniy ekstremistik harakatlarning maqsadlari. Terrorizmning mohiyati va uning shakllari. Din niqobidagi terrorizm amaliyotining oqibatlari. Xalqaro diniy terroristik guruhlar – al-Qoida, Ixvanul muslimin, ISHID, Boko xaram, tolibonlar tashkilotlarining xavfsizlikga tahdidi.
  3. Oʻzbekistonda sodir etilgan terroristik harakatlar va ularning
  4. barqaror taraqqiyotga taʼsiri. Turkiston islom harakati, akromiylar, soxta salafiylik, vahobiylik, xizbut tahrir va nurchilik harakatlarining paydo boʻlish tarixi, ularga islom tashkilotlari va musulmon ulamolari tomonidan berilgan raddiyalar.
  5. Oʻzbekistonda radikal oqimlarga qarshi kurashning yoʻnalishlari va huquqiy asoslari.
2

12

13.

O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy tashkilotlar

  1. Sovet Oʻzbekistonida dinga munosabatning asosiy jihatlari.
  2. Oʻzbekiston musulmonlar idorasining tashkil etilish tarixi va ahamiyati. Xalqaro islom sivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi faoliyatining maqsadi va vazifalari. Diniy tashkilotlarning zamonaviy dunyoviy meʼyorlarga moslashuvi va jamiyat barqarorligini taʼminlashdagi oʻrni.
  3. Oʻzbekiston Prezidentining BMTning 72 sessiyasida diniy bagʻrikenglik rezolyusiyasini qabul qilish haqidagi taklifining ijtimoiy siyosiy ahamiyati.
  4. Dunyo mamlakatlari va Oʻzbekiston konstitutsiyasida vijdon erkinligi huquqining mohiyati. Oʻzbekistonda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar haqidagi qonunning qabul qilinishi tarixi va uning ahamiyati. Vijdon va eʼtiqod erkinligi tushunchalarivning taʼrifi. Diniy taʼlimotlarning vijdon erkinligiga munosabati.
  5. Konfessiya tushunchasining mohiyati. Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi diniy konfessiyalarning tasnifi va confessional jarayonlarning asosiy yoʻnalishlari.
  6. Davlat va din munosabatlarini tartibga solishning tiplari.
2

13

14.

Xalqaro diniy tashkilotlar faoliyatining tarixi va ularning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi ahamiyati

  1. Xalqaro diniy tashkilotlar faoliyatining yoʻnalishlari. Islom hamkorlik tashkiloti, islom konferensiyasi tashkiloti, fan, taʼlim va madaniyat boʻyicha islom tashkiloti.
  2. Arab davlatlari ligasining maqsadi. Islomiy banklar faoliyatining yoʻnalishlari. Global terrorizmga qarshi global hamkorlikning yoʻnalishlari.
  3. BMTning global antiterror strategiyasining asosiy yoʻnalishlari: terrorizmning tarqalishiga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar, inson huquqlari va qonun ustuvorligiga umumiy hurmatni taʼminlash.
  4. Shanxay hamkorlik tashkiloti va mintaqaviy antiterror tuzulmasi faoliyatining yoʻnalishlari.
  5. 5 Oʻzbekistonning terrorizmga qarshi kurash tajribasi. Oʻzbekistonda «Jaholatga qarshi maʼrifat» gʻoyasining diniy terrorizmga qarshi kurashdagi ahamiyati.
2

14

15.

Dunyoviy va diniy bilimlar mutanosibligini ta’minlashning ahamiyati

  1. Yangi Oʻzbekistonda dunyoviy va diniy taʼlim va tarbiyaning yoʻnalishlari. Yangi Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarida diniy taʼlimni tashkil etishning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati, diniy taʼlimning gʻoyalari va usullari.
  2. Oʻz-oʻzini boshqarish organlarida (mahalla) diniy taʼlim va tarbiyani tashkil etishning ahamiyati. Ibodat va diniy marosimlarning shaxs kamolotidagi roli. Dinda axloqiy qadryatlar va meʼyorlar dialektikasi. Diniy poklaninsh - katarsisning ijtimoiy psixololgik mohiyati.
  3. Raqamlashgan sivilizatsiya davrida diniy eʼtiqodni tarbiyalash va diniy matnlarni oʻqishda xolislikni taʼminlashning zarurati. Diniy plyuralizm, diniy tolerantlik, bagʻrikenglikning shaxs kamoloti va eʼtiqod erkinligini taminlashdagi roli.
  4. Oʻzbekiston yoshlarining diniy manbalardagi axloqiy tarbiyaga oid gʻoyalarni oʻrganishning ahamiyati. Dunʼyoviy va diniy bilimlar mutanosibligiga erishishda sekulyarlashuvning oʻrni. Sekularizatsiyaning jahon dinlariga taʼsiri va barqaror taraqqiyotni taʼminlashdagi oʻrni.
  5. Dunyoviy hayot va diniy qadryatlarning mutanosibligiga erishishning yoshlar tarbiyasiga taʼsiri
2

15

Jami 30

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
POS
1.

“Sharq mutafakkirlarining islom dinning inson kamolotiga ta’siri

1

2.

Gʻazzoliyning Tavba asari

2

3.

“Din va hurfikrlilik “

3

4.

Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik

4

5.

O‘zbekistonda konfessiyalararo diniy bag’rikenglikning tarixiy tajribasi

5

6.

Imom Buxoriyning “Al-Adab al-mufrad” asari

6

7.

Abu Homid Gʻazzoliyning “Mukoshafatul qulub” asari

7

8.

Abdurauf Fitratning “Muxtasar islom tarixi” risolasi

8

9.

Abdulla Avloniyning komil inson haqidagi qarashlari

9

10.

Islomda inson huquq va erkinliklarini ta’minlanishining o’ziga xos jihatlari

10

11.

Lev Tolstoyning “Iqrornoma” asari

11

12.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” asari

12

13.

Islom huquqshunosligida oila, nikoh, taloq, idda, zihor tushunchalari

13

14.

Jamiyat hayotida duyoviylik va diniylik mutanosibligi

14

15.

Qohira deklaratsiyasi tarixi va mazmuni

15

16.

“Imom Buxoriy va Imom Termiziyning hadis ilmiga qo’shgan hissalarini qiyosiy tahlili”

16

17.

Mustaqillik yillarida Qur’onning o’zbek tiliga tarjima qilinishi va tafsirlari

17

18.

Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik

18

19.

Qohira deklaratsiyasi tarixi va mazmuni

19

20.

Lev Tolstoyning “Iqrornoma” asari

20

   

  Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Raximdjanov D., Ernazarov O. Dinshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘FMJ” nashriyoti, 2018. – 304 b.
  2. Jalilov B. Dinlar falsafasi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Noshir, 2019. –148
  3. Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2019. – 264 b.
  4. Kamilov D. Dinshunoslik. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Lesson Press, 2021. –128 b.
  5. Shermuxamedova N.A.Diniy fanatizm fenomeni/Inson falsafasi. – Darslik. – Toshkent: Innovasiya-Ziyo, 2021. – B. 314-499.
Asosiy adabiyotlar qoʻshish

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oily bahodir. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
  2. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon. –Toshkent: Toshkent: O‘zbekiston, 2019.
  3. Rumiy J. Yetti majlis. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2019.
  4. Rumiy J. Masnaviy. 40 rivoyatga sharx. –Toshkent: Navruz, 2019.
  5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Islom tarixi 1-kitob. Hilol-nashr Toshkent 2018
  6. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Iymon. Hilol-nashr Toshkent 2025.
  7. Imom Moturudiy. Kitob at-Tavhid. 2025.
  8. Fotih Duman. MEN. Nasib kutub 2023.
  9. Fotih Duman. SIR (Oshiqlar o‘lmas). Nasib kutub.
  10. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy. Tanbehul g‘ofilin. Toshkent 2003-2005.
  11. Tavakkal Kenjayev. Xadicha roziyallohu anho. “Cred Print Group” Toshkent 2025.
  12. Doktor Oiz Qarniy. Dunyodagi eng baxtli ayol. “Qamar media” Toshkent 2025.
  13. Doktor Oiz Qarniy. Mahzun bo‘lmang. Munir nashriyoti Toshkent 2023.
  14. Ahmad Lutfiy Qozonchi. Saaodat asri qissalari. Munir nashriyoti Toshkent 2024.
  15. Zuhriddin Husniddinov. Islom ensiklopediyasi. “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti – 2024.
Qoʻshimcha adabiyotlar qoʻshish

7.3. Axborot manbaalari

  • https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/06/21/NamDU-ARM-7109-Dinlar_falsafasi..pdf
  • https://renessans-edu.uz/files/books/2024-11-29-16-59 42_6039c46c653a4b9aebd74115b0c661b4.pdf
  • https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13391_2_3987D9BBEBAB17941114C7425D231983A5DDB955.pdf
  • https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/09/03/Raximdjanov_D._A.Dinshunosl.kirish.pdf
  • https://renessans-edu.uz/files/books/2024-11-29-10-15-23_ece9f0cfe2f77f1e3288d4aa1677fe26.pdf
Internet manbaalarini qoʻshish

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Yangi nazorat turini qo'shish

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-15 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Karimova Muyassarxon Abduqayumovna,
KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: karimova72@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

R.Ataxanov - KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

B.Tojibayev

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Karimova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi