![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Bioetika
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Boʻlajak shifokorlarda: burch, shaʼn, qadr-qimmat, rostgoʻylik, adolatlilik kabi tushunchalar bilan bogʻliq umumetik qadriyatlar haqida tasavvur uchun zamin yaratish hamda kasbiy faoliyatda vujudga keladigan etik muammolarni aniqlash, tahlil qilish va hal etish qobiliyatini shakllantirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Odam anatomiyasi (AN112312)
2. Tibbiyot kasbiga kirish (TKK1104)
3. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bilimlar jihatidan:
- Asosiy etikaga oid atama va tushunchalarni, nazariyalar, bioetikaning asosiy tamoyillari va qoidalari, bioetikaga oid mamlakatdagi va xalqaro asosiy hujjatlar, tibbiy faoliyatdagi munosabatlarning huquqiy va etik asoslari, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini biotibbiy tekshiruvlarda qoʻllashning huquqiy va asoslari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
- Biotibbiy etika va tibbiy deontologiya tamoyillari va qoidalari boʻyicha, tibbiy faoliyatdagi etik-huquqiy masalalar boʻyicha muammolarni hal etishda daliliy asoslar keltirish, tibbiy faoliyatdagi noxush oqibatlarni etik - huquqiy baholash, bioetika moduliga oid keyslar tuzish, ularni amaliyotda qoʻllash bilimga ega boʻlishlari lozim;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Koʻnikmalar jihatidan:
- Tibbiy faoliyatda, shu jumladan biotekshiruvlarni oʻtkazishda etik meʼyorlarni qoʻllash, tibbiy faoliyatda vujudga keladigan etik muammolarni falsafiy tahlil qila olishi, tibbiy aralashuvlarga nisbatan bemorning roziligi yoki noroziligini baholay olish, bemor va uning qarindoshlari bilan etik-huquqiy meʼyorlarga rioya qilgan holda munosabatni shakllantirish, tibbiy faoliyatda kuzatiladigan holatlarda munozara olib borish va nizolarni hal etishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Etika nazariyalari. Tibbiy etikaning shakllanishida Gippokratning oʻrni. Tibbiy etika rivojida Al Ruxoviy, Zakariyo Al Roziy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Amron Musa bin Maʼmun va Sharq mutafakkirlarining hissalari. Bioetikaning shakllanishida A.Shveyserning faoliyati va ilmiy ishlarining ahamiyati. |
| 2. |
Bemorlarning maʼlumot olish masalasining etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy muolajalarga rozilik masalasi. |
| 3. |
“Shifokor siri” muammosining etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy yordam koʻrsatishida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash masalasining etik-huquqiy jihatlari. |
| 4. |
Bioetika fanining obyekti. Asosiy diniy konfessiyalarda hayot va oʻlimga nisbatan munosabat. Turli mamlakatlarda “miya oʻlimini” aniqlashga doir qoidalar, yoʻriqnomalar, nizomlar. Tibbiy faoliyatda bevosita aktiv evtanaziyani etik-huquqiy baholash. |
| 5. |
Bilvosita aktiv evtanaziya holatlaring etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy faoliyatda passiv evtanaziya muammosi. |
| 6. |
Oʻlim axloqiy muammolar sifatida. Turli madaniy va falsafiy anʼanalarda oʻlim. Tibbiyot va bemorning jismoniy va ruhiy yaxlitligi muammosi. |
| 7. |
Medikotanaziya, distanaziya – evtanaziyaning variantlari. Suitsid – aktiv evtanaziyaning koʻrinishi sifatida. Xospislarning vujudga kelish tarixi. Rivojlangan mamlakatlarda xospislar faoliyati haqida. |
| 8. |
Murda donorligida rozilik prezumpsiyasi modeli. Murda donorligida norozilik prezumpsiyasi modeli |
| 9. |
Oʻzbekistonda homiladorlikni toʻxtatish masalasi. Homiladorlikni toʻxtatish asosiy diniy konfessiyalar nuqtai nazaridan. Oʻzbekistonda yangi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash masalasining holati. Oʻzbekistonda skrining markazlari faoliyati. |
| 10. |
Oʻzbekistonda transplantatsiyaning etik-huquqiy jihatlari. Bioxavfsizlik, uning strukturasi va uni qoʻllashning huquqiy asoslari. |
| 11. |
Transgen oʻsimlik va hayvonlarni yaratish va ulardan foydalanishning etik jihatlari. Inson genomi. Genomika va genom tibbiyotning istiqbollari. |
| 12. |
Tibbiy eksperimentning axloqiy muammolari. Tibbiyotni insonparvarlashtirishda bioetikaning roli. Patologik anatomiyada etika muammolari. Sud-tibbiy ekspertizada etika masalalari. |
| 13. |
Fuqarolarga stomatologik yordam koʻrsatishning etik jihatlari. Shifokorlar faoliyatida dalillarga asoslangan tibbiyotning ahamiyati. |
| 14. |
Evtanaziyani qonuniylashtirishga qarshi xospis harakati: tarixi va zamonaviy holati. Yevgenika va neoyevgenika: gʻoyalarning axloqiy tahlili. |
Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2022-yil.
- Muxamedova Z.M., Umirzakova N.A. “BIOETIKA”. Darslik. T.2021. 432 bet.
- Muxamedova Z.M. va boshqalar. Bioetika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2021 y. 432 bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Abramov V.A. Osnovo Bioetika i Biobezopasnost, O‘quv-uslubiy qo‘llanma, Donesk. 2013.
- Indiaminov S.I. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari, O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2014.
- G‘iyasov Z.A. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari. Darslik, Toshkent. 2012.
7.3. Axborot manbaalari
- www.ziyonet.uz
- www. islam.ru
- www.bilim.uz.
- www.gov.uz
- www.press-service.uz
- www.edu.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan test savollari boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan test savollari boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Dadaboyev Toxirjon Zaylobidinovich, KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
Dadaboyev.19910516@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD: X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 04-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G.Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) T.Dadaboyev Fan oʻqituvchisi |
