![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Odam anatomiyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda odam organizmining tuzilishi, aʼzo va toʻqimalarining funktsional va topografik anatomiyasi, yoshga qarab oʻzgarishi haqida bilim, koʻnikma (uquvlar) va malakani shakllantirishdir. Тalabalarga - anatomiya moduli, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berish, organizm tuzilishining individual va jinsiy tafovutlarini oʻrgatish, organizm tuzilishining yoshga qarab oʻzgarishini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning anatomo-topografik munosabatlarini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning rentgenoanatomiyasini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning taraqqiyotida uchraydigan nuqsonlarini oʻrgatish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, mantiqiy fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- tana,qoʻl, oyoq suyaklarini tuzilishi, sinflanishi, ahamiyati toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- kalla suyaklarini tuzilishi, sinflanishi, ulardagi teshiklar, kanallar, egatlar va ularni ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
- boʻgʻimlarni asosiy va qoʻshimcha elementlari, biomehanikasi toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- muskullar ishi, sinflanishi, vazifasi, ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
- hazm, nafas, siydik-tanosil aʼzolari tuzilishi, vazifasi haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
- qon-tomir tizimi va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
- ichki azolar, yurak-qon tomir tizimining ontogenez davridagi koʻp uchraydigan nuqsonlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- koʻz kosasining ostki teshigini, engak teshigini topa olishi;
- soʻrgʻichsimon oʻsimta sohasini topa olishi;
- yuz sohasidagi kontroforslarni teri orqali rentgen taʼsvirida topa olishi;
- boʻgʻim boʻshliqlari va shakllarini rentgen taʼsvirida topa olishi;
- qoʻl, oyoq, orqa, koʻkrak va qorin sohalarining asosiy yirik mushaklarning teri orqali relefini topa olishi;
- mimika va chaynov mushaklarini proektsiyasini topa olishi;
- boʻyin sohasidagi mushaklar, uchburchaklar, kletchatka boʻshliqlar va fastsiyalarni koʻrsatish;
- qoʻltiq osti va tirsak chuqurchalari, chov kanali, son uchburchagi va kanali, taqim osti chuqurcha, boldir sohasidagi kanallarning proektsiyasini teri orqali topa olish;
- oʻpka ekskursiyasini aniqlash;
- yurak topografiyasini aniqlash;
- uyqu, bilak, son va boldir arteriyalarida pulьsni, teri osti venalarini, limfa tugunlarini topa olishi kabi malakalariga (shu jumladan amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak.
- suyaklarni tuzilmalarni, kalla suyagi asosidagi teshiklar, kanallar va yoriqlarni koʻrsata olishni;
- tana har bir boʻgʻimdagi harakat oʻqlarini koʻrsata olishni;
- bosh (mimika va chaynov) va boʻyin sohasidagi mushkalarning oʻziga xos harakat xususiyatlarini koʻrsata olishni;
- ogʻiz boʻshligʻi devorlarini; tishlarni formulasini; Pirogov–Velder halqasini; meʼda topografiyasini; ingichka ichakni yoʻgʻon ichakdan farqini; jigar tuzilishi va topografiyasini; plevra qismlarini; koʻks oraligʻi qismlarini; buyraklar topografiyasini, erkaklar tanosil aʼzolari; ayollar tanosil aʼzolarini koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | |||
|---|---|---|---|---|---|
| Kuzgi semestr | |||||
| 1. |
Anatomiya moduliga kirish. Odam skeleti haqida umumiy ma’lumot. Skeletning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 2. |
Kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi.
|
2 | |||
| 3. |
Butun kalla. Kalla asosi va gumbazi.
|
2 | |||
| 4. |
Suyaklarning birlashuvi haqidagi ilm. Birlashmalarning tasniflanishi. Bo‘g‘imlarning umumiy anatomiyasi.
|
2 | |||
| 5. |
Qo‘l va oyoq panja suyaklarining birlashuvi, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 6. |
Mushaklarning tuzilishi va ishining umumiy printsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 7. |
Qo‘l va oyoq mushaklari, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 8. |
Bosh mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Bo‘yin mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Bo‘yin topografiyasi.
|
2 | |||
| Bahorgi semestr | |||||
| 9. |
Qon tomirlar tizimini o‘rganishga kirish.
|
2 | |||
| 10. |
Qo‘l va oyoq arteriyalari. Ko‘krak va qorin aortasi.
|
2 | |||
| 11. |
Vena tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi. Limfa va immun tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi.
|
2 | |||
| 12. |
Splanxnologiyaga kirish. Xazm a’zolarining umumiy anatomiyasi.
|
2 | |||
| 13. |
Jigar, me’da osti bezi. Qorin parda.
|
2 | |||
| 14. |
Nafas a’zolarining funktsional va yoshga oid anatomiyasi.
|
2 | |||
| 15. |
Siydik-tanosil a’zolarining funktsional va yoshli anatomiyasi.
|
2 | |||
| 16. |
Tanosil a’zolarining funktsional va yoshli anatomiyasi.
|
2 | |||
| Jami | 32 | ||||
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | |||
|---|---|---|---|---|---|
| Kuzgi semestr | |||||
| 1. |
Skelet haqida umumiy tushuncha. Umumiy osteologiya.
|
2 | |||
| 2. |
Qovurg‘alar, to‘sh suyagi va ko‘krak kafasi, ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| 3. |
Yelka kamari va qo‘l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari
|
2 | |||
| 4. |
Chanoq kamari suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari. Oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari
|
2 | |||
| 5. |
Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: tepa, peshona suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| 6. |
Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: ensa va ponasimon suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| 7. |
Chakka va g‘alvir suyaklari: tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari.
|
2 | |||
| 8. |
Kalla suyagining yuz qismi suyaklari. Yuqori va pastki jag‘ suyagi. Yuz sohasidagi mayda suyaklari.
|
2 | |||
| 9. |
Butun kalla. Kalla suyagini asosi. Kalla suyagining topografiyasi - ko‘z kosasi, burun bo‘shlig‘i.
|
2 | |||
| 10. |
Chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari: devorlari,ochiladigan kanallar, teshiklar va yoriqlar,ularning klinik ahamiyati.
|
2 | |||
| 11. |
Birlashuvlar. Tana suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari.
|
2 | |||
| 12. |
Kalla suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari.
|
2 | |||
| 13. |
Elka kamari va qo‘l erkin qismi suyaklarning birlashuvi: xosil bo‘lishi, tuzilishi.
|
2 | |||
| 14. |
Chanoq kamari erkin oyoq suyaklarining birlashuvi: xosil bo‘lishi, tuzilishi
|
2 | |||
| 15. |
Gavdaning orqa guruh yuza va chuqur guruh mushaklari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 16. |
Ko‘krak mushaklari. Diafragma. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 17. |
Qorin mushaklari. Qorin topografiyasi. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 18. |
Yelka kamari va yelka mushaklari. Bilak mushaklari va fastsiyalari. Qo‘l kafti mushaklari. Qo‘l kaftining pay qinlari. Ularning yoshga doir xu- susiyatlari.
|
2 | |||
| 19. |
Chanoq va son mushaklari. Boldir va oyoq panjasi mushaklari. Oyoqning sinovial qinlari. Ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| 20. |
Qo‘l topografiyasi: qo‘ltiq osti chuquri,tirsak chuquri,kanal va egatlar. Oyoq topografiyasi: son uchburchagi, lakunalar,yaqinlashtiruvchi kanal, taqimosti chuquri, kanal va egatlar.
|
2 | |||
| 21. |
Bo‘yin mushaklari. Bo‘yin uchburchaklari bo‘yin fatsiyalari Ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| 22. |
Bosh mushaklari. Chaynov va mimika mushaklari. Ularning yoshga doir xususiyatlari.
|
2 | |||
| Bahorgi semestr | |||||
| 23. |
Qon tomirlar tizimi. Yurakning funktsional va yoshli anatomiyasi. Qon aylanish doiralari, yurakning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 24. |
Aorta, aorta ravog‘i, umumiy va tashqi uyqu arteriyasi.
|
2 | |||
| 25. |
Ichki uyqu arteriyasi. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishidagi o‘ziga xoslik.
|
2 | |||
| 26. |
Yelka-bosh poyasi. o‘mrov osti arteriyasi. Qo‘lning qon tomirlari.
|
2 | |||
| 27. |
Ko‘krak aortasi tarmoqlari va ko‘krak sohasidagi anastomozlar
|
2 | |||
| 28. |
Qorin aortasining tarmoqlari. Ichki a’zolarning qon bilan ta’minlanishining jarrohlikdagi ahamiyati o‘ziga xoslik.
|
2 | |||
| 29. |
Ichki va tashqi yonbosh arteriyalari
|
2 | |||
| 30. |
Ichki va tashqi yonbosh arteriyalari
|
2 | |||
| 31. |
Vena tizimi va uning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 32. |
Limfa tizimi va uning yoshga qarab o‘zgarishi. Immun tizimi a’zolari va ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 33. |
Og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.Til, so‘lak bezlari,yumshoq tanglay, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 34. |
Halqum. Pirogov-Valdeyer halqasi, ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Qizilo‘ngach. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Me’da.
|
2 | |||
| 35. |
Ingichka va yo‘g‘on ichaklar tuzilishi, farqlari, yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 36. |
Jigar, Me’da osti bezi topografiyasi, yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 37. |
Qorin pardaning anatomiyasi va uning qorin bo‘shlig‘i a’zolariga munosabati. Sinuslar, xaltalar, cho‘ntaklar, ularning jarrohlik amaliyotidagi ahamiyati.
|
2 | |||
| 38. |
Burun bo‘shligining tuzilishi va yoshga qarab o‘zgarishi. Xiqildoq va uning yoshga qarab o‘zgarishi. Kekirdak.
|
2 | |||
| 39. |
Bronxlar, o‘pka anatomiyasi. Plevra, Ko‘ks oralig‘i. Yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 40. |
Endokrin bezlar. Jinsiy bezlarning endokrin qismlari, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 41. |
Buyrak. Buyrak usti be’zi. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Funksional anatomiyasi.
|
2 | |||
| 42. |
Siydik yo‘li, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.
|
2 | |||
| 43. |
Erkaklarning tanosil a’zolari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi
|
2 | |||
| 44. |
Oraliq topografiyasi tuzilishi, chanoq va tanosil diafragmalari va jinsga nisbatan farqi.
|
2 | |||
| Jami | 88 | ||||
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Skelet suyaklarining rentgenanatomiyasi. |
| 2. |
Skeletning rivojlanish anomaliyalari. |
| 3. |
Qo‘l suyaklarining variantli anatomiyasi, rivojlanish nuqsonlari, qo‘l suyaklarining rivojlanishiga ichki va tashqi faktorlarning ta’siri. |
| 4. |
CHanoq va oyoq suyaklarining yoshga nisbatan xususiyatlari. |
| 5. |
Sport va mehnat faoliyatini chanoq va oyoq suyaklariga ta’siri, rivojlanish nuqsonlari. |
| 6. |
Kalla suyaklarining rentgenanatomiyasi. |
| 7. |
Kalla suyagining yoshi va jin siy tafovutlari. |
| 8. |
Bo‘g‘imlar tuzilishiga tashqi va ichki faktorlarni ta’siri. |
| 9. |
Bo‘g‘imlarning biomexanikasi. |
| 10. |
Birlashmalarning rentgenanatomiyasi. |
| 11. |
Rentgen nurlarini o‘rganish tarixi, suyak va bo‘g‘imlar rivojlanishini rentgen nurlari yordamida o‘rganish. |
| 12. |
Rentgenoanatomiyada yangi texnologiyalar |
| 13. |
Mushaklarning ishi va biomexanikasi |
| 14. |
Lesgaft mushaklar to‘g‘risida ta’limoti. |
| 15. |
Sport va mehnat faoliyatini mushaklarning rivojlanishiga ta’siri. |
| 16. |
Hazm a’zolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari. |
| 17. |
Tishlarning rentgen anatomiyasi. Prikus va tish taraqqiyotida uchraydigan anamaliyalar. |
| 18. |
Nafas olish jarayoni. Nafas a’zolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari |
| 19. |
Ovoz paydo bo‘lishi mexanizmi. |
| 20. |
Siydik ayiruv a’zolarining rivojlanish nuqsonlari |
| 21. |
Erkaklar jinsiy a’zolarining rivojlanish nuqsonlari. |
| 22. |
Ayollar jinsiy a’zolarining rivojlanish nuqsonlari. |
| 23. |
Moyakning yorg‘oqqa tushish jarayoni va jinsiy a’zolarning rivojlanish nuqsonlari. |
| 24. |
Suyak iligi: taraqqiyoti, tuzilishi, vazifasi. Qizil ilik, sariq ilik. |
| 25. |
Limfa |
| 26. |
Timus tuzilishi,taraqqiyoti va vazifasi. |
| 27. |
Yurakning rivojlanish nuqsonlari |
| 28. |
Yurak va qon tomirlar rentgenanatomiyasi. |
| 29. |
Arteriyalarning tarqalish qonuniyatlari. |
| 30. |
Arteriyalarning tarqalish qonuniyatlari. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Mirsharapov U.М., Sodiqova Z.Sh., Ahmedova S.M., Pulatov Х.Х.. Odam anatomiyasi. Darslik. Тoshkent. 2024 y.- 528 bet.
- Ahmedov A.G., Mirsharapov O.M., Sagatov T.A., Rasulov H.A. Anatomiya, darslik. Tom I – II.Toshkent. 2018 y. - I jild 432 с. - II jild 416 с.
- Сапин М.Р., Никитюк Д.Б., Николенко Б.Н., С.В.Чава. Анатомия человека. Учебник. Toм I – II. Moсква. 2018 г. - I том 464 с. - II том 406 с.
- Синельников Р.Д., Синельников Я.Р., Синельников A.Я., Aтлас анатомия человека. Toм I, II, III, IV.Moсква. 2022 г. - I том 488 с, -II том 272 с, - III том 216 с, -IV том 316 с.
- Гайворонский И.В.. Нормальная анатомия человека. Tom I – II.Учебник 2024 г. - I том 736с, -II том 496 с.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Axmedov A.G., Rasulov X.A. Odam anatomiyasi bolalar anatomiyasi asoslari bilan. Darslik.Tashkent. 2021 g.- 634 bet.
- Неттер Ф. Aтлас анатомии человека. 6-e издание, Moсква. 2018 г. – 769 с.
- Axmedov N.K. Atlas odam anatomiyasi. Tom I – II.Toshkent 2005 y. - I jild 265 bet. - II jild 257 bet.
7.3. Axborot manbaalari
- https://www.memorixanatomy.com
- https://www.anatomystandard.com
- https://www.academia.edu/116586763/Atlas_of_Human_Anatomy_by_Netter
- https://meduniver.com/Medical/Anatom/
- https://anatomylearning.com
- https://uzsmart.uz/kitoblar/view/7188
- www.litres.ru
- https://www.studentlibrary.ru/book/ISBN9785970428047.html
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Nazirjonov Orifxoʻja Xusanxoʻja oʻgʻli, KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
noxwera@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
D.Kosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Z.Kaxarov - Zaveduyusciy kafedroy anatomii i klinicheskoy anatomii AGMI, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) M.Saliyeva Kafedra mudiri |
(imzo) O.Nazirjonov Fan oʻqituvchisi |
