Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300 - Kompyuter injiniringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 3
Fan nomi Grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlash Fan kodi GFID2304
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
14
(aud)
106
(must)
6 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga grafik foydalanuvchi interfeysi (GUI) tushunchasini chuqur oʻrganish imkonini berishga, turli xil GUI kutubxonalari va texnologiyalari bilan tanishish hamda ularni amaliy loyihalarda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan. Talabalar Windows Forms texnologiyasidan foydalangan holda dastur yaratishni oʻrganadi, Visual Studio dasturlash muhitida (IDE) samarali ishlash va foydalanuvchi interfeysini loyihalash, qurish va optimallashtirish boʻyicha amaliy malakalarni egallaydi. Shu bilan birga, talabalarda mustaqil ravishda oddiy grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yaratish va ulardan maqsadga muvofiq foydalanish qobiliyati shakllantiriladi. Fan, shuningdek, dasturiy mahsulotlar orqali ish jarayonlarini soddalashtirish, maʼlumotlarni vizual tarzda taqdim etish va foydalanuvchi bilan samarali muloqotni tashkil etish tamoyillarini oʻrgatishga qaratilgan.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

2. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari (DAT102)

3. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash (DAT201)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • – Talabalar ilmiy tadqiqot jarayonidagi hisob-kitob ishlarini dastur yordamida inson uchun tushunarli va vizual koʻrinishda tashkil qilish tamoyillarini oʻrganadi;
  • – Ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa sohalarda ish jarayonlarini avtomatlashtirish, maʼlumotlarni tizimli tarzda boshqarish va vizualizatsiya qilish bilimiga ega boʻladi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • – Talabalar ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida hisob-kitob ishlarini grafik foydalanuvchi interfeysli dasturlar yordamida soddalashtirishni biladi va amaliy qoʻllay oladi;
  • – Matematik va fizik modellarni hisoblashga, ularni dasturiy mahsulotlar orqali simulyatsiya qilish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallaydi;
  • – Dasturlash sohasida ishlab chiqilgan dasturlarni samarali foydalanish, foydalanuvchi interfeysi loyihalash va dasturiy yechimlarni amaliy kontekstda tatbiq etish qobiliyatiga ega boʻladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. Grafik foydalanuvchi interfeys haqida tushuncha. Foydalanuvchi interfeys asosiy oynasi haqida tushuncha. Foydalanuvchi interfeys komponentasi haqida tushuncha. Ma’lumot kiritish komponentlari.

  1. Grafik foydalanuvchi interfeys haqida tushuncha.
  2. Foydalanuvchi interfeys asosiy oynasi va komponentlari haqida tushuncha.
  3. Boshqarish va maʼlumot kiritish komponentlari.
2
2.

Roʻyxat komponentlari. Konteyner komponentlari. Boshqa komponentlar. Standart muloqot oynalari. Asosiy oynaning komponentlari. Murakkab strukturali komponentalar.

  1. Roʻyxat, konteyner va boshqa komponentalari.
  2. Standart muloqot oynalari.
  3. Asosiy oynaning komponentalari.
2
3.

Bir nechta asosiy oynalar bilan ishlash. Foydalanuvchi interfeys hodisalari. Internet yordamida ma’lumotlar yuklash. Asosiy oyna ma’lumotlarini saqlash usullari. Loyihalash patterni haqida tushuncha. MVVM patterni.

  1. Bir nechta asosiy oynalarni bir-biriga bogʻlash usullari. Modal oynalar bilan ishlash.
  2. Klaviatura va sichqoncha hodisalari. Drag & Drop texnologiyasi.
  3. Internet va HTTP protokol haqida qisqa tushuncha. HTTP yordamida internetdan maʼlumot yuklash.
2
Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Visual Studio dasturlash muhiti bilan ishlash. Visual Studio muhitida asosiy oyna bilan ishlash. Boshqaruvchi komponentalar bilan ishlash. Ma’lumot kiritish komponentlari bilan ishlash.  

  1. Visual Studio asosiy interfeysi.Visual Studio muhitida Windows Forms loyihasini yaratish.
  2. Visual Studio loyiha, komponenta, xususiyat oynalari.
  3. FormIntro nomlik loyiha yaratish.
2
2.

Roʻyxat komponentlari bilan ishlash. Konteyner komponentlari bilan ishlash. Boshqa komponentlar bilan ishlash. Standart muloqot oynalari bilan ishlash. Asosiy oynaning komponentlari bilan ishlash.  

  1. FormLists nomlik loyiha yaratish. FormLayouts nomlik loyiha yaratish. FormOthers nomlik loyiha yaratish. FormDialogs nomlik loyiha yaratish. FormTools nomlik loyiha yaratish.
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi.
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot.
2
3.

Murakkab strukturali komponentalar bilan ishlash. Bir nechta asosiy oynalar bilan ishlash. Foydalanuvchi interfeys hodisalari bilan ishlash.  

  1. FromViews nomlik loyiha yaratish. ManyForms nomlik loyiha yaratish. FormEvents nomlik loyiha yaratish.
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi.
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot.
2
4.

Internet yordamida ma’lumotlar yuklash. Asosiy oyna ma’lumotlarini fayl yordamida saqlash. MVVM yordamida loyiha yaratish.  

  1. FormHTTP nomlik loyiha yaratish. FromData nomlik loyiha yaratish. FromMVVM nomlik loyiha yaratish.
  2. Amaliy mashgʻulot forma koʻrinishi naʼmunasi.
  3. Mavzuga oid amaliy mashgʻulot.
2
Jami 8

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

MAUI texnologiyasining kross-platformaviy interfeys yaratishdagi oʻrni.

2.

WinUI interfeys texnologiyasining innovatsion jihatlari va afzalliklari.

3.

NuGet paket menejerining dasturiy loyihalarda modullarni boshqarishdagi roli.

4.

Windows Forms texnologiyasi asosida ishlab chiqiladigan funksional dasturlarni loyihalash.

5.

Kalkulyator dasturini ishlab chiqishda interfeys va funksionallik integratsiyasi.

6.

Grafik muharrir dasturlari uchun interfeys dizayni va vizual imkoniyatlar.

7.

Rasmni qayta ishlash (filterlash) dasturlarida interfeysning funksional imkoniyatlari.

8.

Omborxona hisob-kitob dasturlarida interfeys va ma’lumotlar bazasi integratsiyasi.

9.

Savdo va mahsulot boshqaruvi dasturlarida foydalanuvchi interfeysi dizayn tamoyillari.

10.

Dorixona va tibbiyot sohasidagi dasturlarda interfeys yechimlari va funksionallik.

11.

Ta’limiy yoʻnalishda ishlab chiqiladigan dasturlar uchun interfeys imkoniyatlari.

12.

Multimedia dasturlarida foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining qoʻllanishi.

13.

Visual Studio muhitida grafik interfeys loyihalash metodologiyasi.

14.

GUI komponentalarining foydalanuvchi tajribasiga ta’sirini ilmiy asosda tahlil qilish.

15.

Standart muloqot oynalari dizaynining amaliy samaradorligini oʻrganish.

16.

MVVM loyihalash patternining foydalanuvchi interfeys dasturlarida qoʻllanilishi.

17.

Drag & Drop texnologiyasining dasturiy ilovalardagi qoʻllanilish mexanizmlari.

18.

Internet orqali ma’lumot yuklash texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysiga ta’siri.

19.

Fayl va INI formatlaridan foydalangan holda ma’lumotlarni saqlash usullari.

20.

SQL ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan foydalanuvchi interfeys dasturlari.

21.

Foydalanuvchi interfeysida “responsive design” tamoyillarini tatbiq etish usullari.

22.

Murakkab strukturali roʻyxat va daraxtsimon komponentalar bilan ishlash nazariyasi.

23.

Interfeys dasturlarida foydalanuvchi hodisalari (klaviatura, sichqoncha) boshqaruvi.

24.

Indikator, slider va boshqa vizual elementlarning samaradorlik jihatlari.

25.

Cross-platform GUI texnologiyalarining solishtirma tahlili (MAUI, Qt, Electron).

26.

Foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining istiqboli va ilmiy prognozlari.

27.

Matn muharriri dasturlarida interfeys yechimlari va foydalanuvchi qulayligi.

28.

Grafik foydalanuvchi interfeysi texnologiyalarining nazariy asoslari va rivojlanish tendensiyalari.

29.

WPF texnologiyasida interfeys qurish imkoniyatlari va arxitektura yondashuvlari.

30.

UWP texnologiyasida multiplatforma interfeys ishlab chiqish tamoyillari.

  Mustaqil ishni talabalar taqdimot shaklda topshirishadi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Александрова И.Л., Тумаков Д.Н. Программирование на языке C#. Учебное пособие – Издание 2-ое, исправленное и дополненное. – Казань: Казанский государственный университет, 2017. – 112 с
  2. Осипов Н.А. Разработка Windows приложений на C#. Учебное пособие. СПб: НИУ ИТМО, 2012. – 74 с.
  3. Абрамян М.Э. Visual C# на примерах. - СПб.: БХВ-Петербург, 2008. - 496 с.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Brown Erik. Windows Forms programming C#.
  2. Brown Erik. Windows Forms in Action.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://learn.microsoft.com/ru-ru/dotnet/csharp
  • https://learn.microsoft.com/en-us/dotnet/desktop/winforms
  • https://metanit.com/sharp/windowsforms

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni dastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-3 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot shakllarda amalga oshiriladi102-3 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarDastur kodi yoki loyiha ishi koʻrinishida rasmiylashtiriladi102-3 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-3 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha yozma topshiriladi 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Alimqulov Nurmuhammad Muqumjon oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD)
Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: alimkulovnurmukhammad@gmail.com
email.fiery@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Abduvoxidov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)

A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Alimqulov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan