Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ilm fan taʼlimi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 4
Fan nomi Ilm fan taʼlimi Fan kodi EDU202
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
20 20 20
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni ilm-fan, uning rivojlanish tarixiy bosqichlari, ilmiy bilish metodlari va zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish, shuningdek, ilmiy fikrlashni shakllantirish va mustaqil ilmiy izlanish olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU101)

2. Yozish va taqdimot qilish (COMM102)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • ilm-fanning ijtimoiy hayotdagi oʻrni, taʼlim va tarbiyada ilmning tutgan oʻrni hamda ilmiy tafakkurning shakllanishi haqida nazariy bilimlarga;Ilm-fan va taʼlim oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik, zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida barkamol shaxsni shakllantirishning nazariy asoslari haqida bilimlarga;
  • ilm-fan orqali shaxs maʼnaviy yuksalishiga erishish yoʻllari, qadriyatlarning ilmiy asosda shakllanishi va ularning tarbiyaviy jarayondagi ahamiyati haqida bilimlarga;
  • milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida fan, taʼlim va tarbiya integratsiyasining metodologiyasi va tarixiy ildizlari haqida bilimlarga;
  • ilmiy bilish metodlari, ilmiy izlanishning bosqichlari hamda innovatsion yondashuvlar asosida intellektual salohiyatli avlodni shakllantirish masalalari haqida chuqur bilimlarga.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ilm-fan sohasidagi asosiy tushunchalar, metodlar va metodologiyalarni tahlil qilish hamda ularni taʼlim jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalariga;
  • ilmiy izlanish olib borish, ilmiy muammoni aniqlash, gipoteza ilgari surish va natijalarni tahlil qilish boʻyicha dastlabki amaliy koʻnikmalarga;
  • ilmiy tafakkur asosida shaxsning maʼnaviy-axloqiy yuksalishini taʼminlovchi omillarni tahlil qilish va ularni taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalariga;
  • ilm-fanni tarbiyaviy jarayonlar bilan uygʻunlashtirish, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish va ularni tarbiyaviy maqsadlarga muvofiq ravishda yoʻnaltirish koʻnikmalariga;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ilm, fan va ta’lim: tushuncha va o‘zaro bog‘liqlik

  1. Ilm, fan va taʼlimning umumiy tavsifi
  2. Ilm-fan-taʼlim tizimining integratsiyasi
  3. Ilmning jamiyatdagi oʻrni
2
2.

Ilmiy bilish jarayoni va uning bosqichlari

  1. Ilmiy bilishning mohiyati
  2. Eʼtiqod va bilim oʻrtasidagi farq.
  3. Empirik va nazariy bilish
2
3.

Ilmiy metodlar va ularning tasnifi

  1. Ilmiy metod tushunchasi
  2. Kuzatish, tajriba, tahlil va sintez
  3. Deduktsiya va induktsiya
2
4.

Ilmiy tafakkur va tanqidiy fikrlash

  1. Tanqidiy fikrlashning mohiyati
  2. Ilmiy tahlil va xulosalash
  3. Kognitiv koʻnikmalar va kreativlik
2
5.

Fanlarning tasnifi va integratsiyasi

  1. Tabiiy, ijtimoiy va aniq fanlar
  2. Gumanitar fanlarning xususiyatlar
  3. Fanlararo bogʻliqlik va integratsiya
2
6.

Ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalar tarixi

  1. Ilmiy inqilob tushunchasi
  2. Mashhur olimlar va kashfiyotlar
  3. XXI asrdagi innovatsiyalar
2
7.

Ilmda axloqiy me’yorlar va akademik halollik

  1. Ilmiy faoliyatda axloqiy meʼyorlarning nazariy asoslari
  2. Akademik halollik va uning ilmiy tadqiqotdagi oʻrni
  3. Ilmiy muhitda axloqiy madaniyatni shakllantirish yoʻllari
2
8.

Ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyoti

  1. Qadimgi taʼlim shakllari
  2. Islom dunyosida taʼlim tarixi
  3. Yevropa va Oʻzbekiston taʼlim tizimi
2
9.

O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim siyosati

  1. 1Mustaqillikdan keyingi taʼlim islohotlari
  2. “Ilm-fan 2030” strategiyasi
  3. Ilmiy muassasalar va akademiyalar
2
10.

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’limda

  1. Sunʼiy intellektning taʼrifi va vazifalari
  2. AI vositalarining taʼlimdagi roli
  3. Raqamli savodxonlik va xavfsizlik
2
Jami 20
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ilm, fan va ta’lim tushunchalarining amaliy tahlili  

  1. Ilm, fan va taʼlim tushunchalariga misollar asosida sharh berish.
  2. Talabalarning kundalik hayotidagi ilm, fan va taʼlim koʻrinishlarini aniqlash.
  3. Ilm-fan-taʼlim integratsiyasining amaliy misollarini muhokama qilish.
2
2.

Ilmiy bilish jarayonining bosqichlarini o‘rganish  

  1. Bilim va eʼtiqod oʻrtasidagi farqni amaliy misollar orqali tahlil qilish.
  2. Empirik va nazariy bilimlarni taqqoslab koʻrsatish.
  3. Ilmiy bilishda kuzatish va tajriba rolini amaliy mashqlar yordamida oʻrganish.
2
3.

Ilmiy metodlardan foydalanish bo‘yicha mashqlar  

  1. Ilmiy metodlarni tasniflash va guruhlar kesimida misollar keltirish.
  2. Kuzatish, tajriba, tahlil va sintezga oid topshiriqlar bajarish.
  3. Induktiv va deduktiv xulosalar chiqarishga doir mashqlar ishlab chiqish.
2
4.

Tanqidiy va ilmiy tafakkurni rivojlantirish  

  1. Tanqidiy fikrlashni talab qiladigan savollar ishlab chiqish va yechish.
  2. Ilmiy tahlil va xulosalash boʻyicha keys-stadi usulida ishlash.
  3. Kognitiv koʻnikmalar va kreativlikni rivojlantiruvchi kichik guruh mashqlari.
2
5.

Fanlarning tasnifi va integratsiyasi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot  

  1. Tabiiy, aniq, ijtimoiy va gumanitar fanlarni amaliy misollarda tasniflash.
  2. Turli fanlararo bogʻliqlikni amaliy keyslar orqali koʻrsatish.
  3. Integratsiyalashgan dars loyihasini ishlab chiqish.
2
6.

Ilmiy kashfiyotlar va innovatsiyalarni tahlil qilish  

  1. Mashhur olimlarning kashfiyotlarini taqdimot orqali tahlil qilish.
  2. Ilmiy inqiloblarning jamiyat rivojiga taʼsirini keys misollarida koʻrsatish.
  3. XXI asr innovatsiyalariga oid loyiha tayyorlash.
2
7.

Akademik halollik bo‘yicha test va keyslar tahlil  

  1. Plagiatga oid misollarni tahlil qilish
  2. Akademik etik meʼyorlar asosida xulosa chiqarish.
  3. Plagiatsiyani aniqlovchi vositalarni tanishtirish
2
8.

Ta’lim tarixi bo‘yicha vizual materiallar bilan ishlash  

  1. Taʼlim bosqichlarini grafikda ifodalash
  2. Jadid maktablari haqida muhokama
  3. Taʼlim tarixini zamonaviy tizim bilan solishtirish
2
9.

O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim siyosatini tahlil qilish  

  1. Mustaqillikdan keyingi taʼlim islohotlari asosida amaliy tahlil.
  2. “Ilm-fan 2030” strategiyasi asosida loyiha topshirigʻi ishlab chiqish.
  3. Ilmiy muassasalar faoliyati haqida maʼlumot yigʻish va muhokama
2
10.

AI vositalarini ta’limda qo‘llash tajribasi  

  1. ChatGPT, Canva, Quizizz bilan ishlash
  2. Raqamli dars loyihasi yaratish
  3. Guruhlarda taqdimot qilish
2
Jami 20

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ilm, fan, ta’lim tushunchalarini tahlil qilish

  1. Ilm-fan-taʼlim tushunchalarini izohlash
  2. Oʻzaro bogʻliqlik asosida jadval tuzish
  3. Oʻzbek mutafakkirlarining ilm haqidagi fikrlari
2
2.

Ilmiy bilish bosqichlarini amaliy misollarda ko‘rsatish

  1. Empirik va nazariy bosqichlar tahlili
  2. Gipoteza va tajriba misollari
  3. Ilmiy qonunlarni kundalik hayotda qoʻllash
2
3.

Ilmiy metodlardan foydalanish asoslari

  1. Tadqiqot metodlarini farqlash
  2. Metodlar boʻyicha mashqlar bajarish
  3. Guruhlarda metod tanlash va asoslash
2
4.

Tanqidiy fikrlash asosida ilmiy fikr ishlab chiqish

  1. Tanqidiy savollar boʻyicha tahlil
  2. Mini-esse yozish: “Nega bu gipoteza notoʻgʻri?”
  3. Fikrga asoslangan dalillarni keltirish
2
5.

Fanlararo bog‘liqlikni tahlil qilish va grafikda ko‘rsatish

  1. Fanlar tasnifini jadvalga joylashtirish
  2. Fanlararo bogʻlanish loyihasi ishlab chiqish
  3. Misollar asosida bogʻliqlikni asoslash
2
6.

Mashhur olimlar va kashfiyotlar bo‘yicha taqdimotlar

  1. 2-3 mashhur olim haqida slayd tayyorlash.
  2. Kashfiyotlarning bugungi taʼlimga taʼsiri
  3. Guruh baholash asosida taqdimot muhokamasi
2
7.

Ilmda axloqiy me’yorlar va akademik halollik bo‘yicha seminar

  1. Ilmda axloqiy meʼyorlarni muhokama qilish.
  2. Akademik halollikka oid amaliy vaziyatli masalalarni yechish.
  3. Halollik qoidalariga amal qilmagan ilmiy ishlarga oid misollarni tahlil qilish.
2
8.

Ta’lim tizimining tarixiy taraqqiyoti bo‘yicha keys-stadi

  1. Qadimgi taʼlim shakllarini zamonaviy taʼlim bilan taqqoslash.
  2. Islom dunyosidagi ilm-fan va taʼlim merosiga oid misollarni tahlil qilish.
  3. Yevropa va Oʻzbekistondagi taʼlim tizimi rivojlanishini solishtirish.
2
9.

O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim siyosati

  1. “Ilm-fan 2030” hujjatining mazmuni
  2. Kuchli va zaif tomonlarni aniqlash
  3. Ilmiy muassasalar va akademiyalar
2
10.

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’limda qo‘llash

  1. Sunʼiy intellekt vositalarini taʼlim jarayonida qoʻllash boʻyicha keyslarni koʻrib chiqish.
  2. Raqamli savodxonlikni oshirish uchun interaktiv topshiriqlar ishlab chiqish.
  3. Raqamli xavfsizlik boʻyicha amaliy muhokama va test topshiriqlari.
2
Jami 20

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Ilm-fan-ta’lim istiqbollari bo‘yicha loyiha himoyasi

2.

Gender tengligi masalasi bo‘yicha bahs-munozara

3.

Raqamli dars loyihasi yaratish

4.

Amaliy ijodiy ishlar yuzasidan ko‘rgazmalar tashkil etish

5.

Fan yuzasidan loyiha ishini bajarish

6.

Mashhur olimlar va kashfiyotlar bo‘yicha taqdimotlar

7.

Kashfiyotlarning bugungi ta’limga ta’siri

8.

Ta’lim tarixi bo‘yicha vizual materiallar bilan ishlash

9.

Ta’lim bosqichlarini grafikda ifodalash

10.

Ta’lim tarixini zamonaviy tizim bilan solishtirish

11.

AI vositalarini ta’limda qo‘llash tajribasi

12.

ChatGPT, Canva, Quizizz bilan ishlash

13.

Gender tengligi masalasi bo‘yicha bahs-munozara

14.

Gender tenglikka oid milliy hujjatlar sharhi

15.

Anjumanga tezis tayyorlash

16.

Anjumanga tezis tayyorlash

  Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xolov O. Ch. “Umumiy pedagogika” “NIF MSH” nashriyoti Toshkent-2023.
  2. Abdullayeva B.S., Xoliqov A.A. va boshqalar “Umumiy pedagogika” (pedagogika nazariyasi) “Innovatsiya-ziyo” nashriyoti Toshkent-2022

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Ro‘ziyeva D.I., Tolipov O‘.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.O‘quv qo‘llanma. – T.: INNOVATSIYA -ZIYO, 2019. 276 b.
  2. Abdullayeva Sh., Ro‘ziyeva D. I.. Pedagogik diagnostika va korreksiya. Darslik. – T.: Fan va texnologiyalar, 2019.263 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • ilmfanvatalim.uz
  • https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279
  • https://advice.uz/oz/document/2349
  • https://lex.uz/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Axmedova Dilnozaxon Xabibullo qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: dilnozaaxmedova933@mail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.Komilova - ADPI, Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, p.f.f.d., (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Axmedova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan