Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tarbiyaviy ishlar metodikasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 4
Fan nomi Tarbiyaviy ishlar metodikasi Fan kodi TIM2404
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
14
(aud)
106
(must)
6 8
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi fanga oid tushunchalarni ilmiy asosda oʻrganish, hamda ularning koʻplab tatbiqlarini ochib berish orqali, yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani bajarishga doir koʻnikmalarni talabalarda shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU101)

2. Umumiy psixologiya (PSY 101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • fan doirasida ilmiy dunyoqarashni, pеdаgоgik jаrаyondа tarbiyaviy ishlarning mazmuni, mаʼnаviy-ахlоqiy jihаtdаn tаrbiyalаshgа оid nаzаriy bilimlаr vа koʻnikmаlаrni shаkllаntirniegallash;
  • sinf rahbarining ish faoliyati, sinf jamoasini oʻrganish, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish,maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarining vazifalari,maktab, oila va mahalla hamkorligi ishlari, tarbiyaviy tadbirlarning oʻquvchi tarbiyasidagi oʻrni haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻlish
  • kasbiy muammolarni hal qilishda psixologik-pedagogik diagnostika usullaridan foydalanish; alohida taʼlimga muhtoj talabalar uchun individual taʼlim yoʻnalishi va dasturlarini ishlab chiqish uchun zamonaviy texnologiyalarni qoʻllay bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • fanning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini taʼminlash;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • mashgʻulotlarda taʼlim resurslaridan samarali foydalanish;
  • oʻqitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va talabalarga yetkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  • taʼlim jarayoniga oid maʼlumotlardan foydalanish, oʻqitish malakalariga ega boʻlish, taʼlim malakalarini toʻgʻri qoʻllash, zamonaviy integratsion metodlardan foydalanish va tаhlil qilish boʻyichа mаlаkаgа egа boʻlishi lоzim;
  • mashgʻulotlarda taʼlim resurslaridan samarali foydalanish;
  • zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi faning maqsad va vazifalari. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati.

  1. Tarbiyaviyishlar metodikasi fanining maqsadi, vazifalari metodologik asoslari.
  2. Xorijiy mamlakatlarda boshlangʻich taʼlim-tarbiya tizimi yuzasidan izoh
  3. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashining shakllanishi.
  4. Umuminsoniy tarbiyaning mezonlari. Maʼnaviy qadriyatlar va milliy oʻzlikni anglash haqida maʼlumot berish
2
2.

Sinf rahbari faoliyatining tarixiy asoslari va zamonaviy shakllari. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati.

  1. XVIII-XIX-asrlarda, XX- asr oʻrtalarida sinf rahbarligi faoliyati. Pedagogik liderlik.
  2. Oʻquvchilarning shaxsiy rivojlanishida sinf rahbarining amaliy faoliyati.
  3. Sinf rahbari ishining asosiy qismlari. Tarbiyaviy faoliyat samardorligini oshirishning shart-sharoitlari haqida maʼlumot berish.
2
3.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini sinf rahbari faoliyatiga tayyorlash texnologiyalari. Sinf rahbarining namunaviy yillik ish rejasini tuzish metodikasi.

  1. Boshlangʻich taʼlim dasturida sinf rahbariga qoʻyilgan talablar. Sinf rahbari faoliyati pedagogik fenomen sifatida.
  2. Sinf rahbari faoliyatini shakllantirish texnologiyasi. Sinf rahbarining yuksak maʼnaviy kamoloti
  3. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish. Sinf rahbari ishini rejalashtirish usullari. Sinf tarbiyaviy soatlari haqida umumiy tushuncha.
2
Jami 6
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fan sifatida. Milliy tarbiyaning mazmuni va ahamiyati.  

  1. Talabalarga tarbiyaviy ishlar metodikasining asosiy tushunchalari haqida qisqacha maʼlumot.
  2. Tarbiyaviy ishlar metodikasi va ajdodlarimiz merosining bugungi tarbiyadagi oʻrni.
  3. Jaloliddin Rumiy, Yusuf Xos Hojib asarlaridagi tarbiya elementlari
2
2.

Sharq mutafakkirlarining merosida oilada bolalani axloqiy tarbiyalash. “Maktab-oila-mahalla” tizimida sinf rahbari faoliyati loyihasi.  

  1. Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiyning axloqiy tarbiya haqidagi fikrlari
  2. Mutafakkirlarning asarlaridagi oilaviy tarbiyaga oid fikrlar
  3. “Maktab-oila-mahalla” tizimi haqida tushuncha.
2
3.

Sinf rahbari faoliyatining tarixiy asoslari va zamonaviy shakllari. Sinf rahbari pedagogik fenomen sifatida. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda sinf rahbari shaxsiga bo‘lgan talablar.  

  1. Sinf rahbari faoliyatining tarixiy rivojlanishi va zamonaviy shakllari
  2. Sinf rahbari faoliyatining zamonaviy shakllari haqida umumiy xulosa
  3. Sinf rahbarining sinfdan va maktabdan tashqari faoliyatlari
  4. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishdagi sinf rahbari shaxsiga boʻlgan talablar
2
4.

Sinf rahbari faoliyatini normativ-huquqiy qo‘llab-quvvatlash va yillik ish rejasini tuzish metodikasi  

  1. Sinf rahbari faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi normativ-huquqiy hujjatlar
  2. Oʻquvchilar jamoasining ahamiyati va uni shakllantirish usullari
  3. Oʻquvchiga pedagogik taʼsir va ragʻbatlantirishning nazariy asoslari
2
Jami 8

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Sinf majlislarini tashkil qilish va o‘tkazishning namunaviy bayonnomasini tuzish

2.

Ota-onalar majlislarini tashkil qilish va o‘tkazishning namunaviy bayonnomasini tuzish

3.

Sinf jamoasi bilan o‘quv faoliyatini tashkil etish bo‘yicha etakchi o‘qituvchilarning tajribasi

4.

Sinf jamoasini boshqarishga doir metodlar

5.

Tarbiyaviy ishlari rejasini yaratish texnologiyasi

6.

Mutafakkirlarning tarbiya jarayoniga oid qarashlari

7.

Sinf rahbari faoliyatining oila bilan hamkorligi

8.

Sinf rahbarining sinf jamoasi bilan ta’til davridagi muloqoti. Ta’til rejasi tuzish talablari

9.

Noan’anaviy tarbiyaviy soat mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari

10.

Maktabda to‘garak ishlarini tashkil etish

11.

Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish usullari

12.

Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlaming ahamiyati

13.

Bayram tadbirlarini tashkil etish usullari

14.

Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati

15.

Tarbiya texnologiyalari

16.

O‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish usullari

17.

Tarbiya tizimiga pedagogik yondashuv

18.

Tarbiyada innovatsion texnologiyalarning o‘rni

19.

Jamoa haqida umumiy tushuncha. Jamoani tashkil etish metodikasi.

20.

Iste’dodli bolalami aniqlash va ularni tarbiyalash

21.

Shaxsning oila muhitida va jamiyatda shakllanishi

  Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Sarsenbayeva R.M.Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. “Iqtisod moliya” Toshkent– 2019. 372-b.
  2. Babayeva. D. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma / – T.: “Fan Ziyosi” nashriyoti, 2021. 138 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Mavlonova R., Normurodova B., Rahmonqulova N. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik Toshkent. Tib-kitob-2010
  2. Abdullayeva B.S., .Sirojiddinova I.M, Pulatova O.X. “Kasbiy psixologiya”.-Andijon darslik, 2023. 335 b
  3. Djurayeva S.N. Turdiyeva N.S., Baxronova A.I. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. O‘quv qo‘llanma Buxoro – 2021

7.3. Axborot manbaalari

  • https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/45279
  • https://advice.uz/oz/document/2349
  • https://lex.uz/
  • www.edu.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-4 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-4 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi103-4 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-4 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Axmedova Dilnozaxon Xabibullo qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: dilnozaaxmedova933@mail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Komilova - ADPI, Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, p.f.f.d., (PhD)

I.Mamajonov - KUAF, Akademik ishlar boʻyicha prorektor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Axmedova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi