Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi I

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Boshlangʻich sinflarda oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi I Fan kodi PREDU201s
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: workshop/amaliy mashgʻulot/davomat/loyiha
yakuniy: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
20 30 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni oʻzbek tilining boʻlimlari, boshqa fanlar bilan aloqasi, tilning nazariy va amaliy tomonlari, taʼlimiy vositalar bilan tanishtirish va ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etish boʻyicha bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda amaliyotga tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi talabalarning nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, oʻzbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalana olishi hamda ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, fonetik, grafik, leksik, morfemik, morfologik bilimlarning mazmuni va ularni tahlil qilish bilan tanishtirish, soʻzlarni ogʻzaki va yozma nutq jarayonida qoʻllashning pragmatik usullarini oʻrgatish vazifalarini bajaradi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • tilning ijtimoiy mohiyati va uning tarkibiy qismlarini, dunyo tillarining tasnifini, oʻzbek tilining qaysi til oilasiga va turkumiga kirishini; nutq aʼzolarini, oʻzbek tiliga xos unli va undosh tovushlarni, boʻgʻin va urgʻuni, tovush oʻzgarishlarini, oʻzbek tili grafikasini, imlo va talaffuz qoidalarini; hozirgi oʻzbek adabiy tilining lugʻat tarkibini, maʼno koʻchish usullarini, soʻzlarning shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlarini, faol va nofaol, oʻz va oʻzlashgan qatlamni, oʻzbek tili frazeologiyasini, milliy til tarkibiga kirgan guruhlarni (sheva, atama, eskirgan va yangi soʻzlarni, jargon va argolarni, uyadosh va olinma soʻzlarni); oʻzbek tilidagi soʻz yasalish usullarini, morfemik tarkibni, mustaqil va yordamchi soʻzlarni, modal, undov va taqlid soʻzlarni bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • unli va undosh tovushlarni tasniflay bilish; soʻzlarni boʻgʻinlarga ajrata bilish va urgʻularini toʻgʻri qoʻya olish; oʻzlashtirilgan qoidalarga asoslangan holda maʼnosi koʻchgan soʻzlarning maʼnolarini, omonim, sinonim, antonim va paronimlik xususiyatlariga ega boʻlgan soʻzlarning maʼnolarini, atama, sheva, eskirgan va yangi soʻzlarning maʼnolarini izohlay bilish; gap ichidagi yasama soʻzlarni aniqlay bilish; soʻz turkumlarining xususiyatlarini farqlay olish; gap tarkibidagi soʻz birikmalari va gap boʻlaklarini aniqlay bilish; tinish belgilarining qoʻyilish sabablarini anglay olish; muayyan gaplarning qaysi uslubga tegishli ekanligini farqlay olishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. Tilshunoslik fani haqida umumiy ma’lumot

  1. Tilning paydo boʻlishi.
  2. Til va nutq.
  3. Milliy til va adabiy til.
  4. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2
2.

Fonetika. Nutq tovushlari va tasnifi. Tovushlarning o‘zgarish xususiyatlari

  1. Fonetika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Nutq tovushlari tasnifi va ularning qoʻllanilishi.
  3. Nutqning fonetik birliklari. Urgʻu. Boʻgʻin.
  4. Nutq tovushlarining oʻzgarishi.
2
3.

Orfoepiya. Grafika va orfografiya

  1. Orfoepiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Grafika.
  3. Orfografiya.
2
4.

Leksikologiya.

  1. Leksikologiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻzlarda bir maʼnolilik va koʻp maʼnolilik.
  3. Soʻzlarning shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlari.
  4. Oʻzbek tili leksikasi va uning boyish manbalari.
2
5.

Morfemika. O‘zbek tilida so‘zlarning yasalishi

  1. Morfemika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻz tarkibi.
  3. Soʻz yasalishi.
2
6.

Grammatika. Morfologiya. Ot – so‘z turkumi

  1. Grammatika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻz turkumlari.
  3. Ot – soʻz turkumi.
2
7.

Sifat – so‘z turkumi. Ravish – so‘z turkumi

  1. Sifat haqida umumiy maʼlumot.
  2. Sifat darajalari. Sifatlarning yasalishi va tuzilishi.
  3. Ravish haqida umumiy maʼlumot.
  4. Ravishlarning maʼno turlari.
2
8.

Olmosh va son so‘z turkumlari.

  1. Olmoshning taʼrifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
  2. Olmoshlarning maʼno turlari, tuzilishi.
  3. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari.
  4. Sonning maʼno turlari.
2
9.

Fe’l va uning grammatik kategoriyalari

  1. Feʼlning leksik-grammatik xususiyatlari.
  2. Oʻtimli va oʻtimsiz feʼllar.
  3. Boʻlishli v aboʻlishsiz feʼllar.
  4. Feʼl nisbatlari.
  5. Feʼlning vazifadosh shakllari.
2
10.

Yordamchi va alohida olingan so‘zlar

  1. Koʻmakchi.
  2. Bogʻlovchi.
  3. Yuklama.
  4. Undov soʻzlar.
  5. Modal soʻzlar.
  6. Taqlid soʻzlar.
2
Jami 20
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. Tilshunoslik fani haqida umumiy ma’lumot  

  1. Tilning paydo boʻlishi.
  2. Til va nutq.
  3. Milliy til va adabiy til.
  4. Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi.
2
2.

Fonetika. Nutq tovushlari va tasnifi.  

  1. Fonetika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Unli tovushlari tasnifi
  3. Undosh tovushlari tasnifi
2
3.

Nutq tovushlarining o‘zgarishi. Urg‘u. Bo‘g‘in  

  1. Nutq tovushlarining oʻzgarishi.
  2. Urgʻu.
  3. Boʻgʻin.
2
4.

Orfoepiya. Grafika va orfografiya  

  1. Orfoepiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Grafika.
  3. Orfografiya.
2
5.

Leksikologiya. So‘zlarning shakl va ma’no turlari  

  1. Leksikologiya haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻzlarda bir maʼnolilik va koʻp maʼnolilik.
  3. Soʻzlarning shakl va maʼno munosabatiga koʻra turlari.
2
6.

O‘zbek tilida ma’no ko‘chish usullari  

  1. Metafora
  2. Metanimiya.
  3. Sinekdoxa.
  4. Vazifadoshlik va tag maʼno
2
7.

Morfemika. O‘zbek tilida o‘zak va qo‘shimchalar tasnifi  

  1. Morfemika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻz tarkibi.
  3. Soʻz yasalishi.
  4. Oʻzak va qoʻshimchalar tasnifi
2
8.

Grammatika. Morfologiya. Ot so‘z turkumi  

  1. Grammatika haqida umumiy maʼlumot.
  2. Soʻz turkumlari.
  3. Ot soʻz turkumi.
2
9.

Sifat – so‘z turkumi.  

  1. Sifat haqida umumiy maʼlumot.
  2. Sifat darajalari.
  3. Sifatlarning yasalishi va tuzilishi.
2
10.

Ravish – so‘z turkumi  

  1. Ravish haqida umumiy maʼlumot.
  2. Ravishlarning maʼno turlari.
  3. Ravishning yasalishi
2
11.

Olmosh va son so‘z turkumlari.  

  1. Olmoshning taʼrifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
  2. Olmoshlarning maʼno turlari, tuzilishi.
  3. Sonning leksik-graatik xususiyatlari.
  4. Sonning maʼno turlari.
2
12.

Fe’l va uning grammatik kategoriyalari  

  1. Feʼlning leksik-grammatik xususiyatlari.
  2. Oʻtimli va oʻtimsiz feʼllar.
  3. Boʻlishli v aboʻlishsiz feʼllar.
  4. Feʼl nisbatlari.
  5. Feʼlning vazifadosh shakllari.
2
13.

Fe’llarning grammatik xususiyatlari  

  1. Feʼl mayllari.
  2. Feʼl zamonlari.
  3. Feʼllarning tuslanishi.
  4. Feʼllarning yasalishi.
2
14.

Yordamchi so‘zlar  

  1. Koʻmakchi.
  2. Bogʻlovchi.
  3. Yuklama.
2
15.

Alohida guruh so‘zlar  

  1. Modal soʻzlar.
  2. Undov soʻzlar.
  3. Taqlid soʻzlar.
2
Jami 30

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Boshlang‘ich sinflarda nutq tovushlarini o‘rganish darslarini kuzatish va didaktik materiallarning ahamiyatini tahlil qilish.

  1. Nutq tovushlarini oʻrgatish darslarining maqsadi, mazmuni va metodik xususiyatlari.
  2. Dars jarayonida qoʻllanilgan didaktik materiallar (kartochkalar, rasmlar, audio vositalar) va ularning samaradorligi.
  3. Kuzatuv natijalari asosida nutq tovushlarini oʻrgatishda didaktik materiallardan foydalanishni takomillashtirish yoʻllari.
2
2.

Boshlang‘ich sinflarda lug‘at ustida ishlash va o‘quvchilar lug‘atini o‘stirishga oid didaktik materiallarning ahamiyatini tahlil qilish.

  1. Lugʻat ustida ishlashning nutq rivojidagi oʻrni va pedagogik ahamiyati.
  2. Lugʻat boyitishga xizmat qiluvchi didaktik materiallarning turlari va ulardan foydalanish usullari.
  3. Dars kuzatuvlari asosida oʻquvchilar lugʻatini oʻstirish samaradorligini oshirish boʻyicha metodik tavsiyalar.
2
3.

Boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibi mavzularini o‘rganish darslarini kuzatish va didaktik materiallarning ahamiyatini tahlil qilish.

  1. Soʻz tarkibini oʻrgatishning nazariy-metodik asoslari va dars mazmuni.
  2. Soʻz tarkibi mavzularida qoʻllaniladigan didaktik materiallar va ularning taʼlimiy ahamiyati.
  3. Kuzatuv natijalari asosida soʻz tarkibini oʻrgatish jarayonini samarali tashkil etish yoʻllari.
2
4.

Boshlang‘ich sinflarda mustaqil so‘z turkumlarini o‘rganish darslarini kuzatish va didaktik materiallarning ahamiyatini tahlil qilish.

  1. Soʻz turkumlarini oʻrgatishning boshlangʻich sinf oʻquvchilari nutqini rivojlantirishdagi roli.
  2. Darslarda foydalanilgan didaktik materiallarning (jadval, sxema, interfaol topshiriqlar) tahlili.
  3. Kuzatuv asosida soʻz turkumlarini oʻrgatishda didaktik materiallardan foydalanishni takomillashtirish yoʻllari.
2
5.

Boshlang‘ich sinflarda yordamchi va oraliq so‘z turkumlarini o‘rganish darslarini kuzatish va didaktik materiallarning ahamiyatini tahlil qilish.

  1. Nutq tovushlarini oʻrgatishda amaliy mashgʻulotlarning oʻrni va mazmuni.
  2. Amaliy topshiriqlarda qoʻllanilgan didaktik materiallarning oʻquvchi faolligiga taʼsiri.
  3. Nutq tovushlarini mustahkamlashda didaktik materiallardan foydalanish samaradorligi va xulosalar.
2
Jami 10

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Fonetika – tilshunoslikning eng kichik bo‘limi

2.

Nutq tovushlarining lingvistik xususiyatlari

3.

Tovush o‘zgarishlarining badiiy matnlarda ifodalanishi

4.

Orfoepiyaning nutqiy imkoniyatlari

5.

Orfografik tamoyillari va ularning xususiyatlari

6.

X va h ning yozilishiga doir ba’zi masalalar

7.

Bo‘g‘in ko‘chirish va satrdan satrga ko‘chirishning farqlari

8.

Leksikologiya – tilshunoslik bo‘limi sifatida

9.

Omonimlarning badiiy asarlarda ifodalanishi

10.

Sinonimlarning badiiy ifodalanishi

11.

Antonimlarning she’riy asarlarda ifodalanishi

12.

Badiiy asarlarda metonimiya

13.

Badiiy asarlarda metafora

14.

Badiiy asarlarda sinekdoxa

15.

Morfemik tahlillar

16.

Sintaksisda lingvistik tahlil

17.

Otlarda kelishik kategoriyalari

18.

Sifatning linvistik xususiyatlari

19.

Otlarning ma’no xususiyatlari

20.

Fe’llarda zamon tushunchasi

21.

Fe’llarda nisbat kategoriyasi

22.

Fe’llarda mayl tushunchasi

23.

Olmoshning turkum sifatida qo‘llanilishi

24.

Ravishning ma’no xususiyatlari

25.

Sonlarning ma’no xususiyatlari

26.

Bog‘lovchi so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari

27.

Ko‘makchi so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari

28.

Yuklama so‘z turkumining lingvistik xususiyatlari

29.

Oraliq so‘zlar va ularning til xususiyatlari

30.

Gap bo‘laklarining sintaktik xususiyatlari

  Talabalar berilgan mavzular boʻyicha slayd (taqdimot) tayyorlaydi hamda amaliy, seminar darslarida topshiriq sifatida berilgan badiiy matnlarni lingvistik tahlil qilish orqali mustaqil ish bajaradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Matchonov S., Bakiyeva H., G‘ulomova X., Yo‘ldasheva Sh., Xolboyeva G. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi. Darslik. T.: “Ishonchli hamkor”, 2021. 740 b.
  2. Jamolxonov H. Hozirgi oʻzbek tili (darslik). “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, Toshkent-2013.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Bahriddinova B. Hozirgi o‘zbek tili. O‘quv qo‘llanma.Toshkent: “Shafoat” Nur Fayz, 2020. -168 b.
  2. Hamrayev M. Ona tili nazariyasi va amaliyoti fanidan jadvalli mashqlar to‘plami. “Metodist nashriyoti”. Toshkent, 2024-yil.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://renessans-edu.uz
  • https://www.worldcat.org

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida amaliy topshiriq shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Yozma Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Qoʻychiyeva Zarnigor Abdmannob qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: zarnigorqoychiyeva4@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Kabuljonova - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

F.Usmonov - ADU, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.d, dotsent

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 102 – xona. B bino

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Qoʻychiyeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi