Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (roman-german tillari)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 2
Fan nomi Axborot texnologiyalari Fan kodi AT105
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: workshop/loyiha ishi/vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga axborot texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
  • matn va jadval axborotlarni shakillantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • masofaviy taʼlim texnologiyalari haqida tushunchaga ega boʻlish;
  • elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
  • zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foidlanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi;
  • zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish;
  • zamonaviy elektron taʼlim platformalari va ulardan foydalanish;
  • ijtimoiy tarmoqlar va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Fanga kirish. AKTning filologiyadagi roli

  1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tushunchasi va tasnifi.
  2. Filologik faoliyatda AKT (matn tahlili, lugʻatshunoslik, adabiyotshunoslik) ning ahamiyati.
  3. "Raqamli Gumanitariya" (Digital Humanities) yoʻnalishi va uning Oʻzbekistondagi rivoji.
2
2.

Kompyuterning asosiy tuzilishi va ishlash printsipi. Tashkil qiluvchi qismlari

  1. Zamonaviy kompyuterlarning turlari.
  2. Asosiy tashkil qiluvchi qismlar: CPU, RAM, ROM, Motherboard va ularning vazifalari.
  3. Kompyuter avlodlari va ularning qisqacha xarakteristikalari.
2
3.

Kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari.

  1. Kiritish qurilmalari (Input Devices): Klaviatura, sichqoncha, skanerning filologik tadqiqotlardagi roli.
  2. Chiqarish qurilmalari (Output Devices): Monitor, printer va audiotizimlarning xarakteristikalari.
  3. Periferik qurilmalarning turlari va ularni kompyuterga ulash interfeyslari (USB, HDMI, Wi-Fi).
2
4.

Operatsion tizimlar, Windows va Linux ning ish stoli va fayl tizimlari.

  1. Operatsion tizim (OT) tushunchasi, vazifalari va turlari (Windows, Linux, macOS).
  2. Windows va Linux OTlarida ish stoli (Desktop) ni boshqarish va asosiy sozlamalar.
  3. Fayl tizimi (NTFS, FAT, ext4) va filologik hujjatlarni samarali kataloglash (papkalash) qoidalari.
2
5.

Matnli axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari.

  1. Raqamli matn tushunchasi, uning atributlari (shrift, format).
  2. Matnni kodlash tizimlari: ASCII, ANSI, va YUNIKOD (milliy tillar uchun ahamiyati).
  3. Matn muharrirlari (MS Word, Google Docs) ning asosiy funksiyalari va imkoniyatlari.
2
6.

MS Word'da ilmiy hujjatlarni formatlash Mundarija, iqtiboslar va izohlar yaratish

  1. Ilmiy ishlarda (Maqola, Dissertatsiya) MS Wordʼdagi "Stil" (Style) lardan foydalanish.
  2. Avtomatik Mundarija (Oglavleniye) yaratish va uni yangilash texnikasi.
  3. Iqtiboslar (Ssilka) va Izohlar (Snoska) bilan ishlash, ularni standartlarga mos rasmiylashtirish.
2
7.

DOC(X), TXT, PDF, DJVU formatidagi hujjatlar bilan ishlash. Ularni chop qilish imkoniyatlari

  1. Matnli hujjatlarning asosiy formatlari (DOCX, TXT, PDF, DJVU) va ularning afzalliklari/kamchiliklari.
  2. Hujjatlarni bir formatdan boshqasiga konvertatsiya qilish (Masalan, DOCX ni PDF ga oʻtkazish).
  3. Chop qilish (Print) sozlamalari, sahifa parametrlari va chop etish sifatini boshqarish.
2
8.

MS Excel imkoniyatlari, funksiyalar bilan ishlash

  1. Jadval protsessori (MS Excel) ning asosiy elementlari (yacheyka, satr, ustun, ish varagʻi).
  2. Excelda formulalar va sodda funksiyalar (SUM, AVERAGE, COUNT) bilan ishlash tamoyillari.
  3. Nisbiy va Mutlaq havolalar (Relative va Absolute references) tushunchasi va qoʻllanilishi.
2
9.

MS Excel filologik tadqiqotdagi ma’lumotlarni jadvalda tahlil qilish.

  1. Filologik maʼlumotlarni (soʻz chastotasi, xato turlari) Excelga kiritish va tartiblash.
  2. Maʼlumotlarni saralash (Sort) va filtr (Filter) qilish orqali tahliliy guruhlash.
  3. Shartli formatlash (Conditional Formatting) yordamida jadvaldagi muhim natijalarni ajratib koʻrsatish.
2
10.

PowerPoint taqdimotlar yaratish, vizual kommunikatsiya.

  1. Taqdimot konsepsiyasi: Maqsad va auditoriyaga mos slaydlarni rejalashtirish.
  2. PowerPointda matn, rasm va animatsiyalar bilan ishlash, dizayn shablonlarini qoʻllash.
  3. Vizual kommunikatsiya qoidalari: 10/20/30 qoidasi va shriftlarning oʻqilishi.
2
11.

Audio va video kontent bilan ishlash. Intervyularni yozish va qayta ishlash vositalari.

  1. Audio va video kontent bilan ishlash. Intervyularni yozish va qayta ishlash vositalari.
  2. Audio yozuvlarni (intervyu, nutq) qayd etish texnikasi va ularning formatlari (MP3, WAV).
  3. Video va audio fayllarni oddiy tahrirlash (kesish, ovozni tozalash) vositalari.
2
12.

Sun’iy intellekt (SI) va matn yaratish, ChatGPT va boshqa SI larning etik qo’llanilishi.

  1. Sunʼiy intellekt (SI) ning matn yaratishdagi roli va asosiy imkoniyatlari.
  2. ChatGPT va shunga oʻxshash Katta Til Modellarini (LLM) filologik ishlarda qoʻllash.
  3. Matn yaratuvchi SI lardan foydalanishning etik qoidalari va plagiatga qarshi kurash (Oʻzbekiston kontekstida).
2
Jami 24
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari  

  1. Matn axborotlarini qayta ishlash dasturilari bilan tanishish va Microsoft Word, NotePAD, Bloknot, Google docs dasturlari va ularning asosiy imkoniyatlari.
  2. Microsoft Word dasturi menyusining buyruqlari va vazifalari.
  3. Matn belgilarini formatlash.
2
2.

Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari  

  1. Elektron jadvallar haqida tushuncha.
  2. Excel dasturi uskunalar paneli.
  3. Microsoft Excel dasturida formula va funktsiyalar bilan ishlash.
2
3.

Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari  

  1. Taqdimotlar haqida tushuncha. Microsft Power Point va uning imkoniyatlari.
  2. Power Point dasturida rasm, ovozlar va animastiyalardan foydalanish.
  3. Power Point dasturida fon (mavzu) qoʻyish va dizaynini sozlash.
2
4.

Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va infografika  

  1. Maʼlumotlarni vizualizatsiya tushunchasi.
  2. Samarali infografika yaratish qilish usullari.
  3. Maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish online platformalari.
2
5.

Internetda qidiruv tizimlaridan samarali foydalanish  

  1. Tarmoq va uning turlari haqida tushuncha.
  2. Internet tushunchasi.
  3. Internet qidiruv tarmogʻi va uning imkoniyatlari haqida tushuncha.
2
6.

Bulutli texnologiyalar  

  1. Bulutli texnologiyalar modellari va vujudga kelish jarayoni.
  2. Zamonaviy bulutli xizmatlar. Taʼlim uchun mikrosoft buluti.
  3. Cloud - har bir zamonaviy kompaniya uchun texnologiya. Google drive.
2
7.

Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar  

  1. Elektron qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari.
  2. Multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari.
4
8.

Talabalar bilimini baholash platformalari  

  1. Talabalar bilimini baholash platformalari haqida umumiy tushuncha. Talabalar bilimini baholash platformalarining asosiy funksiyalari.
  2. Talabalar bilimini baholash platformalarida test materiallarini tayyorlash.
  3. Talabalar bilimini baholash platformalarida soʻrovnoma oʻtkazish.
2
9.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlaridan foydalanish  

  1. Yagona Interaktiv Davlat xizmatlari Portali
  2. Yagona Identifikatsiya tizimi One ID
  3. Foydalanuvchining bir akkaunti bilan barcha davlat e-hukumat tizimlaridan foydalanishi. Foydalanuvchini roʻyxatdan oʻtkazish.
2
10.

Zamonaviy Sun’iy intellekt tizimlari  

  1. ChatGPT platformasi va samarali ishlatish usuli.
  2. Gamma va Prezi platformalari.
  3. Flux AI platformasi.
2
11.

Kompyuter dasturlari va axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarning himoyasini ta’minlash  

  1. Kompyuter dasturlari va axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarni himoya qilish qoidalari.
  2. Antivirus dasturlarini oʻrnatish va sozlash. Kompyuter viruslari haqida tushuncha.
  3. Axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarni himoya viruslardan himoyalash usullari.
2
Jami 24

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Axborot texnologiyalari tushunchasi.

2.

Turli sohalarda axborot texnologiyalarining qo’llanilishi.

3.

Dasturiy ta’minot tushunchasi.

4.

Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish.

5.

Zamonaviy kompyuterlarning turlari.

6.

Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari.

7.

Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari.

8.

Fayl tizimlari va ularning xususiyatlari (NTFS, FAT, exFat misolida).

9.

Operatsion tizim va ularning turlari.

10.

Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari.

11.

Ma’lumotlarni arxivlashtirish va rezervlash.

12.

Masofaviy ta’lim texnologiyalari

13.

Masofaviy ta’lim modellari. Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari.

14.

Masofaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkillashtirish usullari (Moodle tizimi misolida).

15.

Bulutli texnologiyalar nima?

16.

Zamonaviy bulutli xizmatlar.

17.

Ta’limda bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlarning o’rni.

18.

Google bulutli xizmatlari

19.

Zamonaviy Sun’iy intellekt tizimlari.

20.

Matn generatsiya qilish uchun Sun’iy intellekt tizimlari.

21.

Rasm generatsiya qilish uchun Sun’iy intellekt tizimlari.

22.

Sun’iy intellektni ta'limda qo''lash

23.

Infografika va uni tayyorlash uchun dasturiy vositalar.

24.

Virtual reallik va uning ta’limda qo’llanilishi

25.

Axborot tizimlari

26.

Amaliy dasturiy ta’minot. (Mikrosoft Office misolida)

27.

Internetda qidiruv tizimlari

28.

Kompyuter tarmoqlari va turlari

29.

FinTech tushunchasi.

30.

Talabalar bilimini baholash platformalari.

  Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Shoaxmedova N.X. Abdullayeva I.M. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari. Darslik. -T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi”, nashriyoti 2021, 504 b.
  2. Qudratov A.N. Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan o'quv qo'llanma. - Toshkent: "NIF MSH”, 2024. – 180 b.
  3. Muxlisov S.S. Kuchkarbayev R.U. Xazratov F.X. Ta’limda axborot texnologiyalari .O‘quv qo`llanma .Buxoro – 2021

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Востретсова Е.В. Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, – 2019.
  2. Ibraymov A. Y. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi. – Toshkent: “Lesson press”, – 2020, – 112 bet..
  3. Трофимова. Б.Б. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. – 2019. – 544 с.
  4. Kenneth C. Laudon, Jane P. Laudon. Management Information Systems: Managing the Digital Firm., 15 th ed., Pearson. – 2020. – 648 p
  5. Yunusova G. N. Ta’limda axborot texnologiyalari Namangan . 2021.-T. -275 - s
  6. Yuldasheva G. Ta’limda axborot texnologiyalari.1 qism“Mehr-nuri” nashriyoti, Toshkent 2024. -T. -204 - s

7.3. Axborot manbaalari

  • https://digital.uz/
  • https://kahoot.com/
  • https://my.gov.uz/oz
  • https://library.tiiame.uz+2E-librarySamMU+2
  • https://www.namdu.uz
  • https://(www.namdu.uz+2library.ziyonet.uz+2,library.ziyonet.uz+1//Zenodo zenodo.org / Lib.bimm lib.bimm.uz / NamDU kutubxonasi www.namdu.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-12 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi101-12 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-12 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-12 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Sodikjanov Jaxongirbek Shuxratbek oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Turaxonova Shaxnoza Odiljonovna,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: jsodikjanov@mail.ru
shaxnozaxan697@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Ibragimov - ADTI, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori

N.Alimqulov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

J.Sodikjanov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Sh.Turaxonova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan