![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Elektronika va sxemotexnika
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarni elektron qurilmalar va ularning tarkibiy qismlarining fizik asoslari, ishlash tamoyillari, turlari va texnik xarakteristikalarini chuqur oʻrganishga yoʻnaltirishdan iborat. Shuningdek, talabalar turli elektron elementlar (rezistor, kondensator, diod, tranzistor, integral mikrosxemalar va boshqalar) asosida analog va raqamli sxemalarni tahlil qilish, ularga ekvivalent sxemalar tuzish, sxemalarni modellashtirish, tahlil qilish va sintez qilish boʻyicha nazariy va amaliy koʻnikmalarni egallaydilar. Fan doirasida talabalar elektron qurilmalarni loyihalash texnologiyalari, ularning amaliy qoʻllanilish sohalari, ishlash samaradorligini baholash usullari, zamonaviy elektron tizimlar tuzilishi bilan tanishadilar va ularni real hayotdagi muammolarni hal qilishda tatbiq etishni oʻrganadilar.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Mazkur fan diskret, integral va elektron asboblarni yaratilishidagi texnologik xususiyatlarini hamda qurilmaning ishlash printsipini oʻrgatadi. Analog qurilamalarning sxematexnikasi, opertasion kuchaytirgichlar haqida bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar. Mikrosixemalrni ishlash jarayonlari, multipileksorlar, trigerlarning ishlash prinsiplarini bilish orqali raqamli texnologiyalari haqida yanada yaxshiroq tushunchaga ega boʻladi.
- Avtomat zavodlar ishga tushmoqda natijada elektronika va sxemalar kabi fanlar ajralib chiqdi. Boʻlajak mutaxasislar xalq xoʻjaligini turli sohalaridagi vazifalarni muvoffaqiyatli hal etishlari uchun ixtisosligi elektrik boʻlish boʻlmasligidan qatiy nazar yetarli darajada elektrotexnika bilimlariga va tayyorgarlikka ega boʻlish keragligini dars davomida tushunadi.
- elektr zanjiridagi passiv va aktiv elementlardagi tok va kuchlanishlarni xisoblash bilimga ega boʻlishlari kerak;
- elektr zanjirini taxlil qilish usullarini topish va ulardan foydalana olish boʻyicha kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Elektr tokini hosil boʻlishi, zanjirlarni ulanish sxemalari, Om qonuni, Krixgof qonunlarining ahamiyati kabi mavzularni virtual dasturlar orqali tadbiq eta oladilar;
- sxemaning diskret passiv komponentalari va integral sxema elementlarini bilishi;
- integral mikrosxema elementlari tuzilishi uning xarakteristikasiga taʼsirini bilishi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Yarimo‘tkazgichlarni elektr xususiyatlari. |
| 2. |
Yarimo‘tkazgich diodlar va ularning VAX si. |
| 3. |
Qo‘sh qutbli tranzistorni strukturasi,ishlash prinsipi.Xarakteristikalari. |
| 4. |
Maydon tranzistorlar va ularni turlari.Xarakteristikalari. |
| 5. |
Integral mikrosxemalar |
| 6. |
Tiristorlar. Tuzilishi, ulanish sxemasi, ishlash mexanizmi. |
| 7. |
Fotoelektr va optoelektron asboblar |
| 8. |
Kuchaytirgichlar haqida umuiy ma’lumotlar. |
| 9. |
O‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlari.Tranzistorli kuchaytirgichlar |
| 10. |
Operatsion kuchaytirgichlar |
| 11. |
Integral mikrosxemali operasion kuchaytirgichlar va ularni qo‘llanilishi |
Mustaqil koʻrsatmalar uchun: Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Abdullayev B., Alimov A.A., Abduraimov E.X., Xalmanov D.X., Elektrotexnika va elektronika. Darslik. “ToshDTU”,-T.: 2022 y., 326 bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Abdullayev M.M., Alimova N.B. Sxematexnika va mikroprotsessorli tizimlar. Darslik. -Toshkent, 2023. -270 b.
- Aripov X.K., Abdullaev A.M., Alimova N.B., Bustanov X.X., Obedkov E.V., Toshmatov Sh.T. Sxemotexnika. – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2013. – 216 b.
- Mazumder P., Ebong I. E. Lectures on Digital Design Principles. Eng.: River Publishers, 2023. 280 p.
- Кравченко В. Б., Бородкин Е.А. Электроника и схемотехника: учеб, пособие для студ. учреждений сред. проф. образования / — М.: Издательский центр «Академия», 2018. — 304 с.
7.3. Axborot manbaalari
- https://mechauz.uz/storage/files/lINg2qz5HN6ExjUv2crioLXOFWxzGhOwwb2OdXXO.pdf
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Talaba berilgan mustaqil taʼlim vazifalarni yozma ravishda bajarib kelinadi. Savol-javob asosida oʻzlashtirganiga bogʻliq ravishda baholanadi.;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savol asosida baholanadi..
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida test shaklda olinadi. Testlar modulning oʻquv jarayoni tugaguniga qadar oʻtilgan mavzular va mustaqil taʼlim asosida tuziladi..
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim | Mustaqil taʼlim boʻyicha berilgan topshiriqlar asosida amalga oshiriladi | 15 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Bayon | Oraliqqacha oʻtilgan barcha mavzular va topshiriqlarni qamrab olgan savol asosida oʻtkaziladi. | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Fanga doir 20 ta test topshirigʻi, har biriga 2 balldan | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Maxmudov Xushroʻybek Abdulazizovich, KUAF, Fizika va matematika kafedrasi dotsenti, f-m.f.f.d. (PhD) Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
maxmudovxushroʻy@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Fizika va matematika kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
X.Poziljon - KUAF, Fizika va matematika kafedrasi dotsenti, f-m.f.f.d.. X.X.Madaminov - ADU, Kondensirlangan muhit fizikasi kafedrasi dotsenti., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Dushanba-Seshanba, soat 15.00 – 18.00, D 103-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Fizika va matematika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) O.Axmedov Kafedra mudiri |
(imzo) M.Xushroʻy Fan oʻqituvchisi |
