![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Boshlangʻich matematika kursi nazariyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda fundamental matematik bilimlarni shakllantirish, ularga asosiy arifmetika, geometriya va algebra, jumladan raqamlar, amallar, geometrik shakllar, oʻlchovlar, miqdorlar va oddiy tenglamalarni oʻrgatish, shuningdek, mantiqiy fikrlash, mavhum fikrlash va fazoviy tasavvurni rivojlantirish, matematik tushunchalar va qonuniyatlarni tushunish va ularni hayotda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Boshlangʻich matematika kursi, toʻplam tushunchasi, uning elementi, turlari, berilish usullari, toʻplamlar kesishmasi va birlashmasi, ular ustida bajariladigan amallar, moslik va munosabatlar, kombinatorika elementlari, matematik tushuncha, mulohazalar va ular ustida amallar asosiy turlari haqida dastlabki maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Predikatlar, ular ustida amallar, algebraik operatsiyalar, algoritm tushunchasi, nomanfiy butun sonlar, ayirmasi va koʻpaytmasi, sanoq sistemasi, nomanfiy butun sonlar munosabatida
- boʻlinish munosabatini bilish va koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
.Nomanfiy butun sonlar to‘plamining xossalari. Natural sonlar qatori kesmasi va chekli to‘plam elementlari soni tushunchasi. Tartib va sanoq natural sonlari. |
| 2. |
Natural sonlar miqdorlarni o‘lchash natijasi sifatida. Natural son kesma o‘lchami sifatida. |
| 3. |
Sanoq sistemasi tushunchasi. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. O‘nli pozitsion sanoq sistemasini targ‘ib qilishda M.Xorazmiyning roli. |
| 4. |
O‘nli sanoq sistemasida nomanfiy butun sonlar ustidagi arifmetik amallarning algoritmi. |
| 5. |
O‘ndan farqli pozitsion sanoq sistemalari: sonlarning yozilishi, arifmetik amallar, bir sanoq sistemasida yozilgan sonni boshqa sanoq sistemasidagi yozuvga o‘tkazish. |
| 6. |
Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallar bajarishning og‘zaki usullari. |
| 7. |
Natural sonlar va nol tushunchasining vujudga kelish tarixini o‘rganish. |
| 8. |
Nomanfiy butun sonlar ustida bajariladigan arifmetik amallar xossalarini isbotlash. |
| 9. |
Matematik induksiya metodini qo‘llashga oid misollar yechish. |
| 10. |
Natural sonni miqdorlarni o‘lchash natijasi sifatida qaralishi nazariyasini o‘rganish. |
| 11. |
Kesmalarning o‘lchami sifatida qaralgan sonlar ustida arifmetik amallar ta’rifi va amallar bajarish xossalari. |
| 12. |
Matematik rebuslar. |
| 13. |
Matematika etyudlari. |
| 14. |
Turli sanoq sistemalari haqida tushuncha. Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari. |
| 15. |
O‘nli sanoq sistemasidagi nomanfiy butun sonlarni arifmetik amallarining algoritmi. |
| 16. |
32.O‘nli sanoq sistemasini targ‘ib qilishda M. Xorazmiyning roli. M. Xorazmiy-ning hayoti va ilmiy merosi haqida ma’lumot olish. |
| 17. |
Hisoblashning qulay usullari. |
| 18. |
Bo‘linish alomatlari. |
| 19. |
Yevklid va Erotasfen hayoti va ijodi haqida ma’lumot. |
| 20. |
Manfiy son va kasr tushunchasining vujudga kelishi haqida tarixiy ma’lumot. |
| 21. |
O‘nli kasrlar va ular ustida arifmetik amallarni bajarish algoritmi. |
| 22. |
Taqribiy hisob, absolyut va nisbiy xato, sonlarni yaxlitlash usullari. |
| 23. |
Planimetriya aksiomalarini takrorlash. Sodda geometrik figuralar ta’riflari, xossalari va alomatlarini o‘rganish. |
| 24. |
Noyevklid geometriya. |
| 25. |
Hisoblashga va isbotlashga doir masalalar. |
| 26. |
Muntazam ko‘pyoqlilar. |
| 27. |
Ko‘pyoqlilar, ularning turli kesimlarini tasvirlashga oid masalalar yechish. |
| 28. |
Miqdorlarning qadimiy va turli xalqlarga oid nostandart o‘lchov birliklari haqida ma’lumot yig’ish. Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida ma’lumotlar topish. |
| 29. |
45.Miqdorlar orasidagi bog‘lanish turlari va ularga oid misollar. |
| 30. |
Tengdosh va teng tuzilgan figuralar haqida ma’lumot. |
| 31. |
Yuzlarning nostandart birliklari haqida ma’lumotga ega bo‘lish. |
| 32. |
To‘plamlarning dekart ko‘paytmasi. |
| 33. |
To‘plamlarni o‘zaro kesishmaydigan to‘plam ostilariga (sinflarga) ajratish tushunchasi. |
| 34. |
Ekvivalentlik munosabati. |
| 35. |
Ekkivalentlik munosabatining to‘plamlarni sinflarga ajratish bilan aloqasi. |
| 36. |
Tartib munosabati. |
| 37. |
Chekli to‘plamlarning to‘plam ostilari soni. |
| 38. |
Neytral, yutuvchi va simmetrik elementlar. |
| 39. |
Graflar nazariyasi elementlari: graflar turlari, uchlar, qirralar, yoylar, daraxtlar. |
| 40. |
Graflarning yo‘llari va sxemalari. |
| 41. |
Ko‘paytmaning ta’rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. Ko‘paytirish qonunlari. Ko‘paytmaning yig‘indi orqali ta’rifi. |
| 42. |
Nomanfiy butun sonni natural songa bo‘lishning ta’rifi, uning mavjudligi va yagonaligi. |
| 43. |
Nomanfiy butun sonlar to‘plamini aksiomatik asosda qurish. |
| 44. |
Natural sonlar to‘plamini qo‘shish aksiomalari asosida qurish. |
| 45. |
Nomanfiy butun sonlarni qo'shish amalining aksiomatik ta’rifi. Qo‘shish qonunlari. |
| 46. |
Nomanfiy butun sonlarni ko‘paytirish amalining aksiomatik ta’rifi. Ko‘paytirish qonunlari. |
| 47. |
Ayirish va bo‘lishning ta’rifi. Nolga bo‘ishning mumkin emasligi. Qoldiqli bo‘lish. |
Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va seminar mashgʻulotlarini bajarish koʻnikmasini hosil qilish uchun mustaqil taʼlim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qoʻshimcha adabiyotlarni oʻrganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashgʻulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Xamedova N.A., Muxitdinova N.M., Toshpo‘latova M.I. Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi. Darslik. – Toshkent: “Excellent Polygraphy”, 2020, – 456 b.
- Nusratova D.N., Shamshiyev A. Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi (amaliy mashgʻulotlar uchun). – T: “Vneshinvestprom”, 2021. – 344 b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Hamedova N., Ibragimova Z. Tasetov T. Matematika. Oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun darslik. – Toshkent: “Turon-Iqbol”, 2007. –312 b.
- Alixonov S. Matematika o'qitish metodikasi. Darslik. – T: “Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi”, 2011. – 304 b.
7.3. Axborot manbaalari
- https://library.kokanduni.uz/
- https://unilibrary.uz/
- https://libgen.gs/
- https://library.ziyonet.uz/
- https://ziyouz.com/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida yozma shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-14 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Xoshimova Feruzaxon Baxodirovna, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Axmedov Sherdor Boxodirovich, KUAF, Fizika va matematika kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
fbaxodirqizi82@gmail.com axmedovsherdor89@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Bakiyeva - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- B.Baxritdinov - ADU, Amaliy matematika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) F.Xoshimova Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Sh.Axmedov Fan oʻqituvchisi |
