Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Umumiy psixologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 2
Fan nomi Umumiy psixologiya Fan kodi UmPsix11210
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarda umumiy psixologik bilimlarni shakllantirish, ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda psixologik qonuniyatlarni oʻrganish ehtiyojining mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamni psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligi xarakterlaydi. Shuningdek holatlar va jarayonlarning mohiyatini tahlil etishga, shaxsning kamoloti va unga taʼsir koʻrsatuvchi omillar, uning individual psixologik xususiyatlari, emotsional va irodaviy sifatlarini tahlil etishga oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • umumiy psixologiya muammolarini yechimini topishning asosiy yoʻnalishlari haqida;
  • psixologiyani vujudga kelish va rivojlanishi tarixi haqida;
  • umumiy psixologiyaning tizimlari, tamoyillari, mexanizmlari, kategoriyalari haqida bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • hayot faoliyatida shaxs shakllanishining metodlari, funksiyalari, tamoyillari;
  • insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holati optimallashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishida har xil usullarini qoʻllay olishni;
  • har xil xarakterdagi empirik materiallarni umumlashtirish va tahlil etish;
  • odam faoliyatini, xulq-atvorini va muomalasini psixologik baholash;
  • psixologiya metodologiyasi muammolarini shakllantirish vositalarini qoʻllash malakalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Xarakterning psixologik tavsifi.

  1. Xаrаktеr hаqidа tushunchа.
  2. Xаrаktеrni tаdqiq еtishgа nаzаriy vа еkspеrimеntаl yоndаshuvlаr
  3. Xarakterdagi aksentuatsiya muammosi.
  4. Xarakter tipologiyasi.
  5. Xarakter shakllanishi.
2
2.

Qobiliyat, iqtidor va iste’dod.

  1. Inson qobiliyatlarining umumiy tavsifi.
  2. Qobiliyatlarning rivojlanishi va individual farqlar.
  3. Inson qobiliyatlarining tabiati.
  4. Intellekt va uning taʼriflari
2
3.

Rivojlanish va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va metodlari.

  1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining vujudga kelish tarixi.
  2. Sharq allomalari asarlarida yosh davrlari, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi.
  3. Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari.
  4. Bolada intelektning paydo bulishi va rivojlanishi xakida J.Piajening konsepsiyasi.
  5. Bola ruhiy rivojlanishi haqida A.Vallon konsepsiyasi.
2
4.

Chaqaloqlik, goʻdaklik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari

  1. Chaqaloqlik davrining psixiologik xususiyatlari.
  2. Goʻdaklik davrining psixologik xususiyatlari.
  3. Yurishni urganish va uning bola rivojlanishiga taʼsiri.
  4. Ilk bolalik davrining asosiy faoiliyati sifatida.
  5. Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarining va shaxs xususiyattlarining rivojlanishi.
2
5.

Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

  1. Maktabgacha yosh davrida oʻyinning ahamiyati.
  2. Maktabgacha yosh davrida muloqot bola shaxsi rivojining asosiy faktori.
  3. Bogʻcha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
  4. Bogʻcha bolasining oʻquv faoliyati.
2
6.

Bogʻcha yoshidagi bola bilish jarayonlarining rivojlanishi.

  1. Bogʻcha yoshidagi bolaning sezgi va idroklarining rivojlanishi.
  2. Bogʻcha yoshidagi bolaning diqqati va uning xususiyatlari, rivojlanishi.
  3. Bogʻcha yoshidagi bolalarda xotirasining rivojlanishi
  4. Bogʻcha yoshidagi bolalarda tafakkur tushunchalari shakllanishi.
  5. Bola nutqining rivojlanishi.
  6. Bogʻcha yoshidagi bola xayoli va uning rivojlanishi.
2
7.

Bola shaxsining shakllanishi.

  1. Oʻz-oʻzini anglash va motivatsion sohasining rivojlanishi.
  2. Emotsiya va his– tuygʻu rivojlanishining shaxsiy aspektlari.
  3. Irodaviy sohaning rivojlanishi.
  4. Shaxs axloqiy sifatlarining shakllanishi.
2
8.

Maktabga tayyorgarlik

  1. Maktabga tayyorgarlik.
  2. Maktabga intеllеktual tayyorgarlik.
  3. Irodaviy va ijtimoiy tayyorgarlik.
  4. Turli faoliyat turlarida maktabga psixologik tayyorgarlikning shakllanishi.
  5. Maktabga moslashishning qiyinchiliklari.
2
9.

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

  1. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy rivojlanishiga xos xususiyatlari.
  2. Maktabga kirish bilan bogʻliq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar.
  3. Kichik maktab oʻquvchilarining oʻqish faoliyati.
  4. Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi munosabatlar.
  5. Boshlangʻich sinf oʻquvchisining biologik rivojlanishi.
  6. Boshlangʻich sinf oʻquvchisining oʻziga xos ehtiyojlari.
2
10.

O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.

  1. Oʻsmirlar haqida umumiy tushuncha.
  2. Oʻsmirlarning biologik oʻsishi.
  3. Akseleratsiya nazariyasi.
  4. Tarbiyasi qiyin oʻsmirlar
2
11.

Ta’lim va tarbiya psixologiyasi

  1. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.
  2. Tarbiyaviy taʼsirning psixologik asoslari.
  3. Oʻquv jamoasining oʻquvchiga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish imkoniyati.
  4. Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.
  5. Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni.
  6. Oʻqituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon boʻlishi.
  7. Shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash muammosi.
2
12.

Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor normasi.

  1. Shaxsning oʻzini anglashida ijtimoiy muhitning taʼsiri.
  2. Mulоqоtning insоn psixik tаrаqqiyоtidаgi оʼrni. Mulоqоtning аhаmiyаti. Muloqot turlari.
  3. Ijtimoiy ustanovka haqida tushuncha.
  4. Shaxs ijro etadigan rollar.
  5. Stereotiplar: aniq va yashirin stereotiplar.
2
13.

Kichik guruhlar psixologiyasi

  1. Kichik guruhlar klasifikatsiyasi.
  2. Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar.
  3. Liderlik va super liderlik fenomeni
2
14.

Katta guruhlar psixologiyasi

  1. Katta guruhlar psixologiyasi. Etnopsixologiya.
  2. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tadqiq etishni oʻziga xosligi.
  3. Noformal birlashmalar va stixiyali tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi.
2
15.

Oila psixologiyasi

  1. Oʻzbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar.
  2. Bolada axloqiy va madaniy malakarni shakllanishida oilaning roli.
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Xarakterning psixologik tavsifi.  

  1. Xаrаktеr hаqidа tushunchа.
  2. Xаrаktеrni tаdqiq еtishgа nаzаriy vа еkspеrimеntаl yоndаshuvlаr
  3. Xarakterdagi aksentuatsiya muammosi.
  4. Xarakter tipologiyasi.
  5. Xarakter shakllanishi.
2
2.

Qobiliyat, iqtidor va iste’dod.  

  1. Inson qobiliyatlarining umumiy tavsifi.
  2. Qobiliyatlarning rivojlanishi va individual farqlar.
  3. Inson qobiliyatlarining tabiati.
  4. Intellekt va uning taʼriflari.
2
3.

Rivojlanish va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va metodlari.  

  1. Yosh va pedagogik psixologiya fanining vujudga kelish tarixi.
  2. Sharq allomalari asarlarida yosh davrlari, taʼlim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi.
  3. Ontogenez davrlarini tabaqalash nazariyalari.
  4. Bolada intelektning paydo bulishi va rivojlanishi xakida J.Piajening konsepsiyasi.
  5. Bola ruhiy rivojlanishi haqida A.Vallon konsepsiyasi.
2
4.

Chaqaloqlik, goʻdaklik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari  

  1. Chaqaloqlik davrining psixiologik xususiyatlari.
  2. Goʻdaklik davrining psixologik xususiyatlari.
  3. Yurishni urganish va uning bola rivojlanishiga taʼsiri.
  4. Ilk bolalik davrining asosiy faoiliyati sifatida.
  5. Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarining va shaxs xususiyattlarining rivojlanishi.
2
5.

Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.  

  1. Maktabgacha yosh davrida oʻyinning ahamiyati.
  2. Maktabgacha yosh davrida muloqot bola shaxsi rivojining asosiy faktori.
  3. Bogʻcha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlari.
  4. Bogʻcha bolasining oʻquv faoliyati.
2
6.

Bogʻcha yoshidagi bola bilish jarayonlarining rivojlanishi.  

  1. Bogʻcha yoshidagi bolaning sezgi va idroklarining rivojlanishi.
  2. Bogʻcha yoshidagi bolaning diqqati va uning xususiyatlari, rivojlanishi.
  3. Bogʻcha yoshidagi bolalarda xotirasining rivojlanishi
  4. Bogʻcha yoshidagi bolalarda tafakkur tushunchalari shakllanishi.
  5. Bola nutqining rivojlanishi.
  6. Bogʻcha yoshidagi bola xayoli va uning rivojlanishi.
2
7.

Bola shaxsining shakllanishi.  

  1. Oʻz-oʻzini anglash va motivatsion sohasining rivojlanishi.
  2. Emotsiya va his– tuygʻu rivojlanishining shaxsiy aspektlari.
  3. Irodaviy sohaning rivojlanishi.
  4. Shaxs axloqiy sifatlarining shakllanishi.
2
8.

Maktabga tayyorgarlik  

  1. Maktabga tayyorgarlik.
  2. Maktabga intеllеktual tayyorgarlik.
  3. Irodaviy va ijtimoiy tayyorgarlik.
  4. Turli faoliyat turlarida maktabga psixologik tayyorgarlikning shakllanishi.
  5. Maktabga moslashishning qiyinchiliklari.
2
9.

Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.  

  1. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarning jismoniy rivojlanishiga xos xususiyatlari.
  2. Maktabga kirish bilan bogʻliq qayta qurilish va undagi qiyinchiliklar.
  3. Kichik maktab oʻquvchilarining oʻqish faoliyati.
  4. Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi munosabatlar.
  5. Boshlangʻich sinf oʻquvchisining biologik rivojlanishi.
  6. Boshlangʻich sinf oʻquvchisining oʻziga xos ehtiyojlari.
2
10.

O‘smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.  

  1. Oʻsmirlar haqida umumiy tushuncha.
  2. Oʻsmirlarning biologik oʻsishi.
  3. Akseleratsiya nazariyasi.
2
11.

Ta’lim va tarbiya psixologiyasi  

  1. Tarbiya jarayonining psixologik mohiyati, maqsad va vazifalari.
  2. Tarbiyaviy taʼsirning psixologik asoslari.
  3. Oʻquv jamoasining oʻquvchiga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish imkoniyati.
  4. Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati.
  5. Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni.
  6. Oʻqituvchining axloqiy ideal sifatida namoyon boʻlishi.
  7. Shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash muammosi.
2
12.

Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor normasi.  

  1. Shaxsning oʻzini anglashida ijtimoiy muhitning taʼsiri.
  2. Mulоqоtning insоn psixik tаrаqqiyоtidаgi оʼrni. Mulоqоtning аhаmiyаti. Muloqot turlari.
  3. Ijtimoiy ustanovka haqida tushuncha.
  4. Shaxs ijro etadigan rollar.
  5. Stereotiplar: aniq va yashirin stereotiplar
2
13.

Kichik guruhlar psixologiyasi  

  1. Kichik guruhlar klasifikatsiyasi.
  2. Kichik guruhlarga xos qonuniyatlar.
  3. Liderlik va super liderlik fenomeni
2
14.

Katta guruhlar psixologiyasi  

  1. Katta guruhlar psixologiyasi. Etnopsixologiya.
  2. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasini tadqiq etishni oʻziga xosligi.
  3. Noformal birlashmalar va stixiyali tashkil etilmagan guruhlar psixologiyasi.
2
15.

Oila psixologiyasi  

  1. Oʻzbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatlar.
  2. Bolada axloqiy va madaniy malakarni shakllanishida oilaning roli.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Psixologiya fanining maqsad va vazifalari.

2.

Ong haqida tushuncha va uning hossalari.

3.

Hozirgi zamon psixologiyasining tadqiqot metodlari.

4.

Psixikaning filogenetik taraqqiyoti.

5.

Faoliyatning o‘zlashtirilishi va malakalarni egallash.

6.

Xorij psixologiyasida motiv va motivatsiya muammosi.

7.

Muloqot haqida tushuncha.

8.

Pedagogik faoliyatda muloqot.

9.

Individ, shaxs, individuallik tushunchalari.

10.

Shaxsning malaka va odatlari.

11.

Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari.

12.

Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari.

13.

Diqqat turlari va uning xususiyatlari.

14.

Sezgilar haqida umumiy tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari.

15.

Sezgi turlari va uning qonuniyatlari.

16.

Idrok haqida tushuncha va uning xususiyatlari.

17.

Xotira haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi.

18.

Xotira turlari va uning jarayonlari.

19.

Hayol haqida tushuncha.

20.

Hayol jarayonlari va hayol turlari.

21.

Tafakkur borasidagi psixologik nazariyalar.

22.

Tafakkur operatsiyalari.

23.

Intellekt va kreativlik nazariyalari.

24.

Temperament va uning nazariyalari.

25.

Shaxsni o‘rganish metodlari.

26.

Emotsional holatlar

27.

Xarakter haqida tushuncha.

  Seminar mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrish. Berilgan mavzu yuzasidan referat tayyorlash. Referat mavzusini himoya qilish.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Salaxidinova X.X.Umumiy psixologiya. O‘quv qo‘llanma. Andijon.“OMADBEK PRINT NUMBER ONE” MCHJ -2025.
  2. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. T.: O‘qituvchi, 2020.
  3. Маклаков А.Г. Общая психология: Учебник для Вузов: - СПБ: Питер, 2016. – 583 с: ил. – («серия учебник для вузов»).
  4. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2020. – 910 p.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Столяренко Людмила Дмитриевна Психология - учебник для ВУЗов – Санкт-Питербург, "Издательский дом "Питер", 2021. – 592 с.
  2. Ильин Е. Психология индивидуальных различий. М. 2003 г.
  3. Леонтьев А. Н. Деятельность. Сознание. Личность. М: Изд-во полит, литературы.2005. 304 с.
  4. Общая психолоrия: в 7 т.: учебник для студ. высш. учеб. Под ред. Б.Братуся. – М.: Издательский центр «Академия», 2007

7.3. Axborot manbaalari

  • https://drive.google.com/file/d/159BEbfFjdKmPCZhikFvB2meyF0yXSZF5/view?usp=sharing
  • https://docs.google.com/document/d/1z1wB3lW6iP2bmMG7xhR8yyRlmgrz3ez3/edit?usp=sharing&ouid=113299755793307527307&rtpof=true&sd=true
  • https://drive.google.com/file/d/1dVnRQ1_oyf4UUi2lBvY_d_EI4SNVVElx/view?usp=sharing

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Jalolova Mohigul Odiljon qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi katta oʻqituvchisi, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: mohiguljalolova0@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n.

M.Xalimova - ADPI, Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri, p.f.d., professor

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-juma, soat 15.00 – 16.00, E 601-xona .

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Jalolova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi