![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Statistika
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda statistika, statistik maʼlumotlar va ularning turlari, maʼlumotlarni guruhlarga ajratish, maʼlumotlar asosida statistik tahlil qila olish, tahlil natijalarini turli grafiklar asosida taqdim qila olish, dispersion tahlil qila olish, chiziqli regressiya tenglamasini tuza olish hamda u asosida bashorat qila olish, oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bogʻliqlik darajasini tegishli formulalarni qoʻllab hisoblay olish va u asosida iqtisodiy xulosalar berish, statistik indekslarni hisoblash, aholi soni, mehnat bozori, milliy boylik, moliya bozori asosiy koʻrsatkichlarini mavjud maʼlumotlar asosida statistik tahlil qila olish, statistik maʼlumotlar bilan ishlashda zamonaviy kompyuter dasturlardan foydalana olish, dastur davomida oʻrganilgan asosiy formula va qoidalarni amaliy masalalarni yechish jarayonida qoʻllay olish koʻnikmalarini hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
3. Iqtisodchilar ichun matematika I,II (MAT101, MAT102)
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (INF101)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- statistika, statistik maʼlumotlar, davlat va jamiyatda statistikaning oʻrni haqida tushunchaga ega boʻlishi;
- malumot yigʻish, soʻrovnomalar yaratish, yigʻilgan maʼlumotlarni grafik va diagrammalar asosida tasvirlay olishi;
- statistik koʻrsatkichlarni hisoblashning turli qoida va formulalarini bilishi;
- bosh va tanlanma toʻplam, tanlanma kuzatish elementlarini bilishlari;
- statistik indekslarni aniqlash formulalarini bilishi;
- aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi tushunchalari haqida bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Oʻzbekistondagi davlat statistika qoʻmitasi rasmiy sayti bilan ishlay olish;
- statistik maʼlumotlarni guruhlarga ajratish va ularni tahlil qila olish;
- koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarni topa bilish, chastotalar poligoni va gistogrammasini chiza olish;
- oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bogʻlanish darajasini aniqlash, bogʻliqlik ifodasini harakterlovchi matematik ifodani keltirib chiqara olish;
- formulalar asosida statistik indekslarni hisoblay olish;
- aholi statistikasi, mehnat bozori statistikasi, milliy boylik statistikasi, moliya bozori statistikasi asosiy koʻrsatkichlarini tahlil qila olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Statistik kuzatishning asosiy tamoyillari |
| 2. |
Statistik guruhlash usuli |
| 3. |
Statistik jadval turlari. Tasviriy statistika |
| 4. |
Mutlaq, nisbiy va o’rtacha ko’rsatkichlar |
| 5. |
Tuzilmaviy o’rtachalar turlari va ulardan statistik tadqiqotlarda foydalanish |
| 6. |
O’rtacha miqdor uchun ishonch intervali |
| 7. |
Korrelyatsion-regression tahlilni qo’llashning shart-sharoitlari |
| 8. |
Juft korrelyatsiya va regressiya tenglamasi |
| 9. |
Dinamik qatorlarini analitik tahlil qilish ko’rsatkichlari |
| 10. |
Iqtisodiy indekslarning tasniflanishi. Individual va umumiy indekslar |
| 11. |
Nominal va real yalpi ichki mahsulot tushunchasi |
| 12. |
Milliy boylik statistikasi |
| 13. |
Aholi soni va tarkibi statistikasi |
| 14. |
Aholi dinamikasi va istiqboldagi sonini bashoratlash |
| 15. |
Mehnat resurslari balansi |
| 16. |
Narx statistikasi asosiy ko‘rsatkichlari |
| 17. |
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi ko’rsatkichlar |
| 18. |
Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi |
| 19. |
Aholi turmush darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi |
| 20. |
Investitsiyalar statistikasi |
Mustaqil ish referat, hisobot va taqdimot koʻrinishida topshiriladi va himoya qilinadi
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Xujakulov X.D., Sayfullayev S.N. Statistika nazariyasi //Darslik. – T.: “Tahririy Nashriyot”, 2024, 296 b
- Shodiyev X. A., Xabibullayev I. X. Statistika: darslik. Toshkent. – T.: “Iqtisod va moliya”, 2018. – 445 bet. http://kitob.sies.uz/frontend/web/kitob/kitob_0061440c2ecc797.pdf
- Малых Н.И.. Статистика: теория статистики. Учебник и практикум для СПО/– М.: Издательство Юрайт, 2019. – 275 с. ISBN 978-5-534-10178-2 https://urait.ru/book/statistika-teoriya-statistiki-442437
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Paul Newbold, William Carlson, Betty Thorne Statistics for Business and Economics, Global Edition. 8th ed. 2022. p. 700. http://ndl.ethernet.edu.et/bitstream/123456789/13768/1/1-Paul%20Newbold.pdf
- Shodiyev X. va Xabibullayev I. Statistika bo`yicha praktikum: o‘quv qo'llanma; О‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talimi vazirligi; — Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012. — 322 b https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-02-05-48-22_671ea64c6a895b4723f08e96c103d5d6.pdf
- Годин А.М.. Статистика: Учебник для бакалавров /– 11-е изд., перераб. и испр. – М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и Ко», 2014. – 412 с. ISBN 978-5-394-02183-1
7.3. Axborot manbaalari
- https://ocw.mit.edu
- https://scholar.harvard.edu
- https://stat2.berkeley.edu
- https://stat.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib keladi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi;
- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni referat/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida yozma shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interaktiv mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi | Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Amaliy topshiriqlar | Fan boʻyicha masalalar yechish | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Iminov Zafarjon Maxammatibroximovich, KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
z.iminoff@yandex.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
B.Mamayev - KUAF, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- I.Ergashov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Iminov Fan oʻqituvchisi |
