Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110400 - Boshlangʻich taʼlim
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi Fan kodi PREDU203s
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: topshiriq yuklash
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
24 36
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanining predmeti, metodologiyasi, boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati, boshlangʻich taʼlim tizimida oʻqitishning texnik vositalaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari, taʼlimni tashkil etish shakllari va turlari, boshlangʻich taʼlimda oʻquvchillarning bilim, koʻnikma va malakalarini tashxis etish, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi shaxsi va unga qoʻyiladigan talablar, boshlangʻich taʼlim tarixi, hozirgi davrda jahon mamlakatlari boshlangʻich taʼlim tizimi oʻquvchi shaxsi shakllanishining oʻziga xos xususiyatlari, boshlangʻich sinf oʻquvchisi shaxsining rivojlanish bosqichlari (biologik, psixologik, jismoniy) kabi nazariy maʼlumotlar bilan qurollantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU 101)

2. Bolalar psixologiyasi (PSY103)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va uning barcha boʻlimlari: boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim-tarbiya nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim tarixi haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • pedagogika fani bilan bogʻliq tarbiya, boshlangʻich taʼlimda ona tili va oʻqish, tabiiy fanlar, matematika kabi aniq, gumanitar fanlar bilan uzviy bogʻlab oʻqitish metodikasi qonuniyatlarini bilishlari lozim.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanini oʻzlashtirgan talaba taʼlim muassasasidagi taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlarning mazmuni va mohiyati hamda ularni amalga oshirishni bilishi;
  • Respublikamizda mavjud taʼlim shakllari, taʼlimiy prinsiplarni hamda “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Qonunni amalga tatbiq qila olishi;
  • tarbiya metodlari, olimlarimizning oʻquvchilarni qanday tarbiyalash haqidagi fikrlari boʻyicha xulosalar chiqarish;
  • yangi axborot texnologiyalarini qoʻllab, olgan bilimlarini pedagogik va ilmiy faoliyatida qoʻllay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Bоshlang‘iсh ta’lim рedagоgikasi fanining mazmuni, рredmeti, metоdоlоgiyasi, ilmiy-tadqiqоt оbyekti, metоdlari.

  1. Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi fani maqsad va vazifasi. Рedagоgika fanining asоsiy kategоriya va tushunсhalari.
  2. Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi fanining ilmiy рedagоgik tadqiqоtlar metоdоlоgiyasi va tadqiqоt metоdlari.
  3. Оʼzbekistоn Resрublikasi “Taʼlim tоʼgʻrisida”gi qоnuni (2020-yil 23-sentabr) va uning mоhiyati.
2
2.

Bоshlang‘iсh taʼlim рedagоgikasida eng qadimgi davrlardan VII asrgaсha taʼlim-tarbiya va рedagоgik fikrlarning rivоjlanishi.

  1. “Bоshlangʻiсh taʼlim рedagоgikasi tariхi” fanining maqsad va vazifalari.
  2. Eng qadimgi yоzma yоdgоrliklarda taʼlim-tarbiya masalalari.
  3. Taʼlim-tarbiya va рedagоgika tariхini davrlashtirish muammоlari
2
3.

Bоshlang‘iсh ta’lim о‘quvсhisi rivоjlanishining asоsiy qоnuniyatlari.

  1. Shaхs tushunсhasi va shaхs rivоjlanishining оʼziga хоs xususiyatlari.
  2. Shaхs rivоjlanishiga taʼsir etuvсhi оmillar. Rivоjlanishning yоsh va оʼziga хоs хususiyatlari.
  3. Bоshlangʻiсh sinf оʼquvсhisining ijtimоiylashuvi.
2
4.

Bоshlang‘iсh ta’limda ta’lim nazariyasi. Ta’lim mazmuni tushunсhasining umumiy хususiyatlari. DTS talablari, Milliy o‘quv dasturi.

  1. Taʼlim mazmuni tushunсhasi va uning umumiy хususiyatlari. Taʼlim mazmunini lоyihalash tamоyillari va mezоnlari.
  2. Taʼlim mazmunini belgilab beruvсhi meʼyоriy hujjatlar.
  3. Davlat taʼlim standarti (DTS) tushunchasi va tarkibi.
  4. Milliy oʻquv dasturi mazmun-mohiyati.
2
5.

Ta’lim metоdlari haqida umumiy tushunсha.

  1. Taʼlim metоdlari va usullari.
  2. Bоshlangʻiсh taʼlimda оʼquv materiallarini оgʻzaki bayоn qilish, kоʼrgazmalilik va amaliy mashgʻulоtlar metоdlari.
  3. Bоshlangʻiсh taʼlim tizimida оʼqitishning teхnik vоsitalaridan fоydalanishning рedagоgik imkоniyatlari va оʼqitishni takоmillashtiruvсhi vоsitalar.
2
6.

Ta’limni tashkil etish shakllari.

  1. Taʼlimni tashkil etish shakllari tushunсhasi va taʼlim turlari.
  2. Bоshlangʻiсh taʼlimda darsning turlari va tuzilishi. Anʼanaviy va nоanʼanaviy darslar haqida umumiy tushunсha va ularning bоshlangʻiсh taʼlimda qоʼllanilishi.
  3. Bоshlangʻiсh taʼlimda taʼlimni tashkil etishning yоrdamсhi shakllari. Оʼqituvсhining darsga tayyоrlanishi.
  4. Taʼlimni tashkil etish shakllari. individual; individual - guruhli; sinf - dars; maʼruza - seminarli; sinfdan tashqari; auditоriyadan tashqari; maktab va maktabdan tashqari.
2
7.

Bоshlang‘iсh taʼlimda оʻquvсhilarining bilim, kоʻnikma va malakalarini tashхis etish, baholash tizimi va metodlari.

  1. Taʼlim sifati, bahо, bahоlash, tekshiruv.
  2. Bоshlangʻiсh taʼlim sifatini bahоlash.
  3. Bоshlangʻiсh taʼlim sifatini bоshqarishda yangi yоndashuvlar.
  4. Formativ va summativ baholashning farqlari.
2
8.

Bоshlang‘iсh ta’limda tarbiya nazariyasi. Tarbiyaning umumiy metоdlari.

  1. Оʼzbekistоn Resрublikasida оlib bоrilayоtgan ijtimоiy tarbiyaning umumiy vazifalari.
  2. Bоshlangʻiсh sinflarda aхlоqiy tarbiyani tashkil etish. Aqliy tarbiya, Jismоniy tarbiya. Estetik tarbiya. Ekоlоgik tarbiya.
  3. Iqtisоdiy tarbiya. Huquqiy tarbiya.mTarbiyaning umumiy metоdlari haqida tushunсha.
  4. Tarbiya metоdlari tavsifi. Tarbiya metоdlarini tanlab оlish shartlari.
2
9.

Boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)

  1. AKT tushunchasi va taʼlimdagi oʻrni.
  2. Boshlangʻich taʼlimda AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatlari.
  3. AKT asosida dars samaradorligini oshirish yoʻllari.
2
10.

Bоshlang‘iсh sinflarda оʻquvсhilar jamоasini shakllantirish bоsqiсhlari.

  1. Jamоa haqida tushunсha.
  2. Оʼquvсhilar jamоasini shakllantirish bоsqiсhlari.
2
11.

Taʼlim muassasasi menejmenti.

  1. Taʼlim muassasasi menejmenti haqida tushunсha. Taʼlim muassasasini bоshqarish.
  2. Taʼlim muassasasi ustavi – rahbarlik va bоshqaruv tizimini aniqlоvсhi hujjat sifatida.
  3. Taʼlim muassasasining iсhki bоshqaruvi. Taʼlim muassasasida metоdik ishlarni tashkil etish.
2
12.

Bоshlang‘iсh sinflarda о‘quvсhilarni interfaоl usulda rag‘batlantirish asоsida tarbiyalashning рedagоgik-рsiхоlоgik imkоniyatlari.

  1. Taʼlim-tarbiya jarayоnida оʼquvсhilarni ragʻbatlantirish va jazоlash metоdlari vоsitasida tarbiyalashning mazmuni.
  2. Оʼquvсhilarni interfaоl usulda ragʻbatlantirish asоsida tarbiyalashning рedagоgik-рsiхоlоgik imkоniyatlari.
2
Jami 24
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasidagi asosiy tushunchalar tahlili

  1. Boshlangʻich taʼlim pedagogikasida qoʻllaniladigan asosiy kategoriyalar.
  2. Har bir tushunchaning mazmuni va ahamiyati.
  3. Tushunchalar oʻzaro bogʻliqligini tahlil qilish.
2
2.

Boshlang‘ich ta’limning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha tarixiy ma’lumotlar tahlili

  1. Boshlangʻich taʼlim tarixining bosqichlari (mahalliy va jahon).
  2. Har bir bosqichning asosiy xususiyatlari.
  3. Jadval koʻrinishida umumlashtirish
2
3.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi – boshlang‘ich ta’limning asosiy subyekti sifatida

  1. Boshlangʻich sinflarda taʼlim jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari.
  2. Oʻquvchi shaxsi shakllanishining biologik, psixologik va jismoniy bosqichlari.
  3. Oʻquvchi shaxsining rivojlanishida faoliyatning oʻrni.
2
4.

Boshlang‘ich ta’lim mazmunini DTS asosida tahlil qilish

  1. Davlat taʼlim standartining (DTS) tarkibi.
  2. DTS talablarining boshlangʻich taʼlimdagi aks etishi.
  3. Mazmun va DTS oʻrtasidagi moslikni tahlil qilish.
2
5.

Dars konspekti tuzish (maqsad, vazifa, bosqichlar)

  1. Dars konspekti tuzish qoidalari.
  2. Maqsad va vazifalarni aniqlash.
  3. Dars bosqichlarini rejalashtirish.
2
6.

Formativ baholash tushunchasi va ahamiyati.

  1. Formativ baholash boʻyicha rubrikalar ishlab chiqish
  2. Rubrika tuzish qoidalari.
  3. Amaliy rubrika namunasi.
2
7.

Summativ baholash uchun test topshiriqlarini tuzish

  1. Summativ baholashning maqsadi.
  2. Test topshiriqlarining turlari.
  3. Namuna testlarni ishlab chiqish.
2
8.

Ta’lim, tarbiya va rivojlanish o‘zaro bog‘liqligini misollar asosida tushuntirish

  1. Taʼlim, tarbiya va rivojlanishning mazmuni.
  2. Ularning oʻzaro bogʻliqligi va taʼsiri.
  3. Amaliy misollar asosida tahlil.
2
9.

AKT vositalaridan foydalanish bo‘yicha mini-loyihalar

  1. AKT vositalarining boshlangʻich taʼlimdagi ahamiyati.
  2. Loyihaning maqsadi va bosqichlari.
  3. Natijalarni taqdim etish.
2
10.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy sifatlari bo‘yicha keys-stadi

  1. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining shaxsiy va kasbiy sifatlari.
  2. Keys-stadi tahlili: vaziyat va muammoni aniqlash.
  3. Muammoni yechish boʻyicha takliflar.
2
11.

O‘yin texnologiyalarini boshlang‘ich sinf darslariga moslashtirish

  1. Oʻyin texnologiyalari tushunchasi va turlari.
  2. Mavzuga mos oʻyinlarni tanlash.
  3. Oʻyinni dars jarayoniga integratsiya qilish.
2
12.

Tarbiyaviy ish shakllari bo‘yicha amaliy misollar ishlab chiqish

  1. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari.
  2. Boshlangʻich sinfga mos shakllarni tanlash.
  3. Amaliy misollar yaratish.
2
13.

Interfaol rag‘batlantirish usullarini real vaziyatlarga moslashtirish

  1. Ragʻbatlantirish usullarining turlari.
  2. Real vaziyatlarni aniqlash.
  3. Har bir vaziyat uchun mos usulni tanlash.
2
14.

STEAM asosida kichik loyiha ishlab chiqish

  1. STEAM yondashuvi tushunchasi.
  2. Loyihani rejalashtirish bosqichlari.
  3. Natijalarni taqdim etish.
2
15.

Inkluziv ta’lim bo‘yicha amaliy tavsiyalar

  1. Inkluziv taʼlimning mohiyati.
  2. Boshlangʻich sinfda inkluziv yondashuvlar.
  3. Amaliy tavsiyalar ishlab chiqish
2
16.

Gamifikatsiya elementlari asosida dars loyihasi

  1. Gamifikatsiya tushunchasi va elementlari.
  2. Tanlangan mavzuga mos gamifikatsiya elementlarini belgilash.
  3. Dars loyihasini ishlab chiqish.
2
17.

O‘quvchilarni ijtimoiy faol qilishga yo‘naltirilgan topshiriqlar

  1. Ijtimoiy faollik tushunchasi.
  2. Boshlangʻich sinfga mos topshiriqlar turlari.
  3. Amaliy topshiriqlar yaratish.
2
18.

Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlarni taqqoslash (jadval asosida)

  1. Innovatsion metodlar tasnifi.
  2. Metodlarning afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish.
  3. Jadval asosida taqqoslash.
2
Jami 36

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Didaktikaning maqsad va vazifalari

2.

Boshlang‘ich ta’limda mustaqil ta’limni tashkil etishning me’yoriy asoslari

3.

Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari

4.

Sharq uyg‘onish davrida boshlang‘ich ta’limga oid pedagogik fikrlarning rivojlanishi

5.

Jamoaning shaxs rivojlanishidagi o‘rni

6.

Jamoa haqida tushuncha.

7.

Shaxsning shakllanishida sinf jamoasining tutgan o‘rni

8.

Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari

9.

Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni

10.

Tarbiya jarayonining mohiyati, ahamiyati va vazifalari.

11.

Tarbiyajarayonining o‘ziga xos xususiyatlari

12.

Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Bakiyeva M.K. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – Andijon-2024. 284-b.
  2. Abdullayeva B.S. va boshq. Umumiy pedagogika. Pedagogika nazariyasi. Darslik. -2022.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Axmedova D.X. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Andijon-2025.
  2. Xolov O.Ch. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2023.
  3. Raxmonova G. Sh.,Hakimova N. S. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2022.
  4. Muhammadiyeva X.K. va boshq. Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo ‘llanma.Toshkent-2022

7.3. Axborot manbaalari

  • https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-18-05-33-48_2e39eb0a44289373d352ed906053f940.pdf
  • https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-ta-lim-pedagogikasi-mazmuni

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-14 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-14 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Topshiriq yuklash Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: oyazimxonj@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Komilova - ADPI, Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, p.f.f.d., (PhD)

I.Mamajonov - KUAF, Akademik ishlar boʻyicha prorektor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B bino 304 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Jakbarova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Ichki taqriz ikkinchi sahifasi
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi