Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Moliya asoslari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410100 - Iqtisodiyot
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Moliya asoslari Fan kodi FIN202
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga moliyaviy dunyoning asosiy taʼriflari va tushunchalarini: moliyaning maʼnosi va koʻlamini, uning kundalik faoliyatga qanday taʼsir qilishi, kompaniya qanday qilib qiymatni maksimal darajada oshirishi, toʻgʻri likvidlik va toʻlov qobiliyatini taʼminlashi va risklarni boshqarishi koʻnikmalariga ega boʻlish boʻyicha yoʻnalishga mos boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi (ECON101)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Moliyaviy menejmentning asosiy prinsiplari.
  • Moliya va iqtisodiyot oʻrtasidagi bogʻliqlik.
  • Moliyaviy tizimlarning umumiy tuzilishi.
  • Moliyaviy koʻrsatkichlar va ularning tahlili
  • Risk va daromad baholash

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Balans hisobotlari, daromadlar hisobotlari va pul oqimlari hisobotlarini oʻqish va tahlil qilish.
  • Moliyaviy koʻrsatkichlarni hisoblash (rentabellik, likvidlik, kapital tuzilishi).
  • Moliyaviy holatni baholash va tavsiyalar berish.
  • Dividend siyosatini ishlab chiqish va tavsiyalar berish.
  • Dividend toʻlovlarining taʼsirini baholash.
  • Dividendlarni oshirish yoki kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish
  • Moliyaviy va operatsion risklarni aniqlash va baholash.
  • Hedging strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Risklarni modellashtirish va baholash

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Moliyaning mohiyati va funksiyalari

  1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
  2. Moliyaning funksiyalari.
  3. Takror ishlab chiqarish va moliya.
2
2.

Moliyaviy siyosat

  1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari.
  2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yoʻnalishlari).
  3. Oʻzbekistonning moliyaviy siyosati va uning oʻziga xos xususiyatlari.
2
3.

Moliyaviy tizim

  1. Moliyaviy tizim
  2. Moliyaviy tizimning sohalari va boʻgʻinlari.
  3. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi.
  4. Moliyaviy oqimlarni boshqarish.
2
4.

Moliyaviy boshqaruv

  1. Moliyaviy boshqaruv
  2. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
  3. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
  4. Moliyaviy oqimlarni boshqarish.
2
5.

Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish

  1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash.
  2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
2
6.

Moliyaviy nazorat

  1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obyekti, predmeti, tizimi,
  2. vazifalari, prinsiplari.
  3. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari.
  4. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.
  5. Nodavlat moliyaviy nazorati.
2
7.

Davlat byudjeti

  1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati.
  2. Davlat byudjetining daromadlari.
  3. Davlat byudjetining xarajatlari.
  4. Davlat byudjeti defitsiti va uni moliyalashtirish.
2
8.

Davlat maqsadli jamg’armalari

  1. Davlatning maqsadli jamgʻarmalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati
  2. va ahamiyati.
  3. Pensiya jamgʻarmasi.
  4. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi.
  5. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi..
2
9.

Davlat krediti

  1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari.
  2. Davlat krediti klassifikatsiyasi.
  3. Davlat kreditini boshqarish.
  4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar.
  5. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida.
  6. Davlat qarzlarini boshqarish
2
10.

Sug’urta

  1. Sugʻurta haqida tushuncha va uning oʻziga xususiyatlari.
  2. Sugʻurtani amalga oshirishning huquqiy asoslari.
  3. Sugʻurta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari.
  4. Qayta sugʻurta qilishning mohiyati va turlari
2
11.

Uy xo’jaliklar moliyasi

  1. Uy xoʻjaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning oʻziga xos xususiyatlari.
  2. Uy xoʻjaliklari daromad va xarajatlari.
  3. Jamgʻarmalarni shakillantirish va yoʻnaltirish
2
12.

Xalqaro moliya

  1. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
  2. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan oʻrni.
  3. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati
2
13.

Moliya nazariyalari

  1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari.
  2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
2
14.

Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi

  1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati.
  2. “Zamonaviy moliya”ni oʻrganishning obʼektiv zarurligi.
2
15.

Zamonaviy (amaliy) moliyaviy qarorlar

  1. Uy xoʻjaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
  2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish  

  1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash.
  2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish.
2
2.

Moliyaviy nazorat  

  1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, obyekti, predmeti, tizimi,
  2. vazifalari, prinsiplari.
  3. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari.
  4. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari.
  5. Nodavlat moliyaviy nazorati
2
3.

Davlat byudjeti  

  1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati.
  2. Davlat byudjetining daromadlari.
  3. Davlat byudjetining xarajatlari.
  4. Davlat byudjeti defitsiti va uni moliyalashtirish.
2
4.

Davlat maqsadli jamg’armalari  

  1. Davlatning maqsadli jamgʻarmalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati
  2. va ahamiyati.
  3. Pensiya jamgʻarmasi.
  4. Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi.
  5. Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi..
2
5.

davlat krediti  

  1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va funksiyalari.
  2. Davlat krediti klassifikatsiyasi.
  3. Davlat kreditini boshqarish.
  4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar.
  5. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida.
  6. Davlat qarzlarini boshqarish.
2
6.

Sug’urta  

  1. Sugʻurta haqida tushuncha va uning oʻziga xususiyatlari.
  2. Sugʻurtani amalga oshirishning huquqiy asoslari.
  3. Sugʻurta bozorining mohiyati, tarkibi va turlari.
  4. Qayta sugʻurta qilishning mohiyati va turlari
2
7.

Uy xo’jaliklar moliyasi  

  1. Uy xoʻjaliklar moliyasi
  2. Uy xoʻjaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning oʻziga xos xususiyatlari.
  3. Uy xoʻjaliklari daromad va xarajatlari.
  4. Jamgʻarmalarni shakillantirish va yoʻnaltirish
2
8.

Xalqaro moliya  

  1. Xalqaro moliya
  2. Xalqaro moliyaning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
  3. Jahon moliyaviy muhiti va unda xalqaromoliya munosabatlarining tutgan oʻrni.
  4. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli va ahamiyati.
2
9.

Moliya nazariyalari  

  1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari.
  2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari
2
10.

Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi  

  1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni oʻrganishning obyektiv zarurligi
  2. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati.
  3. “Zamonaviy moliya”ni oʻrganishning obʼektiv zarurligi
2
11.

Zamonaviy (amaliy) moliyaviy qarorlar  

  1. Uy xoʻjaliklari qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
  2. Firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar.
2
12.

Moliyaning mohiyati va funksiyalari  

  1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
  2. Moliyaning funksiyalari.
  3. Takror ishlab chiqarish va moliya
2
13.

Moliyaviy siyosat  

  1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari.
  2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yoʻnalishlari).
  3. Oʻzbekistonning moliyaviy siyosati va uning oʻziga xos xususiyatlari
2
14.

Moliyaviy tizim  

  1. Moliyaviy tizimning sohalari va boʻgʻinlari.
  2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi. #
  3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish.
2
15.

Moliyaviy boshqaruv  

  1. Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati.
  2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
  3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Moliyaviy bozorlar va ularning turlari

2.

Bank tizimi va pul aylanishi

3.

Investitsiyalar va ularning samaradorligi

4.

Moliyaning mohiyati, funksiyalari va tarkibi

5.

Davlat moliyasi va byudjet tizimi

6.

Soliq tizimi va soliqlar turlari

  Mustaqil ish referat ilmiy maqolalar tayyorlashlari hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalarda maʼruzalar qilib, ilmiy tezislarini chop etishi mumkin. Mustaqil ish referat yozish hamda ularni himoya qilish.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Malikov T.S. Moliya: Darslik. , O.O. Olimjonov; / – T.: “Iqtisod-Moliya” 2019
  2. Karimov N. Axmedov A. Moliya asoslari va moliyaviy investitsiyalar. O‘quv qo‘llanma / Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: 2021.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 2013-yil Toshkent
  2. Malikov T.S. Moliya: nazariy asoslar. Oʻquv qo‘llanma Toshkent Moliya instituti. – Toshkent: 2020
  3. Erik Banks “Finance: the basics” 2023
  4. Julie Dahlquist, Rainford Knight “Principles of finance”. 2022
  5. Erik Banks “Finance: the basics” 2023

7.3. Axborot manbaalari

  • https://arm.ssuv.uz/frontend/web/books/642a934e8e567.pdf
  • https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/09/13/2021_MOLIYA_ASOSLARI_MOLIYA_VA_INVESTISIYALAR.pdf

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi101-13 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Nilufar Akbarova ,
KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: nilufar_akbarova@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Moʻydinov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, i.f.f.d., (PhD)

A.Mamajonov - AQXAI, kafedra mudiri, i.f.f.d., professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

I.Mitillayev

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Nilufar

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan