![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Patologik anatomiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi patologik anatomiya fani boʻlajak umumiy amaliyot shifokorlarida odam organizmida umumpatologik jarayonlarda va kasalliklarda roʻy berishi mumkin boʻlgan turli xil patologoanatomik oʻzgarishlar va kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, morfologik oʻzgarishlari, ularning struktur asoslarini, shuningdek, kliniko-anatomik tahlil uslublarini, xamda yoshga oid oʻzgarishlari haqida bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdir.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Lotin tili va tibbiy terminologiya ( LT1204)
3. Odam anatomiyasi (AN112312)
4. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)
5. Gistologiya, sitologiya, embriologiya (GSE12308)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- patologik anatomiya asoslari;
- umumpatologik va xususiy patologik jarayonlarni etiologiyasi, patogenezi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
- kasallikning har bir bosqichidagi umumpatologik jarayonlar morfologiyasi, bir-biridan farqini va oqibatlarini oʻrganish;
- kasalliklar etiologiyasi, pato-morfogenezi, patomorfologik oʻzgarishlarini asosiy qonuniyatlari mohiyatini bilish, ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi xaqida tassavurga ega boʻlishi;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- organizmda aʼzo, toʻqima va hujayralarda kechadigan umumpatologik jarayonlarni sabablari, morfogenezi va xos patomorfologik oʻzgarishlarini asosiy qonuniyatlari mohiyatini bilish, ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi koʻnikmalarini egallash;
- patogistologik preparatlar bilan ishlay olishi, umummorfologik va gistoximyoviy boʻyash usullarini koʻnikmalarini egallash;
- patologik jarayonnlarni va uning turlarini mikro-makroskopik jihatidan aniqlashni bilishi va amalga oshira olishi, patologik jarayon sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini, asoratlarini va oqibatlarini, kasalliklarni klinik belgilarini aniqlay olishni amaliy koʻnikmasi ishlab chiqish;
- mikro-makroskopik oʻzgarishlarni yorita olish amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Prenatal patologiya. Tugʻma nuqsonli rivojlanishlar. Gemolitik va gemorragik kasallik. Pnevmopatiya. Yoʻldoshning patologiyasi.
|
2 |
| 2. |
Oʻsma oʻsishi biologiyasi: yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Klassifikasiyasi. Oʻsmaning organizmga ta’siri. Oʻsmalardagi ikkilamchi oʻzgarishlar.
|
2 |
| 3. |
Immun tizim kasalliklari. Gipersezuvchanlik. Immuntolerantlik. Autoimmun kasalliklar mexanizmi. Immuntanqislik sindromi. Timusning rivojlanish buzilishlari.
|
2 |
| 4. |
Qon tomirlar patologiyalari (Gipertenziya. Ateroskleroz. Anevrizmalar. Vaskulitlar). Yurak ishemik kasalliklari. Revmatik kasalliklar. Kardiomiopatiyalar.
|
2 |
| 5. |
Oʻpka oʻtkir infeksiyalari. Erta yoshdagi bolalar pnevmoniyasi. Oʻtkir respirator distress sindromi. Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari. Surunkali kasalliklari. Oʻsmalar Bolalarda nafas a’zolarini maxsus boʻlmagan kasalliklari.
|
2 |
| 6. |
Oshqozon-ichak trakti patologiyalari. Ezofagit. Oʻtkir va surunkali gastritlar. Yara kasalligi. Oshqozon polipozlari va oʻsmalari. Ichak ishemik kasalligi. Ichak oʻsmalari.
|
2 |
| 7. |
Jigar va oʻt yoʻllari patologiyasi. Infeksion kasalliklar (virusli, bakterial, parazitar gepatitlar). Xolesistitlar, xolangiosellyulyar raklar. Jigarni toksik va dori vositalari ta’sirida zararlanishi. Gepatozlar. Jigar sirrozlari. Jigar oʻsmalari
|
2 |
| 8. |
Buyrak kasalliklari. Glomerulopatiyalar. Rivojlanish anomaliyalari. Tubulointersisial kasalliklar. Buyrak oʻsmalari. Obstruktiv urinopatiya.
|
2 |
| 9. |
Endokrin kasalliklar. Yalligʻlanish, disfunksional va oʻsma kasalliklari.
|
2 |
| 10. |
Perinatal patologiya. Tugʻma infeksiyalar. Asfiksiya. Tugʻruqdagi travmalar. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.
|
2 |
| Jami | 20 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Kompensator moslanish jarayonlari.
|
2 |
| 2. |
Neoplaziya. Yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Klassifikasiyasi. Bolalar yoshidagi rivojlanadigan oʻsmalar, xususiyatlari. Epitelial oʻsmalar. Mezenximal, melanin xosil qiluvchi toʻqima oʻsmalari. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.
|
2 |
| 3. |
Leykoz. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.
|
2 |
| 4. |
Anemiyalar. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.
|
2 |
| 5. |
|
2 |
| 6. |
Yurak ishemik kasalliklari, aritmiyalar, gipertenziv kasalliklari.
|
2 |
| 7. |
Yurak klapanlari kasalliklari. Revmatik kasalliklar. Kardiomiopatiyalar.
|
2 |
| 8. |
Oʻpka patologiyasi. Oʻtkir respirator distress sindromi.
|
2 |
| 9. |
Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari. Oʻsmalari.
|
2 |
| 10. |
Ogʻiz boʻshligʻi, yuqori nafas yoʻllari, quloq, soʻlak bezlari kasalliklari.
|
2 |
| 11. |
Qiziloʻgach, me’da, ichaklarni kasalliklari. Gastritlar. Yara kasalligi. Ishemik kasalliklari. Oʻsmalari.
|
2 |
| 12. |
Jigar va oʻt yoʻllari patologiyasi. Yalliglanish va oʻsma kasalliklari. Gepatozlar. Jigar sirrozlari. Jigar oʻsmalari.
|
2 |
| 13. |
Buyrak kasalliklari. Glomerulopatiyalar. Rivojlanish anomaliyalari.
|
2 |
| 14. |
Tubulointersisial kasalliklar. Buyrak oʻsmalari. Obstruktiv urinopatiya.
|
2 |
| 15. |
Endokrin kasalliklar. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari.
|
2 |
| 16. |
Ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari. Infeksiyalar. Homiladorlik va tugʻuruq patologiyalari. Koʻkrak bezi kasalliklari. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari.
|
2 |
| 17. |
Perinatal patologiya. Tugʻma infeksiyalar. Asfiksiya. Tugʻruqdagi travmalar. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.
|
2 |
| 18. |
Prenatal patologiya. Tugʻma nuqsonli rivojlanishlar. Gemolitik va gemorragik kasallik. Pnevmopatiya. Yoʻldoshning patologiyasi.
|
2 |
| 19. |
Virusli infeksiyalari – etio-pato-morfogenezi, ogʻirlashuvlari, Oʻlim sabablari.
|
2 |
| 20. |
Oʻta xavfli infeksiya– etio-pato-morfogenezi, ogʻirlashuvlari, Oʻlim sabablari.
|
2 |
| Jami | 40 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Vena va limfa tomirlari patologiyasi. Tomirlarga aralashishdagi patologiya (intervensiyasi) |
| 2. |
Tasodifiy yurakdan oʻlim sindromi. Bolalardagi oʻziga xosligi |
| 3. |
Bolalarda ortirilgan yurak poroglari - etio-patogenezi, morfologiyasi. |
| 4. |
Perikard kasalliklari. Yurak oʻsmalari. Yurak transplantastiyasi. |
| 5. |
Skelet mushaklar kasalliklari: atrofiyasi, yalliglanishi, miopatiyalar. |
| 6. |
Biriktiruvchi toʻqimaning somatik va irsiy xastaliklari. |
| 7. |
Oʻpkaning metabolik funkstiyalari va ularning buzilishlari. Oʻpkaning tugʻma anomaliyalar. |
| 8. |
Qorin boʻshligʻi kasalliklari. |
| 9. |
Koʻz toʻr pardasi degenerativ kasalliklari. Uveit. Katarakta. Retinopatiyalar. Toʻr parda oʻsmalari. |
| 10. |
Koʻruv nerv patologiyalari. Orbita, kon’yunktiva, sklera va shox pardasi kasalliklari. |
| 11. |
Prion kasalliklari. |
| 12. |
Suyaklarni rivojlanishini buzilishlari. Sinishlar. Osteonekroz. |
| 13. |
Taloqning tugʻma anomaliyalari va oʻsmalari. |
| 14. |
Suyak va boʻgʻimlar o‘smalari. Artrozlar va artritlar. |
| 15. |
Periferik nerv oʻsmalari. Periferik nervlarni shikastlanishi umumiy turlari neyropatiyalar. |
| 16. |
Teri kasalliklari. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari. |
| 17. |
Iqlim oʻzgarishlarining tibbiy oqibatlari. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Abdullaxoʻjaeva M.S “Patologik anatomiya”. Darslik. 1,2-qism, lotin shriftida, 2012.
- Абдуллаходжаева М.С. АТЛАС по паталогии. Ташкент. 2013 г.-333 стр
- Патологическая анатомия: Атлас / B.C. Пауков, В.В. Серов, Н.Е. Ярыгин. — М.: ООО «Издательство «Медицинское информационное агентство», 2015. — 392 с.4.
- Струков А.И., Серов В.В. «Патологическая анатомия».- М. Медицина. 2015 г.
- Основы патологии заболеваний по Роббинсу и Котрану / Кумар В. И др. пер. с англ.; под ред. Е.А. Коган. В 3 т. Том 1-3: М.: Логосфера, 2014.
- Magrupov B.А., Don A.N., Mamataliev A.R. Onkomorfologiya. Oʻquv qoʻllanma. 2022y. 263b.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Пальцев М.А., Аничков Н. И., Рыбакова М. Г .Руководство к практическим занятиям по пат. анатомии. - М.: Медицина, 2002 г
- Ma’rupov. A.I Umumiy patologik anatomiyadan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanma. 2011 y.
7.3. Axborot manbaalari
- www.Patology.com.uz
- http://www.edu.uz
- www.adti.uz
- https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/11/11/NamDU-ARM-14192-Patologik_anatomiya.pdf
- https://morfopatologie.usmf.md/sites/default/files/inline-files
- https://uz.ozon.com/product/patologicheskaya-anatomiya-atlas
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa / topshiriqlarni bajarish:konspekt yozish,rasm chizish,lugat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchisi bergan namuna asosida bajaradi.;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Loyiha ishi | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | konspekt yozish,rasm chizish,lugat yozish koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Saliyeva Minaraxon Yulbarsovna, KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Ibragimova Dilxumar Dilshodbekovna, KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
minora@saliyeva --pochta kiriting-- |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
D.Qosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- O.O.Alibekov - A.D.T.I Patologik anatomiya kafedrasi mudiri phd dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, A 415– xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) M.Saliyeva Kafedra mudiri |
(imzo) D.Ibragimova Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) M.Saliyeva Fan oʻqituvchisi |
