Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiyot kasbiga kirish

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 1
Fan nomi Tibbiyot kasbiga kirish Fan kodi TKK1104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
60
(aud)
60
(must)
60
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarga turli yoshdagi bemorlarni parvarish qilishni, kasb etikasi va deontologik tamoyillarni, bemor xamda kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalari haqida bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir. Bu fan orqali talabalar: tibbiyotning mazmuni, tarixi va rivojlanish bosqichlari bilan tanishadi, shifokorlik kasbining mohiyati, axloqiy va maʼnaviy tamoyillarini oʻrganadi, bemorga nisbatan toʻgʻri munosabat va kasbiy etikani egallaydi, tibbiy sir saqlash, tibbiy hujjat yuritish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish kabi amaliy koʻnikmalarga ega boʻladi. Talabalarni kelgusida malakali, halol, insonparvar va masʼuliyatli tibbiyot xodimi sifatida shakllantirish uchun kasbga yoʻnaltirish va motivatsiya berish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • deontologiya va etika tamoyillarini talabalar ongiga singdirish;
  • klinikaning qabul boʻlimi, bemorlar davolanadigan boʻlimi, reanimatsiya va intensiv terapiya boʻlimlari tuzilmalari, ularning ishini tashkil qilish asoslari bilan tanishtirish;
  • bemorlarni qabul qilish qoidalarini oʻrgatish;
  • bolalar va oʻsmirlarni statsionar davolash tizimida parvarish qilishni oʻrgatish;
  • davolash muassasalaridagi tizimni oʻrgatish;
  • kasalxona boʻlimlariga yotadigan va yotgan bemorlarga sanitar ishlov berish qoidalarini oʻrgatish;
  • kasalxona ichi infeksiyasi toʻgʻrisida tushuncha berish va uni oldini olish qoidalari bilan tanishtirish;
  • kasallik turi va ogʻirlik darajasi, bemorning yoshiga qarab ovqatlantirishni oʻrgatish;
  • dori vositalarini qabul qilish usullari va kiritish yoʻllarini oʻrgatish;
  • bemorlarni tezkor va rejali operatsiyalarga tayyorlashni oʻrgatish;
  • jonlantirish boʻlimida davolanayotgan va jonlantirish boʻlimidan chiqqan bemorlarni parvarish qilishni oʻrgatish;
  • hayot uchun havfli xolatlarda (yurakning toʻxtashi, nafas olishning buzililshi, qon ketishi, zaxarlanish, kuyish, sovuq qotish, aspiratsiya) bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishni oʻrgatish;
  • laborator tekshiruv uchun biologik materiallarni toʻplashni oʻrgatish;
  • bemorlarni parvarish qilishning zamonaviy usullari toʻgʻrisidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni oʻrgatish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • birlamchi tibbiy muolajalarni bajarish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini oʻlchash);
  • joriy va yakuniy dezinfeksiya oʻtkazish;
  • dori vositalarini yuborish yoʻllari va davo muolajalarini oʻtkazish;
  • ogʻir yotgan bemorga tuvak (sudna) tutish texnikasi;
  • hayot uchun xafvli holatlarda birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish;
  • nafas va yurak toʻxtaganda shoshilinch birinchi yordam (sunʼiy nafas berish, yurakni bilvosita uqalash) berish.
  • ogʻir yotgan turli yoshdagi bemorlarning choyshabini, kiyimini (koʻylagini) almashtirish texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemor quloqlariga, burniga, sochlariga va ogʻiz boʻshligʻiga gigienik ishlov berish va taxorat kilish (oraliq soxasini yuvish) texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemorlarda yotoq yaralar profilaktikasini oʻtkazish;
  • turli yoshdagi bemorlarni ovqatlantirish;
  • bemorlarni transportirovka qilish.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

JSST va BMT ning “Bolaga yaxshi munosabatli shifoxona” bolalar fondining tashabbus tamoyillari.  

  1. Bolalar parvarishi va tarbiyasida tibbiyot xodimlarining oʻrni.
  2. Tibbiyot xodimlari faoliyatining etik-deontologik tamoyillari.
4
2.

Tibbiyot xodimlari faoliyatining etik-deontologik tamoyillari.  

2
3.

Bolalar kasalxonasining tuzilishi.  

  1. Bolalar kasalxonasini ishlash tartibi.
  2. Dezinfeksiya turlari.
  3. Dezinfeksiyalovchi suyuqliklarni tayyorlash va ishlatish texnikasi.
  4. Bemor bolalar ota-onalarining tashrifi va oziq-ovqat olib kelishini nazorat qilish.
4
4.

Bolalar shifoxonasi xodimlarining shaxsiy gigienasi. Ko`z, quloq, sochlarni parvarishi.  

  1. Turli yoshdagi sogʻlom va bemor bolalarni shaxsiy gigienasi.
  2. Chaqaloqlarni choʻmiltirish texnikasi.
  3. Katta yoshdagi bemor bolalarni xojatga chiqishida yordamlashish.
  4. Qizlar gigienasini oʻziga xosligi.
  5. Turli yoshdagi bolalarni kiyim kechaklari,
  6. Poyafzali.
4
5.

Bolalarni shifoxona sharoitida ovqatlantirishni tashkil qilish. Oshxona va ovqat tarqatish xonasini jixozlanishi.  

  1. Parxez taomlari.
  2. Idish tovoqlarni yuvish va
  3. Dezinfeksiya qilish.
  4. Menyu tuzish, parxez stollariga talabnoma toʻldirish,
  5. Boʻlimda ovqatlarni tarkatish.
4
6.

Parhez taomlar.  

  1. Kasaklliklar turlaridan kelib chiqib parxez stollarning tasnifi.
  2. Bemorlarni ovqatlantirish usullari.
  3. Keksa yoshdagi va ogʻir xolatdagi bemorlarni ovqatlantirish.
  4. Xar bir xastalik uchun tayinlangan parxez stollari asosi.
  5. Dietaterapiya boʻyicha tushuncha
4
7.

Dorilarni organizmga yuborish yo`llari.  

  1. Enteral,
  2. Parenteral.
  3. Dorilarni organizmga yuborishda kuzatiladigan asoratlar
  4. (nafas yoʻllariga tiqilishi, dorili, havoli emboliya, infiltrat, abssess,
  5. gematoma, igna sinishi, anafilaktik shok).
4
8.

Termometriya.  

  1. Tana xaroratini oʻlchash texnikasi va uni registratsiya qilish.
  2. Isitmalayotgan bolalarni parvarishlash (BKIUOB (IVBDV)
  3. Isitmatayotgan bolalarga yordam koʻrsatish.
  4. Termometr, termometrni zararsizlantirish va saqlash.
  5. Tana xaroratini ulchash usullari.
4
9.

Tashxislash maqsadida laborator tekshirish uchun biologik material (qon, siydik, ahlat, balg‘am va boshqalar)ni yig‘ish, saqlash va jo‘natish tartib qoidalari.  

  1. Bemorni ultratovush, endoskopik va
  2. Rentgenologik tekshiruvga tayyorlash tartibi va qoidalari.
4
10.

Nafas olish a'zolari kasalliklarida bemor bolalarni parvarishlash va nazorat qilish.  

  1. Nafas aʼzolari kasalliklarining taʼsnifi.
  2. Nafas aʼzolari kasalliklarida asosiy klinik simptomlari.
  3. Nafas olish tizimi kasalliklarida bemor bolalarni kuzatish va parvarish qilish
  4. Nafas olish sonini sanash va qayd qilish.
  5. Bemor bolalarga yotoq joyida qulay sharoitni taʼminlash.
4
11.

Bemor bolalarni nazorat qilish va parvarishlash.  

  1. Teri kasalliklarida tashqi dori vositalarini ishlatish.
  2. Yotoq yarasini oldini olish va davolash
4
12.

Bemor xonasini sanitar holatini nazorat qilish, toza va ishlatilgan choyshablarni saqlash va almashtirish tartibi.  

2
13.

Bemor bolalarni tashish (transportirovka) qoidalari.  

  1. Turli yoshdagi va ogʻir bemor bolalarni tashish (transportirovka) hususiyatlari.
2
14.

Bolalarda zaharlanishni oldini olish va davolash  

  1. Birinchi yordam koʻrsatish.
  2. Ovqatdan zaharlanish.,
  3. Alkagoldan zaharlanish.
  4. Dori vositalaridan zaharlanish.
4
15.

Bolalarga va o`smirlarga davolash-profilaktik yordam ko`rsatishning zamonaviy tamoyillari.  

  1. Bolalar kasalxonasining tuzilishi.
  2. Bolalar kasalxonasini ishlash tartibi.
4
Jami 54

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Xozirgi zamon tibbiyotida yatrogeniya muammolari. Yatrogeniyaning ahamiyati, dolzarbligi, xozirgi zamonning "agressiv" tibbiyot bilan bog'liqligi.

2.

Evtanaziya muammolari

3.

Patsient bilan verbal muloqot ko'nikmalari, Patsient bilan noverbal, verbal muloqot, ahamiyati, turlari ko'nikmalari. Patsient bilan vaziyat, jest, ovoz, intonasiya, ritm, mimika ko'nikmalari

4.

Maslaxat turlari, qoidalari, maslaxat berish ko'nikmalari, prinsip va koidalari.

5.

Kommunikatsion to'siqlar

6.

Bemorlarning ruhiy holati, depressiya, shok, qo'rquv, cho'chish", suyisidal fikrlash , "ipoxondriya, o'zini aybdor xis qilish"

7.

Krizis xolatda bo'lgan bemorga maslahat berish. Yo'qotish, bemor xolatini o'ziga xosligi

8.

Og'ir va o'layotgan bemorlar bilan muloqotning o'ziga xosligi

9.

Bola organizmning fiziologik xususiyatlari. Bolalarda zaharlanishni oldini olish va davolash

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Xalmatova B.T., Oxunov A.O., Karimov M.Sh. va boshq.Tibbiyot kasbiga kirish, Darslik. Toshkent. 2019 y. 424 b.
  2. Халматова Б.Т. Каримов М.Ш. - Введение в клинику. Учебник. - Ташкент. Издательство Турон замин зия. 2020 год. 424 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Bolalarga statsionar yordam kursatish. Metodik qo‘llanma. (UzSSV №225 buyrugi, 2013 y.) 140 б
  2. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О. Понятие о хирургии. Организация работу хирургического отделения, Методическая рекомендация ссенариев проведения практических занятий с исползованием интерактивних методов обучения. Учебник. Ташкент. 2012 г. 450 стр
  3. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О. Асептика. Ссенарии для проведения практических занятий с исползованием современных педагогических технологий составленние на основе единой методической систем, Методическая рекомендация. Ташкент. 2018 г. 420 стр

7.3. Axborot manbaalari

  • www.tma.uz
  • www.medlincs.ru
  • www.medbook.ru.

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Aripova Nargiza Kazbekovna,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: nargiz.aripowa@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15.00 – 16.00, 410-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Aripova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan