Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Bolalar kasalliklari propedevtikasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Bolalar kasalliklari propedevtikasi Fan kodi BKP15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ Talaba mustaqil ishi/ vazifa/ topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
46
(aud)
44
(must)
12 34
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Fanning oʻqitishdan maqsad - talabalarda turli yoshdagi sogʻlom va bemor bolalar va ularning ota-onasi bilan muloqat qilish, bolalarni tekshirish, jismoniy monitoring oʻtkazish, bolalik yoshida koʻproq uchrovchi kasalliklarni tashxislash va laborator koʻrsatkichlarni taxlil qilish, profilaktika choralarini belgilash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

2. Odam anatomiyasi (AN11-312 )

3. Tibbiy kimyo (TK1106)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • – kattalarni stasionar davolash tizimida parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – davolash muassasalaridagi rejimni oʻrgatish;
  • – deontologiya va etika tamoyillarini singdirish;
  • – stasionarda davolanish davomida kattalarga sanitar ishlov berish qoidalarini oʻrgatish;
  • – anropometriya, termometriya usullarini oʻrgatish;
  • – eng koʻp tarqalgan kasalliklar bilan davolanayotgan bemorlarni differentsial tarzda parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – kasallik turi va ogʻirlik darajasi, bemorning yoshiga qarab ovqatlantirishni oʻrgatish;
  • – dori vositalarini qabul qilish usullari va yoʻllarini oʻrgatish;
  • – bemorlarni tezkor va rejali operasiyalarga tayyorlashni oʻrgatish;
  • – jonlantirish boʻlimida davolanayotgan va jonlantirish boʻlimidan chiqqan bemorlarni parvarish qilishni oʻrgatish;
  • – hayot uchun havfli holatlarda (yurakning toʻxtashi, nafas olishning buzilishi, qon ketishi, zaharlanish, kuyish, sovuq qotish, aspirasiya) bemorlarga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishni oʻrgatish;
  • laborator tekshiruv uchun biologik materiallarni toʻplashni oʻrgatish;
  • parvarishning zamonaviy usullari toʻgʻrisidagi ilmiy adabiyotlardan foydalanishni oʻrgatish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • birlamchi tibbiy muolajalarni bajarish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini oʻlchash);
  • joriy va yakuniy dezinfektsiya oʻtkazish;
  • dori vositalarini yuborish yoʻllari va davo muolajalarini oʻtkazish;
  • ogʻir yotgan bemorga tuvak (sudna) tutish texnikasi;
  • hayot uchun xafvli holatlarda birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish;
  • nafas va yurak toʻxtaganda shoshilinch birinchi yordam (sunʼiy nafas berish, yurakni bilvosita uqalash) berish.
  • ogʻir yotgan turli yoshdagi bemorlarning choyshabini, kiyimini (kuylagini) almashtirish texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemor quloqlariga, burniga, sochlariga va ogʻiz boʻshligʻiga gigienik ishlov berish va taxorat kilish (oraliq soxasini yuvish) texnikasi;
  • ogʻir yotgan bemorlarda yotoq yaralar profilaktikasini oʻtkazish;
  • turliyoshdagibemorlarniovqatlantirish;
  • bemorlarni transportirovka qilish;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Bolalar nafas olish tizimi va jarohatlanish semiotikasi.

  1. Nafas tizimi kasalliklarini asosiy sindromlari.
  2. Nafas yoʻllari obstruksiyasi sindromi.
  3. Nafas yetishmovchilik sindromi darajalari.
  4. “Bolalar kasalliklarini integrallashgan usulda olib borish” (BKIUOB) dasturi metodikasi asosida nafas olish sonini hisoblash, nafas yetishmovchiligini aniqlash va sharhlash
2
2.

Bolalarda yurak tug’ma nuqsonlari.

  1. Etiologiyasi,
  2. patogenezi, klinik belgilari,
  3. diagnostikasi, qiyosiy tashxisi, davosi.
2
3.

Tanqislik anemiyalari (temir yetishmovchiligi, oqsil yetishmovchiligi, vitaminlar yetishmovchiligi).

  1. Etiologiyasi, patogenezi,
  2. klinik belgilari, tashxisot mezonlari va
  3. profilaktika chora tadbirlari
2
4.

Bolalar hazm qilish tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari va jarohatlanish semiotikasi.

  1. Bolalarda hazm tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari.
  2. Bolalarda uchraydigan hazm tizimi kasalliklari sindromi (oʻtkir qorin, sariklik, malabsorbsiya, gastroenterokolit, jigar yetishmovchiligi) va semiotikasi.
  3. “Bolalar kasalliklarini integrallashgan usulda olib borish” (BKIUOB) dasturi metodikasi asosida diareya sindromini tashxislash, suvsizlanish darajasini aniqlash va regidratatsiya usullarini oʻtkazish.
2
5.

Bolalar siydik hosil qilish va siydik chiqarish a’zolari anatomo-fiziologik hususiyatlari va jarohatlanish semiotikasi

  1. Ayiruv organlari anatomo – fiziologik hususiyatlari
  2. Kasalliklar semiotikasi va
  3. sindromlari (siydik qoldigʻi sindromi, buyrak yetishmovchiligi sindromi).
2
6.

Bolalikning turli davrlarida immunitet tizimining xususiyatlari. Immunitet tanqisligi. Vaktsinоprofilaktika.

  1. Bolalikning turli davrlarida immunitet tizimining tuzilishi va funktsiyasining xususiyatlari.
  2. Milliy emlash taqvimi.
  3. Milliy emlash taqvimiga kiritilmagan vaktsinalar, epidemiologik koʻrsatkichlar boʻyicha bolalarni emlash.
  4. Emlashdan keyingi asoratlarni rivojlanish sabablari.
  5. Emlash uchun asosiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar.
  6. Vaktsina turlari.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Bolalarda nafas olish tizimining yoshiga ko’ra anatomo-fiziologik xususiyatlari.  

  1. Tashqi nafas faoliyatini baholash usullari va meʼzonlari
2
2.

Nafas tizimi kasalliklarini asosiy semiotikasi.  

  1. Bronxitlar. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi, qiyosiy tashxisi, davosi va profilaktikasi
2
3.

Qon aylanish tizimining anatomo-fiziologik hususiyatlari.  

  1. Homila ichi qon aylanishi xususiyatlari.
  2. Tekshirish usullari.
  3. Oʻzgarishlar semiotikasi
2
4.

Bolalarda yurak tug’ma nuqsonlari.  

  1. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, diagnostikasi, qiyosiy tashxisi, davosi.
2
5.

Yurak tug’ma nuqsonlari.  

  1. Gemodinamik oʻzgarishlar.
  2. Bolalarda EKGni yoshga bogʻliq hususiyatlari.
2
6.

Qon xosil qilish tizimining anatomo-fiziologik hususiyatlari.  

  1. Turli yoshdagi bolalar periferik qonining normativlari.
2
7.

Qon xosil qilish tizimining o’zgarishlari semiotikasi  

2
8.

Tanqislik anemiyalari.  

  1. Tanqislik anemiyalari (temir уеtishmovchiligi, oqsil yetishmovchiligi, vitaminlar yetishmovchiligi).
  2. Etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, tashxisot mezonlari va profilaktika chora tadbirlari
2
9.

Oshqozon-ichak tizimining anatomo-fiziologik hususiyatlari. 2  

2
10.

Bir yoshgacha bolalarda hazm tizimini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari (BKIUOB - Diareya).  

  1. Bir yoshdan katta bolalarda hazm tizimini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari.
2
11.

Oshqozon-ichak tizimining funksional o’zgarishlari.  

  1. Etiologiyasi,
  2. Patogenezi
  3. Klinik belgilari
  4. Diagnostikasi
  5. Qiyosiy tashxisi davosi.
2
12.

Siydik hosil qilish va chiqarish tizimining anatomo-fiziologik hususiyatlari, tekshirish usullari.  

  1. Siydik tahlillari interpretatsiyasi.
2
13.

Siydik hosil qilish va chiqarish tizimining jarohatlanish semiotikasi.  

  1. Proksimal va distal kanalchalarni jarohatlanish sindromlari.
2
14.

Siydik yo’llari infeksiyasi.  

  1. Pielonefritlar.
  2. Etiologiyasi
  3. Patogenezi
  4. klinik belgilari
  5. diagnostikasi, qiyosiy tashxisi, davosi.
4
15.

Vaktsinoprofilaktika.  

  1. Milliy emlash taqvimi.
  2. Emlashdan keyingi asoratlarni rivojlanish sabablari.
  3. Emlash uchun asosiy koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar.
  4. Emlash qoidalari.
4
Jami 34

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Raxit kasalliklar Spazmafiliya kasalligi Bolalarda qon yaratish tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari

2.

Gipo va aplastik anemiyalar Temir tanqislik anemoyalari Har xil yoshdagi bolalarda gemogramma

3.

Ona qornida qon aylanishning ahamiyati va bola tug`ilgandan keyingi o`zgarishlar.Yurakning o`tkazuvchi tizimi hususiyatlari, qon aylanishini nerv tizimi tomonidan boshqarilishi, yurak faoliyatini boshqarishda adashgan va simpatik nerv tonusi nisbati.Bola rivojlanishida yurak xajmini o`zgarishi,yurak bo`shlig`i kengligi bilan qon tomirlar nisbati, ularning gemodinamik ko`rsatkichlarning ahamiyati.

4.

Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda EKG ni o`ziga xos hususiyatlari.

5.

Bolalarda teri teri osti yog’ qavatini morfologik va funksional hususiyatlari

6.

Bolalarda nafas olish tizimining yoshiga ko’ra anatomo-fiziologik xususiyatlari Bolalrdagi bronxit kasalligi. Yangi davolash metodlari Bolalardagi Pnevmaniya kaslligi.Yangi davolash metodlari

7.

Oshqozon ichak kasalliklari va yangi davolash metodlari

8.

Qon xosil qilish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari Bolalardagi oshqozon-ichak tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlari. Pilorospazm va pilorostenoz

9.

Bolalrdagi Diareya kelib chiqish sabablari va turlari O’t yo’llari diskineziyasi Bolalrdagi surunkali Gepatitlarning sabablari va yangi davolash usullari

10.

Ichaklar biotsenozi haqida tushuncha Bolalrdagi surunkali ichak kasalliklarida qon va axlat interprintatsiyalari

11.

Bolalarda siydik ajratish tizimi nuqsonlari Surunkali va o’tkir siydik tanosil organlari kasalliklari Alport sindromiZimnitskiy Addis-Kakovskiy, Nechiporenko, Amburje usullari bo`yicha laborator tekshirishlarini taxlili Siydik yollarini UZI va Rentgen aparatlarida tekshirish uslublari

12.

Vaksinatsiya haqida tushuncha

13.

Bolalardagi oits kasalligi

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Ashurova D.T. Bolalar kasalliklari propedevtikasi – Darslik. 2018 y 420 b.
  2. Ашурова.D.T. Преподевтика детских болезней – Учебник. 2018 g. 420 ст

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Abdullayeva M.E. Raxmanova U.X., Karimova A.A. Bolalar kasalliklari proprdevtikasi. – O’quv qo’llanma. - Toshkent.-2021 y.-317 b.
  2. “Пропедевтика детских болезней”- Мазурин А.В.1999 й 380 ст
  3. Пропедевтика детских болезней. Мазурин А.В., Воронсов И.М., 2 ое издание Санкт. П. 2009. 450 ст
  4. Жураева М.А., Валиева М.Ю.,Ганиева И.У., Ашуралиева М.А. Клиническая лабораторная дтагностика. Учебник, Т. 2020г 430 ст

7.3. Axborot manbaalari

  • www.ziyonet.uz
  • www.medlincs.ru
  • www.medbook.ru
  • http:/www.labirint.ru
  • http://www.pediatr-

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Aripova Nargiza Kazbekovna,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: nargiz.aripowa@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Abdurashid - dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.Shuxratbek - kafedra professori, Andijon davlat Tibbiyot institute Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi : Xakimov Sh.X.

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 02 –xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Aripova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan