Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 1
Fan nomi Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari Fan kodi TAT1106
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
10 20
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari fanining maqsadi boʻlajak mutaxassislarga organizmdagi aʼzo va tizimlar faoliyatidagi fiziologik jarayonlarni toʻgʻri talqin qilish uchun zarur boʻlgan nazariy va amaliy bilimlarni singdirish, organizm aʼzo va toʻqimalarida turli kasalliklarning paydo boʻlishi jarayonlari asosida biofizikaviy oʻzgarishlarning birlamchiligini koʻrsatishdir. Inson organizmining aʼzo, toʻqima va tizimlarining molekulyar, hujayra va toʻqimaviy biofizik xossa va xususiyatlarini tushunish, organizm holatini, kasalliklarning paydo boʻlish va rivojlanish mexanizmlarini va ularni bartaraf qilish – davolashning yangi usullarini yuqori texnologik saviyada yaratish uchun zarur boʻlgan zamonaviy fizikaviy bilimlarga ega boʻlishlarini taʼminlash va malakasini oshirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • tibbiyot sohasida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdagi nazariy va amaliy bilimlarni egallash, tibbiyotda qoʻllanilayotgan fizik va matematik modellar toʻgʻrisidagi zamonaviy nazariy bilimlarni egallash, tibbiy statistik maʼlumotlarni toʻgʻri taxlil qila bilish, taxlil qilingan natijalardan kelib chiqgan holda kasallikning oldini olish yoki davolash yoʻllarini aniqlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish borasida asosiy amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, internet tarmogʻida ishlash, axborot qidirish va ulardan foydalanish, tibbiyot axbort tizimlari xususiyatlari, maʼlumotlar bazasini tashkil etish, ekspert tizimlari va axborot xavfsizligi asoslarini bilishi
  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan bugungi kunda yuqori darajada foydalana olish, ularni tibbiyotning turli sohalarida maʼlumotlar toʻplashda, diagnostika va davolashda qoʻllash, nanotexnologiyalar haqida umumiy maʼlumotlarga ega boʻlish, yaratilish va rivojlanish tarixini oʻrganish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • internet ijtimoiy tarmoqlarida axborotni tanlash va ulardan foydalanish usullarini egallashi; oʻzining kasbiy faoliyatida mustaqil qarorlar qabul qilishi, bakalavriatning mos yoʻnalishi boʻyicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega boʻlishi, kiberterrorizm, kiberzoʻravonlik (cyberbullying)ga qarshi mafkuraviy immuniteti shakllangan boʻlishi,
  • globallashuv va barqaror taraqqiyotning omillarini, korrupsiyaning global maʼnaviy inqiroz oqibati ekanligini bilishi, unga qarshi kurashda dahldorlik tuygʻusi shakllangan boʻlishi, ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtira olish, tana va ruxiy sogʻlik, tafakkur xavfsizligini taʼminlash, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, tanqidiy tafakkur imkoniyatlaridan jamiyat barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy nazoratni oshirish va shaxsiy masʼuliyatni oshirish maqsadlarida foydalanish boʻyicha malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Axborot va axborot jarayonlari. Tibbiyotda axborotlashtirish usullari va vositalari

  1. Axborot tushunchasi va uning tibbiyotdagi oʻrni. Axborot jarayonlarining asosiy bosqichlari
  2. Tibbiyotda axborotlashtirish zaruryati va maqsadlari. Tibbiy axborotlashtirish vositalari
  3. Axborotlashtirish usullari va texnologiyalari
2
2.

Tibbiyot muasasalarining tibbiy axborot tizimlari. Tibbiy ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari.

  1. Tibbiy axborot tizimlarining tuzilishi va arxitekturasi
  2. Shifoxona axborot tizimlari (HIS). Klinik axborot tizimlari (CIS). Elektron tibbiy hujjat aylanishi
  3. Tizimlarning integratsiyasi va birlikda ishlashi.
2
3.

Tibbiyotda raqamli texnologiyalar.

  1. Sunʼiy intellekt va mashinani oʻrgatish
  2. Mobil sogʻliqni saqlash (mHealth)
  3. Virtual va qoʻshimcha reallik (VR/AR)
2
4.

Kompyuter tizimiga ega bo’lgan tibbiy apparatlar va ularning ishlash mexanizmlari

  1. Zamonaviy tibbiy apparatlarning arxitekturasi
  2. Diagnostika apparatlari va kompyuter tizimi
  3. Tibbiy apparatlar xavfsizligi va ishonchlilik. Tibbiy apparatlar maʼlumotlarini integratsiyasi
2
5.

Tibbiyotda telekomunikatsiya texnologiyalari va internet resurslari

  1. Telemedicine asoslari va turlari. Telekommunikatsiya infratuzilmasi. Video va audio aloqa tizimlari
  2. Tibbiy internet resurslari. Xavfsiz maʼlumot uzatish
  3. Mobil sogʻliqni saqlash ilovalari
2
Jami 10
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Axborot haqida tushuncha.  

  1. Axborot tushunchasi va uning xususiyatlari
  2. Axborotning turlari va tasniflash usullari
  3. Axborot qiymati va ahamiyati
2
2.

Zamonaviy kompyuterlarning ishlash printsipi  

  1. Kompyuter arxitekturasi va asosiy komponentlari
  2. Protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalari
  3. Fon Neyman arxitekturasi printsipi
2
3.

Tibbiyot masalarini yechishda amaliy dasturiy ta’minot.  

  1. Tibbiy amaliyotda qoʻllaniladigan dasturiy taʼminot turlari
  2. Bemorlar maʼlumotlarini boshqarish tizimlari (HMS)
  3. Diagnostika va davolash dasturlari
2
4.

Tibbiyotda ishchi o‘rinlarini avtomatlashtirishda mantli axborotlarni qayta ishlash texnologiyasi.  

  1. Ishchi oʻrinlarida avtomatlashtirish zaruriyati
  2. Mantiqiy axborotlarning turlari va xususiyatlari
  3. Tibbiy maʼlumotnomalar bilan ishlash
2
5.

Sonli ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasi.  

  1. Sonli maʼlumotlarning turlari va formatlari
  2. Maʼlumotlarni kiritish va tasdiqlash jarayonlari
  3. Xatolarni aniqlash va tuzatish
2
6.

Tibbiyot ma’lumotlarini kompyuter yordamida analiz qilish.  

  1. Tibbiy maʼlumotlar tahlilining maqsadlari
  2. Deskriptiv statistika usullari
  3. Maʼlumotlarni guruhlash va tasniflash
2
7.

Tibbiyotda multimediya ilovalarini yaratishdagi dasturiy vositalari.  

  1. Multimediya tushunchasi va komponentlari
  2. Tibbiy taʼlimda multimedia qoʻllanilishi
  3. Interaktiv oʻquv materiallari yaratish
2
8.

Tibbiy taqdimotlar yaratish uchun dasturiy ta’minotlar.  

  1. Taqdimot dasturlari turlari (PowerPoint, Keynote, Prezi)
  2. Tibbiy taqdimotlarning strukturasi
  3. Professional dizayn printsipi
2
9.

Global tarmoqda ishlashni tashkil etish.  

  1. Internet va global tarmoqlarning arxitekturasi
  2. TCP/IP protokoli va tarmoq konfiguratsiyasi
  3. Xavfsizlik va firewall sozlamalari
2
10.

Sunʼiy intellekt (AI) va chatbotlar yordamida tibbiy yordam koʻrsatish  

  1. AI ning tibbiyotdagi ilovalari
  2. Mobil ilovalar yordamida diagnostik maʼlumotlar olish
  3. Chatbotlar platformasida ishlash
2
Jami 20

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Axborot turlari va ularning tibbiyotda qo'llanilishi

2.

Kompyuter qurilmalarining tibbiy muassasalardagi roli

3.

Operatsion tizimlar va ularning tibbiy dasturlarda ishlatilishi

4.

Kompyuter xotirasi turlari va tibbiy ma'lumotlar saqlash

5.

Kiritish-chiqarish qurilmalari tibbiy amaliyotda

6.

Dasturiy ta'minot turlari va tibbiyotdagi o'rni

7.

Fayllar bilan ishlash va tibbiy hujjatlarni tashkil etish

8.

Tibbiyot, biologiya va farmatsiyaning amaliy masalalarini ochib berish.

9.

Tibbiy tasvirlarni qayta ishlash dasturlari

10.

Tibbiy asboblarni kalibrlash dasturlari

11.

Internet brouzerlari va tibbiy saytlarda ishlash

12.

Elektron pochta orqali tibbiy ma'lumotlar almashish

13.

Telemedisina xizmatlarining turlari

14.

Tibbiy ma'lumotlar bazalariga online kirish

15.

Ma'lumotlarni zaxiralash (backup) usullari

16.

Ma'lumotlar bazasining strukturasini loyihalash

17.

Indeksatsiya va qidirish tizimi

18.

Ma'lumotlar to'g'riligini tekshirish usullari

19.

Foydalanuvchi huquqlari va kirish nazorati

20.

Ma'lumotlar bazasini optimallashtirish

21.

Hisobotlar yaratish va formatlash

22.

Ma'lumotlarni import/export qilish

23.

Arxivlash va uzoq muddatli saqlash

24.

O'rtacha qiymat va standart og'ishni hisoblash

25.

Interaktiv taqdimotlar yaratish

26.

Multimedia prezentatsiyalar

27.

Tibbiy hisobotlar standartlari

28.

Ma'lumotlarni yo'qotish xavflari

29.

Big Data tibbiyotda

30.

Tibbiyot, biologiya va farmatsiyaning amaliy masalalarini ochib berish.

  Talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot tayyorlab himoya qiladi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Bazarbayev M.I., Tulaboyev A.K. va boshqalar. Tibbiyotda axborot texnologiyalari. Darslik. Toshkent 2018 y.
  2. Омельченко В.П., Демидова А.А., Медицинская информатика, Учебник. 2016

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O’sarov X.S., To’lkinxo’jayeva N.R.. “Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari” o’quv qo’llanma. Andijon 2025.
  2. Ремизов А.Н. . Медицинская и биологическая физика. Учебник. Москва. Издательская группа «ГЭОТАР-Медиа». 2018.

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.medbiophys.ru/
  • http://www.biophys.msu.ru
  • http://biophysics.spbstu.ru/useful_links
  • http://www.library.biophys.msu.ru/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (4-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki53-10 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-10 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi101-10 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-10 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 4-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Tajibayev Gayrat Oribjanovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, f.-m.f.n., dotsent
Axmedov Xusanjon Mamirjanovich,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Kimsanboyev Nodirbek Shoirbek oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Abduvoxidov Xalilillo Shukrullo oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: tadjibaevgayratjon65@gmail.com
axmedovxusanjon418@gmail.com
kimsanboev9401@gmail.com
engabduvohidov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

M.Abduvoxidov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba - Juma, soat 15:00 – 17:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Axmedov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

N.Kimsanboyev

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

G.Tajibayev

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan