![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Klinik anatomiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi klinik anatomiya fanining maqsadi oʻquvchilarda odam organizmi aʼzo va tizimlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, oddiy operativ koʻnikmalar va tipik jarrohlik usullarini koʻnikmalarini oʻrgatish, uzoq kelajakda talab va standartlarda belgilangan umumiy amaliyot shifokori faoliyatini mustaqil bajarish uchun zarur boʻlgan umummadaniy, umumkasbiy, kasbiy kompetensiyalarni hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- klinik anatomiyaga (operativ jarrohlik va topografik anatomiya) oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllash;
- axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari;
- yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish; hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususiyatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish;
- soha tuzilishining va undagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish;
- operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish;
- operativ jarrohlik va topografik anatomiya moduliga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish;
- jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash;
- zamonaviy jarrohlik asbob va uskunalari, tikuv va boshqa jarrohlik matolari, bemorning operatsiya stolidagi vaziyatlari, operativ aralashuvlarga koʻrsatmalar, moneliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar, operativ ochib kirishlar va eng koʻp tarqalgan operatsiyalar texnikasi, operativ aralashuvlarning zamonaviy mikrojarrohlik va kam invaziv uslublari (endoskopik operatsiyalar, endovideojarrohlik) hamda yangi texnologiyalar (lazer, ultratovush, krio- va elektrjarrohlik uslublari) yordamida bajariladigan operatsiyalar haqida tasavvurga ega boʻlish;
- operativ jarrohlik va topografik anatomiyaga oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllashni, axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini, yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalarining hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususi-yatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish, sohalar uzilishining va ulardagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish.
- operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish, operativ jarrohlik va topografik anatomiya faniga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalari patologiyalarini jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash, sohalar, aʼzolar va tizimlarning oʻziga xos anatomik xususiyatlariga bogʻliq intraoperatsion xato va asoratlar oldini olish muolajalari, umumiy va maxsus asboblarni qoʻllash, oddiy, jarrohlik va apodaktil tugunlarni bogʻlash, teri, fassiyalar, mushaklarni kesish va ularni tikish, teri choklarini olish;
- venepunksiya va veneseksiyani bajarish, nerv, pay, qon tomirlar va teriga chok qoʻyish, fassial qinlardan qon tomirlarni ajratish, jarohatdagi qon tomirni bogʻlash, yiringli jarayonlarni ochish va drenajlash;
- nervlar blokadasini amalga oshirish, yelka va tizza boʻgʻimlarini punksiya qilish, traxeostomiya, qovurgʻa-diafragmal sinusni, perikard boʻshligʻini punksiya qilish;
- xirurgik asboblar, moslamalar va uskunalardan toʻgʻri foydalanish;
- terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, qorin pardani kesish;
- jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish;
- chok qoʻyish va tugun bogʻlash;
- terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, payni, qorin pardani tikish;
- orqa miya boʻshligʻi punksiyasi;
- Duglas boʻshligʻi punksiyasi; siydik pufagini kateterlash va punksiya qilish;
- yuqori va pastki traxeotomiya va traxeostomiya, qovurgʻani rezeksiya qilish, oʻpka, yurak choklarini qoʻyish malakalariga ega boʻlish;
- ignatutqichga igna oʻrnatib, ligatura ulab koʻrsatish; mulyajda qorin boʻshligʻiga punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda siydik pufagini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda plevra boʻshligʻini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda perikardni punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda orqa miyani punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda oʻmrov osti venasiga kateter qoʻyib koʻrsatish;
- mulyajda tirsakning oʻrta venasiga punksiya qilib koʻrsatish; mulyajda umumiy uyqu arteriyasini bosib, qon ketishini toʻxtatish; mulyajda dumba sohasiga mushak orasi inʼeksiyasini qilib koʻrsatish; mulyajda teri osti inʼeksiyasini qilib koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Qorin old-yon devorining topografikanatomiyasi, bolalarda va kattalarda qorin bo’shlig’i yuqori, pastki qavat a’zolari va qorinparda orqa bo’shlig’i a’zolarining topografikanatomiyasi.
|
2 |
| 2. |
Bel sohasi, qorinparda orti bo’shlig’i topografik anatomiyasi va operativ jarrohligi. Bel sohasi - qorinning orqa-yon devori..
|
2 |
| 3. |
Ayollar va erkaklar chanoq a’zolarining topografik anatomiyasi. CHanoq sohasi.
|
2 |
| Jami | 6 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Bolalarda va kattalarda qorin old-yon devorining topografik anatomiyasi.Tashqi va ichki churralarning klinik anatomiyasi. Qorin oq chizig’i, kindik xalqasi va chov kanalining topografik anatomiyasi. Bolalarda va kattalarda qorin old-yon devorida o’tkaziladigan kesmalar klinik anatomik asoslari. CHurralar operativ jarrohligi.
|
2 |
| 2. |
Qorinparda bo’shlig’i klinik anatomiyasi. Qorin parda hosilalari va klinik ahamiyati. Bolalarda va kattalarda qorinparda va qorin bo’shlig’i yuqori qavati a’zolarining topografik anatomiyasi. Qorinparda bo’shlig’i operativ jarrohligi. Laparoskopik jarrohlik. Qorinparda bo’shlig’ining yuqori qavati topografik anatomiyasi va operativ jarrohligi.
|
2 |
| 3. |
Qorin bo’shlig’i operativ xirurgiyasi. Laparoskopik xirurgiya.
|
2 |
| 4. |
Bolalarda va kattalarda qorin bo’shlig’i pastki qavati a’zolarining topografik anatomiyasi. Bolalarda va kattalarda qorin bo’shlig’i pastki qavati a’zolarining operatsiyalarining klinik anatomik asoslari.
|
2 |
| 5. |
Bolalarda va kattalarda bel sohasining topografik anatomiyasi.
|
2 |
| 6. |
Bolalarda va kattalarda qorinparda orqa bo’shlig’i sohasining topografik anatomiyasi. Qorinparda orti bo’shlig’i a’zolari topografik anatomiyasi.
|
2 |
| 7. |
Qorinparda orqa bo’shlig’i a’zolarida bajariladigan operatsiyalar.
|
2 |
| 8. |
Qorinparda orqa bo’shlig’i a’zolarida bajariladigan operatsiyalar.
|
2 |
| 9. |
Tos sohasining topografik anatomiyasi. CHanoq bo’shlig’i a’zolarining topografik anatomiyasi.
|
2 |
| 10. |
Tos sohasining topografik anatomiyasi. CHanoq bo’shlig’i a’zolarining topografik anatomiyasi.
|
2 |
| 11. |
Ayollar chanog’i a’zolari va oralig’ining topografik anatomiyasi.
|
2 |
| 12. |
Erkaklar chanog’i a’zolari va oralig’ining topografik anatomiyasi. CHanoq sohasida bajariladigan operatsiyalarining klinik anatomik asoslari.
|
2 |
| Jami | 24 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Operatsiyadan keyingi qorin churralari. |
| 2. |
Qorin bo’shlig’i ichki churralari. |
| 3. |
Qorin devori tug’ma nuqsonlari xirurgik anatomiyasi. |
| 4. |
Qorinparda bo’shlig’i bitishma kasalligi muammosi. |
| 5. |
Oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolashning zamonaviy uslublari. |
| 6. |
O’t-tosh kasalligini operativ davolashning laparoskopik uslublari. |
| 7. |
O’t chiqarish yo’llarining atreziyalarida operatsiyalar. |
| 8. |
Pankreatitlarni xirurgik davolash usullari. |
| 9. |
Mekkel divertikulini olib tashlash. |
| 10. |
Megakolon va Girshprung kasalligida operatsiyalar. |
| 11. |
Buyraklarning tug’ma nuqsonlarida bajariladigan operatsiyalar. |
| 12. |
Siydik yo’llari rivojlanish nuqsonlarining xirurgik anatomiyasi. |
| 13. |
Umurtqa pog’onasi patologiyalarini operativ davolash usullari. |
| 14. |
Orqa miya churralarida operatsiyalar. |
| 15. |
Proktologiya amaliyotida qo’llaniladigan zamonaviy usullar. |
| 16. |
Tos tubi prolapsi muammosi. |
| 17. |
Xirurgik ginekologiyaning zamonaviy muammolari va yechimlari. |
| 18. |
Kosmetik jarrohlik masalalari. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Shomirzaev N.H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. I jild. /Shomirzaev N.H., Axmedov Sh.M., Gulmanov I.D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y.
- Shomirzaev N.H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. II jild. /Shomirzaev N.H., Axmedov Sh.M., Gulmanov I.D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y.
- Shamirzaev N. H., Nazarov S. H., Usmanov R. D. Topografik anatomiya (darslik). Tashkent. 2006.
- Oстроверхов Г.E, Лубоцкий Д.Н., Бомаш Ю.M. “Оперативная хирургия и топографическая анатомия”, Учебник. Москва. “Meдицинское информационное агентство”. 2005 г.
- Netter's Surgical Anatomy and Approaches, 1e (Netter Clinical Science). Conor Delaney. Saunders; 1 Har/Psc edition. 2013.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Sattibaev I.I., Gayvoronskiy I.V.. «Odam normal anatomiyasi» I-II jild. Darslik. Tarjima. Nashriyot «Spetslit» 2024 y.
- Kaxarov Z.A., Sattibaev I.I., Hojiyev D.Ya. «Anatomiya». Darslik. Nashriyot «INNO -SENTER» 2024 y.
- Sattibaev I.I., Kaxarov Z.A. «Bosh va bo’yin anatomiyasi». O’quv qo’llanma. Toshkent 2021 y.
- Kaxarov Z.A. Human anatomy O’quv qo’llanma Toshkent 2021y.
- Hamraev A.J., Axmedov SH.M. “Bolalar operativ jarrohligi”. Darslik. Toshkent. “Voris-nashriyot”. 2012 y.
7.3. Axborot manbaalari
- https://e-library.sammu.uz/ru/book/983?ysclid=mf29qwpvza61645854
- https://lib.niuuz.online/book/16879
- https://library.uzfi.uz/ebooks/view?id=10646
- https://djvu.online/file/MWMz02qpzaRv3?ysclid=mf29upf7x8135809132
- https://tashpmi.uz
- https://djvu.online/file/qDCPTdmPulkFf?ysclid=mf29yare33556180721
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa (topshiriqlarni) bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.;
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Loyiha ishi | Taqdimot / media / yozma / vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Uyga berilgan topshiriqlarni bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish. | 5 | 2-14 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Test | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan testlar boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Barcha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bʼyicha. | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Saliyeva Minaraxon Yulbarsovna, KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
minora@saliyeva |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
Z.Kaxarov - Zaveduyusciy kafedroy anatomii i klinicheskoy anatomii AGMI, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- D.Kosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, A 415-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) M.Saliyeva Kafedra mudiri |
(imzo) M.Saliyeva Fan oʻqituvchisi |
