![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Umumiy xirurgiya 2
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Fanni oʻqitishdan maqsad - jarrohlikda antiseptika va aseptika, xirurgik infeksiya haqida tushuncha, uni oldini olish muammolarini, yiringli infeksiya turlarini (yuzaki joylashgan yiringli kasalliklar), shoshilinch jarrohlik holatlarida birinchi yordam koʻrsatishni (qon ketishini toʻxtatish, bogʻlam qoʻyish, jarohatlanganlarga birlamchi jarrohlik ishlovi, immobilizatsiya va transportirovka qilish) oʻrgatishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
3. Odam anatomiyasi (AN11-312 )
4. Ichki kasalliklar propedevtikasi (IKP15-608)
5. Normal fiziologiya (FZ13-408)
6. Patologik fiziologiya (PFZ15-606)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bilimlar jihatidan:
- jarrohlik asboblari va operatsiya choyshablarini sterilash;
- qon quyish texnikasi;
- jarohat turlari;
- jarohatga birlamchi ishlov berish;
- jarohat infeksiyasini oldini olish asoslari
- jarohlik infeksiyasini turlari
- davolash asoslarini tasavvurga ega boʻlishi;
- tez-tez uchraydigan xirurgik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni erta tashxislashni va samarali davolashni, reabilitatsiyasini taʼminlashni bilishi;
- koʻkrak qafasi va qorin boʻshligi aʼzolarining oʻtkir xirurgik kasalliklaridagi klinik belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
- operatsiya talab qiluvchi koʻp uchraydigan surunkali xirurgik kasalliklarining belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
- yuqorida koʻrsatilgan holatlarda mos, samarali va maqsadga muvofiq davo choralarini oʻtkazish;
- qvp da qilishning imkoni boʻlmaydigan holatlarda barcha choratadbirlarni oʻtkazish uchun toʻgʻri va oʻz vaqtida yoʻllanma berishni bilishi va ulardan foydalana olishni bilishi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Koʻnikmalar jihatidan:
- qoʻllarni oqar suv ostida toʻgʻri yuvish texnikasi
- steril xalatni kiyish bosqichlari
- steril qoʻlqoplarni kiyish tartibi
- rumolli bogʻlamlarni qoʻyish texnikasi
- “chepets” bogʻlamini qoʻyish: koʻrsatmalar va ketma-ketlik
- gippokrat qalpogʻini qoʻyish texnikasi
- yugansimon bogʻlamni qoʻyish texnikasi
- barmoqlar bilan qon tomirlarni bosib, qon toʻxtatish sohalarini aniqlash
- esmarx jgutini qoʻyish texnikasi
- yumshoq toʻqimalarning yopiq shikastlanishida birinchi yordam koʻrsatish bosqichlari
- oshqozonga zond oʻrnatish va yuvish texnikasi
- sifon klizma bajarish texnikasi
- toʻgʻri ichakni barmoq yordamida tekshirish usuli
- “yoʻtal turtki” belgisini aniqlash va baholash
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Yumshoq tuqimalar nospetsifik xirurgik infeksiyasi.
|
2 |
| 2. |
Suyak, pay va bo‘g‘imlar xirurgik infeksiyasi.
|
2 |
| 3. |
Anaerob va o‘tkir spetsifik xirurgik infeksiyasi.
|
2 |
| 4. |
Umumiy xirurgik infeksiya (sepsis). Surunkali va parazitar xirurgik infeksiyasi.
|
2 |
| 5. |
To‘qimalar o‘limi. Qon-tomir va rentgenendovaskulyar xirurgiya asoslari.
|
2 |
| 6. |
Xirurgik yordamga muhtoj bo‘lgan tug‘ma nuqsonlar. Plastik va estetik xirurgiya asoslari.
|
2 |
| Jami | 12 | |
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi |
|---|---|---|
| 1. |
Bosh, ko’krak qafas va qorin shikastlanishlari.
|
2 |
| 2. |
|
2 |
| 3. |
Yumshoq to’qimalar ochiq shikasti (jarohatlar to’g’risida ta’lim). Jarohatlar tasnifi. Jarohatning bitishi. Zamonaviy jaroxat qoplamalari
|
2 |
| 4. |
Suyak sinishlari, chiqishlar, tasnifi, klinikasi va davolash usullari. Chiqishlarni o’z o’rniga qo’yish metodlari. Tugma chiqishlar, zamonaviy tekshirish va davolash usullari. Repozisiya, turlari. Gipsli bog’lamlar texnikasi va turlari. Transport immobilizatsiyasi.
|
2 |
| 5. |
O’tkir yiringli infeksiya, teri va teri osti yog to’qimasining anatomik xususiyatlari, kasalliklari: furunkul, karbunkul, saramas, abssess, flegmona, gidradenit.
|
2 |
| 6. |
Bo’yin chuqur flegmonalari, yiringli mediastinitlar, qorinparda orqa bo’shlig’i va to’g'ri ichak atrofi to’qimasi bo’shliq flegmonalari -paraproktit.
|
2 |
| 7. |
Bezsimon a’zolar yiringli-yallig’lanish kasalliklari: yiringli paratit va o’tkir yiringli mastit. Limfa tugunlari, qon va limfa tomirlari yiringili yallig’lanish kasalliklari: limfadenit, limfangit, tromboflebit.
|
2 |
| 8. |
Qo’l va oyoq panjalari yiringli yallig’lanish kasalliklari: panaritsiylar, qo’l flegmonalari, tirnoqni et ichiga o’sib kirishi. Suyak va bo’g’imlar yiringli xirurgik kasalliklari, osteomiyelit, klinik manzarasi, diagnostikasi, davolash usullari.
|
2 |
| 9. |
Surunkali yiringli spetsifik infeksiya, suyak va bo’gimlar sili, tekshirish usullari va davolash asoslari.
|
2 |
| 10. |
Anaerob va chirituvchi infeksiya xaqida umumiy tushuncha, gazli gangrena, klinika va davolash xususiyatlari.
|
2 |
| 11. |
Xirurgik sepsis, patogenez, klinika, diagnostika, davolash usullari.
|
2 |
| 12. |
Qon aylanishini buzilish xastaliklari, tromboz va emboliyalar. Nekroz va gangrenalar, trofik yaralar, oqmalar, yotoq yaralari. Ularni davolash va profilaktikasi.
|
2 |
| 13. |
Plastik va rekonstruktiv (tiklovchi) xirurgiya, zamonaviy qarashlar va yutuqlar. Kam invaziv kardioxirurgiya.
|
2 |
| 14. |
O’smalar, o’sma oldi kasalliklari, kelib chikish sabablari, klassifikatsiyasi, diagnostikasi, davolash printsiplari.
|
4 |
| 15. |
Xirurgik yordamga muhtoj bo’lgan tug’ma nuqsonlar
|
4 |
| Jami | 34 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
|---|---|
| 1. |
Zamonaviy xirurgik asboblar. Zamonaviy tikuv materiallari Zamonaviy fizik antiseptika usullari |
| 2. |
Mahalliy gemostaz uchun zamonaviy dori-vositalar |
| 3. |
Gibrid operatsiyalar |
| 4. |
Suyak sinishlarda zamonaviy davolash usullari |
| 5. |
Kuyish kasalligi |
| 6. |
Qandli diabetli bemorlarda yumshoq to‘qimalar xirurgik infeksiyasini davolash usullari |
| 7. |
Sepsisning zamonaviy tasnifi |
| 8. |
Arterial qon tomirlarni surunkali obliteratsiyasida zamonaviy davolash usullari |
| 9. |
Ichak oqma yaralarni bartaraf qilish usullari |
| 10. |
Oshqozon raki kasalligi |
| 11. |
Xirurgiyada kichik invaziv aralashuvlar |
| 12. |
Surunkali jarrohlik infektsiyani davolashning zamonaviy usullari |
| 13. |
Seroz bo'shliqlarning yiringli kasalliklarini davolashda minimal invaziv aralashuvlar |
Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Аripov U.А., Karimov Sh.I. Umumiy xirurgiya. Darslik. –Toshkent. Аbu Аli Ibn Sino. 2008 y. 528 b.
- Гостищев.В. К. Общая хирургия. Учебник. Москва 2013 г. 636 стр.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О. Антисептика. Сценарии для проведения практических занятий с использованием современных педагогических технологий составленные на основе единой методической систем. Методическая рекомендация. – Ташкент. "Focus Print". 2012 г.
- Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О., Шарипов Ю.Ю. /Неспецифическая хирургическая инфекция. Электронное учебное пособие на узбекском, русском и английском языках. – Ташкент. "Focus Print".2013 г.
- Charles Brunicardi. F. Schwartz’s principles of surgery.10th edition.E-Book. -USA.McGraw Hill Professional.2015 y
- Das. S. A manual clinical surgery.Special investigations and differential diagnosis.11th edition.eBook. – Kolkata. McGraw-Hill Education.2014 y
- Norman Williams. Bailey Loves. Short practice of surgery.26th edition.Medical textbook. - London. CRC Press.2012 y
7.3. Axborot manbaalari
- https://tma.uz/
- https://ziyonet.uz/
- https://www.mediasphera.ru/
- https://adti.uz/
- https://www.studentlibrary.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Sultonqulov Baxtiyor Baxodirovich, KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
bahtiyorsultonkulov@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Qutliqova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Klinik fanlar kafedrasi mudiri k.m.n.dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15 : 00 – 17 : 00, 105 -xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G.Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) B.Sultonqulov Fan oʻqituvchisi |
